π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
245 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
#umid_ishonch_hayot

Hech qachon umidni so'ndirmang. Erta sizga nima olib kelishi mumkinligini bilib bo'lmaydi. πŸ¦‹

>_<
β€œIjobiy fikrlang”, β€œYorqin tomoniga qarang”.

Ishimiz o’ngidan kelmay qolgan paytlarda kimdir tomonidan berilgan bunday fikrlarni ko’p bora eshitganmiz.

Buni eshitish qanchalik qiyinligiga qaramasdan, bunda ma’lum darajada haqiqat bor.

Ijobiy fikrlash stress darajasini kamaytirish, o’zingiz va vaziyat to’g’risida yaxshiroq his etishga, umumiy salomatlik va fikrlash tarzini yaxshi tomonga o’zgartirib dadilroq harakat qilishga undaydi

@getpsychedup
Agar siz bir soatlik baxtni his etmoqchi bo'lsangiz, bir oz uxlab oling.

Agar siz bir kunlik baxtni istasangiz, baliq oviga boring.

Agar siz bir yillik baxtni his etmoqchi bo'lsangiz, boylik meros qilib oling.

Agar butun umrlik baxtni his qilmoqchi bo'lsangiz, boshqalarga yordam bering. (Maqol)

@getpsychedup
β–  Limbik sistema miya poΚ»stlogΚ»i bilan ham, poΚ»stloq osti tuzilmalari bilan ham bogΚ»langan boΚ»lib, hid bilishda va ichki aΚΌzolar faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi.

β–  Limbik sistemaning asosiy funksiyasi organizmning xatti-harakatlari va ruhiy faolligini yuzaga chiqaradigan oΚ»z-oΚ»zidan boshqarilish jarayonlariga bogΚ»liq.

@getpsychedup
Affektiv prognoz qilish (His-tuyg'ularni bashorat qilish).
Bu nima?

His-tuyg'ularni bashorat qilish, bu kelajakda odam o'zini qanday his qilishi mumkinligi to'g'risida oldindan bashorat qilishidir.

Kognitiv nuqtayi nazardan, tadqiqotchilar, his tuyg'ularni bashorat qilish tushunchasini uzoq vaqtlardan beri tadqiq etishgan. Biroq, psixologlar Timothy Wilson va Daniel Gilbert bu tushunchani o'rganishga chuqurroq kirishgan.


Ularning tadqiqot mavzusining maqsadi, shaxs kelajakda o'zini qanday his etishi mumkinligini baxolay oladilarmi yoki yoqligini tekshirishdan iborat edi. Masalan, biron kishi bilan turmush qurish bu insonning hayotiga baxt keltiradimi? yoki boshqa bir shaharga ko'chish inson kayfiyatini ko'taradimi?

Ular 1990-yillarda "affektiv prognoz qilish" tushunchasini kiritdi.


Wilson va Gilbert tadqiqotlari, insonlar ularni baxtli qilishi mumkin bo'lgan narsalarga nisbatan notog'ri taxmin qilishlarini aniqlashdi. Afsuski, odamlar kelajakda o'zlarini qanday his qilishlari mumkinligini aniq hisobga olishmaydi; buning o'rniga ular kelajakdagi vaziyatlarga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikrlarga yuqori baxo berib yuborishadi. Yana bir misol: Biron bir buyumga erishish istagi, masalan qimmatbaho avtomobil bu inson hayotiga juda katta xursandchilik olib keladi deb o'ylashi, biroq, vaqt o'tishi bilan, ushbu mashinaga egalik qilish quvonchining tarqab ketishi.

βœ”οΈEhtimol, ma'lum vaziyat to'g'risida o'z his-tuyg'ularini oldindan aytib berishning eng yaxshi usuli bu voqeani boshidan kechirganlar bilan suhbatlashib ko'rishdir.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#noverbal_muloqot

Sud zali muhitida, advokat boshqa bir advokatning dalillari zerikarli ekanligini bildirishda soatiga qarashi yoki guvoh tomonidan berilayotgan dalillarning ishonchliligiga mensimaslikni--ko'zini aylantirish orqali ko'rsatishi mumkin.

