𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu ishni Bruk qilgan deb o'ylamayman. Jismoniy tarbiya odamga endorfin beradi, endorfin esa odamni baxtli qiladi. Baxtli odam esa o'z erini otmaydi. Yo'q, sira bunday qilmaydi.

🎞 Legally blonde filmidan

@pslog
Ishonch

Аtir solingan shishacham tushib ketib sindi. Koʼp xafa boʼldim. Аmmo singan xonadan atir hidi ancha vaqt ketmay turdi. Muattar hiddan koʼp muddat bahramand boʼldik. Bu atir shishadalik vaqtida xonani muattar qilmas edi. Bildimki, u xonani muattar qilishi uchun shisha sinishi lozim ekan.

Goho qalbingiz yoki ichingizdagi bir narsa sinadi. Ishoning, uning singaniga sabab, ichidagi goʼzallik tashqariga chiqishi uchundir. Bu bilan hayotingizda yangi tajribaga ega boʼlasiz. Аqlingiz ziyoda boʼladi, fikrlashingiz oʼzgaradi.

@pslog
Baxt neyrofiziologiyasi

Psixologlarning fikricha, ijobiy emotsiyalarning asosiy sababi insonning biror narsadan zavqlanishidir. Insonda zavqlanish jarayoni kelib chiqishida bir nechta neyromediatorlar ishtirok etadi.

🔗 Neyromediatorlar bir neyrondan ikkinchisiga xabar o‘tkazilishini ta’minlovchi moddalardir. Shulardan asosiylarini ko‘rib o‘tamiz.

Dofamin

Insonga har xil yoqimli ta’sirotlar ta’sir etganda, neyronlarda dofamin ajralib chiqadi, bu o‘z navbatida zavqlanish va rohatlanish jarayonini keltirib chiqaradi, insonda xursandchilik va quvonch uyg‘onadi.

Serotonin

Kayfiyatni ko‘taruvchi neyromediator bo‘lib, yana xotira va uyqu jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Organizmda serotonin aylanishi buzilganda depressiya va xavotir kelib chiqadi.

Endorfinlar

Organizmda stress vaqtida ishlab chiqariladi va og‘riqni kamaytirishga yordam beradi.

Oksitotsin

Gipotalamusda ishlab chiqariladi va insonning sotsial muhitga kirishib ketishi, birov haqida iliq fikrga kelishi jarayonlarida yordam beradi.

Noradrenalin

Stress vaqtida ishlab chiqariladi va qo‘rquvni va boshqa salbiy emotsiyalarni boshqarishda ishtirok etadi. Noradrenalin ta’sirida odamda yurak urishining tezlashishi, qon bosimining oshishi kabilar kuzatiladi. Ba’zilar uchun bu holat zavqli hisoblanadi. Buni ekstremal sport ishqibozlari yaxshi bilishadi.

✅ Ijobiy emotsiyalarni faqatgina yoqimli ta’sirotlargina emas, balki biz kutmagan narsalar ham keltirib chiqaradi.

Masalan, jismoniy ish natijasida endorfinlarga sezgir retseptorlarning ishi kuchayib ketadi va natijada kayfiyat ko‘tariladi. Jismoniy aktivlik depressiyaning oldini oladi.

@getpsychedup
⚙ Bu chiroqning yonishi uchun nechta psixolog kerak deb o'ylaysiz?

💡Aslida gap psixologda emas, asosiysi, chiroq yonishni o'zi istashi kerak.

@pslog
Zerikish ijodiy jarayonning kalitidir

✅ Barcha his-tuyg‘ularimizning biz uchun qandaydir foydali jihati mavjud bo'ladi, hattoki zerikishning ham. Psixolog Sandi Mann xulosalariga ko'ra:

💭 Zerikish ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi

Inson zerikkanda xayol sura boshlaydi, bosh miya ishlashi passiv rejimga o‘tadi. Bunday rejimda bosh miya po‘stlog‘ining chakka va prefrontal qismlari ishlay boshlaydi, bu qismlar avtobiografik xotira, o‘zini anglash, birovning nimani o‘ylayotganini tushunishga harakat qilish kabi xususiyatlar uchun javob beradi.

🕵 Zerikish atrofga yangicha nazar bilan qarashga yordam beradi

Aytaylik, kim bilandir gap talashib qoldik, o‘sha paytda jahl ustida aytayotgan gaplarimiz haqida o‘ylab o‘tirishga vaqtimiz va imkoniyatimiz yo‘q va bu holatga boshqa odamning nazari bilan qaray olmaymiz. Lekin keyinroq, mashinada yoki kundalik ishlar bilan bandligimizda o‘sha vaziyatni xayolimizda qayta jonlantirib, bu vaziyatning sabablari, aytgan gaplarimiz, bizga qarshi bo‘lgan odamning aytgan gaplari, nima deb o‘ylagani haqida chuqur o‘ylay boshlaymiz.

