Pulli Gap
38.4K subscribers
287 photos
109 videos
1 file
373 links
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi

© Agrobank

Instagram: https://www.instagram.com/pulligap

Biz bilan aloqa: @pulligap_bot

http://myurls.co/pulligap
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uy sotib olish uchun ipoteka kreditidan foydalanish hozirgi kunda eng qulay yechimlardan biridir.

Bu jarayonda ayrimlar uchun qaytarib berish shart bo‘lmagan yordam — subsidiyalar ham beriladi.

Bugun sizlar bilan qanday qilib subsidiya olish haqida gaplashamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍38🔥86🤔6🤝2👎1
Dividend — aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad. Bu kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, u aksiyadorlarga investitsiyalaridan daromad sifatida taqsimlanadi.

Dividendlar odatda naqd pulda to‘lanadi, lekin ular qo‘shimcha aksiyalar yoki boshqa aktivlar shaklida ham bo‘lishi mumkin.

Har bir aksiyadorga to‘lanadigan dividend miqdori odatda kompaniyaning direktorlar kengashi tomonidan belgilanadi va kompaniyaning rentabelligi va uning dividend siyosati kabi omillarga asoslanadi.

Dividendlar aksiyadorlar uchun kompaniya daromadidan ulush olishning bir usuli bo‘lib, investorlar uchun muhim daromad manbai bo‘lishi mumkin.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍22🔥3🤝31👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘rovnomamiz yodingizda bo‘lsa kerak, bugun uning yangi sonini taqdim etamiz.

Xo‘sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍23🔥86🤔1
Mastercard, kobeyjing va oilaviy kartalar haqida bilasiz-u, lekin kobrend kartalari nima ekanligidan xabaringiz yo‘qmi? Bugungi fotohikoyamiz aynan siz uchun!

Kobrend kartalarining oddiy kartalardan farqi va afzalliklari nimada?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍155🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har doim ham zaruriy buyumlarni xarid qilishga yetarli pulimiz bo‘lavermaydi. Shunday vaziyatlardan chiqish uchun ikki xil yechim bor: bankdan kredit olish yoki do‘konni o‘zida “rasrochka”dan foydalanish.

Aslida qaysi biri foydaliroq? Bugun sizlar bilan shu mavzuni hayotiy misollar orqali o‘rganamiz)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍22🔥126🤝2
Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz!

Biz siz uchun Oʻzbekiston banklarida ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik.

🏦 Asia Alliance bank:

Foiz stavkasi — 26,99-27,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15-30 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — chegaralanmagan;
Garov — xarid qilingan avtomobil
Batafsil

🏦 Ipak yo‘li bank:

Foiz stavkasi — 23,99-27,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 0-50 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 500 mln so‘mgacha;
Garov — avtomobil, ko‘chmas mulk yoki sug‘urta polisi
Batafsil

🏦 Ipoteka bank:

Foiz stavkasi — 27,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 360 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil, sug‘urta polisi
Batafsil

🏦 Mikrokreditbank:

Foiz stavkasi — 25 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 20 foiz;
Muddati — 60 oygacha;
Miqdori — 990 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil
Batafsil

🏦 Orient Finans bank:

Foiz stavkasi — 23-25 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 600 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobi
Batafsil

🏦 Qishloq qurilish bank:

Foiz stavkasi — 24 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 30 foiz;
Muddati — 48 oygacha;
Miqdori — 450 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil
Batafsil

🏦 Turon bank:

Foiz stavkasi — 24,99-25,99 foiz;
Boshlang‘ich to‘lov — 25-30 foiz;
Muddati —60 oygacha
Miqdori — 450 mln so‘mgacha;
Garov — xarid qilinayotgan avtomobil
Batafsil

Qanday qilib avtokredit olish mumkinligi, shart va talablarini bilish uchun videomizni tomosha qiling.

Qo‘shimcha ro‘yxatlar:

👍 Birlamchi bozor uchun eng past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar;

👍 Chet el avtomobillari uchun foizsiz hamda past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar;

👍 Boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit ajratayotgan banklar.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7411👎8🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har doim “dollar oshdi” degan gaplar quloqqa chalinadi.

Xo‘sh, boshqa valyutalarchi? Ularning ishlatilishi, tarixi haqida ma’lumotingiz bormi?

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍22🔥6👎43
“Pulli gap” kanali siz uchun qiziqarlimi?
Anonymous Poll
70%
Ha!
18%
Albatta!
12%
Bo‘lmasamchi!
🤔81👎59👍33🔥128🤝5
🚘 Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz!

Ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan eng past foizli avtokreditlar haqida ma’lumotlar bilan tanishing👇
👍8917👎14🔥12🤔4🤝2
Kredit kartasi nima?

Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlarga to‘lashda ishlatiladigan bank kartasidir.

Kredit kartasida shaxsiy mablag‘larni saqlab (to‘plab) to‘plab bo‘lmaydi.

Ular qanday paydo bo‘lgan?

