π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
- Yig'lash bu - yomon narsa emas. Yig'lash azobga beriladigan tananing tabiiy reaksiyasi.


🎞 "Big Hero 6" filmidan πŸ‘‰ psixologik fakt 😊

@getpsychedup
Iroda kuchi

πŸ•΅β€β™€ Uzoq davrni o'z ichiga olgan longityud tadqiqotlardan birida, psixologlar o'qituvchilari tomonidan yuqori darajada intellektual deb baxolangan bir guruh bolalarni kuzatib borishdi.

πŸ§‘β€πŸŽ“ Ularni bolalik davridan to balog'at yoshiga yetgunlariga qadar qanday natijalarga erishganliklarini solishtirish mobaynida tadqiqotchilar shunga amin bo'lishdiki, hayotda muvaffaqiyatga erishganlar umumiy ba'zi muhim sifatlarga, shu jumladan qunt-matonat va iroda kuchiga ega bo'lishgan.

πŸ”Έ Ushbu sifatlar ko'pincha kishi umumiy shaxsiyatining bir qismidir, biroq bular ayni paytda siz ham yaxshilay oladigan narsalar hisoblanadi.

πŸ”‘ Rohatlanishni ortga surish qobiliyati, qiyinchiliklar qarshisida bukilmaslikni va og'ir mehnatlaringiz mevasini kutishni o'rganish hayotda ko'pincha muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo'lishi mumkin.

πŸ”‹ Iroda kuchi sobitligini oshirishda qo'l keluvchi strategiyalar:

Chalg'itish. Misol uchun, siz vazningizni kamaytirishga urinayotgan bo'lsangiz-u, biroq siz uchun yoqtirgan taomlaringizdan tiyilish qiyinchilik tug'dirayotgan bo'lsa, bunday zaif holatga duch kelganingizda o'zingizni chalg'itish istaklaringizga bo'ysunib qolishdan qutulishning samarali usuli bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Mashq qilish. Iroda kuchini shakllantira olasiz, biroq bu sizdan vaqt va urunishni talab etadi. Iroda kuchini talab etuvchi kichik maqsadlar o'rnatishdan, deylik shirinliklar yeyishni to'xtatishdan boshlab oling.

πŸ§—β€β™€ Shu kabi kichik maqsadlarga erishishda iroda kuchingizdan foydalana olish qobiliyatingizni yaratib borganingiz sari bundan kattaroq maqsadlar ustida ter to'kayotgangizda ham kuchli iroda sohibi ekanligingizga amin bo'lasiz.

@getpsychedup
#psixologik #fakt

Agar odam berilgan savolga qisman yoki mujmal javob bersa, qayta so’rashning keragi yo’q. Uning ko’ziga shunchaki tik qaragan ma’qul. U bu javob suhbatdoshini qoniqtirmaganini tushunib, gapini davom ettiradi.

@getpsychedup
β€œHar kuni sogβ€˜ligimizga zarar yetkazmasdan siqilib boβ€˜lmaydi. Bizning asab tizimimiz boβ€˜sh qobiq emas. U tolalardan iborat jonli mavjudotdir. Unga yetkazilgan zoβ€˜ravonliklar jazosiz qolmaydi”. (Boris Pasternak)


⏳ Koβ€˜pgina muammolar va tashvishlarimiz vaqtni behuda sarflashdir.

❗️Hatto ishdan boβ€˜shatish yoki munosabatlarning uzilishi ham qattiq siqilishga arzimaydi. Bu – har kuni minglab odamlar bilan sodir boβ€˜ladi. Ular buni munosib yengib oβ€˜tishadi. Kelajakda yangi ish, yangi doβ€˜st ham boβ€˜ladi. Avvalgilardan ham yaxshiroq!

πŸ’« Bir kuni keksayganimizda yoshlikdagi muammolarni tabassum bilan eslaymiz. Qiyinchiliklarni kichik sinov sifatida qabul qiling. Xavotir olmang, lekin ularni yengib oβ€˜ting.

πŸ€ Sizniki boβ€˜lmagan narsani qoβ€˜yib yuboring. Kichik narsalarga asabiylashmang, koβ€˜proq tabassum qiling.

