π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
245 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
#suniy_intellekt

πŸ˜„ " Tabassum qilishda davom eting, aks holda ishlaringiz o'chib ketadi"
Β© Kasper loyihasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyqusizlik, insomniya, agripniya β€” tungi uyqu maromining buzilishi; tunda kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uygΚ»onaverish, shuningdek, juda erta uyqu oΚ»chib ketishi va boshqalar..

Hech kimga sir emaski, uyqu jismoniy va ruhiiy salomatlikni ta'minlashda muhim rol oynaydi. Uyquning qisqartirilishi qisqa muddatda asabiylashish va charchoq hissini keltirib chiqarishi mumkin, buning uzoq davom etishi sog'liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh davrlari nazariyotchisi Jan Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi bolalarning aqliy rivojlanishini to'rt bosqichga ajratadi.

Bulardan biri Sensorimotor bosqich, bu davr 2 yoshgacha davom etadi. Bu bosqichda bolaning "obyekt davomiyligi"ni anglashi kuzatiladi.

πŸ‘† 6 oylik Luci, qo'l uzatib biron obyektni ushlashga harakat qilish qobilyatini namoyon etsa-da (maqsadga yo'nalgan/refleks), ammo u hali ham "ob'ektning doimiyligi"ni anglash davrida emas.

10 oyligida u ushlamoqchi bo'lgan narsasi, usti yopiq holda bo'lsa ham obyekt mavjudligini, obyektning doimiyligini anglash qobilyatini namoyon eta boshlaydi.

@getpsychedup
Iroda kuchiβž– O'z-o'zini boshqarish

βœ”οΈ Biror ishni "nima uchun" qilayotganligi haqida o'ylaydigan insonlar, bu ishni "qanday qilib" bajarish haqida qayg'uradigan insonlardan ko'ra, vazifa ustida uzoq ishlay olish va o'z-o'zini boshqarish kuchini topa oladilar.

Biz maqsadga erishish uchun yo'llarni emas, balki o'zimiz erishmoqchi bo'lgan maqsadni anglaganimizda iroda kuchini shakllantira olamiz.


βœ”οΈ Ijobiy odatlarni takrorlash, kuchli irodaga ega bo'lishdan ko'ra samaraliroq.

O'z xatti-harakatlarini boshqara olish qobilyatiga ega insonlar o'zlarining yaxshi odatlariga iroda kuchidan ko'ra ko'proq ishonishadi. Bu esa, barcha maqsadlardagi yaxshiroq natijalarni ta'minlaydi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Penrose uchburchagi, Imkonsiz uchburchak deb ham nomlanadi, bu uchburchaklar optik illyuzion obyekt sifatida namoyon bo'lib, uni faqat tasvirlash mumkin, ammo qattiq jism sifatida mavjud bo'la olmaydi.

Birinchi marta 1934 yilda shved rassomi Oskar Reytersvard tomonidan yaratilgan.
Reutersvarddan mustaqil ravishda ushbu uchburchak 1950 yillarda psixiatr Lionel Penrouz va uning o'g'li, taniqli matematik Rojer Penrouz tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashib ketgan.

@getpsychedup
πŸ’¬ O'z-o'zi bilan suhbatlashish nima?

Ko'pchilik insonlar o'z hayotidagi, butun kun davomidan to tungacha davomli monolog, ichki ovozdan xabardor. Bu ichki ovoz ongli ravishda yuzaga keluvchi o'ylar va ong osti fikr va qarashlarni birlashtirgan holda, miya uchun kundalik tajribalarni izohlash va qayta ishlash uchun samarali usuldir.

"O'z-o'zi bilan suhbat" sifatida tanish bo'lgan bu ichki suhbatdosh quvnoq va qo'llab quvvatlovchi yoki salbiy va mag'lub etuvchi bo'lishi mumkin. Bu ovoz ijobiy ohangda bo'lishi, qo'rquvlarni yengish va ishonchni kuchaytirishda yordam beradi. Biroq, inson tabiati salbiy suhbatga, hattoki keng qamrovli -- "Men hech narsani to'g'ri bajara olmayman" yoki " Men mutlaqo muvaffaqiyatsizman" kabi tasdiqlarga beriluvchan.

O'z-o'zi bilan salbiy suhbatlashishda, ko'pincha, reallik o'z holicha aks etmaydi, natijada insonni harakatsizlikka va o'zining fikr va his-tuyg'ulariga o'ralashib qolishiga sababchi bo'ladi.