👨‍👩‍👧‍👦 Zerikishdan kelib chiqadigan xayol surish jarayoni inson uchun keraklidir, ayniqsa, sotsial munosabatlarga to‘la hayot kechirayotganlar uchun.


@getpsychedup
Biz vaqtimizning 30 foizini orzularga sarflaymiz

⏳ Psixologlarning xulosalariga ko'ra, biz hammamiz kamida 30 foiz vaqtimizni orzu qilishga sarflaymiz. Ayrimlar esa bundan ham ko'proq vaqt xayolot olamida sayr qilishadi.

💡 Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, orzu qilishni yoqtiradiganlar odatda ixtirochi bo'ladilar va turli muammolarni oson hal qilishar ekan.

@getpsychedup
Yaqin insonimizning so'zlari katta kuchga ega. U - bizni dunyodagi barcha dorilardan ko'ra yaxshiroq davolashi va barcha jallodlarga qaraganda tezroq o'ldirishi mumkin. (Eleanor Ruzvelt)

✨ Hech qaysi dorini kuchi yetmaydi...

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabassumingiz ortidagi ko'z yosh va sukunatingiz sababini tushuna oladigan insonni qadrlang..

@getpsychedup
Miyamiz uxlayotgan paytimizda ham faol holatda bo'ladi

😴 Uxlab tush ko'rayotgan paytimizda miyamiz kun bo'yi olingan axborotlarni qayta ishlaydi, qaysi birini eslab qolish, qaysi birini unutishni hal qiladi.

📚 Imtihonga tayyorlanayotganda yaxshilab kitob o'qib, darhol uxlashga yotsangiz, miyangiz axborotni mustahkam "joylab" oladi.

@getpsychedup
Biz qizil va ko'k ranglar uyg'unligini yomon qabul qilamiz

🇷🇪 Bu ranglardan ko'plab mamlakatlar bayroqlarida foydalanilsa-da, qizil va ko'k ranglar birgalikda turganida biz ularni qiyin qabul qilamiz.

↪️ Bu “xromostereopsis” deb ataluvchi hodisa sababli yuz beradi. Bu hodisa oqibatida ayrim ranglar “oldinga chiqadi”, ayrimlari esa yo'qoladi. Bu esa ko'zni charchatadi.

🔹 Bu hodisa qizil va ko'k, hamda qizil va yashil ranglar uyg'unlashganida kuchliroq yuz beradi.


@getpsychedup
Ish samaradorligini oshirishning eng sodda usuli - "Hosorne effekti"

Shunchaki xodimlardan ularning kayfiyati qandayligi haqida so'rash ish samaradorligi o'sishiga xizmat qilishi mumkin.

🗂 Hosorne effekti boshqaruv nazariyasi asoschisi psixolog Elton Mayo tomonidan 30-yillarda zavod ishchilarini o'rganish taqozosi tufayli kashf etilgan.

Eksperiment dastlab zavoddagi qanday vaziyat ishchilarning faoliyat samaradorligini maksimal ta'minlab berishi mumkinligini kuzatish uchun tashkil etilgan.

💡 Tadqiqotchilar zavod chiroqlarini yorug'lashtirgan, bu esa ish samardorligi o'sishiga olib kelgan. Biroq, ular chiroqlarni xiralashtirgan holatda ham ish samaradorligi yana ko'tarilgan.

🔹 Ular qanday o'zgarishdan iborat bo'lishidan qat'iy nazar, ish sharoitidagi har qanday o'zgarish xodimlar ish samadorligini oshirgan.

✅ Menejerlar xodimlar va ularning ish sharoiti haqida qayg'urayotganini his qilgan ishchilar yanada g'ayrat bilan ishlay boshlaganlar.

Bu "Hosorne effekti" deb nomlangan bo'lib, u 80-yillardagi boshqa tadqiqotlarda ham kuzatilgan va g'amxo'rlik ko'rsatish har qanday jarayondagi, ayniqsa ish jarayonidagi samardorlikka hissa qo'shishi mumkinligini isbotladi.

📌 Xodimlardan o'z ishlari haqida qanday his qilayotganliklari tog'risida so'rash ham ularni yaxshiroq ishlashga ruhlantirishi mumkin. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan samaradorlikni oshirishning oddiy usulidir.

