π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
245 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Kech javob yozadiganlarga:

Agar javobni ikki kundan so'ng olishni istaganimda, xabarni kabutar orqali yo'llagan bo'lardim.

@getpsychedup
Xatolaringizni o'zingiz bilan orqalab yurmang. Aksincha, ulardan yuksaklikka ko'tarilish uchun ularni oyog'ingiz ostiga qo'yib, ustidan hatlab o'tuvchi toshlar maqsadida foydalaning. πŸ₯ŠπŸ˜‰

@getpsychedup
Yorug'likni topdim πŸŒ™

Hattoki salbiy vaziyatning ham o'ziga xos ijobiy tomoni mavjud. Bir narsani yodga oling: tun qancha qorong'u bo'lsa, yulduzlar shuncha charaqlaydi.

@getpsychedup
〽️ Omad kundaligi

Masalan: har kuni 10 betdan kitob oβ€˜qir edim, bugun 15 bet oβ€˜qidim.
Bu omadga boβ€˜lgan yoβ€˜l – kichik qadamlardan boshlanishini tushunishingizga yordam beradi. Har bir qilayotgan ishingiz oβ€˜z natijasini koβ€˜rsatishini tushunib yetishingizga koβ€˜maklashadi.

@getpsychedup
Qaylardadir sizni dunyodagi eng ajoyib inson deb biluvchi inson bor, shunchaki siz bundan bexabarsiz.

@getpsychedup
Lezyviye o'tkir bo'lsa ham, u daraxtni kesa olmaydi. Bolta buni eplay olsa-da, u bilan sochni qirqib bo'lmaydi. Har bir inson takrorlanmas xislatlar sohibidir. Agar ularning poyabzaliga havas bilan qarash niyatida bo'lmasangiz, biror kimsaga past nazar bilan qaramang.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zida kayfiyatingizni ko'tarish uchun biroz raqsga tushishning o'zi kifoya. Bu jajji qizaloq hammaning kayfiyatini ko'tarishga erisha oldi.

@getpsychedup
Nega mahzun kuylar bizni o’ziga rom etadi

Adelning musiqiy karyerasi parchalangan qalb janridagi balladalar asosiga qurilgan. Biroq aslida hech kim mahzun bo’lish va tushkunlikka tushishdan huzurlanmaydi. Shunday ekan, nega qayg’u va g’amgin tuyg’ular jo bo’lgan kuylarni sevib tinglaymiz? O’tgan bir necha o’n yilliklarda yaratilgan musiqiy xitlarga bir nazar soling: ayriliq, kuygan yurak, yolg’izlik hamda afsus-nadomat kuylangan qo’shiqlar soni yetarlicha.

Ehtimol mazkur xulq-atvorni tushuntirib beruvchi ilmiy izohlar mavjuddir.

Tokyo SanΚΌat universitetida oβ€˜tkazilgan soβ€˜nggi tadqiqotlarda tadqiqotchilar 44 ta (musiqachi va bu sohadan bexabar) ishtirokchidan ham qaygβ€˜uli, ham quvonchli kuyni tinglash va shundan soβ€˜ng β€œmusiqani idrok etish va oβ€˜z hissiy holatlarini baholashni” soβ€˜radilar.

Natijalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, mahzun tarona ularda β€œqarama-qarshi hissiyotlarni” uyg’otgan, bunga sabab ishtirokchilar bu g’amgin qo’shiq β€œuni tinglash mobaynida his qilayotgan o’z tuyg’ularidan ko’ra ayanchliroq, ijobiy va xushchaqchaq hissiyotlardan yiroq ekanligiga” amin bo’lishgan.

Boshqacha aytganda, ular tinglagan mahzun tarona o’z hayotlaridan ko’ra qayg’uliroq bo’lgan, bu esa o’z navbatida ishtirokchilarni o’z holatidan unchalik g’amgin bo’lmasliklariga sabab bo’lgan.

Bu biz oynayi jahon orqali yoki ko’chada bizdan ko’ra nochorroq insonlarni ko’rganimizda zum o’tmay his qilishimiz mumkin bo’lgan aybdorlik va shukronalik tuyg’ularidan farq qilmaydi. Turib-turib, o’zimcha mushohda qilaman, ko’plarning hayotida yo’q narsalar menda yetarlicha; nega aynib qolgan tuxumlardan nolib o’tiribman-a?

