π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
πŸ“Œ Latane va Darley "Kuzatuvchi effekti"ini "Javobgarlik hissining sezilarli tarqalishi" (boshqa guvohlarning yordam berish ehtimolligi kuzatuvchilarning unga aralashish ehtimolligini kamaytiradi) va "Ijtimoiy ta'sir" ostida ( odamlar atrofdagilarning xatti-harakatlarini kuzatish orqali qanday harakat qilish kerak ekanligini aniqlab oladilar) deb izohlashgan.

❓Qanday qilib "Faol kuzatuvchi" bo'lish mumkin?❓

πŸ†˜ Kuzatuvchi effektining tasvirlangan ijtimoiy hamda xulq-atvor jihatdan harakatsizligini, undan xabardor bo'lish va ongli ravishda tayyorlanish orqali barham berish mumkin.

❗️Ko'pincha birgina odamning, shunchaki "Nimalar bo'lyapti?" yoki "Militsiya kelyapti" Ko'pincha birgina insonning, shunchaki "Nimalar bo'lyapti?" yoki "Militsiya kelyapti"- degan hayqirig'i boshqalarning ham harakat qilishiga dalda vazifasini o'tashi mumkin.

πŸ”… Faol kuzatuvchi javobgarlikda o'zining yagona ekanligini zimmasiga olishi va shuning uchun boshqalarning yordamga qo'l cho'zishiga yo'nalish berishi o'ta muhim va shu bilan birgalikda samaralidir..
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ₯° Mehribon bo'lish bolalarni xursand qiladi

πŸ‘Ά πŸ‘§ Ikkinchi bor tug'ilgan kunlarini nishonlashga bir yoki ikki oydan kam qolgan, endi yurishni boshlayotgan yigirmata bolaga o'yinchoq maymun β€œShiriniklarni yoqtiruvchi” deb tanishtirildi.

πŸ˜‹ Shundan hech qancha vaqt o’tmasdan eksperiment o’tkazuvchi 8 ta shirinlikni β€œtopib oldi” va bolaga bularning barchasi uniki ekanligi aytib, berildi.

So’ng eksperiment o’tkazuvchi yana uch bosqichni, bir-biridan farq qiluvchi ketma-ketlikda amalga oshirdi:

(1)bola kuzatayotgan paytda boshqa bir shirinlik topib o'yinchoq maymunga berdi;

(2) yana bir shirinlik β€œtopib” bolaga uzatdi va uni o'yinchoq maymunga berishini so’radi;

(3) yoki bolaning o’ziga tegishli 8 ta shirinliklaridan birini o’yinchoq maymunga berishni so’radi.

πŸ‘‰ Bolalardan birini eksperiment jarayonida kuzating.
Xotirangizni sinab ko'ring
⚠️ Bu harflarni bir zumda eslab qolish qiyinroq

βœ… Biroq, oldingi ortirrilgan bilimlar sizga yordam berishi mumkin.
Qanday deysizmi? πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
βœ… Yangi fikrlar va ilgari mavjud bo'lgan xotiralar o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatish orqali siz yaqinda o'rganilgan ma'lumotni keyinchalik esga olinish ehtimolligini sezilarli darajada oshirasiz.
Intuitsiya (lot. intuitio β€” sinchiklab qarayman) β€” haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan, bevosita fahm-farosat bilan anglab olish qobiliyati πŸ‘‰ Intuitsiya

🎳 Tasavvur qiling, 2 ta jismni qo'limizga olamiz, aytaylik 2 ta bouling to'pi: kichik bolalar uchun yengilroq (misol uchun, 1 yoki 2 kg) va yetarlicha og'ir (deylik, 5 yoki 6 kilogramm)
Ularning o'lchamlari bir xil. Mil. avv 300 yilda, Aristotel fikriga ko'ra, og'irroq jism (5 kilogramm) yerga birinchi bo'lib tushadi. Bu faraz 2000 yil mobaynida shu holicha qolgan va bu notog'ri faraz edi.

πŸ’‘ Galileyo Galiley yerning gravitatsiya (tortishish qonuni) barcha jismlar uchun bir xilda ishlashini, jismlarning turli og'irlikda bo'lishi ularning turli tezlikda yerga tushishiga hech qanday aloqasi yoq ekanligini isbotladi.

🧭 Qo'limizga olgan 2 xil og'irlikdagi bouling to'plari ayni bir vaqtda yerga tushadi.

βŒ›οΈ Aristotel tomonidan berilgan bu farazga odamlar 2000 yil mobaynida, ya'ni og'irroq jismlar yerga tezroq tushadi degan o'z intuitsiyalariga shuncha vaqt ishonishgan.

