π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
243 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Tasavvur qiling, kimdir faqat tugmani bosish orqali odamni baxtli qila oladigan baxt mashinasini ixtiro qildi. Undan foydalanarmidingiz?
anonymous poll

πŸ‘ – 5
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 56%

πŸ‘Ž – 4
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 44%

πŸ‘₯ 9 people voted so far.
Dacher Keltner Berkeley Kaliforniya universitetining professori o'z talabalaridan yuqoridagi savolni yillar davomida so'rab kelgan, talabalarning ko'pchiligi bu savolga "yoq" javobini, baxtga chinakam yo'l bilan erishishni afzal ko'rishlarini aytishgan.

πŸ”Ž So'nggi o'n yil davomida tadqiqotchilar baxtga erishish yo'l xaritasini ishlab chiqmoqdalar, masalan, baxtimizning qariyb 40 foizi genlarga emas KUNDALIK FAOLIYATIMIZGA BOG'LIQ.

Bu sizga bog'liq 😊😊

Manba Science of Happiness

@getpsychedup
Biror narsa xarid qilayotganingizda uzoq vaqt qaroringiz ustida ko'p o'ylab qolganmisiz? Bu holatda "tanlov paradoksi"ga duch kelgansiz.

Tanlov paradoksi: "ko'p" aslida "kam" ni anglatadi.

Bozorda tanlov qanchalik keng qamrovli bo'lsa, xaridorlarning mahsulotlarni sotib olishi darajasi shuncha pasayadi.

@getpsychedup
"Tanlov paradoksi" ning qarorlar qabul qilishdagi jarayoniga ta'sirini cheklash maqsadida Steve Jobs, Mark Zuckerberg, va Prezident Obama singari ko'plab muvaffaqiyatli shaxslar doim bir xil ko'rinishdagi kiyimlar garderobini tanlashgan.

@getpsychedup
πŸƒ Biofiliya - tabiatni sevish 🌱

Psixolog Erich Fromm birinchi marta biofiliyani "hayotga va tirik narsalarga bo'lgan muhabbat" deb ta'riflagan.

πŸ“Ή Virtual tabiat 360' videoda

@getpsychedup
Loyola Universiteti psixologi Fred Bryant ijobiy voqealarni diqqat bilan kuzatib borish, undan maroq olish miyada uning uzoq vaqt davomida o'rnashib qolishini ta'minlaydi va psixik salomatlik uchun foydasi oshadi, deydi - bunda eng asosiysi, uning ta'kidlashicha, minnatdorchilik izxor etish.

Agar hayotingizda kimnidir yoki nimanidir odatiy hol sifatida qarayotgan bo'lsangiz, orqaga bir qadam tashlang - va ularsiz o'z hayotingizni tasavvur qiling. So'ngra, ularning hayotingizdagi o'rnini qadrlashga harakat qilib ko'ring.

Yo'qlik yurakdagi minnatdorlik hissini oshirishi mumkin.

@getpsychedup
#emotsiyalar

~ Asosiy emotsiyalar ~

1970-yilda psixolog Paul Ekman barcha madaniyatlarida universal hisoblangan oltita asosiy hissiyotlarni aniqladi.

U aniqlagan hissiyotlar baxt, qayg'u, jirkanish, qo'rquv, ajablanish va g'azab.

Keyinchalik u mag'rurlik, uyalish, xijolat va hayajonni o'z ichiga olgan asosiy hissiyotlar ro'yxatini kengaytirdi.

@getpsychedup
#noverbal_muloqot

Paralinguistika - biz ishlatadigan tildan farq qiluvchi ovozli aloqa.
Bunda ovozning balandligi, ohanggi va uning o'zgaruvchanligi gapning ma'nosiga ta'sirini hisobga olish muhim.

Baland ovozda aytilgan so'zlar ma'qullash va ishtiyoqni yoki ayni so'zlarning ikkilanish ovoz tonida aytilishi - norozilik va qiziqishning sustligini ifodalashi mumkin.

Do'stingiz sizdan hol-axvol so'raganida, odatiy "Men Yaxshiman" jumlasini qay tariqa aytishingiz haqiqiy hissiyotlaringiz to'g'risida ko'p narsalarni oshkor etishi mumkin.

@getpsychedup
#noverbal_muloqot

Proksemika - suxbatdosh bilan oraliq masofa.

Odamlar ko'pincha "shaxsiy makon" ga bo'lgan ehtiyojlariga murojaat etishadi, bu ham noverbal aloqaning muhim turidir.

Bizga kerak bo'lgan oraliq masofa va bizga tegishli deb bilgan masofa miqdoriga bir qator omillar, shu jumladan ijtimoiy va madaniy normalar, vaziyat omillari, shaxsiyat xususiyatlari va tanishlik darajasi ta'sir qiladi.

Masalan, odamlar bilan tasodifiy suhbat paytida zarur bo'lgan shaxsiy maydon hajmi odatda 46 sm dan 1m gacha farq qiladi. Boshqa tomondan, ko'pchilik bilan gaplashganda shaxsiy masofa 3 metrdan 4 metrgacha farqlanadi.

@getpsychedup
#noverbal_muloqot

Ko'z nigohi

Biror kishining suhbat jarayonida ko'zingizga to'g'ridan-to'g'ri qarashi, bu ularning qiziqqaligini va e'tibor berayotganligini anglatadi. Ammo, buning uzoq davom etishi qo'rqinchli tuyulishi mumkin.
Boshqa tomonda, nigohni olib qochish, tez-tez uzoqqa tikilish bu kishining noqulaylik his etayotganini yoki haqiqiy his-tuyg'ularini yashirishga urinayotganligini ko'rsatishi mumkin.

