𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
246 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
Video
Nyu York metrosi qahramoni

Nyu York shahri metrosida begonaning hayotini saqlab qolish uchun o’z hayotini xavfga qo’yuvchi insonni topish bu yoqda tursin, notanish kishiga o’z o’rindigíni bo’shatib beruvchi kishini uchratish yetarlicha mushkul.

Qurilish ishchisi va dengiz floti xizmatchisi, 50 yoshli Uesli Autrey ikki qizalogí bilan metro platformasida turganida ularning yonginasida turgan kishining tutqanog’i tuta boshladi.
“Poyezd shunchalik yaqin edi. Nima qilsam bo’ladi deb o’yladim.” deydi Uesli.
Uesli metro relslariga sakrab tushib, ehtimol o’sha odamning ustida pana qilib yotib olsa, vagonlar o’tib ketishiga umid qildi. Metropoliten vagonlari ostidagi bo’sh masofa 21 ink, Uesli va bu kishi esa 20,5 ink bo’lgan.

“Bu janob u kishini chiqarib olishi uchun metro vagonlarini to’xtashiga hech qanday vaqt qolmagandi. Shuning uchun u uni relslar orasiga yotqizib, o’z tanasi bilan himoyalab oldi.” deydi voqeaga guvoh bo’lgan Patrisia Broun.Bu Ueslining bolalarini qattiq qo’rqitib yubordi.

Men ham qattiq qo’rquvda edim. U kishiga shunday dedim. “Bolalarim men izlashyapti, siz meni, men esa sizni tanimayman. Xavotirga tushmang, sizga yordamga keldim.”

Uesli qutqarib qolgan kishi 20 yoshli Kameron Hollopter bo’lib, otasining aytishicha, bir ikki shilinishni hisobga olmaganda, uning ahvoli yaxshi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖

Altruistlar. Bunday odamlar so‘nggi chaqasi, so‘nggi imkoniyati va hatto jonini ham hech qanday minnatdorchilik yoki taqdirlanishni kutmasdan bera oladi.
Misol: Moskvadagi metro bekatlaridan birida 6 yoshli qizchaning relslar ustiga tushib ketganligini ko‘rgan V. Ivanov poyezd kelayotganligini ko‘rib, o‘zini pastga tashladi va qizni perronga otishga ulgurdi, lekin o‘z jonini saqlab qola olmadi. Qizaloq uning hech kimi emas edi. U buni shunchaki odamiylik nuqtayi nazardan amalga oshirdi. Ya’ni Altruizmni namoyon qildi.
Savol tug‘iladi: Kishini bunday harakat qilishga nima majbur qiladi?

@getpsychedup
Muammo shundaki, hamma ichi shartlarga to'la so'mkani ko'targancha shartsiz muhabbatni izlaydi. To'g'rimi?

@getpsychedup
Stress va bir stakan suv

Men sizni seminarlarda va mijozlar bilan yakka holda ishlash jarayonida o’zim foydalanadigan bir jihat bilan tanishtirmoqchiman. Bu Stress va bir stakan suv deb nomlanadi. Bu o’xshashlikni men o’ylab topmaganman, biroq shunga o’xshash narsadan odamlarga stress tushunchasini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun uzoq vaqtlardan buyon foydalanaman.

Agar sizdan mana shu bir stakan suvning og’irligi qancha deb so’raganimda, nima deb javob berardingiz? 226 gramm? Ehtimol 340 grammdir?

Bu stakaning mutlaq og’irligi aslida ahamiyatga ega emas. Bu qancha vaqt ushlab turishingizga bog’liq. Agar siz uni bir daqiqa ushlab tursangiz, bu muammo bo’lmaydi. Agar uni bir soat ushlab tursangiz, qo’lingizda og’riqni his etasiz. Agar siz uni bir kun ushlab tursangiz, qo’lingiz uvushib qolib ayanchli holatga kelib qolishi mumkin (menga shunday deyishgandi). Bu vaziyatlarning har birida suvning og’irligi o’zgarmaydi, biroq qancha uzoq vaqt ushlab turilsa, u shunchalik og’ir tuyuladi.

