π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
244 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#eksperiment 2- urinish Vazifangiz: rasmdagi so'zlarning ranglarini aytish. So'zlarni o'qimang ... so'zlarning rangini ayting. Masalan, "KO’K" so'zi qizil rangda bo'lsa, "QIZIL" deb aytishingiz kerak. Iloji boricha ranglarni tezroq aytishga harakat…
#eksperiment

Stroop effekti

● So'zlarning rangini nomlash, shunchaki matnni o'qishdan ko'ra ko'proq e'tibor talab qiladi;

● So'zlarni ranglarni nomlashdan ko'ra tezroq o'qiy olamiz.
Biz o'qigan tezlik, so'zni o'qiganimizdan so'ng so'zning rangini nomlashni ancha qiyinlashtiradi.

Mashhur "Stroop Effekt" 1930-yillarda ushbu g'aroyib jarayonni kashf etgan J. Ridley Stroop nomi bilan atalgan.

@getpsychedup
Bu stakan og'irligi aslida unchalik muhim emas.
Bu qancha vaqt ushlab turishingizga bog'liq.

Agar siz uni bir daqiqa ushlab tursangiz, muammo bo'lmaydi.
Agar uni bir soat ushlab tursangiz, qo'lingizda og'riqni his etasiz. Agar siz uni bir kun ushlab tursangiz, qo'lingiz uvushib qolib, stakanni tushib yuborishingiz mumkin. Ikkala holatda ham, suvning og'irligi o'zgarmaydi, lekin qancha vaqt ushlab turilsa, u shunchalik og'irlashganini his etasiz.

"Stressni boshqarish ham shu jarayonga o'xshaydi. Agar biz har doim og'irliklarimizni ko'tarib yursak, erta yoki kechmi, og'irlik oshgani sayin, davom eta olmaymiz."

Stakan suvi kabi, uni qayta ushlashdan oldin bir chetga qo'yib, u haqida o'ylamang, shunchaki dam oling.

@getpsychedup
Britaniyalik tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, kulgu 2000 ta shokolad qutisidagi shokoladlarni yeganingizdagi va hisobingizga 16 000 funt sterlingni qabul qilganingizdan so'ng his etadigan hissiyotni, miya stimulatsiyasini beradi.

Manba ВАЙНАЯ Π‘Π˜Π›Π Π£Π›Π«Π‘ΠšΠ˜ - Π ΠΎΠ½ Π“ΡƒΡ‚ΠΌΠ°Π½

@getpsychedup
πŸ‘† Haqiqiy tabassumni aniqlay olasizmi? Yuzdagi ifodalarini tanish, ko'pincha, miya uchun emotsional jarayon bo'lib, miyaning amigdala qismi bu jarayonida faol ishtirok etadi.
anonymous poll

1 – 10
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 91%

2 – 1
πŸ‘ 9%

πŸ‘₯ 11 people voted so far.
#optimal_tajriba

Optimal tajriba holati - bu inson o'zi yoqtirgan mashg'ulotga sho'ng'ib ketganda qilayotgan ishidan zavqlanadigan ong holatidir. Dastlab bu tushunchani fanga ΠœΠΈΡ…Π°ΠΉ ЧиксСнтмихай kiritgan.

ΠŸΡΠΈΡ…ΠΎΠ»ΠΎΠ³ΠΈΡ ΠΎΠΏΡ‚ΠΈΠΌΠ°Π»ΡŒΠ½ΠΎΠ³ΠΎ пСрСТивания


@getpsychedup
Har kim ham badjahl bo'la oladi.
Bu juda oson.
Ammo, to'g'ri odamga va kerakli darajada, to'g'ri vaqtda, to'g'ri maqsadda va to'g'ri yo'lda ishlatish bu har kimning ixtiyoridagi kuch emas va bu oson ham emas.
Kuchli his tuyg'ularni kerakli paytda foydalanish bizga baxt va yaxshi hayot keltiradi.

Β©Aristotel

@getpsychedup
1- rasmdagi xabar 6 raqamidan iborat va buni ko'pchilik ko'rish qobilyatiga ega.

