π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
F.-Schubert-Serenade_1236669
<unknown>
🎡 Klassik musiqa miya faoliyatini yaxshilashi mumkin. Bu "Motsart effekti" deb nomlangan.

🎢 1993-yilda o'tkazilgan kichik tadqiqotda Motsart sonatasini tinglagan talabalar IQ testida uni tinglamaganlarga qaraganda yuqoriroq ko'rsatkichga ega bo'lishgan.

@getpsychedup

🌍 Merilin vos Savant 1986 yilda sayyoradagi eng aqlli inson sifatida Ginness jahon rekordlari kitobiga rasman kiritilgandi.

πŸ”Ή Uning IQ darajasi 228 ballga teng, va bu to’liq komissiya mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan. Amerikaliklarning 80-yillarning o’rtalaridan mashhur Parade jurnalida o’zining alohida β€œMerilindan so’ra” sahifasini olib borardi. Savant hayotiga senarist sifatida pul ishlab topadi, uning turmush o’rtog’i Robert Yarvik esa birinchi sun’iy yurak modelini yaratgan shaxs. New York Magazine nufuzli jurnal sonlarining birida bu juftlikni β€œNyu-Yorkning eng aqlli juftligi” deb atashgan.

U haqida batafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.

♻️ @getpsychedup
Facebook ijtimoiy tarmog'ida nechta do'stingiz bor?

🀳Ko'pchiligimiz Facebook yangi do'stlar orttirish uchun qulay joy deb hisoblaymiz.

πŸ€·β€β™€οΈLekin oxirgi statistika maΚΌlumotlariga qaraganda barchasi ham biz o'ylagandek emas.

πŸ”ΈFacebook foydalanuvchilarining katta qismi, aniqrog'i 40 foizi tarmoqda 200 tadan kam bo'lgan doΚ»stlarga ega va bu toifadagi insonlar aksariyat hollarda oldindan tanigan odamlari bilangina do'stlik o'rnatishgan.

πŸ”ΈFoydalanuvchilarning 38 foizida 200-500 atrofida do'stlar bor.

πŸ”ΈQolgan kam sonli foydalanuvchilar, aniqrogΚ»i, Facebookdagi 20 foiz insonlargina 500 dan oshiq doΚ»stlarga egadirlar.

Ma'lumot o'rnida aytishimiz mumkinki,
Facebook o'z foydalanuvchilariga "maximum" 5000 ta inson bilan do'stlik munosabatlarini o'rnatishga ruxsat bergan.


♻️@getpsychedup
πŸ“š β€œAgar hayotingiz kitobdan, siz esa uning muallifidan iborat bo’lganda hikoyangiz qanday bo’lishini istar edingiz?” Mening hayotimni butunlayga o’zgartirib yuborgan savol aynan shunday edi.

β›· Bakterial menegitga chalinganidan so’ng Emi Pury 19 yoshligida ikkalla oyoqlaridan ajraldi. Biroq, bu narsa uni katta qadamlar bilan oldinga yurishdan hech qachon to’xtatmadi. Emi Snowboard yo’nalishi bo’yicha ikki marotaba Paralimpiya medal sovrindori, β€œO’z ikki oyog’imda” asar muallifi hamda β€œYulduzlar bilan raqs” tanlov ishtirokchisiga aylandi.

πŸ”Έβ€œBu yog’iga nimani kutishni bilmasdim, biroq buni kutmagan edim. Ammo, hayotda oldinga siljish uchun men eski Emini tark etishim va yangisini boricha qabul qilishim kerak edi.” O’z instagram sahifasida β€œDoim o’zim orzu qilgan hayotda yashayapman, faqat u men tasavvur qilganimdan tamoman o’zgacha. 🎈Hayotimiz qanday bo’lishi mumkinligi haqidagi o’ylarni qo’yib yuborish va qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishimiz kerak & Ana shunda o’zimizdagi cheksiz imkoniyatlarga guvoh bo’lamiz” deb yozadi.
https://telegra.ph/Emi-Pury-06-29

πŸ’ž @getpsychedup
Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko'rsatish markazining Yoshlar oyligi doirasida o'tkazilgan Maqolalar tanlovining Respublika bosqichida oliy o'rinni egalladim 😊
Mehr yordamida stressni yengish

πŸ“š "Stressni yengish" kitobi muallifi psixiatr Tim Kantofer o'z kitobida "mehr bilan stressni yengish" degan bobni kiritgan. Uning aytishicha, boshqalarga mehr bilan muomala qilish sog'lom hamda baxtli bo'lishimizga hissa qo'shadi.

