๐‘€๐‘’๐‘‘๐‘–๐‘ข๐‘šโ€™๐‘‘๐‘Ž๐‘”๐‘– ๐ด๐‘ง๐‘–๐‘ง๐‘Ž
242 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
#faktlar
Tematik Anglash Testi (TAT)- noaniq sahnalarni tasvirlashni so'rashni o'z ichiga oladigan testning bir turi.

U psixolog Genri Myurrey va rassom hamkorligida1930-yilda psixoanalist Kristina D. Morgan tomonidan ishlab chiqilgan.

Test fotosuratlarda tasvirlangan noaniq va ko'pincha noqulay vaziyatga soladigan sahnalarni tushuntirish orqali insonlar yaratgan hikoyalar asosida ularning fikrlari, xavotirlari va ularning sabablari to'g'risida bilib olishga ko'maklashadi.

Shuningdek, rasmda bu holatga sabab bo'lgan voqealarni, sahnada nimalar sodir bo'layotganini, har bir qahramon nimani o'ylayotganini yoki his qilayotganini va bundan keyin nima sodir bo'lishi mumkinligini tushuntirib berishdan iborat.
@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#illuziya
Ponzo illuziyasi

Ikkala sariq chiziqlarning o'lchovlari aslida bir xil, lekin yuqoridagi sariq chiziq pastki chiziqdan uzunroq bo'lib ko'rinadi.

Ponzo illuziyasini birinchi marta 1913 yilda italiyalik psixolog Mario Ponzo taqdim etgan.

Yuqori gorizontal chiziq uzunroq ko'rinishiga sabab, vertikal joylashgan chiziqlarning torayib borishi va uzoqda joylashgan chiziq yaqindagi chiziq bilan teng bo'lishi uchun uzunroq bo'lishi kerak deb qabul qilishimizning natijasi.
@getpsychedup
#illuziya
"Gravitasiya xonasi"
bu loyiha muallifining so'zlariga ko'ra bu xonada inson sezgi a'zolari bir-biri bilan "kelishmaydi".

Harris Lieberman & Nyu York galleriyasi
https://youtu.be/1BMSYXK4-AI

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yosh psixologiyasi
Bolalarning "yoshinmachoq" o'ynashlarini kuzatganmisiz?

๐ŸŒˆUch yoshga to'lgan bolalar boshqalarning vizual nuqtai nazarini hisobga olish qobiliyatiga ega bo'lmaydilar.

๐Ÿ™ˆ Bu yoshda agar ular boshqa odamlarni ko'ra olmasalar, unda boshqalar ham ularni ko'ra olmaydi deb hisoblaydilar.
@getpsychedup
#yosh davrlari
O'smirlik davrida organizm eng yaxshi kuchga ega:

โœ… Ular eng tezkor;

โœ… Ular hayotidagi boshqa har qanday davriga nisbatan yuqori immunitetga ega bo'ladi.

โœ… Ular sovuqqa, issiqqa, ochlikka, organizmning suvsizlanishga va jarohatlarning ko'p turlariga yuqori bardoshliligi mavjud;

โœ… Ular tezroq tuzaladilar.

Bularning barchasi ushbu davrda o'smirlarning organizimi yuqori darajada ishlashini ko'rsatadi.

Ammo, statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'spirinlarning bu davrdagi o'lim ehtimoli 200- 300 foizga ko'tariladi.

O'smirlik davrida o'lim ko'rsatkichi yuqorilashishiga olib keladigan sabab nima bo'lishi mumkin?

Achinarlisi shundaki, o'spirinlarni ko'pincha bu holatga olib keladigan asosiy sabab - bu o'zlarining xatti-harakatlari va his-tuyg'ularini boshqarishi bilan bog'liq.
#getpsychedup
#yosh davrlari
Prefrontal korteks(ijrochi miya) - uzoq vaqtga yo'nalgan, maqsadli qarorlar qabul qilish, rejalashtirish, insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa, mukammal fikr yurutishda va xatti- harakatlarni boshqarishda yetakchi hisoblanadi.

โš ๏ธ O'smirlik vaqtida bu miya qismi hali ham shakllanish davrida bo'lganligi sababli o'smirlar o'z xatti-harakatlarini, boshqalarning fikrini to'liq anglab yetmaydi.
@getpsychedup
โค๏ธ Bugungi kuningizni qadrlang!

