𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
246 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
*psixologik fakt

Insonlardan hech qachon sizni qadrlashlarini kutmang. Bu sizning baxtingiz kimningdir nazorati ostida bo'lishi demakdir.

@getpsychedup
Faqat va faqat o'zim fikrlarim va hissiyotlarim uchun javobgarman.

© Naval Ravikant

@getpsychedup
Ezgu o’ylarni yo'llang

Siz yaxshi ko’rgan va siz bilan yaxshi chiqishmaydigan insonga ezgu o’ylarni yo’llab, o’zingizdagi mehr-muruvvatni oshiring.

1. Qo’llaringizni yuragingiz ustiga qo’ying.
2. Ko'zlaringizni yumib, sizni judayam xursand qiladigan kishi qiyofasini gavdalantiring. Tasavvur qiling bu kishi xursand va jilmayib turibdi. Ularni tinch va osoyishta narsalar qurshovida, qalblari esa osoyishta va xotirjam holatda tasavvur qiling.
4. Biz bu insonga o’z ezgu o’ylarimizni yo’llaymiz. Eng avvalo, yuragingizni mehr bilan limmo-lim qilib to’ldiring, shunchalik limmo-lim bo’lsinki, yorilib ketay-ketay deb tursin! Yuragingizdagi ezgu o’ylar ularning yuragiga quyulib borishiga ruxsat bering.

Sog’-salomat va kuchli bo’ling.
Baxtli bo’ling.
Qalbingiz xotirjam bo’lsin.
💌 Endi bu mehr-muruvvatni olib, ularga yo'llang.

Ezgu fikrlaringizni kimga yo'lladingiz?
Men ukamga yubordim, chunki uni sog’indim. Men ularni onamga yo’lladim, chunki uning har doim xavfsiz bo’lishini istayman.

5. Siz bilan yaxshi chiqishmaydigan kishi bormi? Ana endi shu o’ylaringizni ularga ham yo’llang. So'ng, sizda uyg'ongan hislarga ahamiyat bering.

@getpsychedup
Odamlarni tanqid qilaversangiz, ularni sevish uchun vaqtingiz qolmaydi.

~ Tereza ona

@getpsychedup
Eʻtiborlimisiz? Unda dengiz mushuklari orasidagi zefirni topib koʻring-chi.

@getpsychedup
Bir kun kelar
Ochilmas degan chechaklar ochilur
Ketmas degan dardlarda ketar
Bitmas deganing vaqtda o‘tar,
Hayot shunday bir sirki
Oldin Shukur
Keyin Sabr
So‘ngra ishonmoq kerak.

_Mevlana_

@getpsychedup
Har kim ham siz haqingizda qayg'urishini aytishi mumkin. Biroq ularning so'zlariga emas balki xatti-harakatlariga ahamiyat bering.

@getpsychedup
🔖 Qiziqarli topilma

Biz yolg‘iz qolganimizdan ko‘ra, 30 marta ko‘proq odamlar orasida kulamiz. E’tibor berganmisiz, odam yolg‘iz bo‘Isa kam kuladi. Kulganimizda 17 ta og‘iz muskuli ishlaydi, ko‘zimiz qisqaradi, o‘zimizdan 75 millisekund unli tovushlami chiqaramiz.

_Provine, 2001.

@getpsychedup
Bir kishining tabassumiga sababchi bo'lib dunyoni o'zgartirish mumkin. Ehtimol butun dunyoni emasdir, biroq ularning dunyosini o'zgartiradi.

@getpsychedup
Yuragingiz mushtingiz hajmida bo'lishiga sabab u sizga kurashish uchun kerak.
(Lora Mathis)

@getpsychedup
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pixar qahramoni Pete Dokterning qanday qilib barcha o’ylardan ozod bo’lib, hayotidagi yaxshi narsalarni mamnuniyat bilan qabul qilishi haqida. @getpsychedup
Salom, mening ismim Pete Dokter. Ishdan uyga qaytyapman. Bugun stress to’la kun bo’ldi. Boshimda tonnalab ma’lumotlar qayta-qayta aylandi. Ammo menimcha bu mashqdan ko’zlangan maqsad ichki olamingizga sho’ng’ish emas balki atrofdagi narsalarga ahamiyat qaratishdan iborat. Buni sinab ko’rmoqchiman.