Stress va bezovtalikni bir shisha suvga qiyoslash mumkin. Kamroq o’yladingiz, hammasi joy-joyida. Uzoqroq o’ylay boshlashingiz bilan o’zingizni noqulay his eta boshlaysiz. Agar ularni har doim o’ylasangiz, o’zingizni ayanchli - biror ishni bajarish yoki davom etishga noqobillikni his etasiz. Bu analogiyaga (o’xshashlikka) yana biror narsa qo’shishimiz mumkin. Suvni ko’paytirsak, nima yuz beradi? Stakanni jiqqa to’ldirsangizchi? Vaziyat chigallashib boradi. Diqqatni bir yerga jamlashga qiynalasiz, suv esa to’kilib ketadi. Ana endi to’kilgan suv uchun ham xavotirlanasiz. Agar hozir kimdir sizga gapirayotgan bo’lsa, siz uchun unga diqqat qaratish va stakanni muallaq saqlash qiyinchilik tug’diryapti. Shuningdek, to’kib solish yaxshi ish emasligi va bu hissiyotlarning, e-yog’e unutibman, suvning to’kilishiga ijozat berganingiz uchun o’zingizdan hijolat tortishingiz kerakligi sizga uqtirilgan. Shunday qilib, diqqatingizni jamlay olmadingiz, hijolat tortasiz va bunga qo’shimcha qo’llaringiz azoblanadi.

Stakanni biroz pastga qo’yish haqida o’ylang. U o’z joyida turgunicha va qo’lingizni seza boshlashingiz bilan, sizni stakanni shuncha uzoq vaqt tutib turishingizga sababchi bo’lgan vazifalaringizni bajarish uchun qo’ldan kelgan mahoratingizni ishga solishingiz mumkin. Ko’pchilik insonlar bu stakandagi suvni qo’yib turishdan ko’ra uni ushlab turishda davom etishni tanlaydi. Hatto ba’zida birozgina suvni chiqarib yuborish (to’kish) yordam berishi mumkin. Birozgina H2Oni to’kishdan hijolat tortishga hech qanday o’rin yo’q, nima bo’lganda ham, u oddiygina suv.

Ruhiy bardoshlilik, bu stakandagi suvni tutib turish orqali uning to’kilishidan saqlab turish va bu esa stress bilan kurashishni anglatishini eshitgan sportchilar va tadbirkor shaxslar asosiy jihatni nazardan chetda qoldirishgan. Bardoshlilik, bu kichik ahamiyatga ega narsalar uchun og’riqqa bardosh berish emas, ruhiy bardoshlilik, bu hissiy intellekga ega insonlar ba’zida stakanni qo’yib turishini va yaxshiroq yo’nalishni belgilab olishini anglab yetishdir.

Stress sizning xursandchiligingiz yoki sport va biznesdagi faoliyatingizga ta’sir etishiga ijozat bersangiz, siz shunchaki qo’llaringiz quvvatdan qolishini kutib turibsiz. Mental treningning asl mohiyati qisman ana shunda. Uni qachon ko’tarib turish va qachon pastga qo’yish ko’nikmalarini o’rganishdan iborat.


📒 Maqola muallifi mental trener, sport psixologiyasi konsultanti va "Ichingizdagi atletikachi" asarining muallifi Mayk Margolies
Bir-biriga o'xshash ikkita pandalarni topa olasizmi?
Qanchalik tez topa oldingiz?

@getpsychedup
🌐 Facebook, Twitter, Telegram, LinkedIn va b. ijtimoiy tarmoqlarining imidjidagi o'xshashlik ularning rangida namoyon bo'ladi.
🔹 Moviy rang barqarorlik va ishonchlilik belgisi sifatida qaralgani bois xavfsizlik imidjini namoyish etmoqchi bo’lgan tadbirkorlar o’zlarining reklama va oldi-sotti faoliyatida ko’k rangdan foydalanishadi.

@getpsychedup
Har bir muammoning 3 yechimi bo'ladi: Qabul qilish, o'zgartirish yoki qo'yib yuborish.

Agar vaziyatni o‘zgartirish imkoningiz bo‘lsa, buni bajaring. Ammo vaziyatni qo‘lga olish imkoningiz bo‘lmasa, uni qo'yib yuboring.

