π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
β—‡ Maritao β—‡

Β€ Olimlarning taΚΌkidlashlaricha, yaponlar tarbiya maktabida β€œmaritao” deb nomlanuvchi tizim mavjud ekanki, unga koΚΌra, oΚΌsmir yoki oΚΌspirin maΚΌlum taraqqiyot bosqichida yolgΚΌizlikka mahkum etilar ekan. Bunda uni gΚΌorga yoki shunga oΚΌxshash joyga yolgΚΌiz qamab qoΚΌyishar, hatto, oΚΌzi bilan oΚΌzi muloqot qilishi ham taΚΌqiqlanarkan.

πŸ” GΚΌarb tadqiqodchilari (L.Simeonova va b.q.) ushbu jarayonning psixologik mohiyatini talqin qilar ekanlar, uning ikki jihatiga eΚΌtiborni qaratadi: bir tomondan, bu narsa ijobiy samara berishi mumkin, chunki odam oΚΌzini oΚΌzi anglash, oΚΌziga xolis baho berish, ijodiy rivoji uchun zarur imkoniyatni oΚΌzidan qidirishga muyassar boΚΌladi. Lekin Ikkinchi jihati ham borki, unda odam oΚΌzgalarda xuddi oynaga qaraganday oΚΌz aksini koΚΌradi, shu tufayli boshqalar nuqtayi nazarini tushuna olmaydi, oΚΌzini oΚΌzi mukammalashtirish imkoniyatidan mahrum boΚΌladi.

Manba: Karimovaning Ijtimoiy psixologiya darsligidan

@getpsychedup
Qurbon hayiti muborak boΚ»lsin!

πŸŒ™ Xursanchilik va mehr-muruvvat bayrami boΚ»lmish Qurbon hayiti bayrami bilan muborakbod etamiz.

Barchangizga mustahkam sogΚ»lik, baxt, oΚ»qish va ishlaringizda omad va ulkan zafarlar tilaymiz.
Echki bolasining yuzini ko'ryapsizmi?

Kishini hayratga soluvchi ushbu optik illuziya avstraliyalik fotograf tomonidan Yangi Janubiy Uels chakalakzorlarida sur'atga olingan.
Dastavval, Devis Hill daraxtga qo'ngan qushni sur'atga oldim, deb o'ylagan. Biroq, do'sti unga rasmga yaqinroq nazar solib qarasa boshqa hayvonni ko'rishi mumkinligini aytib qolgan.
Qushga diqqat bilan razm solsangiz, qarama-qarshi tomonga tikilib turgan echki bolasining yuzi ko'rinadi.

@getpsychedup
Yomg'ir yoqqanda kamalak jilosini, qorong'ulikda esa yulduzlarni izlang. Eng yomon vaziyatlarning ham ijobiy tomonini qidirishga, undan ezgulik izlashga harakat qiling.

@getpsychedup
Bir yigitcha ruhshunos huzuriga bordi. Ruhshunos unga xonadan jigarrang tusdagi narsalarni sanab berishini aytdi. Yigit ancha-muncha narsalarni sanab otdi.

Keyin esa ruhshunos unga ko'zini yumib, yashil narsalarni sanab berishni so'radi. U ulardan birortasini ham ko'rmaganini aytdi. Holbuki, ruhshunosning xonasida yashil rangdagi predmetlar juda ko'p edi.

Bunga sabab yigitcha ularni ko'rishni istamagani uchun ham ko`ra olmadi.

@getpsychedup
Karma

Sanskrit tilidan tarjima qilinganda β€œKarma” yoki β€œKamma” soβ€˜zlari β€œharakat”, β€œfaoliyat”, β€œburch” degan ma’nolarni anglatadi. Koβ€˜p insonlar karmani jazo soβ€˜zi bilan sinonim deb oβ€˜ylashlari mumkin, ammo aslida bunday emas.