Tanqidiy ichki ovoz insonni o'zining uchrashi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatsizlik oridan himoya qilish istagi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ba'zi insonlar, hatto o'zlarining ichki tanqidiy suhbatini, shaxsiy intizomni rivojlantirish, o'z kamchiliklarini boshqalardan ancha oldin anglab olish orqali ularni bartaraf etishga va oldinga harakat qilishga undaydilar. Ammo, vaqt o'tishi bilan bu tanqidiy ichki ovozning salbiy tomonlari "emotsional tovon to'lash"ga olib keladi

@getpsychedup
πŸ’¬ Salbiy ichki ovozni qanday yengish mumkin?

Oddiy va sodda usullardan biri: Kreativ va ijobiy ohang yordamida ijodiy ichki ovozni mashq qilish va o'zingizga 3-shaxs sifatida murojaat etish.

Ichki dialog paytida "men" o'rniga o'z ismini ishlatish, o'zlik va uning hissiy intensivligi o'rtasida foydali psixologik masofani yaratishi mumkin, bu esa ortiqcha o'y-xayollarga berilmaslik va kengroq fikrlashga, xotirjamlik va ishonch bilan davom etishga imkon berishini tadqiqotlar ko'rsatmoqda.

@getpsychedup
β–  Quyidagi vaziyatda o'zingizni tasavvur qilib ko'ring: siz psixologik eksperimentda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tdingiz, unda siz (vizual) ko'rish testini topshirishingiz so'raladi.

β–  Boshqa ishtirokchilar bilan bir xonada sizga standard chiziq segmenti ko'rsatiladi va keyin turli xil uzunlikdagi uchta segmentdan mos keladigan chiziqni tanlash so'raladi. (a, b.c variantlari)

β–  Eksperiment o'tkazuvchi har bir ishtirokchidan alohida-alohida mos keladigan chiziq segmentini tanlashni so'raydi.

β–  Ba'zi hollarda, guruhning har bir a'zosi to'g'ri chiziqni tanlaydi, lekin ba'zida, boshqa ishtirokchilar bir ovozdan boshqa chiziq aslida mos kelishini ta'kidlashadi.

Bu holatda birlamchi javobingizga tayanarmidingiz yoki guruh fikrini inobatga olasizmi?

πŸ”1950 yilda Solomon Asch tomonidan o'tkazilagan shunga o'xshash eksperimentda 50 ta ishtirokchi qatnashdi, ammo ularning barchasi haqiqiy "ishtirokchi" bo'lmagan. 75% ishtirokchilar o'zining vizual qobilyatidan ko'ra guruh fikriga tayangan.


@getpsychedup
Yaponiyada shifokorlar depressiya va bezovtalik alomatlari aniqlangan bemorlarga "O'rmon terapiyasi" ni buyuradilar.

Shinrin-yoku 1980-yillarda Yaponiyada rivojlangan bo'lib, yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki. bunday faoliyat qon bosimini pasaytiradi, kortizol miqdorini kamaytiradi, diqqat va xotirani yaxshilaydi.

🌳 Daraxtlar va o'simliklar tomonidan chiqarilgan fitonsidlar deb nomlangan kimyoviy modda immunitetni kuchaytirishi, daraxtlarning hidi tabiiy og'riq qoldiruvchi vosita va stressga qarshi chidamlilikni oshirishi aniqlangan.

Ko'proq tadqiqotlar shinrin-yoku-ning afzalliklarini tasdiqlashi Yaponiya hukumati uni mamlakatning sog'liqni saqlash dasturiga kiritishga sabab bo'ldi.

🌿 Londonning King's College tomonidan olib borilgan va 2018 yil yanvar oyida nashr etilgan tadqiqot, shaharlardagi daraxtlar, osmon va qushlar atrofida bo'lish ruhiiy salomatlik uchun foydali ekanligini aniqladi.


@getpsychedup
#umid_ishonch_hayot

Hech qachon umidni so'ndirmang. Erta sizga nima olib kelishi mumkinligini bilib bo'lmaydi. πŸ¦‹

>_<
β€œIjobiy fikrlang”, β€œYorqin tomoniga qarang”.

Ishimiz o’ngidan kelmay qolgan paytlarda kimdir tomonidan berilgan bunday fikrlarni ko’p bora eshitganmiz.

Buni eshitish qanchalik qiyinligiga qaramasdan, bunda ma’lum darajada haqiqat bor.