Bu kabi noverbal aloqa usullari kuchli va ta'sirchanligini inobatga olib, ba'zi sudyalar sud jarayonida qaysi noverbal harakatlar ishlatilishiga cheklovlar qo'yadi.

@getpsychedup
Meditatsiya bilan shug'ullanishning eng sodda usuli bu, diqqatni nafasga: nafas olish va uni chiqarishga qaratish.

Chuqur nafas olishdan boshlang;

Burundan chuqur nafas olish (3 soniya)
Nafasni ushlab turish (2 soniya)
Og'iz orqali nafasni uzoq chiqarish (4 soniya)


Har bir nafasni tartibga solishga urinmasdan, uni kuzating.
Bu burundagi sezgilarga diqqatni oshiradi.

Bu va bu kabi meditatsiya usullari boshida natija bermayotgandek tuyulishi mumkin( bu tabiiy hol). Ammo, buni takrorlab yurish o'z samarasink ko'rsatadi: stress va bezovtalikni kamaytirish, diqqatni oshirish va o'z-o'zini idora qilishda ko'maklashadi.

@getpsychedup
Cohen va boshqa tadqiqotchilar fikriga ko'ra, Korpus kallosum, miyaning chap yarim sharini o'ng yarim shariga bog'lovchi nerv tolalari yosh o'tishi bilan yanada birikib boradi. Bu murakkab muammolarni hal etish va kreativ fikrlashni ta'minlaydi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech narsadan bexabar yo'lovchining yo'nalish berayotganda nima sodir bo'lishini kuzating.

Chap tomondagi tadqiqotchi yo'l bo'yicha ko'rsatma so'rayotgan paytida 2 kishi eshik ko'tarib keldi, shu payt birinchi tadqiqotchi boshqa bir kishi bilan joy almashishdi.

Ko'plab insonlar kabi bu yo'lovchi ham boshqa bir odam bilan gaplashayotganidan bexabarligicha qoldi.
Tadqiqotda ishtirok etgan, taxminan 50% insonlar bu o'zgarishni umuman sezmadilar.

Ushbu tadqiqot labaratoriya sharoitidan tashqarida ham, "o'zgarishga e'tiborsizlik" yuz berishi mumkinigi birinchi marta ko'rsatib berdi.

Β© "Eshik eksperimenti" Daniel Simons va Levin. 1998.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daniel Simons tadqiqoti bir necha marta o'tkazilgan.

Xulosalari:

Boshqa bir kishi bilan suhbatlashayotganda biz, ko'pincha, nima muhim ekanligiga e'tibor beramiz, yuqoridagi vaziyatda yo'nalishni ko'rsatib yuborish.
Keraksiz detallarga misol uchun, ularning bo'yi, qanday kiyinganligi va h.k uncha muhim bo'lmagan ma'lumot sifatida qaraymiz.


Olimlar "o'zgarishga e'tiborsizlik"ning sabablarini 1970- yillardan buyon o'rganib kelmoqda.

O'zgarishlarni kuzatish diqqatli bo'lishga, ularga e'tiborsizlik esa turli noxush holatlarga sababchi bo'lishi mumkin:

β–  Haydovchilarning o'z muhitidagi o'zgarishlarga e'tiborsizligi yo'lovchilar yoki velosiped haydovchilar hayotini xavf ostiga qo'yishiga sabachi bo'lishi mumkin.

β–  Sud zalida guvohlik beradigan kishining "qalbaki xotira"si boshqa bir insonning aybdor deb tan olinishiga sababchi bo'lib qolishi mumkin.


@getpsychedup
πŸ‘† Aslida, ularning uzunligi bir xil.

Ularning turli xil kontekstda ekanligi, tafakkurning ularni turlicha talqin qilishiga olib kelishi mumkin.

@getpsychedup