π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
245 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Ma'lumotlarni xotirada saqlab qolish qobiliyatidan mahrum bo'lsa-da, Intellektual koeffitsienti (IQ) o'rtachadan yuqori bo'lgan shaxs tarixda H. M. nomi bilan mashhur.

Bu shaxs olimlarning miya faoliyatini o'rganishi uchun 53 yil eksperiment subyekti bo'lib xizmat qilgan. U amnezia (eslab qolish qobilyatidan mahrum bo'lish) ga chalingan va 20 sekunddan so'ng, o'tgan barcha voqealarni darhol unutgan.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Kunlar soviganda soya bergan daraxtlar unutilar. Xuddi ishlari bitgandan so'ng unutilgan insonlardek...
#iqtibos

πŸ‘‰ @getpsychedup


Ijtimoiy tarmoqlar bizni beto'xtov xabarlar oqimi bilan ta'minlaydi. Oriflame reklamalari deysizmi, tanishlarimizning oldi-qochti gaplari va yana o'zingiz bilasiz! Garchi buni o'zimiz anglamasak-da, bunday ma'lumotlar oqimining ko'pchiligi stressga sabab bo'ladi.

Stress to'la postlar orasidan butkul o'zgacha suratlarni ko'rib qolasiz. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, hayvonlarning suratlarini tomosha qilish kayfiyatni ko'tarib, stressga bardoshlilikni oshiradi.

The Comedy Wild Life Photography Awards 2020-yilning finalistlarini aniqlab oldi. G’oliblar 2020-yilda bo’lib o’tuvchi onlayn tadbirda e’lon qilinadi. Biroq ungacha, noodatiy vaziyatlarga tushib qolgan hayvonlarning suratlarini tomosha qiling.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Sizni sevuvchi oilangiz, bir-ikkita yaxshi do'stingiz, dasturxonda taomingiz va boshingiz ustida tomingiz bo'lsa, siz o'ylaganingizdan ko'ra ancha boyroq insonsiz.

πŸ’—
@getpsychedup
Hech qachon taslim boβ€˜lmang!

#iqtibos Bugun o'z irodamga bog'liq bo'lmagan narsalar uchun stressga berilmayman.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Do'stingiz depressiyadan qutulishi uchun qanday yordam bergan bo'lardingiz?

- Menimcha, do'stlarim yordam berishni xohlashadi, ammo yordam berish uchun aslida nima qilishni bilishmaydi.

Depressiya holatidagi do'stingiz jilmayishi uchun nimalar qilgan bo'lardingiz? :-)

Odamlar koβ€˜pincha haqiqiy depressiya va qaygβ€˜u hissini bir-biridan ajrata olishmaydi. Doβ€˜stingiz bilan uning ahvoli haqida ochiq suhbatlashing. Tadqiqotlarning koβ€˜rsatishicha, oβ€˜z joniga qasd qilishga doir suhbatlar xavfning oldini oladi. Depressiyaning ogβ€˜ir shakli ana shunday natijalarga olib keladi.

Kasallik haqida ochiq-oydin suhbatlashish "ruhiy xasta" yorligβ€˜ini buzishga yordam beradi va bunday vaziyatda yordam soβ€˜rash - normal holat ekanligini anglashda muhim rol oβ€˜ynaydi.

✊ @getpsychedup
O'zgarishni rad etayotgan insondan jahlingiz chiqaversa, bilingki siz ham o'zingizni o'zgartirishni rad etyapsiz.
πŸ‘‰πŸ»@getpsychedup
Shaxsiy mas'uliyat. O'z-o'ziga beriladigan baho borasida natanielbrenden.comdan ayrim maslahatlar.

Oβ€˜z-oβ€˜ziga beriladigan bahoning sogβ€˜lom darajasiga yetishmoqchi boβ€˜lsangiz, oβ€˜zingizni boricha qabul qila olishingiz va oβ€˜z qarorlaringiz hamda xatti-harakatlaringizdan choβ€˜chimasligingiz lozim.

