π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Ba'zi odamlar xuddi bulutlarga o'xshaydi. G'oyib bo'lishlari bilan kun yorishib ketadi 🌀

πŸ‘‰ @getpsychedup
Altruizm
Ushbu maqola yordamida siz 1️⃣ Nyu York metrosida qahramonlik ko'rsatgan altruist Uesli Autrey;

2️⃣Qo'rquv hissi va miyaning amigdala sohasi o'rtasidagi uzviy bog'liqlik;

3️⃣ Jorjtaun universitetining tadqiqotchi psixologi Abigeyl Marsh va uning hamkasblari tomonidan altruizm xulq-atvorini o'rganish maqsadida olib borilgan tadqiqot to'g'risida muhim va o'ta qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
Yorug'lik hasta ko'zlarni qanday og'ritsa, saodat ham hasta ko'ngillarni shunday shoshirtirar. Hasta ko'zlardek hasta ko'ngillar uchun ham qorong'ilik afzaldir.

#iqtibos Rashod Nur Guntekinning "Choliqushi"asaridan

@getpsychedup
O'spirin yoshidagi bolalarning juda ko'p musiqa tinglashi depressiyadan qiynalishlariga sabab bo'lishi mumkin.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Samimiy kechirim so’rash

Uzr soβ€˜rar ekanmiz, bu inson bilan munosabatlar va uning fikri - biz uchun qadrli ekanini bildirgan boβ€˜lamiz. Chin dildan kechirim so’rash β€œkechirasiz” deyish bilan cheklanmaydi. Greatergood bu borada o'z tavsiyalarini beradi.

⭕️ 1. Aybni tan olish.

Aybni ochiqchasiga tan olish-samimiy uzr so’rashning ajralmas qismidir, ammo ko’pchilik uzr so’rashda bunga yetarli darajada amal qilmaydi. Kechirim so’rash agar siz kim aybdor ekanligini, kimga zarar yetkazilganligini va aybning mohiyatini tan olganingizni ko’rsatsa, yaxshi qabul qilinadi. Misol uchun, β€œMen xato qildim.” deb aytish β€œXatolarga yo’l qo’yildi, xato o’tdi.” deyishdan ko’ra samimiyroqdir, chunki bu javobgarlikni ma’lum shaxsga yo’naltiradi. Xuddi shuningdek, tushunarsiz izohlardan, misol uchun β€œKechirasiz, uzr so’rayman, kecha nima degan bo’lsam ham.” deb aytib qo’ya qolgandan ko’ra aniq bir xatoga ishora qilish afzalroq: β€œBema’ni hazil uchun uzr so’rayman.”

⭕️ 2. Tushuntirib berish.

Ba’zi hollarda aybni tushuntirish, ayniqsa, bu atayin qilinmaganligini va boshqa takrorlanmasligini yetkazib berishda foydali. Ammo, baxonalarga o’xshash yoki jabrlanuvchini ayblaydigan tushuntirishlar (misol uchun, β€œSiz haqiqatdan ham mening asabimga tegayotgan edingiz”) salbiy qabul qilinishi mumkin. Yetarli himoyani topa olmasangiz β€œO’z xatti-harakatlarimni oqlay olmayman.”-deyish yaxshiroq.

⭕️ 3. Pushaymonlik bildirish.

Biror kishini xafa qilganingizda uyalish yoki pushaymonlikni his qilish tabiiy hol. Bu his-tuyg’ularni ifodalab berishingiz yetkazilgan aziaytlarni tan olganingiz va afsuslanganingizni anglatadi. ”Qilgan ishim meni xarakterimga to’g’ri kelmasdi.”- shunga o’xshash iboralardan ehtiyot bo’ling, boisi bu kabi iboralar nima sodir bo’lganida to’liq ma’suliyatni his qilmayotganingizni anglatishi mumkin. Aksincha, buning o’rniga o’zingizdagi xafaragarchilikni va yaxshi tomonga o’nglanishga shay ekanligingizni bildiring.

⭕️ 4. Aybni yuvish uchun tuzatish kiritish.