@getpsychedup
Ruhiy bardoshlilik

πŸ‹β€β™€ Ruhiy bardoshlilik - matonat bilan davom etishni va yuzaga kelgan to'siqlarga qaramay, harakatlardagi izchillikka amal qilishni anglatadi.

πŸ† Bunday ruhiy quvvatga ega insonlar qiyinchiliklarni imkoniyat sifatida ko'rishadi.

Ruhiy bardoshliligingizni toblash va hayotda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlaringizni oshirish uchun:

O'zingizga ishoning. Salbiy ichki dialogni tark eting va ijobiy munosabatda qolish hamda o'z-o'zingizni ruhlantirish yo'llarini izlang.

Urinishda bardavom bo'ling. Hamma narsa imkonsiz tuyulganida yoki hatto qiyinchiliklar sizni ortga tortishda davom etganida ham mahoratlaringizni oshirib borish imkoni mavjud yo'llarga bor e'tiboringizni qarating va kurashishda davom eting.

πŸ“Œ Muvaffaqiyatli insonlarning eng diqqatga sazovor ko'nikmalaridan biri shundan iboratki, ular doimo qiyinchiliklar yoki muvaffaqiyatsizliklarga ulardan nimanidir o'rganish imkoniyati sifatida qaraydilar.

Maqsadlar o'rnating. Ruhiy zabardast insonlar maqsadga erishish uchun erishsa bo'ladigan maqsadlarni qo'yishdan boshlash kerakligini bilishadi.

🎯 Bu maqsadlarga erishish unchalik ham oson bo'lmaydi, biroq qandaydir mo'ljalni qo'yish orqali yanada olg'a intilasiz va qiyinchiliklarni yenga olasiz.

Sizni qo'llab-quvvatlovchi insonlarni toping. Barcha ishni o'z zimmangizga olish og'ir bo'lishi mumkin, biroq sizni qo'llab-quvvatlovchi manbaga ega bo'lishingiz buni yengillashtiradi.

πŸ”ΉUstozlar, do'stlar, hamkasblar va oila a'zolaringiz qiyin damlarda sizga dalda bo'la olishadi va hatto muvaffaqiyatga erishishda asqotuvchi o'z maslahat hamda yordamlarini ayamasliklari mumkin.

@getpsychedup
- Agar barcha qilgan orzularimga erisha olmasam nima bo'ladi?
- Erisha olasan.
- Biroq unday bo'lmasachi? Keyin nima qilaman?
- O'ylashimcha bu yaxshi holat. O'zingga yana bir boshqa orzu yaratasan.

🎞 "Rapunzel" filmidan

πŸ’¬ @getpsychedup
Yomon kayfiyatdagi kishilar detallarga sinchikovlik bilan ahamiyat berishadi va hukm chiqarishda xato-kamchiliklarga kamroq yo’l qo’yishadi.

πŸ˜” Keyingi safar o’zingizda yomon kayfiyatni payqagudek bo’lsangiz, o’z-o’zingizni xursand qilishga shoshilmang, buning o’rniga sizni tashvishga solayotgan loyiha ustida ishlang.

πŸ’‘ Yangi Janubiy Uelsda faoliyat yurutuvchi psixologiya fanlari professori Josef Forgasning Australasian Science jurnalidagi so’zlariga qaraganda, melanxoliya ish samaradorligingiz yanada yaxshilanishiga hissa qo’shishi mumkin.

πŸ”Ž Forgas tadqiqotchilar yo yaxshi kayfiyat yoki yomon kayfiyatni sinaluvchilarda uyg’otib ko’rgan o’z tadqiqotlarining bir nechtasini ko’rib chiqdi.
Izlanishlarning har biri yomon kayfiyatdagi kishilarning yaxshi kayfiyatdagi kishilarga qaraganda topshiriqlarni yaxshiroq bajarganliklarini aniqladi.

☹️ Badjahl insonlar detallarga sinchikovlik bilan ahamiyat bergan, kamroq darajadagi jo’nlikni namoyish etishgan, hukm chiqarishda xato-kamchiliklarga kamroq yo’l qo’yishgan va xursand sinaluvchilarga qaraganda yuqoriroq aniqlikdagi, ishontira oluvchi dalillar taqdim etganlar.