Bugungi kunda biz bilgan kredit kartasining birinchi namunasi sifatida ko‘pincha 1949-yilda “Diner’s Club”ni yaratgan Frenk MakNamara va uning biznes sherigi Ralf Shnayderning tashabbusi eslanadi.

Ta’kidlanishicha, Frenk MakNamara Nyu-York shahridagi restoranlardan birida ovqatlanib bo‘lgach, hamyonini uyida unutib qoldirganini tushinib yetadi va hisobni to‘lay olmaydi.

Aytilishicha, MakNamara yegan taomlari pulini restoranda idish-tovoq yuvish orqali to‘lamaslik uchun kelishuv imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, u voqeaning ertasiga hisobni to‘lash uchun restoranga qaytishi kerak bo‘lgan.

Ushbu voqea MakNamaraga birinchi kredit karta g‘oyasini berdi va u Diner’s Club’ni tuzdi. Ushbu klub 27 restoranni qamrab olib, u yerda foydalanishi mumkin bo‘lgan karton kartalarni ishlab chiqargan.

Diner’s Club tashkil etilganda, uning bor yo‘g‘i 200 a’zosi bo‘lgan. Ular ham asosan Shnayder va MakNamaraning do‘st va tanishlari edi. Ikki yil ichida esa ular AQSH bo‘ylab hayratlanarli darajada ko‘payib ketadi va 42 mingga yetadi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍424🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholimizning moliyaviy savodxonlik darajasi qanday deb o‘ylaysiz? Jamoamiz bilan shuni tekshirishga harakat qildik.

Xo'sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍28🔥54👎2🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun sizlar bilan komissiyasiz pul o‘tkazish ilovalari haqida gaplashamiz.

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍51🔥107🤝2👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gaz, suv, svet va boshqalar uchun to‘lovlarni davlat idoralariga borib to‘lash ko‘p vaqt olishi hammaga ma’lum.

Endilikda u muammo emas, uydan chiqmasdan turib kommunal to‘lovlarni amalga oshiring. Bu uchun sizdan mobil telefon va internet talab qilinadi, xolos)

Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍319🔥6👎1
Startap ingliz tilidan tarjima qilinganda “boshlovchi, boshlang‘ich” ma’nolarini anglatuvchi, faoliyati boshlanganiga oz muddat o‘tgan kompaniya yo tashkilotni anglatadi.

Demak, startap — yangi tashkil etilgan, muammoni hal etish yoki muayyan bozor talabini qondirishga qaratilgan innovatsion biznes.

Startaplar odatda, texnologiyaga asoslangan sohalarda tashkil etilib, yuqori o‘sish potentsialiga ega bo‘ladi.

Startaplar ko‘pincha innovatsion g‘oyalari, mahsulotlari yoki biznes modellari orqali bozorga butunlay yangi yo‘nalishlarni olib kirishga intiladi.

Jahon tajribasida ko‘plab startap asoschilari birinchi mablag‘ni do‘stlari, oila a’zolari yoki tanish insonlaridan olib ish boshlaydi. Bu tizimni FFF ko’rinishda ta’rfilanadi.

Friends, Family, Fools — sizni g’oyangiz uchun eng birinchi pul tikadigan insonlar.

Umuman olganda, startaplar dunyoning ko‘plab sohalarida innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish va ish o‘rinlari yaratishda muhim rol o‘ynaydi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍246🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz so‘rovnomalarimizni davom ettiramiz! Siz nechta savolimizga javob bera olaman deb o‘ylaysiz?

Pul yoki kitob? Xo‘sh, qaysi birini tanlagan bo‘lar edingiz?)

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍30🔥97
Bank yacheykasi — bu bankdagi seyf. U zirhli eshik, qo‘riqlash tizimi, signalizatsiya va videokuzatuv bilan jihozlangan xonada himoyalanadi.

Shu tufayli qimmatbaho buyumlariningiz uyingizdan ko‘ra, bunday yacheykalarda xavfsizroq bo‘ladi.

Siz uni qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz saqlash uchun ijaraga olishingiz mumkin: pul, zargarlik buyumlari, qimmatbaho tangalar to‘plami va shu kabilarni. Ijaraga olish muddati 1 kundan 3 yilgacha muddatda bo‘lishi mumkin.

Bank yacheykalarida qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘larini saqlash sizga daromad olib kelmasligi mumkin, lekin ulardan pul mablag‘larini saqlash va yirik amaliyotlarni, masalan uy-joy oldi-sotdisi vaqtida foydаlanganda xavfsizlikni to‘liq ta’minlash jihatidan juda asqotadi.

Ularning narxi sizga kerakli seyfning o‘lchamiga qarab, 70 ming so‘mdan 165 ming so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Bank yacheykalarining asosiy afzalligi sirasiga xavfsizlik va daxlsizlik kiradi va ma’lumotlaringiz bank siri sifatida qaraladi, hech kimga oshkor etilmaydi.

TelegramInstagramYouTubeTikTok
👍50🔥61🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanday hollarda banklar sizga kredit ajratmasligidan xabaringiz bormi? Bugun sizlar bilan shu vaziyatni o‘rganib chiqamiz)

Videomiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!)
👍4310🔥4👎3🤔2