Yangaga Elif deding usta!
Biror kishi bilan suhbatlashayotib, biror narsani aytmoqchi bo’lib turganingizda, umuman boshqa narsani aytib yuborib “Yog’e, tilim qursin” deb yuborgan vaqtingiz bo’lganmi?
“Tilim qursin” deya tilimizga to’nkab qo’yamiz. Aslida bizga pand bergan narsa tilimiz emas, balki miyamiz, ongimizdir.
Parapraksis
Psixoanaliz tushunchalaridan biri bo’lgan bu atama Freydian slip deb ham ataladi. Bexosdan og’izdan otilib chiqqan, “yanglish” deb bilingan kalimalar, aslida, ongsiz bostirilgan istaklar, xayollar yoki qo’rquvlarni oshkora qilib qo’yadi.
Nutqniki deb bilingan xatoliklar ongimizga tegishlidir…
@pslog
Biror kishi bilan suhbatlashayotib, biror narsani aytmoqchi bo’lib turganingizda, umuman boshqa narsani aytib yuborib “Yog’e, tilim qursin” deb yuborgan vaqtingiz bo’lganmi?
“Tilim qursin” deya tilimizga to’nkab qo’yamiz. Aslida bizga pand bergan narsa tilimiz emas, balki miyamiz, ongimizdir.
Parapraksis
Psixoanaliz tushunchalaridan biri bo’lgan bu atama Freydian slip deb ham ataladi. Bexosdan og’izdan otilib chiqqan, “yanglish” deb bilingan kalimalar, aslida, ongsiz bostirilgan istaklar, xayollar yoki qo’rquvlarni oshkora qilib qo’yadi.
@pslog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'rganlarimiz har doim ham haqiqat bo’lavermas ekan: “Raqamli qal’a” da bunga guvoh bo’lasiz! 🤗
@pslog
@pslog
Adolescence — 13 yoshli bolakayning bir jinoyatda ayblanishi bilan boshlanadigan ushbu 4 qismlik kichik serialda internet, ijtimoiy tarmoqlar, kiberbulling, o’smirlik va oilaviy past-u balandliklar haqqoniy tasvirlangan.
Kim aybdor? Bu savolni qayta-qayta so’rayverasiz…
Diqqat! Spoyler bor: https://azizapulatova.medium.com/adolescence-filmiga-taqriz-4b92aeca3c06

Bog'liqlik tuyg'usi.pdf
1.4 MB
G'amxorlik ilmi
Must-have tool for all parents!
Must-have tool for all parents!
G’alati vaziyat testi (The Strange Situation test)
Sarah va uning 12 oylik qizalog’i Kimmy o’yinchoqqa to’la bir xonaga kirib kelishdi. Xonada ularni ko’rinishidan istarasi issiq yosh bir tadqiqotchi xodima kutib oldi va ular u yoq - bu yoqdan gaplashib o’tirishdi. Kimmy atrofdagi o’yinchoqlarni qo’liga olib o’ynay boshladi: u bu orada onasiga qarab qo’yib, atrofda emaklay boshladi, o’yinchoqlarni qo’liga oldi, yerga otdi, ovozi bor-yo’qligini, dumalab-dumalamasligini, chiroqlari yonib-yonmasligini tekshirib ko’rdi.
So’ngra Kimmy’ning onasiga bu xonadan chiqish so’raldi; ayol o’rnidan turib, shoshmasdan tashqariga chiqib ketdi. Kimmy vaziyatni tushungan zahoti injiqlana boshladi. Bor kuchi bilan eshik tomonga yugurib, yig’lay boshladi. Onasini chaqirib, eshikni ura boshladi. Tadqiqot xodimasi Kimmy’ning e’tiborini bir quti rangli qalab bilan chalg’itmoqchi bo’ldi, lekin bu bilan uni battar jahlini chiqargani qoldi. Qalamlarni xodimaning yuziga qarab otdi.
Ko’p otmay, onasi xonaga kirib kelganda, Kimmy uni quchog’ ochib kutib oldi. Sarah qizini bag’riga olib, unga tasalli bera boshladi. Kimmy onasini qattiq quchoqlagancha, yig’idan to’xtadi. Tinchlangan bolaning e’tibori yana o’yinchoqlarga qaytdi va ularni o’ynashda davom etdi.
Sarah va Kimmy ishtirok etgan bu tadqiqot, bog’liqlik nazariyasi yo’nalishidagi eng muhim tadqiqot bo’lib, unga g’alati vaziyat testi degan nom berilgan. Yuqoridagi misol, uning qisqaroq bir versiyasi edi.
Bola umuman notanish bir muhitga tushib qolgan bo’lishiga qaramay, o’zida ishonch bilan atrofni o’rgana boshladi. Bog’langan kishisining xonadaligini bilish, unga ana shu ishonchni berdi. Uni ishonchli suyanchiq deb bildi. Bu suyana oladigan, to’liq ishona oladigan va biror ehtiyoji paydo bo’lganda oldiga bora oladigan inson borligini his qilish demakdir. Bola olamni kashf qilishi, o’rganishi va rivojlanishi uchun unga ana shunday bir ishonchli suyanchiq kerak bo’ladi.