Qoida esa oddiy: sabab – bu oqibat. Oyoq kiyimingiz xoβ€˜l boβ€˜lishini xohlamasangiz yerga suv toβ€˜kmang, qoβ€˜limni ari chaqib olmasin desangiz ari uyasiga qoβ€˜l suqmang.

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
Karma Sanskrit tilidan tarjima qilinganda β€œKarma” yoki β€œKamma” soβ€˜zlari β€œharakat”, β€œfaoliyat”, β€œburch” degan ma’nolarni anglatadi. Koβ€˜p insonlar karmani jazo soβ€˜zi bilan sinonim deb oβ€˜ylashlari mumkin, ammo aslida bunday emas. Qoida esa oddiy: sabab –…
Karmaning turli koβ€˜rinishlari, turlari va qonunlari boβ€˜lib. Quyida siz bilan karma qonunlari haqida suhbatlashamiz.

β€’ Birinchi qonun – nima eksang, shuni oβ€˜rasan. Unutmang, har qanday ishning natijasi, har qanday harakatning oqibati bor.

β€’ Yaratish qonuni – ma’lum bir shaxsning karmasi, butun jamiyat karmasiga ta’sir oβ€˜tkazadi.

β€’ Koβ€˜nikish qonuni – oβ€˜z holatingizni anglab, qabul qilgan holdagina uni oβ€˜zgartirish mumkin.

β€’ Rivojlanish qonuni – har bir inson ichki yuksalishga harakat qilishi kerak. Ruhiyatini, ichki olamini oβ€˜zgartira olgan insongina tashqi hayotini oβ€˜zgartirishga erisha oladi.

β€’ Aloqa qonuni – hatto faqat birgina harakat ham butun hayotingizni oβ€˜zgartirib yuborishi mumkin. Nafaqat sizning, balki boshqalar hayotini ham oβ€˜zgartirib yuboradi.

β€’ Mas'uliyat qonuni – siz bilan sodir boβ€˜layotgan ishlar oβ€˜z qoβ€˜lingizda.

β€’ Fokus qonuni – qayerga e’tibor qaratsangiz, shu yerda energiya mavjud. Shuning uchun aynan ma’lum bir narsaga e’tibor qarating.

β€’ Minnatdorchilik qonuni – oβ€˜z holatingiz uchun shukr qiling. Oβ€˜zingizda bor narsalarga minnatdorchilik bildiring va quvonchingizni boshqalar bilan boβ€˜lishing.

β€’ β€œShu yerda” va β€œhozir” qonuni – oβ€˜tmish endi yoβ€˜q, kelajak hali boshlanmadi. Faqatgina β€œhozir” bor, siz ta’sir oβ€˜tkaza oladigan va oβ€˜zgartiradigan vaziyat faqatgina β€œhozir”dir.

β€’ Oβ€˜zgarishlar qonuni – siz boβ€˜lib oβ€˜tgan ishlar va omadsizliklardan xulosa chiqarsangizgina oβ€˜zingiz istagan oβ€˜zgarishlar sodir boβ€˜la boshlaydi. Aks holda oβ€˜sha β€œdarslar” takrorlanaveradi.

β€’ Sabr va mukofot qonuni – biror narsaga erishish uchun harakat qilish, sabr bilan kutish kerak, shundagina haqiqiy mukofotga erishasiz

β€’ Ahamiyat va ilhom qonuni – sizni ilhomlantiradigan narsagina siz uchun ahamiyatga ega hisoblanadi. Qolgan narsalar esa ikkinchi darajalidir. Shuning uchun ham doimo oβ€˜zingiz ilhom oladigan narsalarga e’tibor qarating.

