π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Egizak bolalarning paypoq haqidagi suhbati πŸ˜„

πŸ‘†Ularning suhbatiga diqqat bilan e'tibor bersangiz, ular bir-birlarining so'zlariga umuman xalaqit bermay, navbat bilan gaplashishmoqda.

πŸ’¬ Ular o'z suhbatida kimgadir taqlid qilishmoqda, ehtimol ota-onalariga..
πŸ“Š Neyroiqtisodiyot sohasida hamkorlikni o'lchash qanday amalga oshiriladi?

🀝 "Hamkorlik instinkti" nima?

πŸ’‘Greater Good Magazine saytining "Hamkorlik instinkti" maqolasi yordamida yuqoridagi savollarga javob olishingiz mumkin.
✍ Mashxur psixologlarning ba'zi iqtiboslaridan..

πŸ’« "Hayotning o'zi - eng samarali terapevt sifatida qolaveradi."
-Karen Horney

πŸ₯€ "Umid sizni hech qachon tark etmaydi, siz uni tark etishingiz mumkin."
-Jorj Veinberg

πŸ‘©β€β€οΈβ€πŸ‘¨ "Siz u bilan yashay oladigan inson bilan emas, siz uningsiz yashay olmaydigan inson bilan turmush quring"
-Jeyms Dobson

β˜€οΈ "Mehr aql-zakovatdan ko'ra ko'proq ahamiyatga ega va aynan shuni anglash donolikning debochasidir."
-Teador Isak Rubin

πŸ’” "Sendan ketmoqchi boβ€˜lganga toβ€˜gβ€˜anoq boβ€˜lma. Aks holda, senga kelmoqchi boβ€˜lganning yoβ€˜liga toβ€˜siq qoβ€˜yasan."
-Karl Yung

πŸ’‘"Iqtidorli" deb hisoblanish nimadir olishingizni emas, nimadir berishingiz mumkinligini anglatadi."
-Karl Yung
O'zingizni sinab ko'ring 🌝

πŸ“š Truli uinrevtetlaridsa o'kaztigaln tqiqadotglara kro'a, szo'ninlarg hlararfi qanady tardtiba blisho'i mhium emas, eng aiysossi, biricnhi va orixgi hfraxlar kraklei jyoda bo'slihi.

πŸ” Buning sababi, inson onggi har bir harfni birma-bir emas, balki yaxlit so'z sifatida o'qiydi.
πŸ‘† Ushbu matn 2003-yilda internet bo'ylab keng tarqaldi.

Bu "tipoglikemiya" deb nomlangan bo'lib, biz imlo xatolari va so'zlardagi harflarning noto'g'ri joylashishiga qaramay, matnni tushunish imkoniyatiga egamiz.
"O’zingizga qutb ayig’i haqida o'ylamaslik vazifasini berib ko’ring va u sizning fikrlaringizni har daqiqa ta’qib etishiga guvoh bo’lasiz”

✍️ Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy

Bu holat ko'pchiligimizga tanish, va ko'pincha qochib qutulmoqchi bo'lgan fikrlarimiz oq ayiqlar kabi beozor va sodda emas, ular og'riqli xotiralar yoki boshqa chalg'ituvchi o'y-xayollardan iborat bo'lishi mumkin.

βœ… Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi saytining Supressing the "white bears" nomli maqolasi asosida tayyorlangan.
♻️ Stress bizning charchoq, toliqish, asabiylik va tushkunlikni his etishimizga sababchi bo'lishi mumkin.

♻️ Stress, shuningdek, ovqatlanish va uyqu me'yoridagi, bosh og'rig'i va vazn ortishi bilan bog'liq o'zgarishlarga sabab bo'lishi mumkin.

♻️ Vaqt o'tishi bilan, stress hattoki depressiya, xavotir va yurak kasalligi hamda 2-toifali diabet xavfini oshirishi mumkin.

βœ… Vaqti-vaqti bilan hamma ham stressni boshdan kechiradi, ammo stressga bildiriladigan munosabat ayol va erkaklarda turlicha bo'lishi mumkin:

πŸ™Žβ€β™€οΈUmuman olganda, ayollar stressni keltirib chiqaradigan narsalar haqida ko'proq o'ylashadi va gapirishadi.

πŸ†˜ Shuningdek, ayollar boshqalarga yordam so'rab murojaat qilishadi va o'z stress manbalarini tushunishga intilishadi.

πŸ™Žβ€β™‚οΈErkaklar odatda stressga bo'lgan munosabatini chalg'ituvchilardan foydalanishida ko'rinadi.

⛹️‍♂️ Erkaklar ko'pincha stressli vaziyat haqida o'ylashdan ozod etishga ko'maklashadigan jismoniy faoliyat bilan shug'ullanishadi.

πŸ“š Ayollar salomatligini tadqiq qilish hamda Psixiatriya va Psixologiya bo'yicha professor Doktor Kerolin M. Mazure, Norma Vaynberg Spungen va Djoan Lebson Bildner ayollar va erkaklarni o'zaro bir-birlaridan o'rganishga undashmoqda.

πŸ‘†"Agar ularning biri ikkinchisi istisno qilmasa; hamda bularning har biri stressni keltirib chiqaruvchi manba va uni qanday yengish kerakligini tushunishga yordam beradigan bo'lsa; ikkala fikrlash tarzi ham, harakat uslubi ham samaralidir" deydi Mazure.

Stress turli xil va uni keltirib chiqaruvchi sabablar ham turlicha bo'lsa-da, uni yengishda ko'pgina usullar ham mavjud:

πŸ’Ÿ "Sizga eng mos keluvchi dam olish va o'z-o'zini parvarish qilish usullarini topishingiz qo'l keladi."

