π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
🍏🍎 tarkibidagi fruktoza hisobiga o'zingizni tetik his qilasiz.
Kishi yolg'on gapirganida uning burni atrofida va ko'zning ichki burchagidagi orbital mushak atrofida harorat oshishini boshdan kechiradi.

Bu "Pinokkio effekti" deb nomlangan
"Pinokkio effekti"

Termografiya - bu tana haroratini o'lchashda ishlatiladigan texnik usul. Ushbu termal rasmda burun atrofidagi haroratning oshgani ko'rsatilgan.

Β©Granada universiteti
Ilojsizlik - bu fakt emas, bu kimningdir fikri. Ilojsizlik - bu hukm ham emas, bu bizga qilingan chorlov.


Β© Muhammad Ali

β†ͺ️ @getpsychedup
πŸ‘1
Bir kunda qancha vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarga sarflaysiz?

βœ”οΈMutaxassislar bir kunda 1 soatini ijtimoiy tarmoqlarga sarf etadigan oΚ»smirlarning oΚ»zini baxtli his etish tuygΚ»usi kamayib borishini ta'kidlashmoqda.

πŸ”Έ Tarmoqlarda hamma oΚ»zini baxtli va mukammal koΚ»rsatishi natijasida har qanday foydalanuvchida ham oΚ»zidan va hayotidan qoniqmaslik hissi paydo boΚ»ladi.

😞 Bu har kuni takrorlangandan soʻng, hatto, insonni depressiya holatiga ham tushirib qoʻyishi mumkinligi isbotlangan.

πŸ“ˆ Ushbu fikrning ajablantiradigan joyi yoΚ»q, aslida. Ammo, tadqiqotlar shuni koΚ»rsatdiki, bolalar ijtimoiy tarmoqlarga koΚ»proq vaqt sarflashsa, ularning umumiy hayotidan qoniqish tuygΚ»usi 14 foizgacha kamayib ketar ekan.

Taqqoslash uchun, bu oΚ»ziga toΚ»liq boΚ»lmagan oilada yashash taΚΌsiridan uch baravar yuqoridir.


.@getpsychedup
🌈 Sodda biroq farqli tafovut: ayollar ranglar to'g'risida kattaroq lug'at boyligiga ega.

🧠 Mashq qilaverish natijasida odam koΚ»zi 10 mingdan ortiq rang va tuslarni farqlashi mumkin. πŸ‘‰ Manba Wikipedia


@getpsychedup
πŸ–Ό Ushbu rasm turlicha talqinlarga sabab bo'lgan:

Yoshi ulug'roq insonlar qari ayolni ko'rishadi.
Yoshi kichikroq bo'lgan shaxslar yosh qizni ko'rishadi.

@getpsychedup
"Prezident Obama illuziya"si

πŸ”ΊRasm markazidagi qizil nuqtaga 1 daqiqadan kamroq vaqt qarab turganingizdan so'ng xohlagan tomonga, iloji bo'lsa oq fonga qarang

@getpsychedup
πŸ“‚ Psixologik faktlar

πŸ”Ή Aleksitimiya- insonning o'z his-tuyg'ularini boshqalarga yetkazib berishida qiyinchilikka uchrash holatini tasvirlovchi so'z.

πŸ”₯ Kreativ ong egalari kechqurun uyquga ketishga ko'proq qiynalishadi. Bunga sabab miyaning yuqori aktivligidir.

πŸ’‘Ko'pincha, yaxshi maslahatlar beruvchi insonlar o'z hayotida ko'plab muammolari mavjud insonlar hisoblanadi.

🌚 Tunda ko'zingizni yumishdan oldin xayolingizga keluvchi so'nggi inson yo baxtingiz yoki og'riqlaringiz sababchisi.

😐 Tuyg'ularini berkituvchi insonlar, ko'pincha, aslida eng ko'p qayg'uruvchi insonlardir.

🧠 Erkaklar miyasi ayollar miyasidan hajm jihatdan 10 foiz kattaroq, biroq ayollar miya po'stlog'ining qalinligi bois nisbatan samaraliroq ishlaydi.

πŸƒβ€β™€ 1 haftada 3 marotaba, shunchaki 20 daqiqa jismoniy mashq bilan shug'ullanish baxt hissini 10 foizdan 20 foizgacha oshiradi.

πŸ₯› Uyqudan oldin va uyg'ongandan so'ng yarim stakan suv ichish tushlaringizni yaxshiroq eslab qolishga imkon beradi.

