π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Cohen va boshqa tadqiqotchilar fikriga ko'ra, Korpus kallosum, miyaning chap yarim sharini o'ng yarim shariga bog'lovchi nerv tolalari yosh o'tishi bilan yanada birikib boradi. Bu murakkab muammolarni hal etish va kreativ fikrlashni ta'minlaydi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech narsadan bexabar yo'lovchining yo'nalish berayotganda nima sodir bo'lishini kuzating.

Chap tomondagi tadqiqotchi yo'l bo'yicha ko'rsatma so'rayotgan paytida 2 kishi eshik ko'tarib keldi, shu payt birinchi tadqiqotchi boshqa bir kishi bilan joy almashishdi.

Ko'plab insonlar kabi bu yo'lovchi ham boshqa bir odam bilan gaplashayotganidan bexabarligicha qoldi.
Tadqiqotda ishtirok etgan, taxminan 50% insonlar bu o'zgarishni umuman sezmadilar.

Ushbu tadqiqot labaratoriya sharoitidan tashqarida ham, "o'zgarishga e'tiborsizlik" yuz berishi mumkinigi birinchi marta ko'rsatib berdi.

Β© "Eshik eksperimenti" Daniel Simons va Levin. 1998.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daniel Simons tadqiqoti bir necha marta o'tkazilgan.

Xulosalari:

Boshqa bir kishi bilan suhbatlashayotganda biz, ko'pincha, nima muhim ekanligiga e'tibor beramiz, yuqoridagi vaziyatda yo'nalishni ko'rsatib yuborish.
Keraksiz detallarga misol uchun, ularning bo'yi, qanday kiyinganligi va h.k uncha muhim bo'lmagan ma'lumot sifatida qaraymiz.


Olimlar "o'zgarishga e'tiborsizlik"ning sabablarini 1970- yillardan buyon o'rganib kelmoqda.

O'zgarishlarni kuzatish diqqatli bo'lishga, ularga e'tiborsizlik esa turli noxush holatlarga sababchi bo'lishi mumkin:

β–  Haydovchilarning o'z muhitidagi o'zgarishlarga e'tiborsizligi yo'lovchilar yoki velosiped haydovchilar hayotini xavf ostiga qo'yishiga sabachi bo'lishi mumkin.

β–  Sud zalida guvohlik beradigan kishining "qalbaki xotira"si boshqa bir insonning aybdor deb tan olinishiga sababchi bo'lib qolishi mumkin.


@getpsychedup
πŸ‘† Aslida, ularning uzunligi bir xil.

Ularning turli xil kontekstda ekanligi, tafakkurning ularni turlicha talqin qilishiga olib kelishi mumkin.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣ Siz "DA" tovushini eshitayotgan bo'lsangiz, ko'pchilik (98% insonlar) qatorida ekansiz.

3️⃣ 2-marta videoni ko'zingiz yumuq holda tinglang.
"BA" eshitildimi?

3️⃣ So'nggi marotaba videoni ovozsiz ko'ring, bu holatda "GA" eshitiladi.

β—‡Bu McGurk effekti deb nomlanadi. McGurk effekti nutqni anglab olishda eshitish va ko'rish o'rtasidagi bog'liqlikni namoyish etadi.
β—‡Ba'zi insonlar, misol uchun mahoratli musiqachilar bu illuzion holatga duch kelishmaydi.

@getpsychedup
❓Orzularga erishishimizda nimalar xalaqit beradi?
Qo'rquv? Ikkilanish? Bezovtalik hissi? Rad etilishdan cho'chish?...Bularning sanog'i yetarlicha!

Garvard tarixidagi mashxur o'qituvchilardan biri Tal ben Shahar o'z tadqiqoti haqidagi suhbatida "Og'riqli his-tuyg'ularni umuman boshdan kechirmaydigan odamlarning faqat ikki turi bor: Birinchisi: psixopatlar, Ikkinchisi: vafot etgan odamlar .Og'riqli his-tuyg'ular hayotning ajralmas qismidir va biz ularni inkor qilsak, chetga sursak yoki bu tuyg'ularni to'liq his qilishdan o'zimizni chalg'itmoqchi bo'lsak - biz faqat og'riqlarimizni abadiylashtiramiz va keraksiz azoblarni yaratamiz" deydi.

‼️Muvaffaqiyatli insonlar, ayni paytda, eng ko'p xatolarni qilgan va ulardan o'rganishda davom etgan insonlardir.

@getpsychedup
Rasmdagi doiralarning hajmi aslida bir xil. Ammo, ular, atrofdagi detallar ta'sirida biri ikkinchisidan farqli ko'rinadi.

@getpsychedup
Intuitsiyangizni sinab ko'ring πŸ˜‰

Savol quyidagicha: Biror tasodifiy ravishda yig'ilgan guruhda 30 kishi bo'lsa, ularning ikkitasi bir xil tug'ilgan kunga ega bo'lishlik ehtimolligi qay darajada deb o'ylaysiz?
Anonymous Quiz
14%
90%
14%
70%
21%
50%
7%
30%
43%
10%
Javob: 70%

Agar siz qaror qabul qilishda intuitsiyangizga tayangan bo'lsangiz, o'z tajribalaringizga tayangansiz. Ya'ni, O'zingizga "biror bir guruhda bo'lganimda men bunday holatga duch kelganmanmi yoki yoq" degan savolni berib ko'rgansiz.
Ko'pincha, bu holatda ko'pchilik 10%ni tanlaydi.