πŸ”ΈSiz atrofdagilarga yoki yoki sizga kimningdir mehribon bo’lishi, bu stressdan farq qiluvchi tamoman o’zgacha hissiyotdir. Mehribonlik bilan munosabatda bo'lish iliqlik va yaqinlik hissiyotlari hamroxligida β€œmehr garmoni” yoki oksitosin deb nomlanuvchi garmonning ajralishi jarayoni bilan birga kechadi.

β†ͺ️ O'zingizga va o'zgalarga mehribon bo'lish qon bosimini pasaytiradi, immunitet tizimini yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi, yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi, qolaversa, depressiyaga qarshi β€œdori” bo’lishi mumkin.

@getpsychedup
🎯 "Muammolar bu ijodkorlik uchun uyg'onishdan boshqa narsa emas ."

Gerhard Gschwandtner
Selling Power asoschisi va bosh direktori

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ” Bostondagi Massachusets universiteti go'daklar va ota-onalarning ruhiy salomatligi dasturi rahbari Doktor Tronik onalarning ruhiy tushkunligi hamda boshqa stressli holatga tushgandagi xulq-atvorlari go’daklar va bolalarning hissiy rivojlanish va salomatligiga ta’sirini tadqiq etadi.

🀱 Uning shunday tadqiqotlaridan biri "Still face experiment"i bo'lib, bunda ona o'z farzandi bilan bo'ladigan munosabatlarida farzandiga beradigan e'tiborning ahamiyatini ko'rsatib beradi.

@getpsychedup
β€œIfodasiz yuz” eksperimenti

πŸ‘‰ Ushbu eksperiment ona va bolaning yuzma-yuz holda o’tirishi bilan boshlandi. Ona farzandi bilan o’ynashni, unga tabassum qilishni va u bilan suhbatlashishni boshlaydi. 1 yoshli go’dak onasining bunday munosabatiga allaqachon o’rgangan. Keyin uning onasi yuzini orqaga o’giradi. Keyingi jarayonda ona farzandiga ifodasiz yuzda yoki farzandi holatiga 2 daqiqa davomida ahamiyat bermaydi.

β†ͺ️ Eksperimentning β€œishorasiz yuz” qismi yakunlanganidan so’ng, onasi u bilan o’ynash va suhbatlshishda davom etadi. Ushbu eksperimentning qiziqarli tomonini onaning xatti-harakatlarida emas, balki farzandining bunga bildirgan munosabatida ko’rish mumkin. Siz dastlab onasi bilan kulib o’ynayotgan quvnoq bolani ko’rasiz. Kichkintoy onasi bilan harakatlar va ovozlar yordamida muloqotda bo’lishga intilmoqda.

πŸ”ΉDastlab eksperimentning β€œifodasiz yuz” qismi boshlanganida bolaga bu holat chalkashdek tuyuladi. U onasining e’tiborini tortish uchun o’zida bor qobiliyatdan foydalanishga urinadi.

πŸ’¬ Go’daklar ma’lum tovushlar va harakatlar doirasida cheklangan bo’lib, ushbu videodagi kichkintoy ham onasining e’tiborini tortish uchun turli usullardan foydalanishiga guvoh bo’lasiz. U xonaning har tomoniga nigoh tashlaydi, tabassum qilib ko’radi, keyin nimanidir ko’rsatishga urinib ko’radi.

πŸ•‘ Onasi bilan aloqa o’rnatishga bo’lgan urinishlari e’tiborsiz qoldirilishining davom etishi bilan undagi tashvishlanish va xafagarchilikni kuzata boshlaymiz.