* Yo’l-yo’lakay ko’rganlaringiz, tovushlar, hidlar va boshqa sezgilarga ahamiyat bering.

Bugun osmon bulutlar bilan to’la, ular xilma-xil shakllarda. Ular parsimon bulutlardan umuman o’zgacha bulutlar, ularning qanday atalishini eslay olmayapman va hatto buni sizga aytayotib, uni Googledan izlagim kelyapti lekin bunday qilmoqchimasman.

* Har bir hissiyotni chuqurroq his qilishga ahamiyat bering, uning qaysi jihati sizga yoqayotganligini aniqlashga urinib ko’ring.


Atrofim shovqin bilan to’la, faqat tirband mashinalar haqida o’ylaysan kishi. Lekin hozirgina kimningdir xushtak chalganini, barglar shivirlashini eshitdim. Bu ovoz esa kishiga qandaydir tasalli bag’ishlaydi. Va men spagetti hidini payqadim. Aslini olganda, boshqa hidlarni ham sezyapman, lavanda o’simligidan tayyorlangan yonayotgan sham.
Men shoshib yurardim, ko’p narsalarga ahamiyat bera boshlashim bilan sekin yura boshladim va atrofimdagi narsalarni o’rganishni istadim. Atrofimdagi vaziyatga ahamiyat qaratish o’rniga, men ko’pincha o’zim bilan o’zim bo’lib qolaman. Biroq keyinroq uyga borib, hech narsani ko’rmaganimni anglayman. Shu paytgacha boshim ichidagi o’ylar bilan ovora edim. Yaxshi, sayr qilayotganimga ham 20 daqiqacha bo’lib qoldi.

* Kundalik sayr qilish chog’ida atrofga ijobiy e’tibor qaratuvchi insonlar o’zlarini yanada baxtli his qilishadi.

Mana endi boshim shuncha xavotir va o’ylardan holi bo’ldi. Kecha boshlaganimdan ko’ra o’zimni ancha yengil va keraksiz fikrlardan holi his qilyapman.
Ijobiy narsalarni mamnuniyat bilan qabul qilish ular nihoyasiga yetganidan ancha vaqt o’tib ham xotirada uzoqroq saqlanishiga imkon beradi.

Manba greatergoodsience

@getpsychedup
Ichki motivatsiyangizni yaxshilashingiz uchun..

🎸 Qiziquvchan bo’ling. Diqqatingizni tortuvchi va u haqda siz ko’proq bilishni istaydigan narsalarni izlang.

🤹 Boshqaruvni yo’qotib qo’ymang. Natijalarga chin ma’noda ta’sir ko’rsata olaman, deb his qilsangizgina maqsadlaringizga ergashishda ichki motivatsiyangiz barqarorligini ta’minlay olasiz.

💪 Raqobatlashishdan cho’chimang. Xuddi siz kabi maqsadlar qo’ygan insonlar ularga erishishga urinayotgan bo’lishlari mumkin biroq bu siz to’xtab qolishingiz kerakligini anglatmaydi.

⛳️ O’z mehnatlaringizni yoki bu yo’lda boshlagan sayohatingizni hech kimniki bilan solishtirmang. Boshqa insonlardan motivatsiya va ilhomlanish olishingiz mumkin, biroq shuni unutmangki, har birimizning yo’l-yo’rig’imiz boshqa-boshqa bo’ladi.

@getpsychedup
Gent universiteti vakili Selin Hinnekens va hammualliflari bergan ma’lumotlarga ko’ra, (2020) “Oldingi o’tkazilgan tadqiqotlar oiladagi er-xotinlar bir-birlarining fikrlari va his-tuyg’ularini ilg’ab olish darajasi sezilarli darajada past ekanligini ko’rsatdi. Ularning empatik aniqlik darajasi o’rtacha 30–35 foizni tashkil etadi. Ushbu statistikani boshqacha tahlil qilib ko’rsangiz, turmush o’rtog’ingiz fikrlarini noto’g’ri o’qish ehtimolingiz 65–80 foizga teng bo’lishi mumkin.”- deb ta’kidlaydi mualliflar.