Ushbu savolga javob berishdan avval, egizaklarni hisobga olmaganda, 30 kishining har biri ularning tug'ilgan kuni bo'lishi mumkin bo'lgan yilning teng 365 kuni mavjudligini hisobga olaylik.

Shu sababdan, 30 kishining tug'ilgan kunlari uchun jami mumkin bo'lgan ehtimolliklarning umumiy kombinatsiyasi 365*364*363*.....30 baravar yoki, aniqroq aytganda 365^30.

Bu muammoni yechishning eng oson yo'li-har bir 30 kishining tug'ilgan kunlari turli xil kunlarda deb olib, ularni 100% dan ayirish.

Bir kishida uning tug'ilgan kuni bo'lishi mumkin bo'lgan 365 kun mavjud. Ikkinchi odamda 364 kun, chunki u hech kim bilan bo'lishmaydigan alohida tug'ilgan kuniga ega. Ushbu tartib jami 30 kishining barchasida, toki 30-raqamli kishi uning tug'ilgan sanasi 336 ta kunlarning birida bo'lishi mumkin bo'lguniga qadar davom etadi.

30 kishining birortasi ham boshqalarga o'xshamagan tug'ilgan kuniga ega bo'lishi mumkin bo'lgan umumiy kombinatsiya 365*364*363*...336*gacha, yoki uni ifodalashning eng yaxshi usuli πŸ‘‰ 365!/335!

Dastlabki 365^30 kunning ichida bir-biriga o'xshamaydigan tug'ilgan kunlar soni 365!/335! ga teng.
πŸ‘‰ Ehtimollikni aniqlash uchun quyidagi amalni bajaring:
(365!/335!)/(365^30)

(365 ni faktoriali bo'lingan 335 ni faktoriali bo'lingan 365 ni 30inchi darajasi)

Agar siz ushbu ulkan hisob-kitobni qilib ko'rsangiz, 30 kishining birontasi bir-biriba o'xshamydigan tug'ilgan kunga ega bo'lish ehtimolligi 29,36837573%. Agar siz buni 100%dan ayirib tashlasangiz, kamida 2 kishi bir xil tug'ilgan kunga ega bo'lish ehtimolligi 70.631624427% yoki taxminan 7/10.

@getpsychedup
Intuitsiyaga teskari bu holat "Tug'ilgan kun paradoksi" deb nomlangan.

Hali ham ishonmiyapsizmi?

Ushbu videoni tomosha qilib ko'ring πŸ˜‰

πŸ‘‰ Edu: ΠŸΠ°Ρ€Π°Π΄ΠΎΠΊΡ Π΄Π½Π΅ΠΉ роТдСния

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Stepping feet"(qadam tashlayotgan oyoqlar) illuziyasi

β–‘ Qizil va siyoh rangdagi to'g'ri to'rtburchaklarning qadamlari turlichadek ko'rinadi, ammo orqa fon ranggi o'zgarishi bilan bu to'g'ri-to'rtburchaklar bir xil tezlikda siljib borayotganini kuzatish mumkin.

β–  Oq-qora rangdagi fon qarama-qarshiligi qanchalik yuqori bo'lsa, qadamlardagi siljish farqining yuqorligi yaqqol namoyon bo'ladi.

Β© Anstis (2003)

@getpsychedup
Qobilyat va urinishlarni maqtash

Myuler va Carol Dweck "iqtidorni aniqlash" uchun mo'ljallangan savollarni 5-sinf o'quvchilariga berdi.
3 ga bo'lingan guruhlarning 2 tasiga ijobiy natijalarni e'lon qilishda bunday deyildi:

β˜† Bu muammolarni yechishda judayam aqilli ekansiz!

β˜† Bu muammolarni yechishda ancha ter to'kibsiz!

β˜† 3- guruhga esa hech qanday baxo berilmadi.


Keyin ularning barchasidan ikkinchi marta: qiyin va oson darajadagi masalalar ustida ishlashni taklif qilishganida, qobilyati alohida maqtalgan guruh bolalari oson masalalar ustida ishlashni afzalroq ko'rishi kuzatilgan.

Urinish hamda mehnatlari baxolangan guruhning qiyin vazifalar ustida ishlash darajasi yuqorilashgan.

β˜… Hech qanday baxo berilmagan guruh bolalarining faoliyatida hech qanday o'zgarish kuzatilmagan.

Faqatgina ichki qobilyatni maqtash bolalarning erishishi mumkin bo'lgan potensiallarini cheklaydi. Ko'pincha, ular doimo aqilliligini isbotlashga harakat qilishadi. Muvaffaqiyatsizliklar esa ular uchun "o'ziga" berilgan baxo bo'lib qoladi.

Bolalarning urinishini qo'llab-quvvatlash esa, muvaffaqiyatsizliklar urunishlarning muhim bir qismi ekanligini va ulardan nimadir o'rganish uchun imkoniyat ekanligini ko'rsatadi.

πŸ‘† 1998 yilgi eksperiment natijalari

❓ O'zingizga doimo shu savolni bering: Biron-bir faoliyatingizdagi yutuqlar, bu sizning genlaringiz va muhitingiz ta'sirida ro'y berdimi yoki bu chinakam mehnatlaringiz mahsulimi?

@getpsychedup