π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
243 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
🌝Har qanday yutuqning boshlang'ich nuqtasi – istakdir. Buni doimo xotirangizda saqlang. Kam miqdordagi olov oz miqdordagi issiqlikni chiqargani kabi, zaif istaklar ham yomon natijalarga olib keladi.

Β© Napoleon Xill

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#empatiya
Yig'i esnash kabi yuqumli πŸ€·β€β™€

πŸ‘Ά Hattoki yangi tug'ilgan chaqaloqlar ham boshqa bir chaqaloqning yig'i ovoziga javoban yig'laydilar.

πŸ” Tadqiqotchilar bu empatiya rivojlanishining juda erta belgilari ekanligini ta'kidlashdi.

@getpsychedup
Minesota Universiteti Aloqa dasturini olib boruvchi doktor Nikols va Stivensning ta'kidlashicha, tinglashdagi asosiy muammo, biz hammamiz suhbatlashishdan ko'ra tezroq o'ylash qobilyatiga ega ekanligimiz.

Faol tinglash.
Uni qanday shakllantirish mumkin?

β˜‘οΈsuhbatda yetkazilayotgan asosiy fikrlarga e'tibor bering;

β˜‘οΈ noverbal belgilarni faol ravishda kuzating;

β˜‘οΈo'zingizdan suhbatdoshingiz nimalarni atayin aytmayotgan bo'lishi mumkinligi haqida so'rang;

πŸ’― taqdim etilgan dalillarni hisobga oling.

@getpsychedup
#heroism

βœ”οΈ Qahramonlik altruizmdan farq qiladi.

βœ”οΈ Agar altruizm boshqalarga yordam beradigan beg'araz xatti-harakatlarga urg'u beradigan bo'lsa, qahramonlik chuqur shaxsiy fidoyilikni talab etadi.

βœ”οΈ Qahramonlik shaxsning ezgu maqsadga sodiqligi va shu maqsad uchun kurashishning oqibatlarini qabul qilishga tayyorligi bilan bog'liq.

βœ”οΈ Biz qahramonlarni g'ayrioddiy va hayotdan yuqoriroqda deb bilamiz; Lekin bu qanchalik to'g'ri?

✨ "Qahramonlik aslida oddiy tushuncha, ammo undagi xatti-harakat g'ayrioddiy"
deydi qahramonlikni o'rganuvchi psixolog Filipp Zimbardo.

@getpsychedup
#fobiya_texnologiya
"Akrofobiya"-balandlikdan qo'rqish.

Uchish qo'rquvi hisoblanuvchi aerofobiyadan farqli, akrofobiya yerdan uzoq bo'lish bilan bog'liq turli xil narsalardan qo'rqishga olib kelishi mumkin.

Fobiyaning og'irligiga ko'ra, binoning yuqori qavatida bo'lishdan, shunchaki zinadan ko'tarilishdan cho'chish turlari bilan farqlanadi.

πŸ‘†3D da bo'yalgan ushbu xona akrafobiyani sekinlik bilan yengishga yordam berishi mumkin.

@getpsychedup
#altruizm_kichik_yoshlarda

Germaniyaning Leypsig shahridagi Max Planck Instituti tadqiqotchilari Feliks Warneken va Maykl Tomasello 24 ta
18 oylik bolalarning xatti-harakatlarini o'rganishdi.

Ularga turli yumushlar, misol uchun eshik ochishga, tushirib yuborilgan kiyim qistirgichga qo'li yetmayotgan tadqiqotchi bir guruh bolalarga yordam ko'rsatish uchun kichik ko'rsatma, qolgan guruh bolalariga hech qanday belgi bermasa-da, ularning deyarli barchasi yordam berish, altruistik xatti-harakatlarni namoyish etishgan.

@getpsychedup
Yaxshi kechirim so'rash-" kechirasiz" deyish bilan cheklanmaydi.

samarali kechirim so'rash πŸ‘‡

@getpsychedup
#samarali_kechirim so'rash

Aybni tan olish.

Aybni ochiqchasiga tan olish yaxshi uzr so'rashning ajralmas qismidir, ammo ko'pchilik uzr so'rashda bunga yetarli darajada amal qilmaydi. Kechirim, agar siz kim aybdor, kimga zarar yetkazilganligini va aybning mohiyatini tan olganingizni ko'rsatsa, yaxshi qabul qilinadi.

Masalan, βœ”οΈ"Men xato qildim" deb aytish❗️ "xatolarga yo'l qo'yildi, xato o'tdi" degandan ko'ra samaraliroq, chunki bu javobgarlikni ma'lum shaxsga yo'naltiradi. Shunga o'xshash, tushunarsiz so'zlar, masalan, ❓"Kechirasiz, uzr so'rayman- kecha nima degan bo'lsam ham " o'rniga " βœ”οΈ bema'ni hazil uchun uzr so'rayman " deyish yaxshiroq.