❗️O'z intuitsiyalaringizga ishoning, ammo ularni, ba'zida, so'roq-savolga ham solib turing πŸ˜‰
Β©Bayola universiteti ma'ruzasidan
Fikrlarni o'qish

πŸ‘€ Boshqa insonlarning o'ylarini o'qishga harakat qilganimizda, biz ularning yuzlariga qarashga moyil bo'lamiz.
πŸ”ŽTadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, xursand odamlarning yuzlari V shaklda, ya’ni qoshlari va og’izlari yuqoriga ko’tarilgan, jahli chiqqan insonlarning yuzlari ko’proq X shakliga ega, ya’ni qoshlari va og'izlari pastga qaragan bo’ladi.
πŸ“’ O’zimizdagi va boshqalardagi ushbu moyillikdan xabardor bo’lish muloqot va tushunishni yaxshilashi mumkin.

πŸ“š Insonlar tom ma’noda boshqalarning fikrlarini o’qiy olmaydi, ammo o'ylar va his-tuyg’ularni intuitsiya asosida ilg’ab olish uchun aqliy modellarni yaratishi mumkin. Bu boshqa insonlarning so’zlari, emotsiyalari va tana tili tomonidan uzatilgan belgilarni β€œo’qish”ni o’z ichiga oladi va β€œempatik aniqlik” tushunchasi sifatida ma’lum.

πŸ’¬ Aksariyat insonlar boshqalarni ma’lum darajada o'qiy olsalar, autizm spektridagi yoki psixotik kasalliklar bilan og’rigan insonlar boshqalarning hissiyotlarini anglab olishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

πŸ’­ Ko’plab insonlar o’z fikrlarini umr yo’ldoshi yoki oila a’zolarining β€œo’qish” qobilyatiga yuqori baxo berishdan iborat aqliy jihatdan jiddiy xatolikka yo’l qo’yishadi, ularni yaxshi bilgan insonlar, ayni paytda, garchi buni ular ochiqcha aytmagan bo’lishiga qaramasdan, ularga tegishli o’y va his-tuyg’ularini ham bilishadi deb taxmin qilishadi.
❓Odamlar bir-birlarining fikrlarini qanday o’qishadi?

πŸ’β€β™€ Ilmiy fantastik hikoyalarda, fikrlarni o’qish muntazam ravishda salbiy maqsadlar yo’lida ishlatiladi.

βœ…Haqiqiy hayotda, boshqalarning fikri va hissiyotlari haqida aniq tasavvurga ega bo'lish, mojarolar va tushunmovchiliklarga duch kelmaslikka va shaxsiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Kimningdir fikrini, yoki yanada aniqrog'i, ularning kayfiyatini β€œo’qish”ga uringanda – ularning tana tili, ovoz ohangi va so'zlar tanlovi bu jarayonni boshlab olishga eng yaxshi yordamchi hisoblanadi. Yana bir muhim element - bu hamdardlik: o'zingizni boshqa bir insonning o’rniga qo'ya olish qobilyati ularning qarashlarini tushunib olishga imkon beradi va ularning fikrlari, his-tuyg'ulari va xatti-harakatlarini anglashingizga ko'maklashadi.
🧠 Neyrotransmitterlar miya kimyoviy moddalari bo'lib, ular miya va tanadagi barcha ma'lumotlarni uzatadi.
πŸ”‘ Neyrotransmitterlar rasmda tasvirlangani kabi zaryadlangan ionlar ("kalit") ni o'z ichiga oladi.

πŸ”“Retseptorlar (lot. receptor β€” qabul qiluvchi), ("Qulf")β€” tashqaridan (eksterotseptorlar) yoki organizmning ichki muhitidan (interotseptorlar) taΚΌsirotni qabul qilib va uni nerv impulslariga aylantirib, markaziy nerv sistemasiga oΚ»tkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari yoki maxsus hujayralar.

πŸ”€ Sinaps-nerv hujayralari (neyronlar)ning oΚ»zaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. Sinaps signallarni impulslarga aylantiradi va uzatadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Ushbu video orqali neyrotransmitterlarning sinapsda (sinaptik bo'shliqda) zaryadlangan ionlarni retseptorlarga uzatish jarayonini kuzatishingiz mumkin. πŸ˜ŠπŸ‘
⚠️ Tamaki chekish o'pka rakiga sabab bo'lishi tog'risida eshitgan bo'lsangiz kerak.

