π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
244 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
#noverbal_muloqot

Haptika (Takesika) - teginish orqali aloqa.

Qo'l berib salomlashish, yelkaga urib qo'yib qo'yish va "besh olish" shular jumlasidan.

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
Photo
90_soniya

Ularning vaqtincha ekanligini bilish ularni idora etishga va boshqaruvni yoqotib qo'ymaslikka yordam beradi.

Salbiy hissiyotlar sizni qamrab olganda ularga qarshilik bidirmaslik va ulardan qochishga harakat qilmaslik "surfingda uchish"ga o'xshaydi, boshqacha aytganda, ularning uzoq davom etmasligini bilgan holda shunchaki "surfing"da uching


@getpsychedup
#biblioterapiya

2011 yil "Psixologiyaning yillik sharhi"da e'lon qilingan ishtirokchilarning MRT miya skanerlari tahliliga asoslanib, insonlar tajriba va hayot yo’li haqida o'qiganlarida, xuddi shu tajribani boshdan kechirganlari kabi nevrologik nuqtalardagi stimulyatsiyani namoyish etishlarini ko'rsatdi.

Hikoyalarni o'qiyotganda va boshqa insonlar his-tuyg'ularini taxmin qilmoqchi bo'lganimizda, biz bir xil miya nerv tolalarini harakatga keltiramiz.

@getpsychedup
AQILLI maqsadlarini ishlab chiqish muvaffaqiyat uchun juda muhimdir.

Dr. Gail Matthews tomonidan olib borilgan tadqiqotlar maqsadlarni shunchaki boshda saqlashdan ko'ra, maqsadlarni yozib olish va yutuqlar o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatadi.

Amerika Psixologik Assotsiatsiyasining (APA) ma'lumotlariga ko'ra, tadqiqotlar maqsadlarga erishishda uchta omil mavjudligini ta'kidlamoqda:

β–  O'zgarish uchun motivatsiya

β–  Xatti-harakatni kuzatishga bo'lgan tayyorlik

β–  Uni amalga oshirish uchun iroda kuchi


@getpsychedup
SMART bu qisqartma bo'lib, undan maqsadlarni belgilashda foydalanishingiz mumkin.

Uning mezonlari keng tarqalgan Peter Druckerning "Maqsadlar bo'yicha boshqarish" konsepsiyasi bilan bog'liq.

Ushbu atamaning birinchi ishlatilishi 1981 yil noyabr oyida Jorj T. Doranning Boshqaruvni Ko'rib chiqish masalasi da nashr etilgan. Undan keyin, professor Robert S. Rubin (Saint-Louis universiteti) SMART haqida "Sanoat va tashkiliy psixologiya jamiyati" uchun yozilgan maqolada yozib o'tgan.


Uning ta'kidlashicha, SMART quyida ko'rsatilgandek turli xil odamlar uchun turli xil ma'nolarni anglatadi.

Maqsadlaringiz aniq va erishishingiz mumkinligiga ishonch hosil qilish uchun ularning har biri quyidagicha bo'lishi kerak:

β–  Aniq (sodda, tushunarli, ahamiyatli).

β–  O'lchab bo'ladigan (mazmunli, rag'batlantiruvchi).

β–  Erishish mumkin bo'lgan (kelishilgan, yetib bo'ladigan).

β–  Tegishli (oqilona, real va manbali, natijalarga asoslangan)

β–  Vaqti chegaralangan (vaqtga bog'liq, ma'lum vaqt bilan cheklangan, vaqt / baxosi chegaralangan, o'z vaqtida).

Professor Rubin shuningdek, SMART qisqartmasi ta'rifi samaradorlik va fikr-mulohazalarning muhimligini aks ettirish uchun yangilanishga muhtoj bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi. Biroq, ba'zi mualliflar qo'shimcha diqqat maydonini o'z ichiga qamrab olishi uchun uni kengaytirdilar; Masalan, SMARTER baholash va qayta ko'rib chiqishni ham o'z ichiga oladi.

@getpsychedup
Samim Winiger, muhandis va sun'iy intellekt tadqiqotchisi tomonidan ishlab chiqilgan "Xavotir olmang, baxtli bo'ling" "emotsiya majburlovchi", yuz ifodalarini tahlil qiluvchi va shunga mos ravishda javob qaytaruvchi dastur.

Bu holatda "mos ravishda", yuzingizda tabassum yo'qligini sezsa, dastur elektron bajarilgan barcha ishlaringizni o'chirib tashlashni anglatadi.

Kim ham buni o'ziga ravo ko'radi deyishingiz mumkin?!

Ishingizdagi samaradorlikni oshirish ehtimoli.
"Shubhasiz, har qanday ijodiy jarayon davomida bizning ruxiy holatimiz ijodiy muvaffaqiyatning yagona eng katta omilidir. "Xavotir olmang, baxtli bo'ling bunday" fikrlarni sinchikovlik bilan o'rganadi" deb tushuntiradi Wineger Bustle ga yozgan elektron pochtasida.

"Yaxshi, lekin mening jilmayishim baxtli ekanligimni anglatmaydi" deyishingiz mumkin. Ma'lum darajada bu to'g'ri. Ammo tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'proq tabassum qilishga harakat qilish sizning kayfiyatingizni ko'tarishi mumkin.