Bunda ikkinchi tomonning fikrlaridan kelib chiqishga urining. O’z-o’zingizni jazolash faqat siz his qilayotgan aybni yengillatishi mumkin, xolos.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Notanish kishiga tabassum hadya etish, hisobchiga rahmat aytish yoki kimgadir eshikni ochib turish- bu kabi kichik yaxshiliklar har qanday insonning butun kunini yoritishi mumkin va sizdan hech qancha urinishni talab etmaydi.🎈🎁

πŸ‘‰ @getpsychedup
Seni sevaman deganning sevgisidan shubha qil, chunki ishq tovushsiz, sevgi tilsizdir...

#iqtibos Seni seviyorum diyenin sevgisinden şüphe et, Γ§ΓΌnkΓΌ aşk sessiz, sevgi dilsizdir…

πŸ‘‰ @getpsychedup


M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g'or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o'tgach, u turgan yerda bir orgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. "Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g'or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o'rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg'ura boshladim..."( Ij. Psixologiya darsligidan)

Inson umuman muloqotsiz qancha yashay olishi mumkin, deb o'ylaysiz?)

πŸ‘‰ @getpsychedup
Stress miyangizga qanday ta'sir ko'rsatadi

🟣 Stress miyangizga qanday ta'sir ko'rsatadi

πŸ—£ Shameran Abed

⭕️ Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang ⭕️
Stress tamoman yomon narsa emas. U sportda raqobatga kirishganingizda yoki sahnadagi nutqingizda qo'shimcha energiya va diqqat jamlashingizda qo’l keladi. Ammo surunkali davom etsa, u sizning miyangizni o'zgartira boshlaydi. Madhumita Murgia surunkali stressning qanday qilib miya hajmi, uning tuzilishi va qay tariqa faoliyat yuritishi, genlaringiz qatlamigacha ta'sir eta olishi to'g'risida so'zlab beradi.

⏱ 4~ min
Yonib, oβ€˜z kulidan yana paydo boβ€˜ladigan afsonaviy Feniks qushi kabi qayta hayotga kelish va kuchliroq va aqilliroq "men" sifatida o'sishingiz uchun ba'zida ichingizda biroz so'nishingiz kerak. #iqtibos

πŸ‘‰ @getpsychedup
Hozirgi kun munosabatlari mushkulroq, chunki suhbatlar yozishmalarga, mojorolar telefon qo'ng'iroqlariga va his-tuyg'ular tarmoqdagi statuslarga aylangan.

πŸ‘‰ @getpsychedup
♨️ Yetishmovchilik illyuziyasi

1975-yilda o'tkazilgan bir izlanishda, tadqiqotchilar jami 200 nafar odamga bir-biridan hech ham farq qilmaydigan pechenye idishlarini ko'rsatadilar.

Ulardan birining ichida 10 ta pechenye bo'lsa, ikkinchisida ikki dona pechenye bor edi.

Buni qarangki, odamlar bo'sh idishdagi pechenyelarni arzirliroq, deb baxolashgan ekan.

Yetishmovchilikni yaratish orqali Mahsulotingiz/xizmatingiz yagonaligiga erishing.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Agar biror bir o'zgarish yasash uchun juda kichiklik qilaman degan fikrda bo'lsangiz, chivinlar bilan bir xonada uxlab ko'ring.
- Dalai Lama #iqtibos

πŸ‘‰ @getpsychedup
"Hech kim kelmaydi..!"

Shaxsning o'z-o'ziga baho berish konsepsiyasi asoschisi sifatida nom qozongan psixolog Nataniel Branden shaxsiy mas'uliyat kishining o'ziga bo'lgan sog'lom munosabat tayanchlaridan biri ekanligini ta'kidlaydi.

Branden o'z so'zida davom etib, "Hech kim kelmaydi." degan faktni qabul qilishimiz bilan, mas'uliyatni chin dildan his eta boshlaymiz, deydi. Yaltiroq sovut kiygan hech qanday qayliq shahzoda yoki ritsar meni o'z vaziyatimdan qutqarish uchun kelmaydi. Hech qanday mutafakkir yoki o'qituvchi menga bor haqiqatni oshkor etish yoki yorug'likni ko'rsatish uchun kelmaydi. Hech qanday rahbar mening asl potensialimni anglash va uni mukofotlash hamda va'da qilingan joyga eltish uchun kelmaydi. O'z vaziyatimga ijobiy ta'sir o'tkazish faqat mengagina bog'liq. Va mas'uliyatni o'z bo'ynimga olishga va to'laqonli hayot kechirishga tayyorman.