πŸ•“ U yig’lashni keyin esa qichqirishni boshlaydi. Ushbu eksperimentdagi go’daklar ko’pincha postural nazoratni yoqotib qo’yishgan. Ularning markaziy nerv tizimi juda ta’sirlanishi ularni jismoniy jihatdan zaif holatda qoldirgan. Bu kichkintoy ehtimol o’z-o’zini tinchlantirish uchun hattoki o’z qo’lini tishlay boshlaydi.

πŸ•” Eksperiment yakuni yaqinlashib qolganda bola onasining e’tiborini o’ziga qaratishdan sovugan va umidsiz bo’lib qoladi.

πŸ”ΈEksperimentning β€œifodasiz yuz” deb nomlanuvchi qismi yakun topgach, ya’ni ona farzandi bilan o’zaro munosabatlarga kirishganida, go’dakdagi quvonch va xotirjamlikka guvoh bo’lasiz.

βœ”οΈOnasi qarshisida bola o’z emotsiyalarini tezlik bilan tartibga sola oladi va o’ynashda davom etadi.

πŸ§Έβ€œIfodasiz yuz” eksperimenti, bu har kuni ota-onalar taom pishirishni yakunlash yoki boshqa bolalariga qarash vaqtida duch keladigan holatga birgina misoldir.

🧠 Ota-onalarning o’z farzandlarini qisqa vaqt davomida e’tiborsiz qoldirishi hech qanday muammo tug’dirmaydi, ammo agar bu uzoqroq vaqt davom etsa, bu bolaning rivojlanishiga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Xuddi shu eksperimentning otalar va ularning farzandlarida o’tkazilganligini πŸ‘‰ ushbu videoda ko’rishingiz mumkin.

@getpsychedup
πŸ’―Muvaffaqiyat kaliti hissiy barqarorlikdir. Boyib ketish uchun IQ ning yuqori koβ€˜rsatkichi kerak emas.

Dunyo milliarederi
Uorren Baffet

@getpsychedup
Yoqimtoy hayvonlarning rasmlari ish samaradorligingizni yaxshilashi haqida bilasizmi?

πŸ”Ž Hiroshi Nittono ismli Yapon tadqiqotchisi shunga guvoh bo'ldiki, kuchukcha va panda bolalari rasmlariga qaragan, shu bilan bir qatorda badjahl mushuk videolarini tomosha qilgan tadqiqot sinaluvchilarining nafaqat kayfiyatlari ko'tarilgan, balki ishlash samaradorligi oshgan.

🐼 Tadqiqotda sinaluvchilar hayvon bolalari, jonivorlar va neytral buyumlar sanalgan oziq-ovqat rasmlarini birma-bir ko'rishdan oldin va undan keyin ulardan bilim va diqqatni talab etuvchi bir qancha topshiriqlarni bajarishgan. Yoqimtoy hayvon bolalari rasmlarini tomosha qilganlar boshqa ikki guruh vakillariga qaraganda ancha yaxshiroq natijalarni ko'rsatishgan.

πŸ’‘Tadqiqot natijasidan shunday xulosaga kelindiki, faoliyat samaradorligining o'sishiga bir necha omillar, shu jumladan, yuqori kayfiyat va videolarning diqqatni jamlashga yordamlashganligi hisobiga erishilgan


https://telegra.ph/Yoqimtoy-hayvonlarning-rasmlari-faoliyatingiz-samaradorligini-yaxshilashi-haqida-bilasizmi-07-02

⏩ @getpsychedup
Ijobiy emotsiyalarning foydali tomonlari

Barabara L. Fredirikson tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar ijobiy emotsiyalarning bir qancha foydali tomonlariga ishora qilmoqda, shu jumladan:

πŸ™ƒ Hayot uchun ijobiy natijalar taqdim etadi;
πŸ€” Faoliyat va fikrlash jarayoniga samarali ta'sir ko'rsatadi;
πŸ€“ Shaxsiy resurslarni hosil qiladi;
😊 Salomatlikni yaxshilaydi..

✨Ijobiy emotsiyalar tom ma'noda yuragimiz va ongimiz chegaralarini ochadi va kengaytiradi, atrofga bo'lgan dunyoqarashimizni o'zgartiradi.

