π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Pomodoro texnikasi

πŸ… Bu pamidormi? deb o'ylashingiz mumkin πŸ˜‹

⏳ Bu vaqtni boshqarishning zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi.

πŸ’― Hayotida biror narsaga erishishni maqsad qilgan har qanday inson uchun taym-menejment (vaqtni boshqarish) juda muhimdir.

βœ… Ayni paytda vaqtni nazorat qilishning eng yaxshi texnikasi Pomodoro texnikasi boβ€˜lib turibdi. Uni egallash juda oson: taymerni 25 daqiqalik oraliqqa qoβ€˜yib qoβ€˜yasiz – mana shu oraliq vaqt ichida hech narsaga chalgβ€˜imasdan faqat ish qilasiz.

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
<unknown> – F.-Schubert-Serenade_1236669
Shubertning " Serenada " musiqasi hamroxligida o'qish tavsiya etiladi 😊

Urib tursa edi, agar yuragim
Muhabbat bor derdim dunyo-yu dunda
Men ham o'z sevgimni uchratarmidim
Yomg'ir shuvillagan shunday bir kunda

Urib tursa edi hasta yuragim, navqiron umrimga qilmay hiyonat
So'ragan bo'lardim taqdir azaldan
Balki fojiasiz go'zal muhabbat

Urib tursa edi, bedor yuragim
Sevgilim qo'lidan dadil tutardim
Sevgiga, umidga zor bu dunyoning
Barcha ko'chasidan birga o'tardim

@getpsychedup
⚑️⚑️⚑️ Coursera platformasi o'zining barcha kurslarini hamma uchun tekin qildi. Shu bilan birga, ta'lim muassasalari talabalari muvaffaqiyatli yakunlagan kurs uchun sertifikat ham taqdim etmoqda.

Umumiy ma’lumot

Online ta'lim olishga qiziquvchilar uchun Coursera onlayn ta'lim olish platformasida ro’yxatdan o’tish davom etmoqda. Kurslarning barchasi ingliz tilida olib boriladi

πŸ“’ Muhim yangilik: Coursera pandemiya sharoitidan kelib chiqib kurslarni yakunlaganlik uchun sertifikat ham taqdim etmoqda. Shoshiling, bu imkoniyatni faqat 31-iyulga qadar qo'lga kiritishingiz mumkin.

πŸ‘‰ Siz tomondan taqdim etilishi lozim bo'lgan ma'lumotlarga eslatma sifatida:

βœ… Ta'lim muassasangiz Url manzili: misol uchun: iiau.uz

βœ… Ta'lim muassasangizda ta'lim oluvchi talabalari soni: ...

βœ… Qolgan ma'lumotlar siz tomondan beriladigan shaxsiy ma'lumotlar: email yoki gmail, telefon raqam, lavozim, misol uchun: talaba va h.k

βœ… Eng so'nggi ma'lumot: Coursera platformasidan ta'lim muassasangiz foydalana olishi sizning koronavirusga qarshi kurashishda qanday hissa qo'shishingiz mumkinligi to'g'risida qisqacha o'z fikringiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun avval Coursera saytida shaxsiy akkaunt yaratishingiz kerak. Bu mutlaqo bepul.

πŸ”Ή Saytda ro’yxatdan o’tgach, o'zingiz istagan kursga yozilishingiz mumkin. Buning uchun β€œEnroll” tugmasini bosish kifoya.

πŸ‘‰ Havola: bu yerda
Amerikalik yozuvchi va tarixchi Uilyam Dyurant shunday degan edi: β€œBiz har kuni amalga oshiradigan ishlarimiz natijasimiz. Bu holatda mohirlik – harakat emas, odat”.

Monash universiteti professsori Kreyg Hassed odatlarni o’zgartirishda ADEPT (Attention, Decision, Effort, Perseverance and Tolerance) diqqat, qaror, urinish, qat’iyat va sabrning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi..

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž pinned «⚑️⚑️⚑️ Coursera platformasi o'zining barcha kurslarini hamma uchun tekin qildi. Shu bilan birga, ta'lim muassasalari talabalari muvaffaqiyatli yakunlagan kurs uchun sertifikat ham taqdim etmoqda. Umumiy ma’lumot Online ta'lim olishga qiziquvchilar uchun…»
● Agar sen yuz yil yashasang, men yuz yil minus bir kun yashashni xohlayman; Shunda sensiz yashashimga toβ€˜g'ri kelmaydi…

 β— Ba’zi odamlar koβ€˜proq mehribon boβ€˜lishadi; Menimcha, shu sevgi boβ€˜lsa kerak.

● Bu yerda kimdir boβ€˜lishi kerak; Chunki, kimdir: "Hech kim yoβ€˜q” – deb aytishi kerak-ku.