Ammo oβ€˜z-oβ€˜ziga beriladigan bahoning shakllanish jarayonida boshqa bir muhim hislat ham mavjudki, u koβ€˜pincha nazardan chetda qoladi. Bu β€” oβ€˜z kelajagingiz uchun masΚΌuliyatni oβ€˜z qoβ€˜lingizga olish qobiliyatidir.

Shaxsiy masΚΌuliyat bilan hayot kechirish uchun uch asosiy doirada oβ€˜z xatti-harakatingizga erkin taΚΌsir koβ€˜rsata olishingiz kerak:

βœ”οΈ Maqsadlaringizga yetishishga koβ€˜maklashuvchi vazifani amalga oshirishga kirishish.

βœ”οΈ Oβ€˜z qarorlaringiz, tanlovlaringiz va xatti-harakatlaringiz uchun javobgarlikni qoβ€˜lga olish.

βœ”οΈ Sizga yoβ€˜l koβ€˜rsatuvchi qadriyatlarni izlash va ularni hech ikkilanishlarsiz qabul qilishda oilangiz, doβ€˜stlaringiz yoki boshqalar bergan maslahatga koβ€˜r-koβ€˜rona ergashmasdan, oβ€˜z fikringizga tayanish.

Shaxsiy mas’uliyat sizdan mashaqqatni, fikrlash va bir qancha mushkul qarorlar qabul qilishni talab etadi. Koβ€˜pchilik insonlar, bu β€” uddalab boβ€˜lmaydigan vazifa ekanligiga oβ€˜zini ishontiradilar. Ba’zi insonlar oβ€˜z muammolarida boshqalarni ayblaydi. Qolganlar esa kimdir kelib, barchasini hal qilib berishiga umid bogβ€˜laydilar.

Yodda tuting: yelkangizdagi yuklarni boshqalar zimmasiga ortaversangiz, o’zingizga bo’lgan hurmat va ishonch qolmaydi.

Shaxsiy mas’uliyat sizga nimalarni taqdim etadi?

Shaxsiy masΚΌuliyat hayotga passiv yoki jabrdiyda inson nazari bilan boqish emas, balki hayotga faol munosabatda boβ€˜lishdir.

Quyidagi ikki savolni oβ€˜zingizga bering β€” β€œ Oldimda qanday imkoniyatlar mavjud? Men nima qila olaman?”
Shaxsiy masΚΌuliyat hayotimizning barcha qirralarida qoniqishni tuyish va muvaffaqiyatni taΚΌminlashda koβ€˜maklashadi.

🟑 Biznesda muvaffaqiyat qozonadigan insonlar faqatgina ular uchun ajratilgan vazifalar bilan oβ€˜zlarini cheklab qoβ€˜yishmaydi. Ular tez-tez o’z sohasi doirasidagi bilimlarning rivojiga katta hissa qo’shadilar. Muvaffaqiyatli odamlar muammoga duch kelganlarida uni tahlil qilib, imkoniyat doirasidagi yechimni yaratadilar.

🟑 Shaxsiy munosabatlardan yuqori qoniqishni tuyadigan insonlar β€œIstagim…” deyish bilan cheklanib qolmaydilar. Ular soβ€˜rashadi,”Istagimga erishish uchun nimalar qilishga tayyorman?” Ular rafiqasi, farzandlari va doβ€˜stlari bilan yetarlicha vaqt sarflashga ahamiyat qaratishadi. Muloqotning ochiq yoki ochiqmasligini fahmlaydilar, oβ€˜z his-tuygβ€˜ularini ifoda etishadi va atrofdagilarning his-tuygβ€˜ulariga oβ€˜z munosabatlarini bildirishadi, mojorolar bilan toβ€˜qnashib, ularni hal etadilar.

πŸ’« @getpsychedup
πŸ‘1
Atirgullar va burunlar deb nomlangan optik illyuzion jumboq 19-asr boshlarida qog'ozga tushirilgan. Unda nechta yuz qiyofasi tasvirlanganini topishga bir urinib ko'rasizmi?

Javobingizni bu yerda tekshiring.