2-rasmdagi xabarni normal rang ajratish qobilyatiga ega bo'lgan insonlar ko'ra olmaydi.

@getpsychedup
O'sish va rivojlanish fikrlash tarzi nima?

Psixolog Carol Dweck tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamlarning o'zlari va qobiliyatlari to'g'risida qanday fikrlashlariga ta'sir qiladigan ikkita asosiy fikrlash tarzi mavjud: o'zgarmas tafakkur va o'sish tafakkuri.


O'zgarmas tafakkur egalari, muvaffaqiyat bu mashaqqatli mehnat emas, balki tug'ma qobilyatlarning natijasidir, aql-idrok esa statik va o'zgarmas deb hisoblashadi. Ular bunday iste'dodlarga inson ega bo'lib tug'ilishi yoki buning aksi bo'lishi mumkin deb bilishadi, shuning uchun ular qiyinchiliklar qarshisida osonlikcha taslim bo'lishadi. Nimanidir oson qo'lga kirita olmasalar undan voz kechadi, chunki bunga erishish uchun tug'ma(tabiiy) mahorat yetishmayotganiga ishonishadi.


O'sish tafakkuriga ega bo'lganlar, boshqa tarafdan, harakat qilish orqali o'zgarishi, rivojlanishi va o'rganishi mumkinligini his qilishadi. O'sish va rivojlanishga layoqatli ekanligiga ishonadigan insonlarning muvaffaqiyat qozonish ehtimoli ko'proq. Qiyin vaziyatlarda ular o'z mahoratini oshirish yo'llarini izlaydilar va muvaffaqiyat sari intilishda davom etadilar.

@getpsychedup
O'sish tafakkurini shakllantirish uchun nima qilish kerak?

Sizning urinishlaringiz muhimligiga ishoning.
 

O'sish tafakkuri egalari, o'zlarining qobiliyatlari barqaror yoki qotib qolgan deb o'ylash o'rniga, harakat va mashaqqatli mehnat mazmunli rivojlanishga olib keladi deb hisoblashadi.

Yangi bilimlar o'rganing. 

Qiyinchiliklarga duch kelganda, ular yengib o'tish va g'alaba qozonish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish yo'llarini izlaydilar.

Omadsizliklarni o'rganish tajribasi sifatida qabul qiling.

O'sish tafakkuri egalari, omadsizliklar ularning qobiliyatlarining natijasi ekanligiga ishonmaydilar. Buning o'rniga, ular buni undan o'rganish va yaxshilanish mumkin bo'lgan qimmatli tajriba manbai sifatida ko'rishadi. Ular ham "Bu natija bermadi", deb o'ylashlari mumkin, "shuning uchun bu safar boshqacha usulni sinab ko'raman." deyishni unutmaydilar:)

@getpsychedup
Bu haqida eshitgan bo'lsangiz kerak: Biror kishining ko'z harakatlarini kuzatish, ularning yolg'on gapirayotganini yoki haqiqatni aytayotganligini aniqlashga yordam beradi.

Aytaylik, agar o'ng qo'lini ko'proq ishlatuvchi kishi o'ng tomonga qarasa, ular o'zlari bilmagan holda miya o'ng yarim sharidagi, ya'ni miyaning kreativ yarim sharidagi faoliyatni oshkor etadi, bu esa ular yolg'on gapirayotganini ko'rsatadi. Boshqa tomondan, ko'zlar chap tomonga qarasa ratsional, miya chap yarim shardagi faollikni ko'rsatib, haqiqatni aytayotganligini anglatadi.

O'tkazilgan yangi taqiqotlar ko'z harakatlari va yolg'on o'rtasidagi hech qanday bog'liqlik mavjud emasligini ko'rsatmoqda.

Π£Ρ‡Π΅Π½Ρ‹Π΅: тСория ΠΎ Ρ‚ΠΎΠΌ, Ρ‡Ρ‚ΠΎ Π³Π»Π°Π·Π° Π²Ρ‹Π΄Π°ΡŽΡ‚ лоТь - ΠΌΠΈΡ„

@getpsychedup