πŸ€·β€β™€ Tadqiqotlardan biri hattoki to’rt asosiy emotsiya β€” qo’rquv, g’azab, jirkanish yoki qayg’u belgilarini namoyish etuvchi guvoh kishi ma’lumotlarni batafsil eslay oladi va bu bilan birga g’ayri ma’lumot ta’siriga haqiqatan ham barham beradi, degan fikrni tasdiqladi.
https://telegra.ph/Mahzun-boling-va-muvaffaqiyat-qozoning-07-12

@getpsychedup
Β«Ilm sahroda doβ€˜st, hayot yoβ€˜llarida tayanch, yolgβ€˜izlik damlarida β€”yoβ€˜ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qaygβ€˜uli damlarda madadkor, odamlar orasida zebu ziynatdir...Β»

πŸ“š Hadisdan

@getpsychedup
🚰 Yaxshi uyqudan so'ng ham kun davomida o'zingizni behol his qilsangiz, ko'proq suv iching. Tana suvsizlanishi oqibatida charchoqni his qilayotgan bo'lishi mumkin.

@getpsychedup
Pomodoro texnikasi

πŸ… Bu pamidormi? deb o'ylashingiz mumkin πŸ˜‹

⏳ Bu vaqtni boshqarishning zamonaviy usullaridan biri hisoblanadi.

πŸ’― Hayotida biror narsaga erishishni maqsad qilgan har qanday inson uchun taym-menejment (vaqtni boshqarish) juda muhimdir.

βœ… Ayni paytda vaqtni nazorat qilishning eng yaxshi texnikasi Pomodoro texnikasi boβ€˜lib turibdi. Uni egallash juda oson: taymerni 25 daqiqalik oraliqqa qoβ€˜yib qoβ€˜yasiz – mana shu oraliq vaqt ichida hech narsaga chalgβ€˜imasdan faqat ish qilasiz.

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
<unknown> – F.-Schubert-Serenade_1236669
Shubertning " Serenada " musiqasi hamroxligida o'qish tavsiya etiladi 😊

Urib tursa edi, agar yuragim
Muhabbat bor derdim dunyo-yu dunda
Men ham o'z sevgimni uchratarmidim
Yomg'ir shuvillagan shunday bir kunda

Urib tursa edi hasta yuragim, navqiron umrimga qilmay hiyonat
So'ragan bo'lardim taqdir azaldan
Balki fojiasiz go'zal muhabbat

Urib tursa edi, bedor yuragim
Sevgilim qo'lidan dadil tutardim
Sevgiga, umidga zor bu dunyoning
Barcha ko'chasidan birga o'tardim

@getpsychedup
⚑️⚑️⚑️ Coursera platformasi o'zining barcha kurslarini hamma uchun tekin qildi. Shu bilan birga, ta'lim muassasalari talabalari muvaffaqiyatli yakunlagan kurs uchun sertifikat ham taqdim etmoqda.

Umumiy ma’lumot

Online ta'lim olishga qiziquvchilar uchun Coursera onlayn ta'lim olish platformasida ro’yxatdan o’tish davom etmoqda. Kurslarning barchasi ingliz tilida olib boriladi

πŸ“’ Muhim yangilik: Coursera pandemiya sharoitidan kelib chiqib kurslarni yakunlaganlik uchun sertifikat ham taqdim etmoqda. Shoshiling, bu imkoniyatni faqat 31-iyulga qadar qo'lga kiritishingiz mumkin.

πŸ‘‰ Siz tomondan taqdim etilishi lozim bo'lgan ma'lumotlarga eslatma sifatida:

βœ… Ta'lim muassasangiz Url manzili: misol uchun: iiau.uz

βœ… Ta'lim muassasangizda ta'lim oluvchi talabalari soni: ...

βœ… Qolgan ma'lumotlar siz tomondan beriladigan shaxsiy ma'lumotlar: email yoki gmail, telefon raqam, lavozim, misol uchun: talaba va h.k

βœ… Eng so'nggi ma'lumot: Coursera platformasidan ta'lim muassasangiz foydalana olishi sizning koronavirusga qarshi kurashishda qanday hissa qo'shishingiz mumkinligi to'g'risida qisqacha o'z fikringiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun avval Coursera saytida shaxsiy akkaunt yaratishingiz kerak. Bu mutlaqo bepul.