Ijobiy fikrlash stress darajasini kamaytirish, o’zingiz va vaziyat to’g’risida yaxshiroq his etishga, umumiy salomatlik va fikrlash tarzini yaxshi tomonga o’zgartirib dadilroq harakat qilishga undaydi

@getpsychedup
Agar siz bir soatlik baxtni his etmoqchi bo'lsangiz, bir oz uxlab oling.

Agar siz bir kunlik baxtni istasangiz, baliq oviga boring.

Agar siz bir yillik baxtni his etmoqchi bo'lsangiz, boylik meros qilib oling.

Agar butun umrlik baxtni his qilmoqchi bo'lsangiz, boshqalarga yordam bering. (Maqol)

@getpsychedup
β–  Limbik sistema miya poΚ»stlogΚ»i bilan ham, poΚ»stloq osti tuzilmalari bilan ham bogΚ»langan boΚ»lib, hid bilishda va ichki aΚΌzolar faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi.

β–  Limbik sistemaning asosiy funksiyasi organizmning xatti-harakatlari va ruhiy faolligini yuzaga chiqaradigan oΚ»z-oΚ»zidan boshqarilish jarayonlariga bogΚ»liq.

@getpsychedup
Affektiv prognoz qilish (His-tuyg'ularni bashorat qilish).
Bu nima?

His-tuyg'ularni bashorat qilish, bu kelajakda odam o'zini qanday his qilishi mumkinligi to'g'risida oldindan bashorat qilishidir.

Kognitiv nuqtayi nazardan, tadqiqotchilar, his tuyg'ularni bashorat qilish tushunchasini uzoq vaqtlardan beri tadqiq etishgan. Biroq, psixologlar Timothy Wilson va Daniel Gilbert bu tushunchani o'rganishga chuqurroq kirishgan.


Ularning tadqiqot mavzusining maqsadi, shaxs kelajakda o'zini qanday his etishi mumkinligini baxolay oladilarmi yoki yoqligini tekshirishdan iborat edi. Masalan, biron kishi bilan turmush qurish bu insonning hayotiga baxt keltiradimi? yoki boshqa bir shaharga ko'chish inson kayfiyatini ko'taradimi?

Ular 1990-yillarda "affektiv prognoz qilish" tushunchasini kiritdi.


Wilson va Gilbert tadqiqotlari, insonlar ularni baxtli qilishi mumkin bo'lgan narsalarga nisbatan notog'ri taxmin qilishlarini aniqlashdi. Afsuski, odamlar kelajakda o'zlarini qanday his qilishlari mumkinligini aniq hisobga olishmaydi; buning o'rniga ular kelajakdagi vaziyatlarga nisbatan ijobiy yoki salbiy fikrlarga yuqori baxo berib yuborishadi. Yana bir misol: Biron bir buyumga erishish istagi, masalan qimmatbaho avtomobil bu inson hayotiga juda katta xursandchilik olib keladi deb o'ylashi, biroq, vaqt o'tishi bilan, ushbu mashinaga egalik qilish quvonchining tarqab ketishi.

βœ”οΈEhtimol, ma'lum vaziyat to'g'risida o'z his-tuyg'ularini oldindan aytib berishning eng yaxshi usuli bu voqeani boshidan kechirganlar bilan suhbatlashib ko'rishdir.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#noverbal_muloqot

Sud zali muhitida, advokat boshqa bir advokatning dalillari zerikarli ekanligini bildirishda soatiga qarashi yoki guvoh tomonidan berilayotgan dalillarning ishonchliligiga mensimaslikni--ko'zini aylantirish orqali ko'rsatishi mumkin.

Bu kabi noverbal aloqa usullari kuchli va ta'sirchanligini inobatga olib, ba'zi sudyalar sud jarayonida qaysi noverbal harakatlar ishlatilishiga cheklovlar qo'yadi.

@getpsychedup
Meditatsiya bilan shug'ullanishning eng sodda usuli bu, diqqatni nafasga: nafas olish va uni chiqarishga qaratish.

Chuqur nafas olishdan boshlang;

Burundan chuqur nafas olish (3 soniya)
Nafasni ushlab turish (2 soniya)
Og'iz orqali nafasni uzoq chiqarish (4 soniya)


Har bir nafasni tartibga solishga urinmasdan, uni kuzating.
Bu burundagi sezgilarga diqqatni oshiradi.

Bu va bu kabi meditatsiya usullari boshida natija bermayotgandek tuyulishi mumkin( bu tabiiy hol). Ammo, buni takrorlab yurish o'z samarasink ko'rsatadi: stress va bezovtalikni kamaytirish, diqqatni oshirish va o'z-o'zini idora qilishda ko'maklashadi.

@getpsychedup