@getpsychedup
Boshimizga kirayotgan salbiy o'ylarni to'xtatishning ba'zida iloji bo'lmaydi.
Biroq ularning tafakkurimizda o'rnashib qolishini oldini olishimiz mumkin.

Salbiy xayollar hayotingizni, o'ylaringizni zaharlashiga yo'l qo'ymang. Ularni chiqarib tashlang :)

@getpsychedup
Ash konformlik eksperimenti

Ash konformlik eksperimenti Solomon Ash tomonidan 1950-yillar mobaynida o’tkazilgan bir qator psixologik mazmundagi eksperimentlar edi. Ushbu eksperimentlar kishining shaxsiy fikrlari guruh ta’siriga qanchalik darajada bog’liqligini namoyish etdi. Ash shunga amin bo’ldiki, kishilar guruh a’zolariga yon bosish maqsadida voqelikni osongina inkor etishlari va notog’ri javobni berishlari mumkin.

Konformlik hodisasiga yaqindan nazar

Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, kishilarning atrofdagilar fikriga qo’shilish ehtimolligi o’zlari o’ylaganidan ko’ra ancha yuqori.

Quyidagi vaziyatda o’zingizni bir tasavvur qilib ko’ring: siz psixologik eksperimentda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tdingiz va bu eksperimentda sizdan ko’rish qobiliyatini aniqlovchi(vizual) testni topshirishingiz so’raldi.
Xonada o’tirgan boshqa ishtirokchilar bilan bir qatorda sizga ham to’g’ri chiziq ko’rsatildi va keyin turli xil uzunlikdagi to’g’ri chiziqlar ichidan ko’rsatilgan namunadagi to’g’ri chiziqqa mos keluvchi shunday chiziqni tanlash so’raladi.

Eksperiment o’tkazuvchi alohida-alohida har bir ishtirokchidan mos keluvchi to’g’ri chiziqni tanlashni so’raydi. Ba’zi vaziyatlarda guruhning har bir a’zosi to’g’ri chiziqni xatosiz tanlaydi, biroq ba’zida boshqa ishtirokchilar bir ovozdan boshqa chiziq aslida mos kelishini ta’kidlashadi.

Eksperimentator sizdan to’g’ri chiziqlardan qay birini tanlashingizni so’rasa, qanday yo’l tutasiz? Bu holatda dastlabki javobingizga tayanasizmi yoki guruh fikrini inobatga olasizmi?
Solomon Ash tomonidan o’tkazilgan konformlik eksperimenti

Psixologik termin sifatida, konformlik deganda kishining o’zi tegishli bo’lgan ijtimoiy guruhning gapirilmaydigan qonun-qoidalari yoki xulq-atvoriga ergashishga moyilligi nazarda tutiladi. Tadqiqotchilarni kishilar qanchalik darajada ijtimoiy normalarga amal qiladi yoki aksincha, undan bosh tortadi degan savollar uzoq vaqtlardan buyon qiziqtirib kelgan. Ash kishilar garchi ularning javobi noto’g’rligini bilishsa-da, qanday qilib guruh tomonidan berilgan bosim ularni bu guruh fikrlariga yon bosishiga olib kelishi mumkinligini kuzatishga qiziqdi.

Ash eksperimentining maqsadi nimadan iborat edi, deysizmi? Eksperimentning maqsadi guruh ichida ro’y beradigan konformlik hodisasi ta’sirini ko’rsatishdan iborat edi.

Ash eksperimentlari qay tarzda tashkil etilgan?

Ash eksperimentlari o’zini oddiy ishtirokchi qilib ko’rsatayotgan kishilar bilan bir qatorda tadqiqotdan umuman bexabar, haqiqiy sinaluvchilardan iborat edi. Eksperimentdagi sohta ishtirokchilar o’zlarining xulq-atvori haqiqiy eksperiment sinaluvchisiga ta’sir qilish yoki qilmasligini kuzatish maqsadida ma’lum bir xatti-harakatlarni namoyish etishadi.

Har bir eksperimentda hech narsadan xabarsiz ishtirokchi talabalarni sohta ishtirokchilar hisoblangan *konfederatlar bilan (eksperimentatorlar bilan hamkorlik qiluvchilar) bir xonaga joylashtirildi. Hech narsadan xabarsiz ishtirokchilarga ular “vizual testda” ishtirok etayotganliklari aytildi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, jami 50 ishtirokchi Ash eksperimentida qatnashdi.