@getpsychedup
Hayot haqiqati..

Bu suratlarga bir qarashda siz kuchuk, mushuk va quyonni koʼrishingiz mumkin. Lekin ularning har birini kattalashtirib - yaqindan koʼrsangiz, fotografning mahoratiga qoyil qolmay iloj yoʼq.

Hayotda ham shunday. Insonlarning turmushiga yaqindan nazar tashlamasdan, ularning aslida kim ekanligini anglolmaysiz.

Xulosa qilishga shoshilmang.


@getpsychedup
🌺 Eng baxtli inson boʼlish uchun:

• xursandchiligingizni shukr
• xafachiligingizni sabr
• sukutingizni tafakkurga aylantiring!



@getpsychedup
Miyamizga qanday taʼsir koʻrsatayotganimizning 9 misoli

1. Surunkali tarzda kam uxlash xotiraga zarar keltiradi

Berkli shahrida joylashgan Kaliforniya universiteti olimlari uyqu yetishmovchiligi xotira yomonlashuvi va Alsgeymer kasalligiga sabab boʻlishini isbotlashdi. Gap shundaki, toʻliq uyqu davomida miya hujayralari ularga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan toksik bogʻlanishlarni miyadan oʻchirib tashlaydi. Muntazam ravishda kam uxlash natijasida esa, miyada yigʻilib qolgan bu bogʻlanishlar hujayralarni shikastlay boshlaydi.

2. Sanʼat (ijodiy mashgʻulotlar) bilan shugʻullanish miya faoliyatini yaxshilaydi

Tadqiqot natijalariga koʻra, tasviriy sanʼat bilan shugʻullanish yoki sanʼat asarlarini tomosha qilish miya qismlari orasidagi aloqani yaxshilab, uning qarishini sekinlashtirar ekan. Buni tekshirish uchun tadqiqotchilar 62–70 yoshlar oraligʻidagi kishilarni topib, ularni ikki guruhga boʻlishdi. Birinchi guruhga sanʼatshunoslik darslari oʻtilgan boʻlsa, ikkinchi guruh rassomlik sanʼatini amaliyotda oʻrganishdi. Sinov yakunida ishtirokchilar miya faoliyati tekshirilganda ikkinchi guruh vakillarining natijalari nisbatan yaxshiroq chiqdi.

3. Miya suv tanqisligiga nisbatan oʻta sezuvchan

Miyamizning taxminan 80% i suvdan iborat. Shu sababli biz uchun kichik miqdordagi suv yetishmovchiligi (2%)dek tuyulgan organizmdagi bu oʻzgarish diqqatni jamlash, sezgirlik kabi sifatlarning pasayishiga va qisqa muddatli xotiraning yomonlashishiga olib keladi.

4. Kitob oʻqish — miyani shugʻullantirishning samarali usullaridan biri

Oksford universiteti olimlari taʼkidlashicha, oʻqish jarayonida miyaning ilgʻay olish xususiyati rivojlanar ekan. Bundan tashqari, jarayon davomida avvallari nofaol turgan miya qismlari ishga tushadi, miyaning diqqatni jamlash markazlariga qon kelishi yaxshilanadi. Shuni aytib oʻtish kerakki, yuqoridagi xususiyatlar televizor tomosha qilayotganda yoki kompyuter oʻyinlari bilan mashgʻulligingizda roʻy bermaydi.
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
Miyamizga qanday taʼsir koʻrsatayotganimizning 9 misoli 1. Surunkali tarzda kam uxlash xotiraga zarar keltiradi Berkli shahrida joylashgan Kaliforniya universiteti olimlari uyqu yetishmovchiligi xotira yomonlashuvi va Alsgeymer kasalligiga sabab boʻlishini…
5. Uzoq muddatli tushkunlik holati miyani nobud qiladi

Organizm uzoq vaqt davomida bosim ostida (tushkunlik holatida) boʻlishi xotira, maʼlumotni qabul qilish va oʻzini-oʻzi boshqarish qobiliyatlarining susayishiga olib keladi. Aksincha, insonda jizzakilik, xavotir, tez chalgʻish holatlari muntazam kuzatilib turadi.