πŸ”Έ Agar siz kimdir haqida chuqur qayg'ursangiz, ularning kayfiyati tom ma'noda sizga ham ta'sir etadi.

πŸ’” "Parchalangan yurak"dan ham vafot etish mumkin. Bu Stress Kardimiopatiyasi deb nomlangan.

♻️ Salbiy fikrlar bilan ijobiy hayot qurib bo'lmaydi.

πŸ”Έ O'zingiz bilan suhbatlashib turish miyangiz faoliyati samaradorligiga imkon beradi.

https://telegra.ph/Psixologik-faktlar-06-14

β†ͺ️ @getpsychedup
πŸ”Ή Shaxsiy munosabatlarda umuman baxslashmaslik qiziqishning so'nganligini namoyish etadi. Bir-biri haqida qayg'uruvchi insonlar ba'zi-ba'zida baxslashib turishga moyil bo'ladilar.

⚠️ "Biroq, baxslashuv bolalar eshita olmaydigan paytda, holatda bo'lishi lozim"-deydi oila eksperti, taniqli terapevt va muallif Jon Gottman. Jon Gottman o'z tajriblariga tayanib, ota-onalarni bolalar oldida eshitarli darajada baxslashmaslikka undaydi. Jon Gottman buning nima sababdan o'ta ahamiyatli ekaligini psixolog E.Mark Kummings tomonidan olib borilgan Notre Dam universiteti tadqiqotidan dalil keltiradi. Baxslashish mavzusida olib borilgan Kummings tadqiqotlaridan birida, o'ta jiddiy va muntazam baxslashuvchi ota-onalarning bog'cha yoshidagi farzandlari ularning yoshi 7-sinf yoshiga yetganida depressiya, bezovtalik va xulq-atvor muammolari qiyinchiliklarini boshdan kechirish ehtimolligi ko'proq ekanligini aniqladi.

Manba Parentmap


@getpsychedup
O'zingizga bo'lgan ishonchni oshirish uchun 6 qadam:

πŸ” Qo'rquvlaringizga yuzma-yuz keling

Aytingchi, siz uchun qaysi biri qo'rqinchliroq: mashinalar qatnovchi yo'ldan kesib o'tish yoki omma oldida nutq so'zlash?

πŸš₯ Yashil chiroq yonganda yo'lni kesib o'tish, albatta, omma oldida nutq so'zlashdan ko'ra ancha oson. Bu nega aynan shundayligiga ahamiyat bering: Siz deyarli har kuni yo'ldan o'tasiz - bu ko'p marotabalik mashqning natijasi, biroq boshqalar oldida bir yoki ikki marta nutq so'zlagan bo'lishingiz mumkin. Biz ko'pincha o'zimiz tushunmagan narsalardan qo'rqamiz. Qo'rquvlarni yengish uchun siz bosgan dastlabki qadam o'zingizga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi.

🌈 O'zingizni boshqalarga solishtirish emas, balki o'z-o'zingizni yaxshilash diqqat markazingizda bo'lsin. O'zingizni boringizcha qabul qiling. Hech kim siz emas va aynan mana shu sizning kuchingiz.

βœ… Har kuni o'zingiz uchun kichik maqsadlar o'rnating hamda erishilgan yutuqlaringizni yozib boring.

♻️ Ijobiy fikrlang: tanqidlarni qabul qilishni o'rganing, bu eng qiyin toqqa o'rmalab chiqib borishga o'xshaydi, ko'pchilik yuqoriga ko'tarilayotib ko'pincha sirpanib ketadi.

🐾 O'z komfort zonangizdan chiqish uchun kundalik qadam qo'yib boring

πŸŒ… Har kuningizni minnatdorchilik bilan boshlang

@getpsychedup
😴 Xurrak otish odat emas, kasallik alomati

πŸ—‚ Milliy uyqu jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra, uyqu kasalliklarining 50 dan oshiq turi mavjud.

β†ͺ️ Shunday uyqu kasalliklaridan biri - uyqu apneasi. Apneada kishi uxlayotganda nafas olishga qiynaladi.
"Agar chindan ham sinchiklab nazar solsangiz, kutilmaganda erishilgan ko'plab yutuqlar juda uzoq vaqt talab etgan."