πŸ”‚ Boshqacha aytganda, tamaki va o'pka raki o'rtasida bog'liqlik mavjud.

πŸ“Š Psixologiyada "Bog'liqlik metodi" dan foydalanish asosida turli o'zgaruvchilar o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashga yoki bir o'zgaruvchi asosida ikkinchi o'zgaruvchini ma'lum darajada bashorat qilishga imkon beradi.

πŸ“š "Bog'liqlik, ayni paytda, uning ayni sababi bo'la olmaydi"
deyishingiz mumkin. Bu, ikki o'zgaruvchining yuqori darajada bog'liqligi bir o'zgaruvchining ikkinchi o'zgaruvchiga sabab bo'lishini isbotlamaydi degan mantiq asosida qurilgan.

Misol uchun:

πŸ‘£ Bolalarning oyoq o'lchami va ular ishlatadigan lug'at o'lchami o'rtasida kuchli bog'liqlik mavjud.

"Aql yoshda emas, boshda!" deyishingiz mumkin.
Ammo, katta yoshdagi bolalarning ko'proq lug'at boyligiga ega bo'lishi barchamizga ayon. Ushbu bog'liqlik, tadqiqotchilar fikriga ko'ra, 12 yoshdan so'ng yoqoladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Egizak bolalarning paypoq haqidagi suhbati πŸ˜„

πŸ‘†Ularning suhbatiga diqqat bilan e'tibor bersangiz, ular bir-birlarining so'zlariga umuman xalaqit bermay, navbat bilan gaplashishmoqda.

πŸ’¬ Ular o'z suhbatida kimgadir taqlid qilishmoqda, ehtimol ota-onalariga..
πŸ“Š Neyroiqtisodiyot sohasida hamkorlikni o'lchash qanday amalga oshiriladi?

🀝 "Hamkorlik instinkti" nima?

πŸ’‘Greater Good Magazine saytining "Hamkorlik instinkti" maqolasi yordamida yuqoridagi savollarga javob olishingiz mumkin.
✍ Mashxur psixologlarning ba'zi iqtiboslaridan..

πŸ’« "Hayotning o'zi - eng samarali terapevt sifatida qolaveradi."
-Karen Horney

πŸ₯€ "Umid sizni hech qachon tark etmaydi, siz uni tark etishingiz mumkin."
-Jorj Veinberg

πŸ‘©β€β€οΈβ€πŸ‘¨ "Siz u bilan yashay oladigan inson bilan emas, siz uningsiz yashay olmaydigan inson bilan turmush quring"
-Jeyms Dobson

β˜€οΈ "Mehr aql-zakovatdan ko'ra ko'proq ahamiyatga ega va aynan shuni anglash donolikning debochasidir."
-Teador Isak Rubin

πŸ’” "Sendan ketmoqchi boβ€˜lganga toβ€˜gβ€˜anoq boβ€˜lma. Aks holda, senga kelmoqchi boβ€˜lganning yoβ€˜liga toβ€˜siq qoβ€˜yasan."
-Karl Yung

πŸ’‘"Iqtidorli" deb hisoblanish nimadir olishingizni emas, nimadir berishingiz mumkinligini anglatadi."
-Karl Yung
O'zingizni sinab ko'ring 🌝

πŸ“š Truli uinrevtetlaridsa o'kaztigaln tqiqadotglara kro'a, szo'ninlarg hlararfi qanady tardtiba blisho'i mhium emas, eng aiysossi, biricnhi va orixgi hfraxlar kraklei jyoda bo'slihi.

πŸ” Buning sababi, inson onggi har bir harfni birma-bir emas, balki yaxlit so'z sifatida o'qiydi.
πŸ‘† Ushbu matn 2003-yilda internet bo'ylab keng tarqaldi.

Bu "tipoglikemiya" deb nomlangan bo'lib, biz imlo xatolari va so'zlardagi harflarning noto'g'ri joylashishiga qaramay, matnni tushunish imkoniyatiga egamiz.
"O’zingizga qutb ayig’i haqida o'ylamaslik vazifasini berib ko’ring va u sizning fikrlaringizni har daqiqa ta’qib etishiga guvoh bo’lasiz”

✍️ Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy

Bu holat ko'pchiligimizga tanish, va ko'pincha qochib qutulmoqchi bo'lgan fikrlarimiz oq ayiqlar kabi beozor va sodda emas, ular og'riqli xotiralar yoki boshqa chalg'ituvchi o'y-xayollardan iborat bo'lishi mumkin.

βœ… Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi saytining Supressing the "white bears" nomli maqolasi asosida tayyorlangan.