Bulardan tashqari, ishtirokchilar qaygβ€˜uli musiqani ijobiy hissiyotlardan yiroq deb baxolashlariga qaramay, tadqiqotchilar yana shunga amin boβ€˜lishdiki,
βž• Eng sara melanxolik qo’shiqlar beshtaligi.

β€œG’amgin deb talqin etilgan musiqa aslida qayg’uli hissiyotlar bilan birga ijobiy hissiyotlarni ham uyg’otgan. Shuningdek, musiqa sohasi bilan shugβ€˜ullanadimi yoki yoβ€˜qligidan qatΚΌiy nazar, qaygβ€˜uli kuyni eshitgan insonlarning bari bu aralash hissiyotni birdek tuyishgan.

Bu mantiq muayyan asosga ega. Agar u bizga yolg’iz ayanchli hislarnigina tuydirgan taqdirda, nega g’amgin kuyni tinglashda astoydil davom etgan bo’lardik. U o’zimizni qaysidir darajada yaxshi his ettirmog’i ham lozim.

Shuningdek, tadqiqotchilar musiqa yoki san’at orqali tuyilgan qayg’uli kechinmalar rohatbaxsh bo’lishi mumkinligiga amin bo’lishdi, ehtimol bunga sabab real hayotdagi hissiyotlar titratib yubora olishi yoki ko’pincha bevosita titratishi (ham jismoniy, ham hissiy) mumkinligidan farqli o’laroq, u β€œ xavfsizligimizga chinakam xavf-xatar solmaydi.”

Darhaqiqat, tadqiqotchilar yana shuni qoβ€˜shimcha qilishdiki, β€œMabodo kundalik hayotda yuzaga keluvchi noxush hissiyotlar bizni qiynab qoβ€˜ysa, g’amgin qo’shiq salbiy hissiyotlardan xalos boβ€˜lishimizga koβ€˜maklashishi mumkin.”
Bir yilda o'n beshta do'st orttirish oson. Ammo bir inson bilan do'stlikni 15 yil saqlab qolish tamoman o'zgacha.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech ahamiyat berganmisiz, bolalar hamma narsaga hayrat ko'zi bilan qarashadi.
U skripka ovozini ilk bora tinglashi. Unga yoqqanini bildirmoqchi-yu, buni so'zlarda ifodalab bera olmayapti ☺️

@getpsychedup
Maqsad, niyat va kelajak rejalariga ega inson hayotiy dramalar uchun vaqt topolmaydi. Ular o'z energiyasini ijodkorlikka yo'naltirib, ijobiy hayot qurishga diqqat qaratishadi.

@getpsychedup
Forwarded from Intellekt
Dunyodagi eng qisqa IQ-test matematika boΚ»yicha boΚ»lib, bor-yoΚ»gΚ»i uch savoldan iborat. U Massachusets texnologiya instituti professori Sheyn Frederik tomonidan oΚ»ylab topildi.

Olim savollar bir qarashda osondek tuyulishini qayd etgan. Javoblar tushuntirilganida ularning mantigΚ»ini anglash oson, biroq toΚ»gΚ»ri javob berish uchun aqlga birinchi boΚ»lib keladigan yechimdan voz kechish lozim.

@SuccessFairy
Depressiyaga barham berishning 6 usuli

⭕️ Katta maqsadlarni kichiklari bilan almashtirish.

⭕️ Boshqalar bilan aloqada bo'lib, qiyinchiliklaringizni o'rtoqlashish.

⭕️ Mash qilish.

⭕️ Salomatlik uchun foydali mahsulotlarni iste'mol qilish.

⭕️ Fikrlaringizni tashtish qilishga ko'maklashuvchi psixologik asarlar mutolaa qilib turish.

⭕️ Lug'at boyligingizni oshirib borish sizni depressiyadan himoyalashi mumkin. U sizga o'z his-tuyg'ularingizni aniq ifodalay olish imkoniyatini beradi.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Xato qilganingizni tan olish hurmatingizni oshiradi va yarashib olish jarayonini tezlatadi. O'z "men"ingizni isbotlashga urunish esa hech narsani hal qilmaydi.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Ba'zi odamlar xuddi bulutlarga o'xshaydi. G'oyib bo'lishlari bilan kun yorishib ketadi 🌀

πŸ‘‰ @getpsychedup