πŸ€” @getpsychedup
Oftobni izlab topa olmasangiz, o'zingiz oftob bo'ling πŸŒ»πŸπŸŒžπŸŒˆβ€οΈπŸ’–β£οΈ

πŸŒ… @getpsychedup
πŸ”₯1
Robber g'ori eksperimenti

Nima uchun turli guruhlar o'rtasida nizolar sodir bo'lib turadi?

● Psixolog Muzaffar Sherifning aytishicha, guruh ichidagi nizolar resurslarni o'zlashtirishga intilish uchun kurash, stereotiplar va ayirmachilik tufayli yuzaga keladi.

Tadqiqotchilar 11 va 12 yosh oralig'idagi 22 nafar bolalarni ikki guruhga ajratgan holda Oklahomada joylashgan Robber g'ori bog'idagi bir oshyonga joylashtirdilar.

Bolalar ikkita alohida-alohida guruhga ajratilgan edilar va ular eksperimentning ilk haftasini boshqa guruh a'zolari bilan vaqt o'tkazish bilan sarfladilar.

Ammo bolalar eksperimentning ikkinchi bosqichidagina ikkinchi guruh mavjud ekanligidan xabar topdilar, ayni o'shanda tadqiqotchilar ikki guruhni bir-biri bilan bevosita raqobat maydoniga tashlagan edilar.

Bu narsa murosasiz kelishmovchiliklarga olib keldi, sababi bolalar o'z guruhi a'zolarini ochiq-oydin qo'llab-quvvatlagan holda, boshqa guruh a'zolarini qoralayotgan edilar.

So'nggi bosqichda tadqiqotchilar ikkala guruhning birgalikdagi faoliyatini talab etuvchi vazifani o'rtaga qo'ydi. Taqsimlangan vazifalar bolalarga boshqa guruh a'zolari bilan tanishib olishlariga va keyinchalik raqiblar o'rtasidagi sulhga olib keldi.

πŸ” @getpsychedup
Evaziga hech narsa kutmay atrofdagilarga yordam bering. Buning mukofoti qanchalar buyuk ekanligiga ishonmaysiz, chunki ekilgan narsa, albatta o'riladi va mehribonlik - kar eshita oladigan, ko'r ko'ra oladigan yagona tildir. ❣️

@getpsychedup
"O'rtacha darajali ustoz so'zlab beradi. Yaxshirog'i tushuntiradi. Zo'r ustoz ko'rsatib beradi. Buyuk ustozlar esa ilhomlantiradi." (Uilyam Artur)

Assalomu alaykum aziz Ustozlar!

Sizni bugungi Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Mashaqqatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab qolamiz.


πŸŽ‰ @getpsychedup
Dunyodagi eng ajoyib manzillar:
Kimningdir o'ylarida bo'lish
Kimningdir duolarida bo'lish
Va kimningdir qalbida bo'lish ❀️

πŸ”… @getpsychedup
"Skripkachi metroda" eksperimenti

2007-yilda taniqli skripkachi Josh Bell Vashingtondagi tirband metro stansiyalaridan birida ko'cha musiqachisi qiyofasida paydo bo'ldi.

Bell bundan hech qancha avval har bir chiptaning o'rtacha narxi 100 dollar bahosida bo'lgan konsert uyushtirgan edi.

U dunyodagi eng mashhur musiqachilardan biri va qiymati 3.5 million dollardan ziyod bo'lgan qo'lda ishlov berilgan skripkada kuy chalayotgan edi. Ammo ko'pchilik odamlar musiqani tinglash uchun to'xtash o'rniga, o'z yo'llarida shoshib borardilar.

Ahyon-ahyonda musiqani tinglash umidida to'xtagan bolalarni ota-onalari qo'llaridan tutgancha yurishda davom etishga undardilar.

Ushbu eksperiment biz go'zallikni qadrlash u yoqda tursin, atrofimizdagi go'zallik durdonalarini e'zozlashni haqiqatan ham to'xtatdikmi degan mazmunidagi bir qancha qiziqarli savollarni tug'dirdi.

πŸ” @getpsychedup
Yorqin munosabat bir finjon totli qahva kabidir #kuningizni usiz boshlamang. πŸŒ»πŸπŸŒžπŸŒˆβ€οΈπŸ’–β˜•οΈ


@getpsychedup