π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
245 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Imkoniyatlarni hech qachon qo'ldan boy bermang.

Rejalaringizni amalga oshirish uchun motivatsiyani aslo yo'qotib qo'ymang.

@getpsychedup
Har tongda tafakkuringizni hayot taqdim etuvchi eng yaxshi narsalarga tayyorlang.

* Xuddi har kuni nima kiyishni tanlashingiz kabi o'ylaringizni ham tanlashni o'rganing. Bu siz rivojlantira olishingiz mumkin bo'lgan salohiyatdir. (Elizabet Gilbert)

Kun avvalida tafakkuringizni hayot taqdim etuvchi eng yaxshi narsalarga tayyorlang. Ongingizda siz minnatdor bo'lgan uch narsa haqida o'ylang va ularga ergashing. Albatta, sizni bezovta qiluvchi va tashvishlantiruvchi o'ylarga ham berilishingiz mumkin. Qaysi o'y-xayollarni egningizga kiyish tanlovi sizning qo'lingizda.

@getpsychedup
Bizni borimizcha yaxshi ko'radigan insonlarning tenggi yo'q.
Bu eng go'zal tuyg'u ❀️

@getpsychedup
🌜 Umid. Kamolotga eltuvchi kalomlar.πŸŒ›

--Umidning bir mushukchalik joni bor.--(Genri Longfello)

--Umid bilan yashaydiganlar musiqasiz ham raqsga tushadilar -- (Ron Xabbard)

-- Hayotda umidsiz vaziyatlar yo'q, faqat umidsizlikka tushgan insonlar bor. -- (I.S.Bax)

--Shafaq yorishmasdan oldin hamma joyda qorong'ulik hukmron bo'ladi. --(Katerina Mansfeld)

--Eng qo'rqinchli paytlarda ham aslo umidingni uzma, yodda tutki, bu ilmlarning eng totlisidir.--(Sadiiy Sheroziy)

--Umidsiz qolib ham, hech narsadan umidni uzmaslik kerak.--(Seneka)

--Dunyodagi hamma narsa umid tufayli yaratilgan.--(Martin Lyuter)

@getpsychedup
Iltimos, menga: dengiz bo'yidan stol ... Va to'lqinlarning xushbo'y hidli kokteyli ... Ikki bo'lak kristall orzu ... Va stolga gullar qo'ying...

Kuningizni ilhom beruvchi fikr bilan boshlang.
@getpsychedup
Hayotda muammosiz yashash zerikarli. Energiyani, kuchni bekorga sarflamang. Hayot bilan hoziroq yuzlashing.

@getpsychedup
Karma shunday deydi:
Iztiroblaringiz diqqat markazingizda bo'lsa, aziyat chekishda davom etaverasiz. Diqqatingizni siz olgan saboqqa yo'naltirsangiz, o'sishda davom etasiz.


E'tiboringiz qay tomonga yo'nalsa, hayotingiz ham shu asosda quriladi. Biz o'ylovlarimiz va diqqatimiz natijasimiz.
Seving, qabul qiling va o'zingizga to'liq ishoning va hayotingiz orzularingizdagidek bo'ladi.

Xafagarchiliklar, og'riq va iztiroblar ham albatta bo'ladi, shuning uchun aslida kim ekanligingiz va nima istashingiz diqqat markazingizda bo'lsin.

Siz uchun eng ahamiyatli narsalarga bor diqqatingizni qarating, o'sing va o'zingizdagi eng yaxshi "men"ni yaratishda davom eting 🌷

@getpsychedup
Yaponiyalik psixolog Kitaoka tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangan ushbu rasmdagi 12 ta qora nuqta o'z joyida qolishni istamas, ko'zingizni undan uzishingiz bilan yo'qolib, yana qayta ko'rinar ekan.

@getpsychedup |⚑️|
O'tmishni o'zgartirish, unutish, tahrirlash yoki o'chirib tashlashning iloji yo'q; uni faqat qabul qilish mumkin.

O'tmish qorong'ulikda
Ertalar yorug'dir
(Ms.D)

@getpsychedup
βœ‹Yaponcha tinchlantirish usuli 5 daqiqada yengil tortishingizga yordam beradi
πŸ– Har bir barmoq ma'lum bir his-tuyg'ular uchun javobgar:
* Bosh barmoq bezovtalik(xavotir)ni yengadi.
* Ko'rsatkich barmog'i qo'rquvni idora qiladi.
* O'rta barmoq jahl va qo'pollik bilan chiqishadi.
* Nomsiz barmoq qayg'u va beqarorlikka malham bo'ladi.
* Jimjiloq barmog'ingiz o'zingizga bo'lgan ishonchni ta'minlaydi.

Hayot quvvatingizni qayta tiklash uchun har bir barmoqni boshqa qo'lingiz bilan siqib chiqing. Ularni 1-2 daqiqa ushlab turing. Buni har bir barmoq bilan takrorlang. Xotirjamlikka erishish uchun kaftingiz markazini bosh barmog'ingiz yordamida bosing. Ularni 1-2 daqiqa ushlab turing.

😌 Buni har kungi mashg'ulotga aylantirish orqali o'zingizni xotirjam his qilib, hayot quvvatingizni qayta tiklay boshlaysiz.
O'qiy oldingizmi...?
Shart quyidagicha ⬇️

Bir ko'zingizni yuming
Telefoningizni yotqizgan holda uning ekraniga zaryad oladigan joyidan qarang.
Yaqinlaringizga ham bu so'zlarni ayting! )

@getpsychedup |⚑️|
πŸ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimningdir hayotida o'zgarish yasash uchun iste'dodli, boy, chiroyli yoki mukammal bo'lishimiz shart emas.

Shunchaki qayg'urishimiz kerak.

Hammamizda kimningdir hayotini yaxshilay olish qobiliyati bor.

@getpsychedup
Sizga qaysi biri? 😍

Yoqimtoy hayvonlarning sur'atlarini tomosha qilish stress darajasini sezilarli darajada pasaytiradi va ish samardorligini oshiradi. |psixologik fakt|

@getpsychedup
Bankaga solishga yaxshi:

πŸ“ Qulupnay
🍎 Jem
πŸ₯«Pomidor...

Bankaga solishga yaramaydi:

🚫 Tuyg'ular
🚫 Maqtovlar
🚫 Qo'rquvlar

Keling, ozor beruvchi narsalarni yig'ishni to'xtatib, shirin narsalarni bankaga solamiz πŸ˜‰

@getpsychedup
Forwarded from TED | Uzbek Language
Nega ba'zi insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?

πŸ”΄ Nega ba'zi insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?

πŸ—£ Abigeyl Marsh

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Nima uchun ba'zi insonlar fidokorona ishlarga qo'l urishadi, o'z sog'ligini xatarga qo'yib bo'lsa ham o'zga insonlarga yordam berishadi? Tadqiqotchi psixolog Abigeyl Marsh notanish kishiga o'z buyragini berib, o'ta hayrotomuz altruistik xulq-atvorni namoyon qilgan insonlarning motivlarini o'rganadi. Shunchaki ularning miyasi o'zgachami?

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~12 min
Hech qachon majburlamaslikka o'rganing;
Suhbatlar, do'st-u birodarliklar, munosabatlar, e'tibor, sevgi. Majburlangan har qanday narsa kurashish uchun shunchaki arzimaydi, nimaki o'z yo'lida davom etsa, davomli bo'lsin, tanazzulga uchrasa, uchrasin. Bor-yog'i shu.

@getpsychedup