Madaniy tafovutlar

Kavkaz xalqlari madaniyatida eng kuchli qoidalardan biri bu, kimdir sizga gapirayotganda hurmat yuzasidan ularga qarab turishingiz va bu bilan tinglayotganingizni tasdiqlash hisoblanadi.

Avstraliyalik aborigen bolalarga bunga qarama-qarshi qoidalar o'rgatiladi (Donovon&Spark, 1997) - katta yoshdagi insonlarga hurmat ko'rsatish uchun uzoqqa qarash, ularning ko'zlariga tikilmaslik.

@getpsychedup
Tadqiqot natijasi shuni ko'rsatdiki, takroriy test o'tkazib turish, qayta-qayta o'qishdan ko'ra, materialni yaxshi o'zlashtirishga yordam beradi.

Bir necha marta test sinovidan o'tgan talabalar materialning 61 foizini eslab qolishgan, o'quv guruhidagi talabalar esa atigi 40 foizini eslab qolishgan.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Miyangizning salomatligi uning qancha ishlatilayotganiga bog'liq.

Har safar biron-bir yangi yoki o'zgacha yumushga qo'l ursangiz, siz yangi nerv tolalarini yaratasiz.

@getpsychedup
β–  Oddiy mashqlar sizdan ko'p vaqt talab qilmaydi va juda sodda:

● Siz doimiy ishlatmaydigan qo'lingizda eshiklarni ochishga, kalitdan foydalanishga harakat qiling;

● Hozir hech kim telefon raqamlarini yod olmaydi. Har kuni yangi raqamlar yod oling. Bu ajoyib xotira mahorati hisoblanadi;

● Har kuni siz atrofdagilarga aytib bera oladigan yangi hikoyalar o'ylab toping. Hikoyani aytib berish uchun qiziqarli usullarni aniqlang;

● Har kuni kuzatish uchun biron bir obyekt tanlang. Misol uchun daraxtlar - yo'lda, telivizorda, derazadan ularni kuzating. Ertasi kuni uni o'zgartirishingiz mumkin;

● Biror narsani boshqa tartibda bajaring.

Kechki ovqat uchun nonushta qiling. Peshindan keyin qahva iching. Kundalik ishlaringizni yangi tartibda bajaring. O'zgarishni qanday his etayotganingizga va yangi tartibning yaxshi yoki yomonligiga e'tibor bering;

● Siz uchun "yangi mavzu"dagi kitoblarni o'qib turing.

@getpsychedup
#eksperiment

Ushbu tajribani sinab ko’ring

Sizning vazifangiz: rasmdagi so'zlarning ranglarini aytish.
So'zlarni o'qimang ... aksincha, so'zlarning rangini ayting.

@getpsychedup
#eksperiment

2- urinish

Vazifangiz: rasmdagi so'zlarning ranglarini aytish.
So'zlarni o'qimang ... so'zlarning rangini ayting.

Masalan, "KO’K" so'zi qizil rangda bo'lsa, "QIZIL" deb aytishingiz kerak. Iloji boricha ranglarni tezroq aytishga harakat qiling.

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#eksperiment 2- urinish Vazifangiz: rasmdagi so'zlarning ranglarini aytish. So'zlarni o'qimang ... so'zlarning rangini ayting. Masalan, "KO’K" so'zi qizil rangda bo'lsa, "QIZIL" deb aytishingiz kerak. Iloji boricha ranglarni tezroq aytishga harakat…
#eksperiment

Stroop effekti

● So'zlarning rangini nomlash, shunchaki matnni o'qishdan ko'ra ko'proq e'tibor talab qiladi;

● So'zlarni ranglarni nomlashdan ko'ra tezroq o'qiy olamiz.
Biz o'qigan tezlik, so'zni o'qiganimizdan so'ng so'zning rangini nomlashni ancha qiyinlashtiradi.

Mashhur "Stroop Effekt" 1930-yillarda ushbu g'aroyib jarayonni kashf etgan J. Ridley Stroop nomi bilan atalgan.

@getpsychedup
Bu stakan og'irligi aslida unchalik muhim emas.
Bu qancha vaqt ushlab turishingizga bog'liq.

Agar siz uni bir daqiqa ushlab tursangiz, muammo bo'lmaydi.
Agar uni bir soat ushlab tursangiz, qo'lingizda og'riqni his etasiz. Agar siz uni bir kun ushlab tursangiz, qo'lingiz uvushib qolib, stakanni tushib yuborishingiz mumkin. Ikkala holatda ham, suvning og'irligi o'zgarmaydi, lekin qancha vaqt ushlab turilsa, u shunchalik og'irlashganini his etasiz.

"Stressni boshqarish ham shu jarayonga o'xshaydi. Agar biz har doim og'irliklarimizni ko'tarib yursak, erta yoki kechmi, og'irlik oshgani sayin, davom eta olmaymiz."

Stakan suvi kabi, uni qayta ushlashdan oldin bir chetga qo'yib, u haqida o'ylamang, shunchaki dam oling.

@getpsychedup
Britaniyalik tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, kulgu 2000 ta shokolad qutisidagi shokoladlarni yeganingizdagi va hisobingizga 16 000 funt sterlingni qabul qilganingizdan so'ng his etadigan hissiyotni, miya stimulatsiyasini beradi.

Manba ВАЙНАЯ Π‘Π˜Π›Π Π£Π›Π«Π‘ΠšΠ˜ - Π ΠΎΠ½ Π“ΡƒΡ‚ΠΌΠ°Π½

@getpsychedup