πŸ’‘β€œStressli vaziyatlarga duch kelgan holatda nimalarni kutayotganingiz haqida bilib oling. O'zingizni oldindan tayyorlang, shunda stress vujudga kelgan sharoitda harakat qilishga tayyor bo'lasiz. Iloji bo'lsa, stressli vaziyatni sizni o'sishga chorlayotgan imkoniyat sifatida ko'rishga harakat qiling. Stressli vaziyatlarni boshidan kechirgan boshqa insonlarning ko'magi bilan o'zingizni kuchaytiring. Boshqarib bo'lmaydigan narsalarni qabul qilishni o'rganing. ”

πŸ“Œ Chunki hech kim stressdan butunlay qutulolmaydi.

πŸ‘‰ "Biz qila olishimiz mumkin bo'lgan narsa,- deydi Mazure, - bu stressga qanday munosabatda bo'lishimizni o'zgartirishdir".

Manba Yaleschoolofmedicine
🧠 Faktlar

1⃣ Miyaning katta qismini suv tashkil etadi

Inson miyasi taxminan 75 foiz suvdan, shuningdek yog' va proteindan iborat.

2⃣ Yangi tug'ilgan chaqaloq miya vaznining o'rtacha og'irligi taxminan 350-400 grammdan iborat. Bu inson miyasi go'dakligidan to u voyaga yetgunga qadar asl hajmidan to'rt baravar o'sishini anglatadi.

3⃣ Miya milliardlab neyronlardan tashkil topgan

So'nggi hisob-kitoblarga ko'ra, kattalar miyasida o'rtacha 86 milliard nerv hujayralari mavjud, ular neyronlar deb ham ataladi. Neyronlar miyamizdagi ma'lumotni yetkazib beruvchi hamda sezgi a’zolari, mushaklarda joylashgan sezgilar va o’zaro bir-biri bilan aloqa qiluvchi xabarchilar hisoblanadi.

4⃣ Miya faoliyati uchun ko'p energiya talab etiladi

U tanadagi umumiy vaznning atigi 2 foizini tashkil etsa-da, miya tanadagi kislorodning 20 foizini va tanadagi 25 foiz glyukozani talab qiladi.

Manba verywellmind
πŸŒ™ Ko’pchilik o’z tushlarining rangli ekanligini aytishsa-da, faqat oq-qora tasvirdagi tushlarni ko’ruvchi, kichik foizni tashkil etuvchi insonlar ham mavjud.

πŸ‘† Tush ko’rayotgan insonlar uyg'otilib , tushlaridagi ranglarga mos keluvchi sxemadan ranglarni tanlash so'ralgan tadqiqotlarda eng ko’p tanlangan - bu yumshoq pastel ranglar bo’lgan.
🍏🍎 tarkibidagi fruktoza hisobiga o'zingizni tetik his qilasiz.
Kishi yolg'on gapirganida uning burni atrofida va ko'zning ichki burchagidagi orbital mushak atrofida harorat oshishini boshdan kechiradi.

Bu "Pinokkio effekti" deb nomlangan
"Pinokkio effekti"

Termografiya - bu tana haroratini o'lchashda ishlatiladigan texnik usul. Ushbu termal rasmda burun atrofidagi haroratning oshgani ko'rsatilgan.

Β©Granada universiteti
Ilojsizlik - bu fakt emas, bu kimningdir fikri. Ilojsizlik - bu hukm ham emas, bu bizga qilingan chorlov.


Β© Muhammad Ali

β†ͺ️ @getpsychedup
πŸ‘1
Bir kunda qancha vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarga sarflaysiz?

βœ”οΈMutaxassislar bir kunda 1 soatini ijtimoiy tarmoqlarga sarf etadigan oΚ»smirlarning oΚ»zini baxtli his etish tuygΚ»usi kamayib borishini ta'kidlashmoqda.

πŸ”Έ Tarmoqlarda hamma oΚ»zini baxtli va mukammal koΚ»rsatishi natijasida har qanday foydalanuvchida ham oΚ»zidan va hayotidan qoniqmaslik hissi paydo boΚ»ladi.

😞 Bu har kuni takrorlangandan soʻng, hatto, insonni depressiya holatiga ham tushirib qoʻyishi mumkinligi isbotlangan.

πŸ“ˆ Ushbu fikrning ajablantiradigan joyi yoΚ»q, aslida. Ammo, tadqiqotlar shuni koΚ»rsatdiki, bolalar ijtimoiy tarmoqlarga koΚ»proq vaqt sarflashsa, ularning umumiy hayotidan qoniqish tuygΚ»usi 14 foizgacha kamayib ketar ekan.

Taqqoslash uchun, bu oΚ»ziga toΚ»liq boΚ»lmagan oilada yashash taΚΌsiridan uch baravar yuqoridir.


.@getpsychedup
🌈 Sodda biroq farqli tafovut: ayollar ranglar to'g'risida kattaroq lug'at boyligiga ega.

🧠 Mashq qilaverish natijasida odam koΚ»zi 10 mingdan ortiq rang va tuslarni farqlashi mumkin. πŸ‘‰ Manba Wikipedia


@getpsychedup
πŸ–Ό Ushbu rasm turlicha talqinlarga sabab bo'lgan:

Yoshi ulug'roq insonlar qari ayolni ko'rishadi.
Yoshi kichikroq bo'lgan shaxslar yosh qizni ko'rishadi.

@getpsychedup
"Prezident Obama illuziya"si

πŸ”ΊRasm markazidagi qizil nuqtaga 1 daqiqadan kamroq vaqt qarab turganingizdan so'ng xohlagan tomonga, iloji bo'lsa oq fonga qarang

@getpsychedup