■ Er-xotinlar bir-birlarining fikrlarini obyektiv baxolashlariga har bir tomonning shaxsiy munosabatlari (ijobiy yoki salbiy) borasidagi o’z tuyg’ulari ta’sir ko'rsatadi.

Fikrlarni o'qish haqida batafsil: empatik aniqlik

@getpsychedup
Sariq rang psixologiyasi

💛 Sariq kuchli va yorqin rang bo’lganligi uchun ham, ehtimol, u shunday ta’sirchan tuyg’ular uyg’ota oladi. Sariq e’tiborni tezda o’ziga jalb etadi, biroq uning haddan ziyod ishlatilishi g’ashni keltirishi mumkin. Bu rang haroratli va yorqin bo’lib ko’rinishi bilan birga ko’zlarning toliqishiga sabab bo’lishi mumkin.

🔎 Rang psixologiyasi soha mutaxassislarining aytishicha, ma’lum bir ranglar ma’lum bir kayfiyatlarni uyg’ota oladi va hattoki xulq-atvor va salomatlikka ta’sir ko’rsatishi mumkin.

🔸 Rang bilan bog’liq assosatsiyalar bir qancha omillar, jumladan o’tmish tajribalari va madaniy assotsatsiyalar ta’siri ostida bo’lishiga qaramasdan, ba’zi ranglar ma’lum kayfiyat va tuyg’ularni uyg’ota oladi.

“Sariq rang qanchalar ajoyib-a. U-quyoshning ramzi”- Vinsent Van Gogh

Sariq rang uyg’otuvchi ba’zi emotsiyalar va kayfiyatlar haqida yanada ko’proq bilib oling.

🟡 E’tiborni jalb etuvchi: Ko’zga yaqin rang bo’lganligidan bu rang e’tiborni tezda o’ziga jalb etadi. Kam miqdordagi sariq rangdan e’tiborni oshirish maqsadida, misol uchun yo’l belgilari va reklamalarda ishlatilishi mumkin.

📲 O’qish uchun qiyin: O’zidan yuqori darajadagi yoru’g’likni qaytarishi sababli sariq rang ko’zni o’ta toliqtiruvchi rang hisoblanadi. Sariq rangdan qog’oz yoki kompyuterning orqa foni maqsadida foydalanish ko’z toliqishiga yoki bundan ham yomoni - ko’rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

💪 Kuch-quvvat: Sariq rang metabolizmni tezlashtirishi mumkin.

😡 Frustratsiya: Sariq rang shuningdek frustratsiya va jahl hissiyotlarini uyg’ota oladi. U tetiklantiruvchi rang sifatida sanalishiga qaramasdan, sariq rangli xonalarda odamlarning jahli chiqish ehtimolligi yuqori va bunday rangdagi xonalarda go’daklarlar ko’proq yig’lashga moyil bo’lishadi.

🌅 Haroratli: Sariq shod-xurramlik va iliqlik baxsh etuvchi yorqin rang hisoblanadi.

❓Sariq rang sizda qanday hissiyotlar uyg’otadi? Bu rangni ma’lum sifat yoki vaziyatlarga bog’laysizmi? O’tmish tajribalari hamda madaniy tafovutlar kishilarning turli ranglar borasidagi hissiyot va bu ranglarga munosabatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Agar kun siz kutganingizdan ko'ra og'irroq kechsa, qahva hidini, derazadan tushayotgan quyoshning nur sochishini, yaxshi ko'rgan insoningiz kulgusini, yoqtirgan musiqangiz ohangini, quyosh botayotgan palladagi osmon rangini va bir-birimizga g'amho'rlik qilish uchun shu yerdaligimizni esga oling :)

@getpsychedup
O‘tmish bilan yashamang

Unutmangki, barchasini qaytadan boshlash uchun hech qachon kech bo‘lmaydi. O‘tmishingizdan qolgan og‘ir yuk va omadsizliklar azobi bilan yashamang.

Hayotingizning eng muhim oni - bugundir, uni baxt, quvonch va omad tushunchalari bilan to‘ldirish uchun imkon ham aynan bugun beriladi!

@getpsychedup