π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bir necha obyektni kuzatish" demo.

🟒 Diqqatingizni sinab ko'rish uchun videodagi qora nuqtalar orasidan yuruvchi yashil nuqtani kuzating.

⚠️ Har bir urinishda yashil nuqtaning tezligi oshib boradi.

‼️ Oxirgi urinishda yashil nuqtlar soni 4️⃣ taga ko'payib, ularning harakat tezligi oshadi.

@getpsychedup
Tezlik oshgani sayin bir necha obyektni bir vaqtning o'zida kuzatish tobora qiyinlashib boradi.

πŸ’‘Garvard universitetining Yosh davrlari rivojlanishini o'rganuvchi psixologlar ma'lumotlariga ko'ra, kichik yoshdagi bolalar bir vaqtda 3-4 obyektni kuzata oladilar.

@getpsychedup
Kontekst asosida xulosa chiqaring.

Chunki, to'g'ri javob ikkisi ham bo'lishi mumkin..πŸ˜‰

@getpsychedup
Yozuvchi Genri Jeyms: "Inson hayotida uchta narsa muhim", deb yozadi:

Birinchisi, mehribon bo'lish.
Ikkinchisi - mehribon bo'lish.
Uchinchisi - mehribon bo'lish Β».


Mehr shunday kuchga egaki, uning boshqalarga yaxshilik istash kuchi faqatgina lahzalar bilan cheklanmaydi, ular bizning shirin xotiralarimizga aylanib keyinchalik ham esga olinadi. Mehr bizni harakatga keltiradi. U oziqlantiradi va davolaydi; kuchaytiradi va ko'taradi. Tabassum, mehr-muhabbat eng sovuq yuraklarni ham isitishi mumkin.

Og'ir damlarda o'zingizni bu mehrdan mosuvo etish xuddi ko'krangizga bir marta o'q allaqachon qadalgan-u, jarohatni davolash o'rniga ikkinchi o'qni o'zingiz urishingizga o'xshaydi.

πŸ”…Yaqinlarga mehr ulashish uchun, avvalo, o'z-o'zimizga mehribon bo'laylik.


@getpsychedup️
✨✨✨

Ushbu so'zlarni o'qiganingizdan so'ng xayolingizga kelgan birinchi inson hayotingizdagi eng zo'r inson.
Ularga buni ayting..
Bir xil vaziyatda- turli emotsiyalar: madaniy tafovutlar

Tasavvur qiling, siz do'stingizning uyiga mehmonga bordingiz va sizga muzlatgichdan bemalol foydalanish mumkinligi aytildi.

Bu holatga qanday baxo berasiz?


● Tadqiqotchilar, bu holatni amerikaliklar xuddi uydagidek yoqimli his etishini, Adolatli, chunki bu, xushmuomalalik va sahiiylikning namoyish etilishi hamda istaganini tanovvul qilish imkoniyati berilgani tufayli xursand bo'lib baxolashlarini aniqladilar.

Bu holatga tamoman o'zgacha emotsiyalar yaponiyaliklarda kuzatildi: noqulaylik, jahl hissi..
Bu holatni ular mezbonning mehmonga iltifotsizligi, unga qarash mas'uliyatidan bosh tortish va kelgan mehmonning yolg'iz qoldirilishi deb baxoladilar.

@getpsychedup
β€œSingan deraza” nazariyasiga ko’ra, qoidalarga amal qilinmaydigan hududda tartib va qoidalarning buzulishi davom etadi. Bu nazariyani yanada tadqiq etish maqsadida Niderlandiyaning Groningen universiteti psixologi Keizer va uning hamkasblari kuzatuvlarga asoslangan tadqiqot o'tkazishdi.

Tadqiqot natijalari β€œQoidalarga amal qilinmaydigan joylarda ta’qiqlovchi belgilarni o’rnatmang” degan xulosa keldi.πŸ‘‡πŸ‘‡

@getpsychedup
πŸ“„ Tadqiqotchilar velosipedlarning qo’l tutqichlariga sport do’konining reklama vizitkalarini ilib qo’yishdi. Ularning egalari velosipedni olib ketishayotganda, bu kichik reklama afishalarini o’zlari bilan olib ketishadimi (ko’chada hech qanday axlat quttisi yoq edi) yoki uni ko'chaga uloqtirishadimi?
❓Sodda qilib aytganda, ularning qoidalarni buzish yoki buzmasligiga nima turtki bo’lishini aniqlashdan iborat edi.

Keizer va uning hamkasblari tomonidan 2008-yilda o’tkazilgan dastlabki tadqiqot natijalari allaqachon chiqindi tashlangan joylarda odamlarning keraksiz buyumlarni uloqtirishi ehtimolligi yuqorligini aniqlagan edi. Ko'cha toza holatda velosiped haydovchilarning 53%i vizitkalarni o’zi bilan olib ketishdi; Ammo, ko'chada bir-ikki plastik idishlar, konfet qog'ozlari va turli vizitkalarning tashlanganligi 39% velosiped haydovchilarning vizitkalarni uloqtirishiga sabab bo’ldi.