● Oβ€˜rmonning bir chekkasidagi oβ€˜z burchaginga boshqalarni kelishini kutib oβ€˜tirish toβ€˜gβ€˜ri emas; Ba’zan oβ€˜zing ham ular tomonga borishing kerak.

 β— Biz hech qachon ayrilmaslik haqida koβ€˜p oβ€˜ylaymiz; Menimcha, bir-birimiz haqimizda koβ€˜proq oβ€˜ylasak, shunda hech qachon ayrilmaymiz…

 β— Uning yuragi kichkinagina boβ€˜lsa-da, juda katta minnatdorchilik hisini koβ€˜tarib yuradi.

Β© "Vinni Puh”
yozuvchi Alan Aleksandr Milne.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* Rang o'zgartiruvchi * kartalar

πŸ‘‰ Tarjimasi:

β–  ishtirokchi Seradan istalgan biror bir kartani tanlash so'raladi. Sera har qanday kartani tanlashi mumkin edi, biroq u tanlagan karta: 3-raqamli ♦️ karta.

β–  Tanlangan ♦️ 3 raqamli karta boshqa kartalar orasiga qayta qo'shib yuborildi va stol ustida qaytadan yoyib chiqildi.

β–  Ishtirokchi Sera tanlagan kartaning orqa tomoniga e'tibor bering, u ko'k rangda. ♦️3 raqamli kartaning orqa tomoni ko'k rangda ekanligi siz uchun yangilik emas, biroq boshqa kartalarning orqa tomoniga e'tibor bering, ularning barchasi qizil rangda...

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
* Rang o'zgartiruvchi * kartalar πŸ‘‰ Tarjimasi: β–  ishtirokchi Seradan istalgan biror bir kartani tanlash so'raladi. Sera har qanday kartani tanlashi mumkin edi, biroq u tanlagan karta: 3-raqamli ♦️ karta. β–  Tanlangan ♦️ 3 raqamli karta boshqa kartalar orasiga…
πŸ’‘Guvohi bo'lganingizdek, ushbu videorolik faqatgina kartalar haqida emas edi.

❗️Fonda 4 marotaba o'zgarish yuz berdi: Videorolik boshi va oxiridagi orqa fonda, ishtirokchilarning kiyimlarida va stol ustidagi matoning rangida.

βœ… Ulardan nechtasini topa oldingiz? Inson miyasi biz bilmaydigan ko'plab sirlarga ega. Bu β€œe'tibor so'qirligi”ga bir misol. Gap shundaki, biz biror-bir vazifaga diqqatimizni qaratgan paytimizda shundoqqina β€œburnimiz ostida” yuz berayotgan voqealarni sezmaymiz.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu ishni Bruk qilgan deb o'ylamayman. Jismoniy tarbiya odamga endorfin beradi, endorfin esa odamni baxtli qiladi. Baxtli odam esa o'z erini otmaydi. Yo'q, sira bunday qilmaydi.

🎞 Legally blonde filmidan

@pslog
Ishonch

Аtir solingan shishacham tushib ketib sindi. Koʼp xafa boʼldim. Аmmo singan xonadan atir hidi ancha vaqt ketmay turdi. Muattar hiddan koʼp muddat bahramand boʼldik. Bu atir shishadalik vaqtida xonani muattar qilmas edi. Bildimki, u xonani muattar qilishi uchun shisha sinishi lozim ekan.

Goho qalbingiz yoki ichingizdagi bir narsa sinadi. Ishoning, uning singaniga sabab, ichidagi goʼzallik tashqariga chiqishi uchundir. Bu bilan hayotingizda yangi tajribaga ega boʼlasiz. Аqlingiz ziyoda boʼladi, fikrlashingiz oʼzgaradi.

@pslog
Baxt neyrofiziologiyasi

Psixologlarning fikricha, ijobiy emotsiyalarning asosiy sababi insonning biror narsadan zavqlanishidir. Insonda zavqlanish jarayoni kelib chiqishida bir nechta neyromediatorlar ishtirok etadi.

πŸ”— Neyromediatorlar bir neyrondan ikkinchisiga xabar oβ€˜tkazilishini ta’minlovchi moddalardir. Shulardan asosiylarini koβ€˜rib oβ€˜tamiz.

Dofamin

Insonga har xil yoqimli ta’sirotlar ta’sir etganda, neyronlarda dofamin ajralib chiqadi, bu oβ€˜z navbatida zavqlanish va rohatlanish jarayonini keltirib chiqaradi, insonda xursandchilik va quvonch uygβ€˜onadi.

Serotonin

Kayfiyatni koβ€˜taruvchi neyromediator boβ€˜lib, yana xotira va uyqu jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Organizmda serotonin aylanishi buzilganda depressiya va xavotir kelib chiqadi.