πŸ”Ή Saytda ro’yxatdan o’tgach, o'zingiz istagan kursga yozilishingiz mumkin. Buning uchun β€œEnroll” tugmasini bosish kifoya.

πŸ‘‰ Havola: bu yerda
Amerikalik yozuvchi va tarixchi Uilyam Dyurant shunday degan edi: β€œBiz har kuni amalga oshiradigan ishlarimiz natijasimiz. Bu holatda mohirlik – harakat emas, odat”.

Monash universiteti professsori Kreyg Hassed odatlarni o’zgartirishda ADEPT (Attention, Decision, Effort, Perseverance and Tolerance) diqqat, qaror, urinish, qat’iyat va sabrning muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi..

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž pinned «⚑️⚑️⚑️ Coursera platformasi o'zining barcha kurslarini hamma uchun tekin qildi. Shu bilan birga, ta'lim muassasalari talabalari muvaffaqiyatli yakunlagan kurs uchun sertifikat ham taqdim etmoqda. Umumiy ma’lumot Online ta'lim olishga qiziquvchilar uchun…»
● Agar sen yuz yil yashasang, men yuz yil minus bir kun yashashni xohlayman; Shunda sensiz yashashimga toβ€˜g'ri kelmaydi…

 β— Ba’zi odamlar koβ€˜proq mehribon boβ€˜lishadi; Menimcha, shu sevgi boβ€˜lsa kerak.

● Bu yerda kimdir boβ€˜lishi kerak; Chunki, kimdir: "Hech kim yoβ€˜q” – deb aytishi kerak-ku.

● Oβ€˜rmonning bir chekkasidagi oβ€˜z burchaginga boshqalarni kelishini kutib oβ€˜tirish toβ€˜gβ€˜ri emas; Ba’zan oβ€˜zing ham ular tomonga borishing kerak.

 β— Biz hech qachon ayrilmaslik haqida koβ€˜p oβ€˜ylaymiz; Menimcha, bir-birimiz haqimizda koβ€˜proq oβ€˜ylasak, shunda hech qachon ayrilmaymiz…

 β— Uning yuragi kichkinagina boβ€˜lsa-da, juda katta minnatdorchilik hisini koβ€˜tarib yuradi.

Β© "Vinni Puh”
yozuvchi Alan Aleksandr Milne.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
* Rang o'zgartiruvchi * kartalar

πŸ‘‰ Tarjimasi:

β–  ishtirokchi Seradan istalgan biror bir kartani tanlash so'raladi. Sera har qanday kartani tanlashi mumkin edi, biroq u tanlagan karta: 3-raqamli ♦️ karta.

β–  Tanlangan ♦️ 3 raqamli karta boshqa kartalar orasiga qayta qo'shib yuborildi va stol ustida qaytadan yoyib chiqildi.

β–  Ishtirokchi Sera tanlagan kartaning orqa tomoniga e'tibor bering, u ko'k rangda. ♦️3 raqamli kartaning orqa tomoni ko'k rangda ekanligi siz uchun yangilik emas, biroq boshqa kartalarning orqa tomoniga e'tibor bering, ularning barchasi qizil rangda...

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
* Rang o'zgartiruvchi * kartalar πŸ‘‰ Tarjimasi: β–  ishtirokchi Seradan istalgan biror bir kartani tanlash so'raladi. Sera har qanday kartani tanlashi mumkin edi, biroq u tanlagan karta: 3-raqamli ♦️ karta. β–  Tanlangan ♦️ 3 raqamli karta boshqa kartalar orasiga…
πŸ’‘Guvohi bo'lganingizdek, ushbu videorolik faqatgina kartalar haqida emas edi.

❗️Fonda 4 marotaba o'zgarish yuz berdi: Videorolik boshi va oxiridagi orqa fonda, ishtirokchilarning kiyimlarida va stol ustidagi matoning rangida.

βœ… Ulardan nechtasini topa oldingiz? Inson miyasi biz bilmaydigan ko'plab sirlarga ega. Bu β€œe'tibor so'qirligi”ga bir misol. Gap shundaki, biz biror-bir vazifaga diqqatimizni qaratgan paytimizda shundoqqina β€œburnimiz ostida” yuz berayotgan voqealarni sezmaymiz.

@getpsychedup