π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Intuitsiyangizni sinab ko'ring πŸ˜‰

Savol quyidagicha: Biror tasodifiy ravishda yig'ilgan guruhda 30 kishi bo'lsa, ularning ikkitasi bir xil tug'ilgan kunga ega bo'lishlik ehtimolligi qay darajada deb o'ylaysiz?
Anonymous Quiz
14%
90%
14%
70%
21%
50%
7%
30%
43%
10%
Javob: 70%

Agar siz qaror qabul qilishda intuitsiyangizga tayangan bo'lsangiz, o'z tajribalaringizga tayangansiz. Ya'ni, O'zingizga "biror bir guruhda bo'lganimda men bunday holatga duch kelganmanmi yoki yoq" degan savolni berib ko'rgansiz.
Ko'pincha, bu holatda ko'pchilik 10%ni tanlaydi.


Ushbu savolga javob berishdan avval, egizaklarni hisobga olmaganda, 30 kishining har biri ularning tug'ilgan kuni bo'lishi mumkin bo'lgan yilning teng 365 kuni mavjudligini hisobga olaylik.

Shu sababdan, 30 kishining tug'ilgan kunlari uchun jami mumkin bo'lgan ehtimolliklarning umumiy kombinatsiyasi 365*364*363*.....30 baravar yoki, aniqroq aytganda 365^30.

Bu muammoni yechishning eng oson yo'li-har bir 30 kishining tug'ilgan kunlari turli xil kunlarda deb olib, ularni 100% dan ayirish.

Bir kishida uning tug'ilgan kuni bo'lishi mumkin bo'lgan 365 kun mavjud. Ikkinchi odamda 364 kun, chunki u hech kim bilan bo'lishmaydigan alohida tug'ilgan kuniga ega. Ushbu tartib jami 30 kishining barchasida, toki 30-raqamli kishi uning tug'ilgan sanasi 336 ta kunlarning birida bo'lishi mumkin bo'lguniga qadar davom etadi.

30 kishining birortasi ham boshqalarga o'xshamagan tug'ilgan kuniga ega bo'lishi mumkin bo'lgan umumiy kombinatsiya 365*364*363*...336*gacha, yoki uni ifodalashning eng yaxshi usuli πŸ‘‰ 365!/335!

Dastlabki 365^30 kunning ichida bir-biriga o'xshamaydigan tug'ilgan kunlar soni 365!/335! ga teng.
πŸ‘‰ Ehtimollikni aniqlash uchun quyidagi amalni bajaring:
(365!/335!)/(365^30)

(365 ni faktoriali bo'lingan 335 ni faktoriali bo'lingan 365 ni 30inchi darajasi)

Agar siz ushbu ulkan hisob-kitobni qilib ko'rsangiz, 30 kishining birontasi bir-biriba o'xshamydigan tug'ilgan kunga ega bo'lish ehtimolligi 29,36837573%. Agar siz buni 100%dan ayirib tashlasangiz, kamida 2 kishi bir xil tug'ilgan kunga ega bo'lish ehtimolligi 70.631624427% yoki taxminan 7/10.

@getpsychedup
Intuitsiyaga teskari bu holat "Tug'ilgan kun paradoksi" deb nomlangan.

Hali ham ishonmiyapsizmi?

Ushbu videoni tomosha qilib ko'ring πŸ˜‰

πŸ‘‰ Edu: ΠŸΠ°Ρ€Π°Π΄ΠΎΠΊΡ Π΄Π½Π΅ΠΉ роТдСния

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Stepping feet"(qadam tashlayotgan oyoqlar) illuziyasi

β–‘ Qizil va siyoh rangdagi to'g'ri to'rtburchaklarning qadamlari turlichadek ko'rinadi, ammo orqa fon ranggi o'zgarishi bilan bu to'g'ri-to'rtburchaklar bir xil tezlikda siljib borayotganini kuzatish mumkin.

β–  Oq-qora rangdagi fon qarama-qarshiligi qanchalik yuqori bo'lsa, qadamlardagi siljish farqining yuqorligi yaqqol namoyon bo'ladi.

Β© Anstis (2003)

@getpsychedup
Qobilyat va urinishlarni maqtash

Myuler va Carol Dweck "iqtidorni aniqlash" uchun mo'ljallangan savollarni 5-sinf o'quvchilariga berdi.
3 ga bo'lingan guruhlarning 2 tasiga ijobiy natijalarni e'lon qilishda bunday deyildi:

β˜† Bu muammolarni yechishda judayam aqilli ekansiz!

β˜† Bu muammolarni yechishda ancha ter to'kibsiz!

β˜† 3- guruhga esa hech qanday baxo berilmadi.


Keyin ularning barchasidan ikkinchi marta: qiyin va oson darajadagi masalalar ustida ishlashni taklif qilishganida, qobilyati alohida maqtalgan guruh bolalari oson masalalar ustida ishlashni afzalroq ko'rishi kuzatilgan.