Endorfinlar

Organizmda stress vaqtida ishlab chiqariladi va ogβ€˜riqni kamaytirishga yordam beradi.

Oksitotsin

Gipotalamusda ishlab chiqariladi va insonning sotsial muhitga kirishib ketishi, birov haqida iliq fikrga kelishi jarayonlarida yordam beradi.

Noradrenalin

Stress vaqtida ishlab chiqariladi va qoβ€˜rquvni va boshqa salbiy emotsiyalarni boshqarishda ishtirok etadi. Noradrenalin ta’sirida odamda yurak urishining tezlashishi, qon bosimining oshishi kabilar kuzatiladi. Ba’zilar uchun bu holat zavqli hisoblanadi. Buni ekstremal sport ishqibozlari yaxshi bilishadi.

βœ… Ijobiy emotsiyalarni faqatgina yoqimli ta’sirotlargina emas, balki biz kutmagan narsalar ham keltirib chiqaradi.

Masalan, jismoniy ish natijasida endorfinlarga sezgir retseptorlarning ishi kuchayib ketadi va natijada kayfiyat koβ€˜tariladi. Jismoniy aktivlik depressiyaning oldini oladi.

@getpsychedup
βš™ Bu chiroqning yonishi uchun nechta psixolog kerak deb o'ylaysiz?

πŸ’‘Aslida gap psixologda emas, asosiysi, chiroq yonishni o'zi istashi kerak.

@pslog
Zerikish ijodiy jarayonning kalitidir

βœ… Barcha his-tuygβ€˜ularimizning biz uchun qandaydir foydali jihati mavjud bo'ladi, hattoki zerikishning ham. Psixolog Sandi Mann xulosalariga ko'ra:

πŸ’­ Zerikish ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi

Inson zerikkanda xayol sura boshlaydi, bosh miya ishlashi passiv rejimga oβ€˜tadi. Bunday rejimda bosh miya poβ€˜stlogβ€˜ining chakka va prefrontal qismlari ishlay boshlaydi, bu qismlar avtobiografik xotira, oβ€˜zini anglash, birovning nimani oβ€˜ylayotganini tushunishga harakat qilish kabi xususiyatlar uchun javob beradi.

πŸ•΅ Zerikish atrofga yangicha nazar bilan qarashga yordam beradi

Aytaylik, kim bilandir gap talashib qoldik, oβ€˜sha paytda jahl ustida aytayotgan gaplarimiz haqida oβ€˜ylab oβ€˜tirishga vaqtimiz va imkoniyatimiz yoβ€˜q va bu holatga boshqa odamning nazari bilan qaray olmaymiz. Lekin keyinroq, mashinada yoki kundalik ishlar bilan bandligimizda oβ€˜sha vaziyatni xayolimizda qayta jonlantirib, bu vaziyatning sabablari, aytgan gaplarimiz, bizga qarshi boβ€˜lgan odamning aytgan gaplari, nima deb oβ€˜ylagani haqida chuqur oβ€˜ylay boshlaymiz.

πŸ‘¨β€πŸ‘©β€πŸ‘§β€πŸ‘¦ Zerikishdan kelib chiqadigan xayol surish jarayoni inson uchun keraklidir, ayniqsa, sotsial munosabatlarga toβ€˜la hayot kechirayotganlar uchun.


@getpsychedup
Biz vaqtimizning 30 foizini orzularga sarflaymiz

⏳ Psixologlarning xulosalariga ko'ra, biz hammamiz kamida 30 foiz vaqtimizni orzu qilishga sarflaymiz. Ayrimlar esa bundan ham ko'proq vaqt xayolot olamida sayr qilishadi.

πŸ’‘ Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, orzu qilishni yoqtiradiganlar odatda ixtirochi bo'ladilar va turli muammolarni oson hal qilishar ekan.

@getpsychedup
Yaqin insonimizning so'zlari katta kuchga ega. U - bizni dunyodagi barcha dorilardan ko'ra yaxshiroq davolashi va barcha jallodlarga qaraganda tezroq o'ldirishi mumkin. (Eleanor Ruzvelt)

✨ Hech qaysi dorini kuchi yetmaydi...

@getpsychedup
Miyamiz uxlayotgan paytimizda ham faol holatda bo'ladi

😴 Uxlab tush ko'rayotgan paytimizda miyamiz kun bo'yi olingan axborotlarni qayta ishlaydi, qaysi birini eslab qolish, qaysi birini unutishni hal qiladi.

πŸ“š Imtihonga tayyorlanayotganda yaxshilab kitob o'qib, darhol uxlashga yotsangiz, miyangiz axborotni mustahkam "joylab" oladi.

@getpsychedup