Keyingi tadqiqot xuddi shu tariqa o’tkazildi-yu, ammo bu safar ko'cha yuzasiga axlat tashlashni ta’qiqlovchi belgi o’rnatildi. Bu holat atigi 28% velosiped haydovchilarining vizitkalarni o’zlari bilan olib ketishiga sabab bo’ldi.


@getpsychedup
Ko'rish sezgisining rasmdagi ranglarni turlicha talqin etishi:

Rasmdagi ranglar bir xil ekanligiga qaramasdan, bu ranglarning turlicha idrok etilishi.πŸ‘‡πŸ‘‡

@getpsychedup
Ko'rish sezgisining rasmdagi ranglarni turlicha talqin etishi:

Rasmdagi ranglar bir xil ekanligiga qaramasdan, bu ranglarning turlicha idrok etilishi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mishel Polerning "Qo'rquvsiz 100 kun" loyihasi

U o'z qo'rquvlariga yuzma-yuz kelishning 46-kuni, uning qo'rquvlari soni 40dan ortiq emas, aslida ularning soni atigi 7 ta ekanligini angladi:

1) Og'riq
2) Xavf
3) Jirkanish
4) Xijolat tortish
5) Rad etilish
6) Yolg'izlik
7) O'z-o'zini idora etish

"Men ignadan emas og'riqdan, Nyu York ko'chalarida tilanchilik qilishdan hijolat chekmas ekanman, balki boshqalar tomonidan rad etilishdan.." deydi u TED suhbatida.

@getpsychedup
Turli hayotiy vaziyatlarga duch kelganda, bu vaziyatga baxo berish va undan ma'no izlash "Tushuntirish uslubi" da: qisman ichki suhbat shaklida va qisman o'z harakatlarimizni baxolash ko'rinishida namoyon bo'ladi.

β–  Tushuntirish uslubi ichki yoki tashqi bo'lishi mumkin: Biron-bir vaziyatga siz sababchimisiz yoki tashqi omillarning ta'sirida yuz berdimi?

- Ichki: Bilimim yetarlicha emas ekan
-Tashqi: Test qiyin
tuzilgan

β–  Tushuntirish uslubining boshqa bir turi: vaziyatni davomiy yoki vaqtinchalik deb baxolash.

Optimist insonlar ijobiy voqealarni davomiy (misol uchun, imtixondan yuqori baxo oldim, chunki, menda bunga qobilyat bor) va noxush hayotiy vaziyatlarga o'tkinchi narsa sifatida baxo berishadi.

β–  Tushuntirish uslubining uchinchi turi : vaziyatni alohida yoki umumiy deb baxolash, sodda qilib aytganda, shu vaziyatdan yuzaga kelgan natijaning ko'lami keng doiradami yoki cheklangan.

"Men hech narsada muvaffaqiyat qozona olmayman"

Hech narsa? Aslida, bu qanchalik tog'ri?

● Pozitiv psixologiya asoschisi Martin Seligman "Noxush vaziyatlarga salbiy baxo berish- ishonchning susayishiga, umidsizlikka tushishga olib keladi. Noxush vaziyatlarni ichki, uzoq davom etuvchi deb baxolaydigan va hayotining barcha qirralariga ta'sir etadi deb o'ylovchi insonlarning depressiyaga tushish ehtimolligi yuqoriligini va aksincha, vaziyatni ijobiy tomonini ko'rish o'z ustimizda ishlashda, qatiiy va dadil harakat qilishda ko'maklashadi"-deb ta'kidlaydi.

@getpsychedup
Psixolog Uilyam Jeymsning bu so'zlari, hayot har doim ham oson yo'ldan bormasligi kerakligiga ishora qilmoqda.

πŸ’ͺ Ba'zida eng katta o'rganish tajribasi qiyinchiliklar va omadsizliklar tufayli yuzaga keladi. Aynan mana shunday paytda, siz o'zingiz, kuchli va zaif tomonlaringiz haqida ko'p narsalarni bilib olasiz.

@getpsychedup
Qisqa muddatli xotiraning sig'imi cheklangan bo'lib, biz odatda 7+/-2 ta so'z yoki raqamlar to'plamini eslab qolishimiz mumkin.

7+/-2 dan ko'prog'ini eslab qolishda oldingi to'plangan bilimlar yordam berishi mumkinligini xotira testi sinovini o'tkazish orqali sinab ko'rish mumkin:

Professional shaxmat o'yinchisi, uni endi o'rganayotgan o'yinchidan ko'ra ko'proq shaxmat donalari joylashuvini eslab qola oladi.

@getpsychedup