πŸ–‹ Stiv Jobs

@getpsychedup
Perfektsionizm."eng yaxshisi yoki hech qaysi" fikrlash tarzi

✨So'zning o'zagi "mukammal" degan ma'noni anglatadi. Kim ham mukammal bo'lishni xohlamaydi? Biroq, perfektsionizmda "eng yaxshisi yoki hech qaysi" fikrlash tarzi ustunlik qilganligi bois bunda kishi kichik yutuqlardan ham qoniqish hissini tuya olmaydi. Natijada, perfektsionizm ko'pincha prokrastinatsiya (qo'yilgan maqsadlarni keyinga surish holati) bilan birgalikda kechadi.

πŸ“š Yozuvchi Mark Tven "Mukammal asar yaratmagunimcha, men faqat xomaki asarlar yozaman" degan edi. Biroq, uning turli uslubda yozilgan asarlari butun dunyo miqiyosida kitobxonlarni jalb etgan.

@getpsychedup
πŸ₯€ "Hech qanday miqdordagi afsuslanish o'tmishni o'zgartirmaydi. Hech qanday miqdordagi bezovtalik kelajakni o'zgartira olmaydi. 🎁 Har qanday miqdordagi minnatdorchilik hozirni o'zgartira oladi."

πŸ–ŒAnn Voskamp

Juda ko'p o'tkazilgan tadqiqotlar insonlarning o'z hayotida mavjud narsalardan minnatdor bo'lishi..

πŸ”ΉBaxt hissini tuyish
πŸ”ΉOptimizm va pozitiv emotsiyalar
πŸ”ΉMaqsadlarga tomon intilish
πŸ”ΉHushyorlik va qatiyatlilik
πŸ”ΉSokin uyqu
πŸ”ΉO'z-o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishni ta'minlashda muhim ahamiyatli ekanligini tasdiqladi.

🧠 Minnatdorchilik hissi antidepressantlar kabi miyada "baxt garmonlari"-dopamin va serotanin moddalarini oshiradi.


@getpsychedup
πŸ–‡ Chunking- bu alohida ma'lumot qismlari (bo'laklari)ni ajratib olish va ularni kattaroq yaxlitlikka birlashtirish jarayoniga ishora qiluvchi atama hisoblanadi. Har bir ma'lumot qismlarini katta birlikka guruhlashtirish orqali siz eslab qoladigan ma'lumot hajmini yaxshilashingiz mumkin.

πŸ“² Ehtimol, eng keng tarqalgan misol-bu mobil raqamlarda uchraydigan chunking hisoblanadi.

β†ͺ️ Masalan, 4-7-1-1-3-2-4 telefon raqam ketma-ketligi 471-1324 holatiga keltirilishi mumkin.

🧩 Bir-biridan tubdan farq qiluvchi alohida elementlarni kattaroq birlashmalarga ajratish orqali ma'lumotni qabul qilish va uni qayta eslash osonlashadi. Bunga asosiy sabab esa qisqa muddatli xotiraning cheklanganligi bilan bog'liq.

πŸ”Έ Ba'zi tadqiqotlar kishilarning xotirasi besh va to'qqiz sonlari oralig'idagi ma'lumotlar birlashmasini saqlay olishiga ishora qilsa, yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar xotira hajmi 4 yaxlit ma'lumotlar birlashmasi(chunk)dan iborat hajmda degan fikrni ilgari suradi.

@getpsychedup
Nega chunking xotirani yaxshilashda foydali sanaladi?

πŸ“š "Chanqoq miya: Qanday qilib onglilik holatining yangi ilmi bizning ma'no izlashga bo'lgan mislsiz istagimizni tushuntirib beradi." nomli asar muallifi, nevrolog Deniel Borning so'zlariga ko'ra, chunking (ma'lumotni bo'laklarga bo'lish) xotira chegarasini "xakkerlik bilan" boshqara olish qobilyatini namoyon etadi.

πŸ—‚ Chunking kishilarga kichikroq hajmdagi ma'lumotni olish va uni ko'proq ma'no anglatuvchi va shu sababli yanada eslab qolishga oson yaxlitliklarga birlashtirishga imkon beradi.

πŸ” "Namunalarni kuzatish va ular o'rtasida aloqalar yaratish moyillgi nafaqat xotira uchun muhim sanaladi, balki bu ayni paytda kreativlikning manbayidir."- deydi Bor.

♻️ Stiv Djobsning mashhur iboralaridan biri ham "Ijodkorlik-bu shunchaki narsalarni birlashtirish" edi.


@getpsychedup