π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
244 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Ba'zi insonlar o'ta baxtiyorlikdan tashvishga tushadilar, chunki ko'p o'tmay qandaydir salbiy hodisa yuz beradi degan xayolda bo'lishadi. Bu tushuncha cherofobiya deb ataladi.
πŸ‘‰ @getpsychedup
Halo effekti

1920-yilda nashr qilingan maqolalardan birida yoritilgan eksperimentda psixolog Edvard Torndayk armiya qo'mondonlaridan ularning qo'l ostida xizmat qiluvchi askarlarning turli xarakterlariga baho berishlarini so'ragan.

Torndayk yakka fazilat to'g'risidagi taassurotlar, misol uchun kishining aql-zakovati boshqa xislatlarning, aytaylik yetakchilik, sadoqat va kasbiy mahorat kabi xislatlarning shakllanishiga qay tariqa ta'sir etishi mumkinligiga qiziqqan edi.

Odamlar bir xislat to'g'risida yaxshi taassurotga ega bo'lishsa, bu iliq fikrlar boshqa fazilatlar to'g'risidagi fikrlarning paydo bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi, Torndayk tadqiqotlari ana shunday xulosaga keldi.

Misol uchun, biror insonning go'zal husni to'g'risidagi o'y-fikrlar, kishilarnj bu insonning ham mehribon, ham aqilli, ham quvnoqligiga ishonishga majburlaydigan halo effektini yaratishi mumkin.

Yoki aksincha. Yakka xislat to'g'risidagi salbiy fikrlar insonning boshqa fazilatlari to'g'risidagi salbiy taassurotlarning shakllanishiga olib keladi.

Odamlar bir xislat to'g'risida yaxshi taassurotga ega bo'lishsa, bu iliq fikrlar boshqa fazilatlar to'g'risidagi fikrlarning ham paydo bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

https://t.me/pslog
Nimaiki kelsa,
kelishiga izn bering..

Nima qolsa,
qolishiga izn bering..

Nima tark etsa
ketishiga izn bering..

πŸ‚ @pslog
Insonlar doimo ko'rishni istagan narsani ko'radi, eshitmoq istaganini eshitadi, xolos...

Harper Lee.

@pslog
Motivatsiyani hamisha bir maromda saqlash mushkul. O'zingizda intizomni ham rivojlantiring.

πŸ‘‰ @pslog
Shamollar qumloqdagi oyoq izlarini o'chirdi.
Boq, quyosh chiqmoqda daraxtlar orasidan.
Yangi bir qo'shig'in boshlaydi dunyo,
Yangidan har saboh yangi bir dunyo....

Hayrli tong! ☺️

@pslog
Karlsberg ijtimoiy eksperimenti

Hech sizga odamlar tomonidan tashqi qiyofangizga asoslangan o'rinsiz baho berilgandek tuyulganmi? Yoki ilk uchrashuvdayoq biror kimsaning ko'rinishiga qarab, u haqida notog'ri taassurotga borganmisiz?

Tashqi siymoga asoslangan bunday taassurotlar ba'zida insonlarning ichki siyratida yashirin xislatlar va fazilatlarni nazardan chetda qoldirilishiga sabab bo'ladi. Aslida reklama sifatida boshlangan o'ta kulgili ijtimoiy eksperimentda vaziyatdan zig'ircha xabari bo'lmagan juftliklar gavjum kinoteatrga kirib borishdi.

150 o'rindiqning faqatgina ikkitasidan bo'lak barchasi allaqachon egallab bo'lingan. Hamma gap shundaki, to'ldirilgan 148 ta o'rindiqni o'ta gavdali va qo'rqinchli qiyofadagi erkak baykerlar egallab olgan edilar. Siz bunday vaziyatda qanday ish tutgan bo'lardingiz? Mavjud o'rindiqlardan birini egallab, filmni maroq bilan tomosha qilardingizmi yoki bunga jur'atingiz yetmay, u yerdan juftakni rostlardingizmi?

Ushbu norasmiy eksperimetda barcha juftliklar ham o'rindiqqa o'tirishni xushlashmadi, bunga axiyri jur'at qilgan juftliklar omma tomonidan olqishlanib, Carlsbergning tekin pivolari bilan taqdirlashdi.

Ushbu vaziyat odamlar nima uchun hamisha kitobning muqovasiga qarab baho bermasliklari lozimligini eslatuvchi ajoyib misol bo'ldi.

πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
@pslog
Muvaffaqiyatsizlik mukammal bir ustozdir; Agar uni qabul qilsangiz, har xatoning yakunida bir dars bordir.

Opra Vinfrey

@pslog
- Kim oΚ»zarga o'qishdan nima foyda? Bilimlaringiz osharmidi? Yo'q, faqat qon bosimingiz oshadi. Bu yer kollej, qon bosimi oshiradigan joy emas. Qamchining zarbidan sher ham boshqa kursiga o'tib o'tirishni o'rganadi, lekin uni "o'rgatilgan sher" deydilar, "o'qimishli" demaydilar.

