π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
245 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Bankaga solishga yaxshi:

πŸ“ Qulupnay
🍎 Jem
πŸ₯«Pomidor...

Bankaga solishga yaramaydi:

🚫 Tuyg'ular
🚫 Maqtovlar
🚫 Qo'rquvlar

Keling, ozor beruvchi narsalarni yig'ishni to'xtatib, shirin narsalarni bankaga solamiz πŸ˜‰

@getpsychedup
Forwarded from TED | Uzbek Language
Nega ba'zi insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?

πŸ”΄ Nega ba'zi insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?

πŸ—£ Abigeyl Marsh

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Nima uchun ba'zi insonlar fidokorona ishlarga qo'l urishadi, o'z sog'ligini xatarga qo'yib bo'lsa ham o'zga insonlarga yordam berishadi? Tadqiqotchi psixolog Abigeyl Marsh notanish kishiga o'z buyragini berib, o'ta hayrotomuz altruistik xulq-atvorni namoyon qilgan insonlarning motivlarini o'rganadi. Shunchaki ularning miyasi o'zgachami?

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~12 min
Hech qachon majburlamaslikka o'rganing;
Suhbatlar, do'st-u birodarliklar, munosabatlar, e'tibor, sevgi. Majburlangan har qanday narsa kurashish uchun shunchaki arzimaydi, nimaki o'z yo'lida davom etsa, davomli bo'lsin, tanazzulga uchrasa, uchrasin. Bor-yog'i shu.

@getpsychedup
Kishi psixologiyasini o'zgartirishning eng tezkor yo'li uning fiziologiyasini o'zgartirishdir. Tana harakatga kelganida, miya ham shunga muvofiq ish ko'radi.

Kayfiyatingizni yaxshilashning eng yaxshi yo'li-harakatda bo'lib turish. πŸƒ

@getpsychedup
Bulutlar yoki olov manzarasida yuz qiyofalari yoki shakllarni ko'rish maxsus nom bilan pareidolia deb ataladi.

@getpsychedup
Agar kimdir sizga qo'ng'iroq qilish, ko'rishish yoki siz bilan vaqt o'tkazish uchun bir barmog'ini ko'tarmasa, u holda beshta barmog'ingizni ko'tarib, xayrlashish o'z ixtiyoringizda.

@getpsychedup
Baxtga 10 qadam

😑 Kamroq g'azablanib, ko'proq seving ❀️
🀯 Kamroq xavotirga berilib, ko'proq raqsga tushingπŸ•Ί
🀚 Kamroq olib, ko'proq ulashing 🎁
πŸ’΅ Kamroq ishlatib, ko'proq yarating 🎨
☹️ Kamroq qovoq solib, ko'proq tabassum qiling πŸ™‚
πŸ—£ Kamroq gapirib, ko'proq tinglangπŸ‘‚
😰 Kamroq qo'rqib, ko'proq urinib ko'ringπŸ§—β€β™€
πŸ•΅ Kamroq tanqid qilib, ko'proq qabul qiling πŸ™†β€β™€
πŸ‘€ Kamroq kuzatib, ko'proq bajaring πŸƒ
🀨 Kamroq shikoyat qilib, ko'proq qadrlang πŸ‘

@getpsychedup
Jaxl miyaning rostgo'ylik uchun javobgar bo'lgan qismiga ta'sir ko'rsatadi, ana shunda bor haqiqat oshkor bo'ladi.

@getpsychedup
β€œOdamlar nima deyishi, nima oβ€˜ylashi muhim emas – ular baribir nimalardir deyishadi. Shunday ekan, tinchlaning!”. – Paulo Koelo.

Begonalar fikri – siz xavotir olishingiz kerak boβ€˜lgan narsa emas.

⭕️ Koβ€˜pincha yoshlar oβ€˜zgalar fikriga qaram boβ€˜lishadi. Ular doβ€˜st, tanish va koβ€˜chada uchragan istalgan inson nima oβ€˜ylashi mumkinligini oβ€˜ylab, siqilishadi. Shu tariqa istagan gapini aytolmay qoladi, qilmoqchi boβ€˜lgan ishi qolib ketadi.
Oxir-oqibat begonalar fikri oβ€˜z holati va harakatlaridan qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi.

πŸ”΅ Mustaqil va oβ€˜zingizni sevadigan inson boβ€˜ling. Istagan ishingizni qiling. Xohlagan mashgβ€˜ulotingiz bilan shugβ€˜ullaning.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar siz ilgari yetgan manzillaringizdan uzoqroqqa yeta olsangizchi?

Imkonsiz narsani uddalay olsangizchi?

Farzandlaringiz onasi va dunyodagi eng zo'r alpinist bo'la olsangiz-chi?

Hech qanday arqonsiz toqqa ko'tarila olsangizchi?

Ichida o'zingizni barhayot his qiluvchi kostyum yarata olsangizchi?

Agar odatdagidan ko'ra chuqurroq nafas olishning imkoni bo'lsachi?

Agar kelajak sizning qo'llaringizda bo'lsachi?

Agarda "agar" so'zi lug'atingizda bo'lmasachi...?

Β©

@getpsychedup
Jasur talaba yuz kun mobaynida uni qo’rquvga soluvchi yuz narsaga qo’l urdi

Hayotini to’laqonli yashash maqsadida Mishel Poler o’z qo’rquvlari bilan yuz kun mobaynida yuzlashishga qaror qildi.

Grafik dizayner Mishel Vizual San’at oliygohining brending yo’nalishi bo’yicha magistratura bosqichida ta’lim olish maqsadida bir necha oy ilgari Nyu York shahriga ko’chib keldi. U xuddi o’zi tasvirlab berganidek, β€œtartibli hayot tarzidan” tamoman yangi shahardagi butunlay yangi hayotga qadam qo’ydi.

Nyu Yorkda o’tkazgan vaqtlarini to’laqonli tuyishning yagona yo’li o’zidagi ba’zi qo’rquvlarga barham berish yoki ular bilan iliq munosabat o’rnatish ekanligini anglab yetib, u har kuni o’z qo’rquvlari bilan birma-bir yuzlashish maqsadini qo’ygan β€œQo’rquvsiz 100 kun” loyihasiga qo’l urdi.

U o’z vebsaytida bu loyihaning yaralishini shunday tushuntirib beradi: β€œO’z hayotingizni to’laqonli yashashni istashingizni anglab yetuvchi o’sha daqiqa. So’ng esa, siz va sizning orzularingiz o’rtasidagi yagona to’siq, bu β€” qo’rquv ekanligini tushunib yetasiz. O’sha daqiqada 100 kun mobaynida o’z qo’rquvlarim bilan birma-bir yuzlashishga otlandim.”
Metro.co.uk saytida yozilishicha, u hozirga qadar ilonni ushlab turish, omma oldida nutq so’zlash va Nyu York ko’chalarida tilanchilik qilish qandayligiga guvoh bo’ldi.