Urinish hamda mehnatlari baxolangan guruhning qiyin vazifalar ustida ishlash darajasi yuqorilashgan.

β˜… Hech qanday baxo berilmagan guruh bolalarining faoliyatida hech qanday o'zgarish kuzatilmagan.

Faqatgina ichki qobilyatni maqtash bolalarning erishishi mumkin bo'lgan potensiallarini cheklaydi. Ko'pincha, ular doimo aqilliligini isbotlashga harakat qilishadi. Muvaffaqiyatsizliklar esa ular uchun "o'ziga" berilgan baxo bo'lib qoladi.

Bolalarning urinishini qo'llab-quvvatlash esa, muvaffaqiyatsizliklar urunishlarning muhim bir qismi ekanligini va ulardan nimadir o'rganish uchun imkoniyat ekanligini ko'rsatadi.

πŸ‘† 1998 yilgi eksperiment natijalari

❓ O'zingizga doimo shu savolni bering: Biron-bir faoliyatingizdagi yutuqlar, bu sizning genlaringiz va muhitingiz ta'sirida ro'y berdimi yoki bu chinakam mehnatlaringiz mahsulimi?

@getpsychedup
❓Rasmdagi Filning oyoqlarini sanashga harakat qilib ko'ring.

Filning oyoqlari pastki chap qismda joylashgandek tuyuladi, ammo haqiqiysi yuqorida.

Ushbu illuziyaning yaratilishi judayam sodda: Filning oyoqlari o'ng tomondan boshlab chapga siljitilgan.

Β© Roger Shepard, L'egs-istential Quandary illuziyasi.

@getpsychedup
Boshqalarga yordam berish "ripple effekti"(to'lqin effekti)ni yaratishi mumkinligi haqida bilasizmi?

Sizning bir kishigagina yordam berishingiz boshqalarni ham bunga ruhlantirishi mumkin!

πŸ“Ή Ripple effekti

@getpsychedup
Prokrastinatsiya - ish yoki yumushning muhim va shoshilnch ekanligini tushunib tursa-da, uni kechiktirish ortga surish.

Qisqa muddatli prokrastinatsiya πŸ‘‡

πŸ“† bajarilishi kerak bo'lgan rejalarning ma'lum chegara muddati bo'ladi.

Uzoq muddatli prokrastinatsiya πŸ‘‡

⁉️Ammo, hayotimizdagi muhim rejalar, orzularning muddat chegarasi mavjudmi?

@getpsychedup
I-LABS 'Betti Repacholi va Endryu Meltzoff tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko'rsatadiki, 15 oylik kichik yoshdagi bolalar ham, boshqa insonlarning ijtimoiy munosabatlarini kuzatish jarayonida jahlni aniqlay olishadi va keyin bu hissiy ma'lumotlarni o'zlarining xatti-harakatlarini boshqarish uchun ishlatishlari mumkin.

"Ijtimoiy-emotsional ta'limning asoslarini o'rganish orqali biz inson shaxsiyatining muhim tomonini hamda bolalarga hayotda va maktabda muvaffaqiyat qozonishlariga nima yordam berishi mumkinligini yorita olamiz ", deydi Meltzoff, I-LABS direktori. "Bolalarning muammolarini hal eta olish qobilyatiga juda ko'p e'tibor qaratildi, ammo agar biz bolalarga nimalar turtki bo'lishini tushunmoqchi bo'lsak, ularning ijtimoiy-emotsioanal hayotini ham o'rganishimiz kerak."

πŸ‘‡Quyidagi eksperiment natijalari 2014 yil oktyabr-noyabr oylarida "Kognitiv rivojlanish" jurnalida nashr etilgan.

Β© Learning & Brain Sciences, Vashington universiteti.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ Eksperiment, dastlab, 15 oylik bolaga o'yinchoqni ko'rsatish va undan keyin ular bilan o'ynash imkoniyati berilishini "mashq qildirish" bilan boshlandi.

2️⃣ Keyin eksperimentda ishtirok etayotgan "Emoter" deb nomlanuvchi ayol kishi xonaga kiradi.

3️⃣ Tajriba o'tkazuvchi unga o'yinchoq bilan o'ynashni: plastik stakanga tashlanganida shovqinli ovoz chiqaradigan munchoqlar bilan qanday o'ynashni ko'rsatib beradi.

4️⃣ "Emoter" bu xatti-harakatlarni "yoqimsiz" va "asabga teguvchi" deb ataydi.

5️⃣ "Emoter"ning neytral yuz ifodasini kuzatayotgan bolaga munchoqlar va plastik stakan bilan o'ynash imkoniyati berilganda, u buni rad etadi.

Bu uning hissiy-emotsioanal ma'lumotlardan o'z xatti-harakatlarini tartibga solish uchun foydalanayotganligini ko'rsatadi.

@getpsychedup
Bu 6 ta asosiy yuz emotsiylarni dunyoning barcha xalqlari hech qanday muammosiz tasvirlab berishi mumkin.