Konfederatlarning barchasiga to’g’ri chiziq vazifasi taqdim etilganda, ular nima deb javob berishlari lozimligi aytib o’tildi. Biroq hech narsadan xabarsiz bo’lgan ishtirokchilar boshqa talabalar aslida haqiqiy ishtirokchi emasligi haqida hech qanday tasavvurga ega bo’lmaganlar. To’g’ri chiziq vazifasi taqdim etilganidan so’ng, har bir talaba qaysi to’g’ri chiziq (A, B yoki C) obrazetsga mosligini ovoz chiqarib aytishdi.
Eksperiment sharoitida Ash nazarda tutgan “jiddiy sinovlar” o’n sakkizta turlicha sinov bo’lib, konfederatlar bularning o’n ikkitasida notog’ri javobni berishgan. Ushbu jiddiy sinovlardan ko’zda tutilgan maqsad ishtirokchilar guruhdagi boshqalarning javoblariga tayanib, atrofdagilar fikriga qo’shilish maqsadida o’z javoblarini o’zgartirishi yoki o’zgartirmasligiga guvoh bo’lish edi.

Birinchi so’rov jarayonida konfederatlar savollarga to’gri javob berishdi. Biroq, ular eksperiment o’tkazuvchi bergan ko’rsatmalar asosida asta-sekin notog’ri javobni aytishni boshladilar.

Ushbu tadqiqot, shuningdek, 38 ishtirokchidan iborat bo’lgan nazorat guruhiga ham ega edi. Har qanday kishi chiziqlar uzunligini aniq ilg’ab olishiga ishonch hosil qilish maqsadida, nazorat guruhiga mos obrazetsni alohida-alohida yozish topshirig’i yuklandi. Natijalarga ko’ra, ishtirokchilar 99,9 marta to’g’ri javobni tanlaganlar, hukm chiqarishda hech qanday xatoga yo’l qo’yishmagan.

Ash konformlik eksperimentining natijalari

Konformlik eksperimentida ishtirokchilarning qariyb 75 foizi kamida bir safar bo’lsa ham, guruhga tayangan holda, atrofdagilar fikriga qo’shildi.

Sinovlarning barchasini jamlash natijasida shu xulosaga kelindiki, ishtirokchilar taxminan uchdan bir holatda noto’g’ri javob bergan guruh fikriga yon bosishgan.

O’tkazilgan eksperimentlar shu bilan birga guruhda mavjud kishilar sonining konformlikka ta’sirini ham hisobga oldi. Konfederatlardan faqat bir kishi bo’lganda ishtirokchilarning javoblarida hech qanday ta’sir kuchi kuzatilmagan. Guruhda uch va undan ortiq konfederatlarning mavjudligi esa konformlik darajasining o’ta yuqoriligi bilan xarakterlangan.

Ash yana shunga amin bo’ldiki, birgina konfederatning to’g’ri javob berishi va qolgan konfederatlarning noto’g’ri javob berishi guruhdagi konformlik darajasining keskin pasayishiga olib kelgan. Ushbu vaziyatda ishtirokchilarning faqatgina 5 foizidan 10 foizigacha atrofdagilar fikriga qo’shilganlar (hamkorlarning necha marta to’g’ri javob aytishiga qarab).

Keyingi o’tkazilgan tadqiqotlar ham guruhda qo’llab-quvvatlovchi kishilarning mavjudligi guruhdagi konformlik ta’sirini yo’qqa chiqaruvchi asosiy vosita ekanligini tasdiqladi.
Ash konformlik eksperimenti natijalaridan qanday xulosaga kelish mumkin?

Eksperimentlarning yakunida ishtirokchilardan nima sababdan atrofdagilar fikriga qo’shilganliklari haqida so’raldi. Ko’p hollarda bu savolga talabalar guruh ishtirokchilaring xatosini bilib turishsa-da, masxara qilinish holatiga tushishni istamaganliklarini izohlashgan. Ishtirokchilarning ba’zilari esa guruhning boshqa a’zolari bergan javoblar haqiqatdan ham to’g’riligiga aminligini aytishgan.