πŸŒ… "Tasavvur qiling, erta tongda nilufar gulining barglari yopiq bo'ladi. Rasmga nazar solsangiz, unga quyosh nuri biroz tushib turganini ko'rasiz. Ammo, quyosh osmonga ko'tarilishi bilan bu o'zgara boshlaydi, gul tom ma'noda ochiladi va ko'proq narsalarni ko'ra boshlaydi. Quyosh nuri xuddi shunday gullarni ochilishiga imkon bergani kabi ongimiz va yuragimiz ochiqligi ijobiy emotsiyalarga ehtiyoj sezadi."

Barbara Fredirikson


Do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang πŸ˜‰
@getpsychedup
Moviy rang sizda qanday hissiyotlarni uyg'otadi?

🎨 Insonlar uzoq vaqt davomida ranglar turlicha kayfiyat va hissiyotlar uyg'ota olishiga ishonishgan va ba'zi tadqiqotlar ranglarning psixologik ta'sir kuchiga ega ekanligini tasdiqlagan.

🌊 Moviy - ko'pincha tabiatda uchraydigan rang, masalan kunduzgi osmonning och ko'k rangi yoki chuqur suv havzasidagi to'q ko'k rang. Ehtimol aynan shu sababli kishilar ko'pincha ko'k rangni sokin va musaffo deb tasvirlashar.

❄️ Salqin rang sifatida ko'k rang ba'zan sovuq, haroratsiz va hatto qahraton rangdek tuyulishi mumkin..

Moviy ko'pchilik tomonidan sevimli rang sifatida tasvirlanadi va aksariyat hollarda, erkaklar bu rangni tanlashadi.

πŸ’°Moviy rang ko'pincha barqarorlik va ishonchlilik belgisi sifatida qaraladi. Xavfsizlik imidjini namoyish etmoqchi bo'lgan tadbirkorlar o'zlarining reklama va oldi-sotti faoliyatida ko'k rangdan foydalanishadi.

πŸ€·β€β™€ Moviy kishida shuningdek g'amginlik yoki yakka-yu yolg'izlik hissiyotlarini yarata oladi. Qalin moviy bo'yoqlarda tasvirlangan rasm, misol uchun Pikasso tomonidan uning "ko'k davri" deb nomlangan davr mobaynida yaratilgan asarlar yolg'iz, g'amgin va tushkundek tuyulishi mumkin.

πŸ” Moviy rang ko'pincha offislarni ta'mirlashga ishlatiladi, chunki tadqiqotlar moviy xonalarda kishining ish samaradorligi oshishini aniqlagan.

πŸ§‘β€πŸ³Moviy rang eng mashhur ranglardan biri, biroq bu rang ishtaha ochish bobiga kelganda u eng past o'rinda turadi. Ba'zi vaznni yo'qotish retseptlari o'z taomingizni ko'k likopchalarda yeyishni tavsiya qiladi. Golubika va ba'zi olchalarni hisobga olmaganda, ko'k rang oziq-ovqat mahsulotlarida tabiiy holatda kamdan-kam uchraydi.

βœ… Moviy rang shuningdek, yurak urish tezligi va tana haroratini pasaytirishi mumkin.

Moviy rang sizda qanday hissiyotlar uyg'otadi? Moviy rangni ma'lum sifat yoki vaziyatlarga bog'laysizmi?

πŸ“Œ Moviy rang psixologiyasi o'rganish qanchalik qiziqarli bo'lmasin, rangga bildiriladigan munosabat o'ta shaxsiy doirada bo'lishi mumkinligini yodda tutish muhim. O'tmish tajribalari kishilarning turli ranglar borasidagi hissiyot va bu ranglarga munosabatini shakllantirishda muhim rol tutishi mumkin.

πŸ’™ Ba'zi insonlar moviyga mahzun yoki sokin rang sifatida qarashsa, boshqalar bu rangni osoyishta yoki ruhlantiruvchi deya talqin qiladilar.

https://telegra.ph/Moviy-rang-07-06

@getpsychedup