@getpsychedup
🧠 Amigdala & Qo'rquv

Biri chap tomonda va yana biri o'ng tomonda, bodom shaklidagi, temporal lob qismining ichkarisida va gippokampus yonida joylashgan.

@getpsychedup
Amigadala qo'rquvni his etish va yuz qiyofasidagi qo'rquvni tanib olishda muhim ahamiyatga ega.

Amigdalasiz qo'rquv hissi butkul yo'qoladi.

Miyaning amigdala qismiga shikast yetgan bemorlar nafaqat qo'rquvni his etish etish bilan bog'liq muammolarga, balki ular yuzdagi qo'rquv ifodalarini tanib olishdagi qiyinchiliklarga duch kelishadi.

πŸ“ Ular, so'zlarsiz yuz ifodalarni tasvirlab bera olmaydi. Bunday bemorlar boshqa barcha yuz ifodalarini taniy oladi, ammo yuzdagi qo'rquv ifodasi bundan mustasno.

✏️ Shunday bemorlarning biridan xursand, hafa, ajablangan va h.k yuz ifodalari rasmini chizib berishni so'ralganda yuqoridagi rasmlarni chizib bergan, biroq yuzdagi qo'rquv ifodasini tasvirlashga kelganda nimadandir qo'rqib emaklayotgan bolani tasvirlagan. Chunki, U yuzdagi qo'rquv ifodasi qanaqa ekanligini tasavvur eta olmaydi.

‼️Qo'rquv- biron havf-xatar to'g'risidagi ma'lumotni yetkazuvchi ijtimoiy signal vazifasini bajaradi.


@getpsychedup
Sizni nima xursand qiladi?

Vaqtingizni chog' o'tkazish? Ko'p pul topish? Yoki Ko'plab do'stlar ortirrish? Mazali taom?

Bu haqida o'ylab ko'ring: Psixologlar umumiy baxt darajasidagi eng katta ulushni MINNATDORCHILIK qo'shishini ilmiy jihatdan isbotlaganlar!

Bu siz ko'rsatadigan minnatdorchilik.

Shunday tadqiqotlardan biri:

1. Dastlab, barcha ishtirokchilarning baxtlilik darajasini aniqlab olishga yordam beruvchi test o'tkazildi.

2. Ulardan ko'zlarini yumgan holda ishtirokchilarning hayotida juda katta muhim o'rin tutgan inson, ular uchun ajoyib ishlarni amalga oshirgan kishini tasavvur qilish va shundan so'ng, bu g'aroyib inson haqida ko'proq yozish vazifasi topshirildi: Nima uchun bu inson ular uchun shunchalik ahamiyatli?

3. "Eksperiment yakunlandi",-deb o'ylagan ishtirokchilarga, to'satdan, o'zlari tasavvur etib yozgan bu insonlarga qo'ng'iroq qilish va o'z yozganlarini o'qib berish so'raldi.

4. Ular tark etishidan oldin yana bir marotaba baxt hissi darajasini aniqlovchi test berildi.

πŸ“ Yozib, ammo uni ma'lum sabablarga ko'ra telefonda o'qib bera olmagan ishtirokchilarning baxtni his etish darajasi 2 va 4% oralig'ida oshdi.

πŸ“ž Telefonda o'z yozganlarini o'qib berib, minnatdorchiligini izhor eta olgan insonlarning baxtni tuyish darajasi 4-19% oshganligi kuzatildi.

Minnatdorchilik izhor etish, shubhasiz, bizga baxtni tuyishda ko'maklashadi! πŸ₯°


@getpsychedup
πŸ‘†Eng qizig'i nimada ekanligini bilasizmi?

Baxtni his etishda eng katta o'sish natijasini ko'rsatgan ishtirokchilar eshikdan xursandchilik darajasi eng past darajada kirgan ishtirokchilar edi!

☘ Bu shuni anglatadiki: Siz uchun judayam og'ir paytlarda buni o'zingizda sinab ko'rishingiz - uning ta'sir etish darajasini yanada oshiradi.🌸

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bir necha obyektni kuzatish" demo.

🟒 Diqqatingizni sinab ko'rish uchun videodagi qora nuqtalar orasidan yuruvchi yashil nuqtani kuzating.

⚠️ Har bir urinishda yashil nuqtaning tezligi oshib boradi.

‼️ Oxirgi urinishda yashil nuqtlar soni 4️⃣ taga ko'payib, ularning harakat tezligi oshadi.

@getpsychedup
Tezlik oshgani sayin bir necha obyektni bir vaqtning o'zida kuzatish tobora qiyinlashib boradi.

πŸ’‘Garvard universitetining Yosh davrlari rivojlanishini o'rganuvchi psixologlar ma'lumotlariga ko'ra, kichik yoshdagi bolalar bir vaqtda 3-4 obyektni kuzata oladilar.

@getpsychedup