Ushbu natijalar konformlikka atrofdagilar bilan nizoga kirishmaslik va boshqa insonlar aqilliroq va ko’proq ma’lumotga ega degan qarash ta’sir etishi mumkinligiga ishora qilmoqda.

Konformlikka ta’sir ko’rsatuchi omillar

Ash odamlar qay payt va qachon atrofdagilarga yon bosishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash maqsadida tadqiqotlar o’tkazishda davom etdi. U shunga amin bo’ldiki:

■ Konformlik darajasi odamlar ko’pchilik bo’lganda yuqorilashish ehtimolligi bor. Ammo guruh to’rt yoki besh kishidan oshadigan bo’lsa, o’zgarish juda kichik bo’ladi.

■ Vazifa qiyinlashib borgani sayin konformlik darajasi ham yuqorilasha boshlaydi. Insonlar mavhum vaziyatlar sharoitida qanday munosabat bildirish to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish uchun boshqa insonlarga yuzlanadi.

■ Guruhning boshqa a’zolari yuqori ijtimoiy mavqe(status)ga ega bo’lishi konformlik darajasining yuqorilashuviga olib keladi. Kishilar guruhdagi boshqa kishilarga o’zlaridan ko’ra qudratli, nufuzli va bilimliroq deb nazar solishsa, guruh fikriga qo’shilishi shunchalik yuqori bo’ladi.

■ Ammo shaxslar yakka holda munosabat bildira olishsa, konformlik darajasi susaya boshlaydi. Tadqiqotlar yana shuni ko’rsatmoqdaki, guruhda kamida bir kishidan yordam olish imkoniyatiga ega bo’lish konformlik darajasining pasayishiga olib keladi.

Ash konformlik experimentiga bildirilgan tanqidlar

Ash tomonidan o’tkazilgan konformlik eksperimetlariga bildirilgan kuchli tanqidlardan birining asosida nima sababdan ishtirokchilar yon bosishni tanlaydi degan mantiq yotadi. Ba’zi tanqidchilarning fikricha, kishilar guruhning ta’siriga berilish istagida emas balki aslini olganda atrofdagilar bilan nizoga kirishmaslik uchun ongli ravishda ularga yon bosishga intilayotgan bo’lishlari mumkin.

Bildirilgan boshqa bir tanqid esa labaratoriya sharoitida o’tkazilgan eksperiment natijalari biz yashab turgan voqelik hodisalari tog’risida xulosa chiqarishga asos bo’lmaydi.
Ko’pgina ijtimoiy psixologiya soha mutaxassislarining xulosalariga ko’ra, real voqelikdagi hodisalar labarotoriyadagi kabi aniq-tiniq bo’lmasligi mumkin, guruhning ta’siriga berilishga bo’lgan ijtimoiy bosim ehtimol bundan ko’ra ancha yuqori, bu esa konformistik xulq-atvor ta’sirini yanada oshiradi.

Solomon Ashning psixologiya sohasiga qo’shgan hissasi

Ash konformlik eksperimentlari psixologiya tarixidagi eng mashhur eksperimentlardan biri bo’lib, konformlik va guruh xulq-atvoriga doir yana ko’plab tadqiqotlar uchun zamin yaratgan. Ushbu tadqiqot qanday qilib, nima sababdan va qay payt kishilar guruh fikriga yon bosishi va ijtimoiy bosimning xulq-atvorga ta’sirlarini chuqurroq o’rganishga imkon yaratadi.

Manba: verywellmind
Hayot kitob kabidir. Ba'zi boblari qayg'uli, ba'zilari esa quvonchli va yana ba'zilari ajoyibot bilan to'la. Ammo sahifani o'girmasdan turib, keyingi bobda nimalar yozilganini aslo bila olmaysiz.

https://medium.com/@getpsychedup/chegarasiz-hayot-4cabbfc7589b
🧘‍♀ Xavotir ertaning muammolarni hal qilib bermaydi. U bugungi osoyishtalikdan mahrum etadi.


@getpsychedup
Barcha insonlar hayotidagi qandaydir voqea ularni shunday o'zgartirganki, ular hech qachon siz tanigan avvalgi inson bo'la olmaydilar.

