π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
243 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž pinned «⏳Odam bir sutkada hech bo'lmaganda 2 soat o'ziga tegishli bo'lishi kerak va o'zini xotirjam holatda his qilishi zarur. πŸ‘€Bu ruhiy salomatlik uchun ham, boshqalar bilan aloqaga kirishish uchun ham kerak. 🧠To'g'ri fikrlar kelishi, o'zini anglashi va mulohaza…»
#oynasinovi/rouge testi
πŸ‘Ά Taxminan 18 oyligida chaqaloqlar o'zlarini anglay boshlaydilar va bu jarayon 3 yoki 4 yoshgacha rivojlanadi.

πŸ‘†O'z-o'zini anglashning oddiy sinovi - bu ko'zguda o'zini tanib olish qobiliyati.

❗️Biroq, siz ularni oyna oldiga qo'yganingizda, ularning fikrlarini aytib berish qiyin.

☝️Rasmdagi holatda qizaloqning burni ustiga marker bilan o'ziga bilintirmay chizib qo'yilgan, agar u oynadagi o'zining qiyofasi ekanligini tushunsa, yuziga yopishtirilgan stikerga qo'lini uzatadi yoki chizilgan markerni artib tashlashga harakat qiladi.
@getpsychedup
#IQ

πŸ—“ Quyida beriladigan ketma-ket savollar Prinston universiteti psixologi Shane Frederik tomonidan 2005 yilda tadqiqotlar o'tkazish maqsadida ishlab chiqilgan.

πŸ”ΊIntuitsiyangiz kuchlimi?

πŸ”ΊYoki ko'proq analitik va oqilona(ratsional) fikrlash qobiliyatingizga tayanisizmi?
@getpsychedup
#IQtest
Agar 5 ta asbobni yaratish uchun 5 ta mashina 5 daqiqa vaqtni talab qilsa, 100 ta asbobni tayyorlash uchun 100 ta mashina qancha vaqtni oladi?

@getpsychedup
Agar 5 asbobni yaratish uchun 5 ta mashina 5 daqiqa vaqtni talab qilsa, 100 ta asbobni tayyorlash uchun 100 ta mashina qancha vaqtni oladi?
Anonymous Quiz
32%
100 daqiqa
53%
5 daqiqa
16%
500 daqiqa
#IQ
πŸ’‘ Savolga tezlik bilan javob topa olish yuqori IQ egasi ekanligingizni bildiradi.

Ko'lda NILUFAR GULI to'plami bor. Har kuni bu to'plam ikki marta kattalashadi. Agar nilufar guli to'plami butun ko'lni qoplashi uchun 48 kun kerak bo'lsa, bu to'plam ko'lning yarmini qoplashi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?

@getpsychedup
Ko'lda NILUFAR GULI to'plami bor. Har kuni bu to'plam kattalashadi. Agar nilufar guli to'plami butun ko'lni qoplashi uchun 48 kun kerak bo'lsa, bu to'plam ko'lning yarmini qoplashi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi?
Anonymous Quiz
29%
48
24%
47
48%
24
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#IQtest Agar 5 ta asbobni yaratish uchun 5 ta mashina 5 daqiqa vaqtni talab qilsa, 100 ta asbobni tayyorlash uchun 100 ta mashina qancha vaqtni oladi? @getpsychedup
3-savolga javob:

βœ… 5 daqiqa

Sizning intuitsiyangiz 100 daqiqa degan bo'lishi mumkin. Yaxshiyamki, asboblarni yaratish bunchalik uzoq vaqt talab qilmaydi. Savolda aytilganidek, 1ta asbobni yaratish uchun 5 daqiqa vaqt kerak. Shuning uchun, 100 ta asbobni tayyorlash 5 daqiqa vaqtni oladi.

@getpsychedup
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#IQ πŸ’‘ Savolga tezlik bilan javob topa olish yuqori IQ egasi ekanligingizni bildiradi. Ko'lda NILUFAR GULI to'plami bor. Har kuni bu to'plam ikki marta kattalashadi. Agar nilufar guli to'plami butun ko'lni qoplashi uchun 48 kun kerak bo'lsa, bu to'plam ko'lning…

2-savolga javobga izoh

βœ… 47 kun

-Siz 24 kunni taxmin qilgan bo'lishingiz mumkin.
48 kunni ikkiga bo'lish to'g'ridek tuyuladi, chunki nilufar guli to'plami o'lchamini teng yarimga bo'lyapsiz.
Ammo, agar nilufar guli to'plami maydoni har kuni 2 marta kattalashsa, yarim qoplanishdan to to'liq qoplanish holatiga o'tish uchun faqatgina 1 kun kerak. 48 kundan 1 kunni olib tashlang va sizda 47 kun javobi qoladi.