Tushuntirib berish.

Ba'zi hollarda, aybni tushuntirish, ayniqsa bu atayin qilinmaganligini va boshqa takrorlanmasligini yetkazib berishda foydali. Ammo, ❗️baxonalarga o'xshash yoki jabrlanuvchini ayblaydigan tushuntirishlar (masalan, "Siz haqiqatdan ham mening asabimga tegayotgan edingiz") salbiy qabul qilinishi mumkin. βœ”οΈ Yetarlicha himoya topa olmasangiz, "o'z xatti-harakatlarimni oqlay olmayman" deyish yaxshiroq.

Pushaymonlik bildirish.

Biror kishini xafa qilganingizda, uyalish yoki pushaymonlikni his qilish tabiiy hol. βœ”οΈ Ushbu his-tuyg'ularni ifodalab berishingiz yetkazilgan azob-uqubatlarni tan olganingizni va afsuslanganingizni anglatadi. ❗️"Qilgan ishim meni xarakterimga to'g'ri kelmasdi" kabi iboralardan ehtiyot bo'ling, bu nima sodir bo'lganida to'liq ma'suliyatni his qilmayotganingizni anglatishi mumkin.

Aybni yuvish uchun tuzatish kiritish

βœ”οΈ Bunda ikkinchi tomonning fikrlaridan kelib chiqishga harakat qiling. ❗️O'z-o'zingizni jazolash faqat siz his qilayotgan aybni yengillashtirishi mumkin, holos.

@getpsychedup
😊😊 "Bo'sh choynak piyola to'ldira olmaydi "

Yaqinlarga mehr ulashish uchun, avvalo, o'z-o'zimizga mehribon bo'laylik.

@getpsychedup
~ Ko'nikish ~

❓Tasavvur qiling siz har bir soat chiqqilashiga e'tibor berib, undan har safar hayratlansangiz yoki ko'chadagi mashinalarning ovozidan har safar cho'chib tushsangiz?!

πŸƒ Ko'nikish o'zgarishlarga sekinlik bilan o'rganishimizga imkon beradi.

πŸƒ Ko'nikuvchanlik, u e'tiborni nima muhim-u, nima unchalik muhim emasligiga yo'naltiradi.

πŸƒ Boshqa tomondan esa, biz hayotimizdagi yaxshi insonlar va yaxshi narsalarga ko'nikamiz va ularni odatiy hol sifatida qabul qila boshlaymiz. Natijada, hayotimizdagi kundalik go'zallik va yaxshiliklarni unutib qo'yamiz.

πŸƒ Baxt esa asli mana shularda. Siz nafas olayotgan ayni daqiqalarda..

😊😊Davomi bor
..

@getpsychedup
Tasavvur qiling, kimdir faqat tugmani bosish orqali odamni baxtli qila oladigan baxt mashinasini ixtiro qildi. Undan foydalanarmidingiz?
anonymous poll

πŸ‘ – 5
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 56%

πŸ‘Ž – 4
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 44%

πŸ‘₯ 9 people voted so far.
Dacher Keltner Berkeley Kaliforniya universitetining professori o'z talabalaridan yuqoridagi savolni yillar davomida so'rab kelgan, talabalarning ko'pchiligi bu savolga "yoq" javobini, baxtga chinakam yo'l bilan erishishni afzal ko'rishlarini aytishgan.

πŸ”Ž So'nggi o'n yil davomida tadqiqotchilar baxtga erishish yo'l xaritasini ishlab chiqmoqdalar, masalan, baxtimizning qariyb 40 foizi genlarga emas KUNDALIK FAOLIYATIMIZGA BOG'LIQ.

Bu sizga bog'liq 😊😊

Manba Science of Happiness

@getpsychedup
Biror narsa xarid qilayotganingizda uzoq vaqt qaroringiz ustida ko'p o'ylab qolganmisiz? Bu holatda "tanlov paradoksi"ga duch kelgansiz.

Tanlov paradoksi: "ko'p" aslida "kam" ni anglatadi.

Bozorda tanlov qanchalik keng qamrovli bo'lsa, xaridorlarning mahsulotlarni sotib olishi darajasi shuncha pasayadi.

@getpsychedup
"Tanlov paradoksi" ning qarorlar qabul qilishdagi jarayoniga ta'sirini cheklash maqsadida Steve Jobs, Mark Zuckerberg, va Prezident Obama singari ko'plab muvaffaqiyatli shaxslar doim bir xil ko'rinishdagi kiyimlar garderobini tanlashgan.

@getpsychedup