Branden bu fikrlarni bir seminarda muhokama qilish chog'ida seminar ishtirokchilardan biri uni muammoli vaziyatga solmoqchi bo'ldi. Bu seminar ishtirokchisi mas'uliyatni qo'lga olish ahamiyatini tushunganligini, ammo "Hech kim kelmaydi." degan jumlaga ishonqiramay turganini aytdi.

"Siz hech kim kelmaydi dedingiz, biroq bu fikrlarni biz bilan bo'lishish uchun siz keldingiz-ku, axir?"-u shunday savol berdi. Branden bu savolga "Haa, men keldim. Lekin men sizlarga hech kim kelmasligini aytish uchun keldim!"-deb javob bergan ekan.

✊ @getpsychedup
Ma'lumotlarni xotirada saqlab qolish qobiliyatidan mahrum bo'lsa-da, Intellektual koeffitsienti (IQ) o'rtachadan yuqori bo'lgan shaxs tarixda H. M. nomi bilan mashhur.

Bu shaxs olimlarning miya faoliyatini o'rganishi uchun 53 yil eksperiment subyekti bo'lib xizmat qilgan. U amnezia (eslab qolish qobilyatidan mahrum bo'lish) ga chalingan va 20 sekunddan so'ng, o'tgan barcha voqealarni darhol unutgan.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Kunlar soviganda soya bergan daraxtlar unutilar. Xuddi ishlari bitgandan so'ng unutilgan insonlardek...
#iqtibos

πŸ‘‰ @getpsychedup


Ijtimoiy tarmoqlar bizni beto'xtov xabarlar oqimi bilan ta'minlaydi. Oriflame reklamalari deysizmi, tanishlarimizning oldi-qochti gaplari va yana o'zingiz bilasiz! Garchi buni o'zimiz anglamasak-da, bunday ma'lumotlar oqimining ko'pchiligi stressga sabab bo'ladi.

Stress to'la postlar orasidan butkul o'zgacha suratlarni ko'rib qolasiz. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, hayvonlarning suratlarini tomosha qilish kayfiyatni ko'tarib, stressga bardoshlilikni oshiradi.

The Comedy Wild Life Photography Awards 2020-yilning finalistlarini aniqlab oldi. G’oliblar 2020-yilda bo’lib o’tuvchi onlayn tadbirda e’lon qilinadi. Biroq ungacha, noodatiy vaziyatlarga tushib qolgan hayvonlarning suratlarini tomosha qiling.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Sizni sevuvchi oilangiz, bir-ikkita yaxshi do'stingiz, dasturxonda taomingiz va boshingiz ustida tomingiz bo'lsa, siz o'ylaganingizdan ko'ra ancha boyroq insonsiz.

πŸ’—
@getpsychedup
Hech qachon taslim boβ€˜lmang!

#iqtibos Bugun o'z irodamga bog'liq bo'lmagan narsalar uchun stressga berilmayman.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Do'stingiz depressiyadan qutulishi uchun qanday yordam bergan bo'lardingiz?

- Menimcha, do'stlarim yordam berishni xohlashadi, ammo yordam berish uchun aslida nima qilishni bilishmaydi.

Depressiya holatidagi do'stingiz jilmayishi uchun nimalar qilgan bo'lardingiz? :-)

Odamlar koβ€˜pincha haqiqiy depressiya va qaygβ€˜u hissini bir-biridan ajrata olishmaydi. Doβ€˜stingiz bilan uning ahvoli haqida ochiq suhbatlashing. Tadqiqotlarning koβ€˜rsatishicha, oβ€˜z joniga qasd qilishga doir suhbatlar xavfning oldini oladi. Depressiyaning ogβ€˜ir shakli ana shunday natijalarga olib keladi.

Kasallik haqida ochiq-oydin suhbatlashish "ruhiy xasta" yorligβ€˜ini buzishga yordam beradi va bunday vaziyatda yordam soβ€˜rash - normal holat ekanligini anglashda muhim rol oβ€˜ynaydi.

✊ @getpsychedup
O'zgarishni rad etayotgan insondan jahlingiz chiqaversa, bilingki siz ham o'zingizni o'zgartirishni rad etyapsiz.
πŸ‘‰πŸ»@getpsychedup