6.Ovqat ratsioningizda shakar miqdorining koʻp boʻlishi yangi bilimlarni oʻrganishga xalal beradi

Isteʼmol qilayotgan mahsulotlaringizda shakar miqdorining ortiqchaligi miyadagi neyron aloqalarini uzib qoʻyadi. Bu esa, oʻz navbatida, organizmda fruktozaning koʻpayishi bilan bogʻliq boʻlgan xotiradagi salbiy oʻzgarishlar: diqqatning pasayishi, maʼlumotni esda saqlash qobiliyatining tushib ketishiga sabab boʻladi.
Olimlar ishlab chiqarish mahsulotlarida (spirtsiz ichimliklar, ziravorlar, tayyor qaylalar, bolalar ozuqasi)gi shakar miqdori organizm uchun zararli ekanligini aytib oʻtar ekanlar, tarkibida Omega-3 moddasi boʻlgan mahsulotlar (baliq, baliq yogʻi, yongʻoq)ning yetkazilgan shikastlarni tuzata olishini taʼkidlashadi.

7. Ishqiy munosabatlar va onalik hissi oʻrtasida bogʻliqlik bor

Maʼlum boʻlishicha, ishqiy munosabatlar va onalik hissini sezishdagi miya faoliyatlarida oʻxshashliklar bor ekan. Tan olish kerakki, ular oʻrtasida maʼlum farqlar ham bor. Masalan, birinchi holatda xavotir va qoʻrquv hislari susayadi, eyforiya holati kuchayadi va miyaning jinsiy qoʻzgʻalishga javob beruvchi qismi faollashadi. Ikkinchi holatda esa, miyaning bogʻlanib qolish hissini boshqaruvchi qismi nisbatan faol boʻladi.

8. Homiladorlik davrida miya tuzilishi oʻzgaradi

Olimlar shuni isbotlashdiki, homiladorlik mobaynida miyada ijtimoiy tushunchalar va boshqalarni tushuna olish qobiliyatlariga javob beruvchi kulrang moddaning hajmi kichrayar ekan. Buning hammasi ona va bola oʻrtasidagi ichki aloqani yaxshilash, ona oʻz farzandining nimaga muhtojligini tushunishi va ichki xavflarni tezda aniqlay olishi uchun kerak boʻladi.

9. Sevgi va nafrat bir-biriga siz oʻylagandan-da yaqin

Britaniyalik olimlar sevgi va nafrat hislari miyaning bir-biriga oʻxshash qismlarida paydo boʻlishini aniqlashdi. Biroq nafr atdan farqli oʻlaroq, muhabbat mantiqiy fikrlash va mulohaza yurita olishga javob beruvchi miya qismlari faoliyatini susaytiradi.

👉 Manba Khan Academy O'zbek


@getpsychedup
• Ko'z yosh to'kkaningiz
• Tushkunlik/bezovtalikni his etganingiz
• His-tuyg'ularingiz
• Yordamga muhtoj bo'lganingiz/yordam so'raganingiz
• O'z fikringizni erkin bildirganingiz
• Osoyishtalik uchun o'z-o'zingizga vaqt ajratganligingiz
• Katta marralar qo'yganingiz
• Intuitsiyangizga ishonganingiz
• Aslingiz kabi bo'lganingiz uchun hech qachon uzr so'ramang.


@getpsychedup
Xohlagan insoning qiyofasida bo'lishing mumkin. Lekin sevgi borasida, aytmoqchimanki haqiqiy sevgida, o'zligingda bo'lishing - eng to'g'ri qaror.


@getpsychedup
☘ ~Bugungi kun uchun "Rahmat"

~Bu kunga yetkazgan har bir daqiqa uchun "Rahmat"

~Og'ir damlar uchun "Rahmat" ular menga hayotimdagi yaxshi damlarni e'zozlashni o'rgatdi.

~Saboqlar uchun "Rahmat" ular mening rivojlanishim uchun zarur edi

~Bugun va ertaning mo'jizalarini shohidi bo'lishimga sababchi bo'layotgan ko'zlarim uchun "Rahmat"

~Men ularga odatiy hol sifatida qaraydigan har bir narsa uchun "Rahmat"

~Men yaxshi ko'rgan va men uchun tajriba bo'lgan hayotimdagi insonlar, sizlarga "Rahmat"

~Barchasi uchun "Rahmat!"

@getpsychedup
Ranglar psixologiyasi

● Sabzirang ishtahani ochadi.

● Ko'k rang ishtaha ochish bobiga kelganda, u eng past o'rinni egallaydi. Ba'zi vaznni yo'qotish retseptlari o'z taomingizni ko'k likopchalarda yeyishni tavsiya qiladi.

● To'q sariq rang go'daklar yig'isiga sabab bo'lar ekan.

● Pushti rang mahbuslarni tinchlantirishi mumkinligi aniqlangan.


@getpsychedup