๐Ÿ’ซ O'tmish o'tib ketdi, erta hali yetib kelmadi.

๐Ÿ€ Bugungi kun esa, bu-SIZNING IMKONIYATINGIZ.
@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#antistress
Kulgu stressga bir necha yo'llar orqali barham berishi mumkin:

โญ๏ธ Kulgu insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, yaqinlar tomonidan qo'llab-quvvatlanish esa stressga qarshi eng samarali vosita;

โญ๏ธ Kulayotganingizda stressni his qilish deyarli imkonsiz.

โญ๏ธ Kulgu stressga soluvchi narsalarning ko'rinarli darajada qo'rqinchli emasligini eslatadi.

๐ŸŒ Kulgu sizni bir necha daqiqada o'zingizni yaxshi his qilishingizda yordam beradi.
@getpsychedup
๐Ÿ’Œ Ko'pgina vaziyatlarda insonning o'ziga bo'lgan ishonchni namoyon etishi yaxshi narsa.

Aynan mana shu kuchli ishonch va o'z-o'ziga ishonch tuyg'usi insonlarga o'z maqsadlariga erishishga imkon beradi.

Psixolog Albert Bandura o'zining "O'z-o'zini boshqarish samaradorligi" kitobida ishonchning maqsadlarga intilishda ijobiy natijalarga ko'maklashadigan fazilat ekanligini ta'kidlaydi.

Yuqori darajadagi ishonch har doim ham foydalimi?๐Ÿค”
@getpsychedup
Ko'p holatlarda, kuchli tomonlarni bilish va tavakkalchiliklarni o'z zimmasiga olish qobilyati havas qilarli xususiyatlar hisoblanadi.

Ammo, bu ishonch yangi narsalarni sinashdan va boshqalarni tinglash qobilyatidan chetlatsa, u muvaffaqiyatsizliklar sababchisi bo'lishi mumkin;

โš ๏ธ Qo'ldan boy berilgan imkoniyatlar
chunki ular oson yoki mavjud qobiliyatdan ancha past darajada deb hisoblanishi yoki buning aksi, o'z qobilyatlaridagi kamchiliklarni hisobga olmaslik va har qanday yumushga "ha" deb javob berish.

โš ๏ธ Ijtimoiy ta'siri, masalan, kekkaygan holda do'stlarni o'z-o'zidan begonalashtirish holati;

๐Ÿ”Ž O'tkazilgan tadqiqotlarning birida tadqiqotchilar, yuqori darajada o'zini-o'zi qadrlash ba'zan noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqladilar.

โš ๏ธ O'z-o'zini hurmat qilish darajasi yuqori bo'lgan bolalar ko'proq xavfli tavakkalchiliklarga qo'l urishgan.

โš ๏ธ O'z qadr-qimmatini yuqori qo'ygan insonlarning oilaviy munosabatlardagi har qanday muammolarda turmush o'rtoqlarini ko'proq ayblaganliklari sababli munosabatlardagi mustahkamlikka jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi.

โš ๏ธ O'ziga bo'lgan yuqori baho, shuningdek, zo'ravon va tajovuzkor xatti-harakatlarning yuqori darajasi bilan bog'liqligi kuzatilgan.


๐Ÿ“Œ Bu o'z-o'zini hurmat qilish va o'ziga ishonish yomon narsalar ekanligini anglatmaydi.
โฃMuhimi, yangi narsalarni o'rganishda davom etish va boshqalarni tinglash mahoratini shakllantirish, mehnat va urinishlardagi davomiylik haqiqiy muvaqqiyat va maqsadlarga erishishga katta yordam beradi...
@getpsychedup

Manba https://www.verywellmind.com/can-you-have-too-much-self-confidence-4163364
#faktlar
100 yoshga kirgan kishi gerantologiyada "sentarian" deb nomlananadi.

BMT ma'lumotlariga ko'ra, 2012 yilda butun dunyo bo'ylab 343 mingta sentarian mavjud bo'lgan va bu ko'rsatkich 2050 yilga borib 3,2 milliongacha ko'payishi kutilmoqda. AQSH eng ko'p sentarianlarga ega davlat bo'lib, ularning soni taxminan 80 ming.