- Tashqarida beshafqat, bag'ritosh dunyo yastanib yotibdi. Bu telba dunyoda har kim o'zidan omadli nasl qoldirishni o'ylaydi. Har kim o'z bolasini daho bo'lishini xohlaydi. Vrach, injener, tadbirkor bundan kamiga rozi emas. Faqat besh baho olsin, eng yuqori ball to'plasin, bundan kami muvaffaqiyatsizlik sanaladi.

- Taqdiringiz o'z qo'lingizda, eshaklarni qo'yib, odamlarni sevasizmi?

(Amirxon "Uch savdoyi" filmidan)

🎞
@pslog
Har kuni kimnidir tabassum qildiring. Lekin o'sha kimdirga o'zingiz ham kirishingizni unutmang! ☺️

@pslog
Tutunli xona eksperimenti

Biror kimsani tang ahvolda ko'rsangiz, yordam berishga harakat qilgan bo'lardim, deb o'ylaysizmi? Psixologlar bu savolga javob atrofda necha nafar kishi borligiga bog'liq ekanligini aniqladilar. Biz vaziyatga yagona guvoh bo'lganimizdagina yordam qo'lini cho'zishga moyilmiz, odamlar orasida bo'lganimizda esa yordam berishimiz ehtimoldan holi vaziyatga aylanishi mumkin.

Bu fenomen Kitti Jenoves ismli yosh ayolning o'limi sabab omma e'tiboriga tushdi. Ko'pchilik bergan ma'lumotlarga ko'ra, bir necha kishi unga qilingan tajovuzning guvohi bo'lib turishlariga qaramasdan, hech kim yordam qo'lini cho'zishni xayoliga ham keltirmagan.

Bu xulq-atvor kuzatuvchi effektiga bir misol sifatida qaralgan, yoki atrofdagilarning mavjudligi odamlarni harakatsizlikka olib kelishi. (Aslida, bir necha guvohlar zudlik bilan militsiya xodimlariga xabar berganlar, shu sabab Jenoves keysi kuzatuvchi effektiga mukammal misol bo'la olmaydi.)


Bir klassik eksperimentda tadqiqotchilar xonadagi ishtirokchilardan so'rovnoma olish uchun blankalar to'ldirishni so'radilar. To'satdan bu xona tutunga to'la boshladi. Ba'zi vaziyatlarda ishtirokchining bir o'zi xonada yolg'iz bo'lishsa, ba'zilarida hech narsadan xabari bo'lmagan uch nafar ishtirokchi bo'lgan va so'nggi vaziyatda bir nafar ishtirokchi va 2 nafar konfederatlar(eksperimentator yordamchilari) bo'lgan.

Ikki nafar konfederatlar ishtirokidagi vaziyatda, hamkorlik qilayotgan bu aktyorlar tutunga ahamiyat bermay, so'rovnomani to'ldirishda davom etishdi. Ishtirokchilar yolg'iz bo'lishganda, bu ishtirokchilarning chorak qismi tutun haqida tadqiqotchiga xabar berish uchun xonani xotirjam tark etishdi.

3 nafar haqiqiy ishtirokchilardan iborat bo'lgan vaziyatda bu ishtirokchilarning faqat 38 foizi tutundan xabar berishdi. Ikki nafar konfederatlar tutunga ahamiyat bermagan so'nggi eksperiment sharoitida ishtirokchilarning atigi 10 foizi tutundan ogohlantirish uchun xonadan chiqib ketishdi. Ushbu eksperiment odamlar o'z harakatlarini qanchalik atrofdagilarning munosabatiga tayanib amalga oshirishlariga yorqin misoldir.

Qandaydir voqea yuz berib tursa-yu, hech kim bunga ahamiyat bermayotgandek tuyulsa, odamlar guruhning munosabatiga ahamiyat qaratishga moyil bo'ladilar va vaziyatni shu tarzda baholaydilar.

πŸ”Ž @getpsychedup

Taslim bo'lmaslik - orzularimizga oyoqda tura olish imkoniyatini va vaqtini berishdir.

@getpsychedup
Qanchalik kuchli ekanlingizni kuchli bo'lish yagona chorangiz bo'lmagunicha aslo bila olmaysiz.

@getpsychedup
Sizni qanday sevishni bilmaganlarni kechiring. Ular sizga o'zingizni qanday sevish kerakligini o'rgatayotgan edilar.
- Ryan Elliot

Kechirish, bu aynan siz uchun va boshqa hech kim uchun emas. Kechirish bu, albatta, sizga ozor yetkazgan inson bilan yarashish yoki ularning harakati bilan murosai madoraga kelishni anglatmaydi. Siz izlayotgan narsa, bu β€” xotirjamlik ekanligini unutmang.

@getpsychedup
πŸ‘1
Falsafa o'qiganga: "Tinchlikmi faylasuf bo'lasanmi?"
Tarix o'qiganga: "Bizning boshimizga tarixchi keltirasanmi?"
Roman o'qiganga: " Bular bekorchi ishlar."
She'r o'qiganga: "Oshiq bo'ldingmi?"
Tasavvuf o'qiganga: " Bu ish kitoblardan o'rganilmas." degan insonlar bilan yonma-yonmiz...
O'qing, shunchaki o'qing.

@getpsychedup