@getpsychedup
Empatiyani o'z hayotiy tajribasiga aylantirgan Jorj Orwell (mashxur "1984" asari muallifi) ning shaxsiy hayoti.πŸ‘‡
#empatiya

1920-yillarda Britaniya Birmasida bir necha yil mustamlaka politsiyasi xodimi bo'lganidan so'ng, Orwell Britaniyaga qaytib, ijtimoiy jihatdan qoloq yashovchilarning hayoti qay tariqa o'tayotganiligini bilib olishga qaror qildi. "Men o'zimni bu hayotga g'arq etib, mazlumlar qatoriga tushishni xohladim", deb yozgan edi.U eski poyabzal va ust kiyimda Sharqiy London ko'chalarida tilanchilar va mazlumlar bilan yashay boshladi.

U kelgan xulosalar uning fikrlari, hayotga bo'lgan munosabat va maqsadlarini keskin o'zgartirdi. U nafaqat uysizlar "spirtli ichimlik ichadigan qalloblar" emasligini angladi. Orwell yangi do'stlar ortirdi, tengsizlikka bo'lgan o'z nuqtai nazarini o'zgartirdi va ajoyib adabiy materiallarni to'pladi. Bu uning hayotidagi eng katta sayohat tajribasi edi. U hamdardlik (empatiya) nafaqat insonni yaxshilashi, balki ayni paytda foydasi tegishi mumkinligini anglab yetdi.

"Chinakam ilmga uni boshdan kechirish orqali erishish mumkin"
-John Dewey

@getpsychedup
🌝Har qanday yutuqning boshlang'ich nuqtasi – istakdir. Buni doimo xotirangizda saqlang. Kam miqdordagi olov oz miqdordagi issiqlikni chiqargani kabi, zaif istaklar ham yomon natijalarga olib keladi.

Β© Napoleon Xill

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#empatiya
Yig'i esnash kabi yuqumli πŸ€·β€β™€

πŸ‘Ά Hattoki yangi tug'ilgan chaqaloqlar ham boshqa bir chaqaloqning yig'i ovoziga javoban yig'laydilar.

πŸ” Tadqiqotchilar bu empatiya rivojlanishining juda erta belgilari ekanligini ta'kidlashdi.

@getpsychedup
Minesota Universiteti Aloqa dasturini olib boruvchi doktor Nikols va Stivensning ta'kidlashicha, tinglashdagi asosiy muammo, biz hammamiz suhbatlashishdan ko'ra tezroq o'ylash qobilyatiga ega ekanligimiz.

Faol tinglash.
Uni qanday shakllantirish mumkin?

β˜‘οΈsuhbatda yetkazilayotgan asosiy fikrlarga e'tibor bering;

β˜‘οΈ noverbal belgilarni faol ravishda kuzating;

β˜‘οΈo'zingizdan suhbatdoshingiz nimalarni atayin aytmayotgan bo'lishi mumkinligi haqida so'rang;

πŸ’― taqdim etilgan dalillarni hisobga oling.

@getpsychedup
#heroism

βœ”οΈ Qahramonlik altruizmdan farq qiladi.

βœ”οΈ Agar altruizm boshqalarga yordam beradigan beg'araz xatti-harakatlarga urg'u beradigan bo'lsa, qahramonlik chuqur shaxsiy fidoyilikni talab etadi.

βœ”οΈ Qahramonlik shaxsning ezgu maqsadga sodiqligi va shu maqsad uchun kurashishning oqibatlarini qabul qilishga tayyorligi bilan bog'liq.

βœ”οΈ Biz qahramonlarni g'ayrioddiy va hayotdan yuqoriroqda deb bilamiz; Lekin bu qanchalik to'g'ri?

✨ "Qahramonlik aslida oddiy tushuncha, ammo undagi xatti-harakat g'ayrioddiy"
deydi qahramonlikni o'rganuvchi psixolog Filipp Zimbardo.

@getpsychedup
#fobiya_texnologiya
"Akrofobiya"-balandlikdan qo'rqish.

Uchish qo'rquvi hisoblanuvchi aerofobiyadan farqli, akrofobiya yerdan uzoq bo'lish bilan bog'liq turli xil narsalardan qo'rqishga olib kelishi mumkin.

Fobiyaning og'irligiga ko'ra, binoning yuqori qavatida bo'lishdan, shunchaki zinadan ko'tarilishdan cho'chish turlari bilan farqlanadi.

πŸ‘†3D da bo'yalgan ushbu xona akrafobiyani sekinlik bilan yengishga yordam berishi mumkin.

@getpsychedup
#altruizm_kichik_yoshlarda

Germaniyaning Leypsig shahridagi Max Planck Instituti tadqiqotchilari Feliks Warneken va Maykl Tomasello 24 ta
18 oylik bolalarning xatti-harakatlarini o'rganishdi.

Ularga turli yumushlar, misol uchun eshik ochishga, tushirib yuborilgan kiyim qistirgichga qo'li yetmayotgan tadqiqotchi bir guruh bolalarga yordam ko'rsatish uchun kichik ko'rsatma, qolgan guruh bolalariga hech qanday belgi bermasa-da, ularning deyarli barchasi yordam berish, altruistik xatti-harakatlarni namoyish etishgan.

@getpsychedup