©Leonardo Dikaprio

@getpsychedup
Insonlar ko'pincha xotiralarni ko'proq qadrlashadi. Ba'zida siz ayni insonni emas, balki shu inson bilan bog'liq xotiralarni qumsaysiz. |psixologik fakt|

@getpsychedup
Stairway To Heaven
London Symphony Orchestra
Siz, bu-siz mutolaa qiladigan kitoblar, siz ko'radigan kinolar, siz tinglaydigan musiqalar, siz vaqt o'tkazadigan insonlar, siz quradigan suhbatlar. Tafakkuringizga taqdim etayotgan narsalaringizni mulohaza bilan tanlang 🤍

@getpsychedup
"Yer yuzidagi eng baxtli hayvon" deb nomlanuvchi Avstraliya kvokkilari tabassum qilishdan hech ham charchamas ekan🌝

@getpsychedup
Harry Harlou va mehr-muruvvat mohiyati

Psixologiya tarixi o’zimiz haqimizdagi hamda inson xulq-atvori borasidagi fikrlarimizni o’zgartirishimizga ko’maklashgan g’aroyib tadqiqotlar va klassik psixologik eksperimentlar bilan to’la. Ba’zida ushbu tadqiqotlarning natijalari o’ta hayratlanarli edi, ya’ni ular inson tafakkuri va xatti-harakatlari borasidagi hamma birday qabul qilgan fikrni obdon taroziga solib ko’rgan. Bundan tashqari, ushbu eksperimentlar o’ta baxsli xarakterga ham ega edi.

Harry Harlou birinchilardan bo’lib inson muhabbati va mehr-muruvvati mohiyatini ilmiy jihatdan tadqiq etgan psixologlardan biri edi. Harlou bir muncha baxsga sabab bo’lgan eksperimentlar yordami bilan erta bog’lanib qolish hissi, mehr-muruvvat va hissiy bog’langanlikning sog’lom rivojlanishda tutgan ahamiyatini ko’rsatib bera oldi.

Mehr-muruvvat borasida olib borilgan tadqiqot tarixi
20-asrning birinchi yarmida ko’plab psixologlar bolalarga mehr-shafqat ko’rsatish hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan oddiy his-tuyg’u ifodasi ekanligiga ishonishgan. Hattoki bixeviorist Jon Uotson ota-onalarni shunday deb ogohlantirish darajasigacha borgan, “Farzandingizni silab-siypalagingiz kelsa, shuni unutmangki, ona mehri xavfli instrumentdir.”

O’sha davr mutafakkirlarining fikricha, mehr-shafqat faqatgina kasallik tarqatar va katta yoshlilarda psixologik muammolarni keltirib chiqarar edi.

Ushbu davr mobaynida psixologlar o’z sohasini chuqur doiradagi ilm-fan deb isbotlashga intilganlar. Psixologiya sohasida bixevioristik harakatlar ustunlik qilgan va tadqiqotchilarni faqatgina kuzatib bo’ladigan va o’lchash imkoniyatiga ega xulq-atvorni o’rganishga chaqirganlar.

Shunga qaramasdan, Harry Harlou ismli amerikalik psixolog tasvirlash va o’lchash unchalik ham oson bo’lmagan mavzu — mehrni tadqiq etishga qiziqib qoldi.

1960-yillar mobaynida o’tkazilgan bir muncha baxsga sabab bo’lgan tadqiqotlarda Harlou mehrning va ayniqsa, mehrdan bebehralikning qudratli kuchini ko’rsatib berdi. Harlou yosh resus maymunlarida mehrdan mahrum qilinishning ayanchli oqibatlarini ko’rsatish orqali sog’lom bola rivojlanishida uning qarovchisi ko’rsatadigan mehr-muruvvatning muhim ahamiyatini ochib berdi.

Harlou tomonidan o’tkazilgan eksperimentlar, ko’pincha, axloq qoidalarga yetarlicha amal qilmagan va daxshatli darajada shafqatsiz bo’lgan, shunga qaramasdan ular bola rivojlanishi borasidagi tushunchalarmizga chuqur ta’sir etgan oddiy haqiqatlarni oshkor etdi.