YouTube
The Strange Situation - Mary Ainsworth
Developmental psychology.
Bugun butunjahon psixologik romanlar kuni. Psixologik romanlarni yoqtiradiganlar uchun jahon adabiyotidan na’munalar. Yoqimli mutolaalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Lion Whisperer nomini olgan Kaven Richardson o’z jonini xavfga qo’yib vaxshiy arslonlar bilan qanday til topishish mumkinligini ko’rsatdi. U Janubiy Afrikadagi Yoxansburgda joylashgan hayvonot bog’ida arslonlar bilan birga yashay boshlagan.
Negadir baquvvat panjalari bilan boshqa hayvonlarni yer tishlatgan va ularni vaxshiylarcha yegan sherlar Kavenga hujum qilishmagan.
O’lim tahlikasini yenggan Kaven bir kuni u bilan yashagan sherlarning daxshatli hujumiga uchradi. Atrofdagi odamlar uni zo’rga’ qutqarib qolishadi. U bilan olib borilgan suhbatda sherlarga bunchalik ishonish xatoligini ta’kidlaganlarga: yanglishyapsiz, men ularning ishonchini poymol qilganim uchun, ular ham kerak bo’lgan ishni qilishdi, deb izoh bergan.
Mehr-shafqat shunday tilki, uni kar ham eshita oladi, ko'r ham ko'ra oladi…
@pslog
Negadir baquvvat panjalari bilan boshqa hayvonlarni yer tishlatgan va ularni vaxshiylarcha yegan sherlar Kavenga hujum qilishmagan.
O’lim tahlikasini yenggan Kaven bir kuni u bilan yashagan sherlarning daxshatli hujumiga uchradi. Atrofdagi odamlar uni zo’rga’ qutqarib qolishadi. U bilan olib borilgan suhbatda sherlarga bunchalik ishonish xatoligini ta’kidlaganlarga: yanglishyapsiz, men ularning ishonchini poymol qilganim uchun, ular ham kerak bo’lgan ishni qilishdi, deb izoh bergan.
@pslog
Kompyuter erkakmi yoki ayol?
Amerikaliklar kompyuterning qaysi jinsga oidligi borasida ko’p tortishar ekanlar…
Ayollar bu uskunaning erkak jinsiga mansubligini ta’kidlashar ekanlar. Ularning fikricha, kompyuter muammolarni hal qilish maqsadida yaratilgan bo’lsa-da, umrining to’rtdan uch qismini ishkal chiqarish bilan o’tkazishar ekan…
Eng qizig’i shundaki, kompyuter xarid qilayotgan vaqtingizda ozgina sabr qilsangiz, bundan yaxshiroq modelini olish mumkinligidan pushaymon bo’larkansiz…”
Erkaklar bu fikrdan ancha yiroq… “Kompyuter - ayol” deydi ular, “chunki, birinchidan, uning ichki logikasini, uning yaratuvchisidan boshqa hech kimsa tushunmaydi.
Ikkinchidan, hatto arzimas xatoyingizni ham darxol uzoq muddatli xotiraga yozib olib, qayta-qayta yuzingizga solaveradi, Uchinchidan, kompyuter olgandan keyin, unga kerak bo’ladigan aksessuarlarga ko’p xarajat ketishini tushunasiz.”
Bu bir hazil, albatta…

6 daqiqa kitob o’qish stress darajasini keskin (68 foizga) kamaytirishi mumkin!
Buyuk Britaniyaning Sussex universiteti Mindlab International tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shunday xulosaga kelmoqda…
Musiqa tinglash(61%), piyoda sayr qilish(42%), bir piyola choy ichish(54%) va hatto video o’yinlar o’ynash kabi turli xil yordamchi usullarni sinab ko'rish paytida stress darajasi va yurak urish tezligi kuzatilgan - ammo kitob o'qish miya va tanani stressdan xalos etishga yordam beradigan eng kuchli usulligicha qolavergan.