@getpsychedup
Forwarded from TED | Uzbek Language
O'ta mavhum sharoitda yashash jasorati

πŸ”΄ O'ta mavhum sharoitda yashash jasorati

πŸ—£ Shekinah Elmore

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Kelajagingiz mavhum vaziyatlar bilan to'la bo'lganda, ortga chekinmaslik uchun nima qilasiz? Onkologist va saratonni yenggan Shekinah Elmore ushbu ma'ruzada kamyob genetik diagnozlardan so'ng hayotga qaytishi haqidagi hikoyasini ulashadi va nima uchun shifokorlar bemorlarning o'ta noaniqlik sharoitida ularni yashashga o'rgatishga masΚΌuliyatliligini tushuntirib beradi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~16 min
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tomas Blanchard tomonidan sur'atga olingan ushbu videoda ochilayotgan gullarning olov, muz va siyoh bilan o'zaro munosabatga kirishish kadrlari tasvirlangan.

Ochilayotgan gullarning jo'shqin go'zalligiga ayniqsa, har bir element tasvirlayotgan "fasllar"ga ko'chishida alohida urg'u berilgan.

@getpsychedup
Shukronalik har qanday dardga davo "❀️"
Hayotimizda shukr qilishga arziydigan narsalar shunday ko’pki, ularni sanog’iga yetish mushkul. Bularning eng oddiylari quyosh, havo, suv, yer, bulut, o’simliklar, qushlar, jonivorlar...
Ular uchun minnatdorlik hissini tuying..

πŸ”–Ronda Bernning "Hayotning eng buyuk siri" asaridan


@getpsychedup
G'amho'rlik qilishning asosiy tamoyillari

* so'rang
* tinglang
* kuzating
* yordam bering
* va yana so'rang.

❗️Birinchi galda o'zimga g'amho'rlik qilmasam, boshqa yaqinlarimga g'amho'rlik ko'rsata olmayman.

βœ… Mening ehtiyojlarim men parvarish qilayotgan insonning ehtiyojlari bilan teng.


@getpsychedup
Qachonki, hayot qiyin tuyulsa... Eng yaxshi yechim bir finjon choy va albatta yaxshi Do'stdir

Hammaga o'zidan shirin tong tilayman ☺️


@gatpsychedup
Ushbu rasmlarda qanday xatoliklar bo'lishi mumkin? Ularni bir zumda ilg'ab oldingizmi?

@getpsychedup
Psixologik fakt

Kimdir bilan suhbatlashyapsiz-u, ammo ular uchun bu qiziqmi yoki yo'qligini bilmoqchi bo'lsangiz, qo'llaringizni qovushtiring.

Suhbatdoshingiz ham xuddi shunday qilsa, ehtimol u sizni tinglamoqda..


@getpsychedup
Forwarded from TED | Uzbek Language
100 kunlik rad etilishdan o'rganganlarim

πŸ”΄ 100 kunlik rad etilishdan o'rganganlarim

πŸ—£ JIa Jiang

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Jia Jiang rad etilish, koβ€˜pchiligimiz qoβ€˜rqadigan hudud tomon dadil yoβ€˜l oldi. 100 kun davomida rad javobi olishni izlash - notanish kishidan 100 $ qarz soβ€˜rashdan tortib restoranda β€œburger toβ€˜ldirish” imkoniyatini iltimos qilish orqali Jiang koβ€˜pincha rad javobi natijasida yuzaga keluvchi azob va uyalishni oβ€˜zidan begonalashtirdi va ana shu jarayonda shunga amin boβ€˜ldiki, siz istagan narsani bor yogβ€˜i soβ€˜rash siz kutmagan imkoniyatlarni ochib berishi mumkin.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~16 min
Tabassumsiz biror kishini ko'rsangiz, o'zingizdagi tabassumlardan birini hadya eting.

β€œTabassum asab tolalarini faollashtirish yoβ€˜li bilan bizda baxt hissini uygβ€˜otadi. Shuningdek, salomatligimiz uchun ham foydalidir”, deb yozadi β€œPsychology Today”. Har safar labingizga tabassum yugurganida tanangiz emotsional holatni oshiradigan endorfin ishlab chiqara boshlaydi.

@getpychedup