100 yoshdan oshganlarning turmush tarzi va atrof-muhit har bir mamlakatda turlicha, ammo ularning umumiy o'xshash tomoni bor - bu pozitivlik. Qiyin vaziyatlar yuzaga kelganda, ular bardoshli, moslashuvchan va optimistik insonlar ekan.
@getpsychedup
O'zingizning ijobiy va kuchli tomonlaringizni bilasizmi?...

Ularni qadrlang...

Chunki nimani qadrlasangiz, u o'sadi...๐ŸŒธ
@getpsychedup
โณOdam bir sutkada hech bo'lmaganda 2 soat o'ziga tegishli bo'lishi kerak va o'zini xotirjam holatda his qilishi zarur.

๐Ÿ‘คBu ruhiy salomatlik uchun ham, boshqalar bilan aloqaga kirishish uchun ham kerak.

๐Ÿง To'g'ri fikrlar kelishi, o'zini anglashi va mulohaza qilishiga bazan shunchaki bo'shliq va sukunat kerak - bularning barchasini biz anglamagan holda bajaramiz.

๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ปIshga borishda va qaytishda, aholi transportlarida butun dunyodan uzulib, xaridni rejalashtirmay magazin vitrinalarini hursand tomosha qilib o'zimizni qalbimizni anglashni boshlaymiz. Yolg'izlik qalbimizni muvozanatda ushlashga yordam beradi.

โ€ขโ”ˆโ”ˆโ€ขโ”ˆโ€ขโŠฐโœฟ๐Ÿ“šโœฟโŠฑโ€ขโ”ˆโ”ˆโ€ขโ”ˆโ”ˆโ€ข

@getpsychedup
#baxt ko'rsatkichi, U nimada deb o'ylaysiz?

โ˜๏ธ Baxt ko'rsatkichi YaIM, yalpi ichki mahsulot, madaniyat yoki uning iqtisodiy boyligiga bog'liq emas.

๐Ÿ“ˆ AQSH, misol uchun, 2013 yilda yalpi ichki mahsulotning eng yuqori ko'rsatkichi (1-o'rinni) egallagan.

๐Ÿ“‰ Ammo, dunyo baxt ko'rsatkichida u 17-o'rinda.
@getpsychedup
๐‘€๐‘’๐‘‘๐‘–๐‘ข๐‘šโ€™๐‘‘๐‘Ž๐‘”๐‘– ๐ด๐‘ง๐‘–๐‘ง๐‘Ž pinned ยซโณOdam bir sutkada hech bo'lmaganda 2 soat o'ziga tegishli bo'lishi kerak va o'zini xotirjam holatda his qilishi zarur. ๐Ÿ‘คBu ruhiy salomatlik uchun ham, boshqalar bilan aloqaga kirishish uchun ham kerak. ๐Ÿง To'g'ri fikrlar kelishi, o'zini anglashi va mulohazaโ€ฆยป
#oynasinovi/rouge testi
๐Ÿ‘ถ Taxminan 18 oyligida chaqaloqlar o'zlarini anglay boshlaydilar va bu jarayon 3 yoki 4 yoshgacha rivojlanadi.

๐Ÿ‘†O'z-o'zini anglashning oddiy sinovi - bu ko'zguda o'zini tanib olish qobiliyati.

โ—๏ธBiroq, siz ularni oyna oldiga qo'yganingizda, ularning fikrlarini aytib berish qiyin.

โ˜๏ธRasmdagi holatda qizaloqning burni ustiga marker bilan o'ziga bilintirmay chizib qo'yilgan, agar u oynadagi o'zining qiyofasi ekanligini tushunsa, yuziga yopishtirilgan stikerga qo'lini uzatadi yoki chizilgan markerni artib tashlashga harakat qiladi.
@getpsychedup
#IQ

๐Ÿ—“ Quyida beriladigan ketma-ket savollar Prinston universiteti psixologi Shane Frederik tomonidan 2005 yilda tadqiqotlar o'tkazish maqsadida ishlab chiqilgan.

๐Ÿ”บIntuitsiyangiz kuchlimi?

๐Ÿ”บYoki ko'proq analitik va oqilona(ratsional) fikrlash qobiliyatingizga tayanisizmi?
@getpsychedup