π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tomas Blanchard tomonidan sur'atga olingan ushbu videoda ochilayotgan gullarning olov, muz va siyoh bilan o'zaro munosabatga kirishish kadrlari tasvirlangan.

Ochilayotgan gullarning jo'shqin go'zalligiga ayniqsa, har bir element tasvirlayotgan "fasllar"ga ko'chishida alohida urg'u berilgan.

@getpsychedup
Shukronalik har qanday dardga davo "❀️"
Hayotimizda shukr qilishga arziydigan narsalar shunday ko’pki, ularni sanog’iga yetish mushkul. Bularning eng oddiylari quyosh, havo, suv, yer, bulut, o’simliklar, qushlar, jonivorlar...
Ular uchun minnatdorlik hissini tuying..

πŸ”–Ronda Bernning "Hayotning eng buyuk siri" asaridan


@getpsychedup
G'amho'rlik qilishning asosiy tamoyillari

* so'rang
* tinglang
* kuzating
* yordam bering
* va yana so'rang.

❗️Birinchi galda o'zimga g'amho'rlik qilmasam, boshqa yaqinlarimga g'amho'rlik ko'rsata olmayman.

βœ… Mening ehtiyojlarim men parvarish qilayotgan insonning ehtiyojlari bilan teng.


@getpsychedup
Qachonki, hayot qiyin tuyulsa... Eng yaxshi yechim bir finjon choy va albatta yaxshi Do'stdir

Hammaga o'zidan shirin tong tilayman ☺️


@gatpsychedup
Ushbu rasmlarda qanday xatoliklar bo'lishi mumkin? Ularni bir zumda ilg'ab oldingizmi?

@getpsychedup
Psixologik fakt

Kimdir bilan suhbatlashyapsiz-u, ammo ular uchun bu qiziqmi yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsangiz, qo'llaringizni qovushtiring.

Suhbatdoshingiz ham xuddi shunday qilsa, ehtimol u sizni tinglamoqda..


@getpsychedup
Forwarded from TED | Uzbek Language
100 kunlik rad etilishdan o'rganganlarim

πŸ”΄ 100 kunlik rad etilishdan o'rganganlarim

πŸ—£ JIa Jiang

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Jia Jiang rad etilish, koβ€˜pchiligimiz qoβ€˜rqadigan hudud tomon dadil yoβ€˜l oldi. 100 kun davomida rad javobi olishni izlash - notanish kishidan 100 $ qarz soβ€˜rashdan tortib restoranda β€œburger toβ€˜ldirish” imkoniyatini iltimos qilish orqali Jiang koβ€˜pincha rad javobi natijasida yuzaga keluvchi azob va uyalishni oβ€˜zidan begonalashtirdi va ana shu jarayonda shunga amin boβ€˜ldiki, siz istagan narsani bor yogβ€˜i soβ€˜rash siz kutmagan imkoniyatlarni ochib berishi mumkin.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~16 min
Tabassumsiz biror kishini ko'rsangiz, o'zingizdagi tabassumlardan birini hadya eting.

β€œTabassum asab tolalarini faollashtirish yoβ€˜li bilan bizda baxt hissini uygβ€˜otadi. Shuningdek, salomatligimiz uchun ham foydalidir”, deb yozadi β€œPsychology Today”. Har safar labingizga tabassum yugurganida tanangiz emotsional holatni oshiradigan endorfin ishlab chiqara boshlaydi.

@getpychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Herkese iΓ§indeki iyilik kadar iyi bir hayat dilerim..."

Sabahattin Ali aytgan ekan: Hammaga ichidagi yaxshilik qadar yaxshi bir hayot tilayman.


@getpsychedup
Tinglash Gapirganingizda siz allaqachon bilganlaringizni faqatgina takrorlaysiz, ammo tinglaganingizda biror yangi narsa o'rgana olishingiz mumkin. (Dalay Lama)

πŸ”Ή Yaxshi tinglashda ham shunday kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug'diradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa - bu axborotning o'zi. Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot oladi.

@getpsychedup
*psixologik fakt

Insonlardan hech qachon sizni qadrlashlarini kutmang. Bu sizning baxtingiz kimningdir nazorati ostida bo'lishi demakdir.

@getpsychedup
Ezgu o’ylarni yo'llang

Siz yaxshi ko’rgan va siz bilan yaxshi chiqishmaydigan insonga ezgu o’ylarni yo’llab, o’zingizdagi mehr-muruvvatni oshiring.

1. Qo’llaringizni yuragingiz ustiga qo’ying.
2. Ko'zlaringizni yumib, sizni judayam xursand qiladigan kishi qiyofasini gavdalantiring. Tasavvur qiling bu kishi xursand va jilmayib turibdi. Ularni tinch va osoyishta narsalar qurshovida, qalblari esa osoyishta va xotirjam holatda tasavvur qiling.
4. Biz bu insonga o’z ezgu o’ylarimizni yo’llaymiz. Eng avvalo, yuragingizni mehr bilan limmo-lim qilib to’ldiring, shunchalik limmo-lim bo’lsinki, yorilib ketay-ketay deb tursin! Yuragingizdagi ezgu o’ylar ularning yuragiga quyulib borishiga ruxsat bering.

Sog’-salomat va kuchli bo’ling.
Baxtli bo’ling.
Qalbingiz xotirjam bo’lsin.
πŸ’Œ Endi bu mehr-muruvvatni olib, ularga yo'llang.

Ezgu fikrlaringizni kimga yo'lladingiz?
Men ukamga yubordim, chunki uni sog’indim. Men ularni onamga yo’lladim, chunki uning har doim xavfsiz bo’lishini istayman.

5. Siz bilan yaxshi chiqishmaydigan kishi bormi? Ana endi shu o’ylaringizni ularga ham yo’llang. So'ng, sizda uyg'ongan hislarga ahamiyat bering.

@getpsychedup
Bir kun kelar
Ochilmas degan chechaklar ochilur
Ketmas degan dardlarda ketar
Bitmas deganing vaqtda oβ€˜tar,
Hayot shunday bir sirki
Oldin Shukur
Keyin Sabr
Soβ€˜ngra ishonmoq kerak.

_Mevlana_

@getpsychedup