@getpsychedup
#suniy_intellekt

πŸ˜„ " Tabassum qilishda davom eting, aks holda ishlaringiz o'chib ketadi"
Β© Kasper loyihasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyqusizlik, insomniya, agripniya β€” tungi uyqu maromining buzilishi; tunda kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uygΚ»onaverish, shuningdek, juda erta uyqu oΚ»chib ketishi va boshqalar..

Hech kimga sir emaski, uyqu jismoniy va ruhiiy salomatlikni ta'minlashda muhim rol oynaydi. Uyquning qisqartirilishi qisqa muddatda asabiylashish va charchoq hissini keltirib chiqarishi mumkin, buning uzoq davom etishi sog'liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh davrlari nazariyotchisi Jan Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi bolalarning aqliy rivojlanishini to'rt bosqichga ajratadi.

Bulardan biri Sensorimotor bosqich, bu davr 2 yoshgacha davom etadi. Bu bosqichda bolaning "obyekt davomiyligi"ni anglashi kuzatiladi.

πŸ‘† 6 oylik Luci, qo'l uzatib biron obyektni ushlashga harakat qilish qobilyatini namoyon etsa-da (maqsadga yo'nalgan/refleks), ammo u hali ham "ob'ektning doimiyligi"ni anglash davrida emas.

10 oyligida u ushlamoqchi bo'lgan narsasi, usti yopiq holda bo'lsa ham obyekt mavjudligini, obyektning doimiyligini anglash qobilyatini namoyon eta boshlaydi.

@getpsychedup
Iroda kuchiβž– O'z-o'zini boshqarish

βœ”οΈ Biror ishni "nima uchun" qilayotganligi haqida o'ylaydigan insonlar, bu ishni "qanday qilib" bajarish haqida qayg'uradigan insonlardan ko'ra, vazifa ustida uzoq ishlay olish va o'z-o'zini boshqarish kuchini topa oladilar.

Biz maqsadga erishish uchun yo'llarni emas, balki o'zimiz erishmoqchi bo'lgan maqsadni anglaganimizda iroda kuchini shakllantira olamiz.


βœ”οΈ Ijobiy odatlarni takrorlash, kuchli irodaga ega bo'lishdan ko'ra samaraliroq.

O'z xatti-harakatlarini boshqara olish qobilyatiga ega insonlar o'zlarining yaxshi odatlariga iroda kuchidan ko'ra ko'proq ishonishadi. Bu esa, barcha maqsadlardagi yaxshiroq natijalarni ta'minlaydi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Penrose uchburchagi, Imkonsiz uchburchak deb ham nomlanadi, bu uchburchaklar optik illyuzion obyekt sifatida namoyon bo'lib, uni faqat tasvirlash mumkin, ammo qattiq jism sifatida mavjud bo'la olmaydi.

Birinchi marta 1934 yilda shved rassomi Oskar Reytersvard tomonidan yaratilgan.
Reutersvarddan mustaqil ravishda ushbu uchburchak 1950 yillarda psixiatr Lionel Penrouz va uning o'g'li, taniqli matematik Rojer Penrouz tomonidan ishlab chiqilgan va ommalashib ketgan.

@getpsychedup
πŸ’¬ O'z-o'zi bilan suhbatlashish nima?

Ko'pchilik insonlar o'z hayotidagi, butun kun davomidan to tungacha davomli monolog, ichki ovozdan xabardor. Bu ichki ovoz ongli ravishda yuzaga keluvchi o'ylar va ong osti fikr va qarashlarni birlashtirgan holda, miya uchun kundalik tajribalarni izohlash va qayta ishlash uchun samarali usuldir.

"O'z-o'zi bilan suhbat" sifatida tanish bo'lgan bu ichki suhbatdosh quvnoq va qo'llab quvvatlovchi yoki salbiy va mag'lub etuvchi bo'lishi mumkin. Bu ovoz ijobiy ohangda bo'lishi, qo'rquvlarni yengish va ishonchni kuchaytirishda yordam beradi. Biroq, inson tabiati salbiy suhbatga, hattoki keng qamrovli -- "Men hech narsani to'g'ri bajara olmayman" yoki " Men mutlaqo muvaffaqiyatsizman" kabi tasdiqlarga beriluvchan.

O'z-o'zi bilan salbiy suhbatlashishda, ko'pincha, reallik o'z holicha aks etmaydi, natijada insonni harakatsizlikka va o'zining fikr va his-tuyg'ulariga o'ralashib qolishiga sababchi bo'ladi.

Tanqidiy ichki ovoz insonni o'zining uchrashi mumkin bo'lgan muvaffaqiyatsizlik oridan himoya qilish istagi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Ba'zi insonlar, hatto o'zlarining ichki tanqidiy suhbatini, shaxsiy intizomni rivojlantirish, o'z kamchiliklarini boshqalardan ancha oldin anglab olish orqali ularni bartaraf etishga va oldinga harakat qilishga undaydilar. Ammo, vaqt o'tishi bilan bu tanqidiy ichki ovozning salbiy tomonlari "emotsional tovon to'lash"ga olib keladi

@getpsychedup