π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
242 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Ba'zi paytlardagi bezovtalikni his qilish- tabiiy holat, bu holatlarda quyidagi relaksatsiya usullarini sinab ko'ring:

🎈 Chuqur nafas olish:

Ko'zingizni yuming va besh soniya davomida buruningizdan qorin bo'shlig'iga qadar chuqur nafas oling. Ikki soniya ushlab turing, so'ng 5 soniya davomida sekin nafasni chiqaring. 10-15 marta takrorlang. Agar o'zingizni yomon his qilsangiz, sekinlik bilan to'xtatishingiz mumkin.

🎈 Kreativ taasurot:

Sokin joyda qulay tarzda o'tirib, ko'zingizni yumib buruningizdan nafas oling. O'zingizni xavfsiz, xotirjam va baxtli his etadigan sahnani yoki joyni tasavvur qiling. Havodan nafas olib, tovushlar va hidlarga e'tibor bering. Tana bo'shashganini his eting, taxminan 10 daqiqa davom eting.

🎈 Mashq qilish:

20-30 daqiqa mashq qilishingiz mumkin. Jismoniy mashqlar gormonlarni bo'shatish orqali stressga barham beradi.
#eksperiment/1998-yil
Qobilyat & urinish, mehnatni maqtash.

Bulardan qaysi biri bolalar kelajagi uchun samaraliroq?

Myuler va Carol Dweck "iqtidorni aniqlash" uchun mo'ljallangan savollarni 88 ta 5-sinf o'quvchilariga berdi.

3 ga bo'lingan guruhlarning 2 tasiga ijobiy natijalarni e'lon qilishda bunday deyildi:

πŸ’Œ Bu muammolarni yechishda judayam aqilli ekansiz!

πŸ’Œ Bu muammolarni yechishda ancha ter to'kibsiz!

❌ 3 guruhga esa hech qanday baxo berilmadi.

Keyin ularning barchasidan yana 2 xil: qiyin va oson darajadagi masalalar ustida ishlashni taklif qilishganida, qobilyati alohida maqtalgan guruh bolalarining yarmidan ko'pi oson savollarni olishni xohladi.
3-guruhning 30% bolalari

🧩 Urinishlari baxolangan guruhning 20% I oson savollarni afzal ko'rishdi.
@getpsychedup
🎁 Faqatgina ichki qobilyatni maqtash bolalarning erishishi mumkin bo'lgan potensiallarini cheklaydi. Ko'pincha, ular doimo aqilliligini isbotlashga harakat qilishadi. Muvaffaqiyatsizliklar esa ular uchun "o'ziga" berilgan baxo bo'lib qoladi.

πŸ”‘ Bolalarning urinishini qo'llab-quvvatlash esa muvaffaqiyatsizliklar urunishlarning muhim bir qismi ekanligini va ulardan nimadir o'rganish uchun imkoniyat ekanligini ko'rsatadi.
@getpsychedup
#faktlar
πŸ€ PARO-bu terapevtik robot, u tinchlantiruvchi ta'sirni ta'minlaydi, kasalxonalar va qariyalar uylarida bemorlarda ijobiy hissiy reaksiyani yuzaga keltirishda ishlatiladi.

Robot sezgir sensorlarga ega va ehtiyotkorlik bilan harakat qila oladi. Shuningdek, u tovushlarga va o'z ismiga javob beradi.

Ajablanish, quvonch va g'azab kabi his-tuyg'ularni namoyon eta oladi. Kun davomida faol va kechasi "uxlab qoladi".
@getpsychedup
#IQ test
Qaysi juft shakllar qolgan 3 ta juftlik shakllardan farqli ekanligini aniqlay olasizmi?
@getpsychedup
2- rasmdagi qaysi juft shakllar qolgan 3 ta shakldan farqli ekanligini aniqlay olasizmi?
Anonymous Quiz
7%
A
20%
B
67%
C
7%
D
Barcha juftlik shakllarda uchli qirra mavjud, c variantda esa yoq.

To'liqroq javob esa barcha variantlarda juftliklarning barchasi bir-birini oyna kabi aks ettirgan, C esa bundan mustasno.
@getpsychedup
#aql mashqlari

2011 yil "Psixonomik byulleten va sharh" da nashr etilgan tadqiqotga ko'ra, so'zlarni teskari o'qish siz o'qigan narsalarni xotirangizda qolishini sezilardi darajada yaxshilaydi.
@getpsychedup
#uyqu
Uyquga ketishdan oldin yangi maΚΌlumotlarni oΚ»rganish sizning eslab qolish qobiliyatingizni oshiradi. Uyqu xotiraning yomonlashuvini, maΚΌlumotlarni unutish tezligini sekinlashtiradi.
@getpsychedup
Qanday deysizmi? πŸ™„
πŸ‘‡ quyidagi tadqiqotni o'qib xulosa chiqaring.
@getpsychedup
#eksperiment
1988 yilda Frits Strak, Germaniyaning VΓΌrzburg universitetida yuz ifodalarini tadbiq etish maqsadida tadqiqot o'tkazdi.

Tishlari orasiga qalam tutgan odamlar multfilmlarni lablari orasida qalam tutganlarga qaraganda kulgili deb baholadilar.
Boshqacha aytganda, qalamni tishlar orasiga tutish -yuz muskullarining ko'tarilishiga - tabassumga sabab bo'ladi;
uni lablar orasida tutish esa, buning aksi qovog' solinishiga sababchi bo'ladi.

πŸ’‘Bu yuz ifodalari insonning hissiy holatiga ta'sir qilishi mumkinligi haqidagi fikrni isbotlaydi.

Demak...
Har qanday holatda tabassum qilishga imkoniyat topsa bo'ladi! 😊
@getpsychedup
#baxt
πŸ”†mehribonlik kuchi

❣mehribonlik stressni, asabiylik va ruhiy tushkunlikni kamaytiradi.

❣qon bosimini pasaytirishga yordam beradigan oksitosin gormonini ishlab chiqarishga yordam beradi.

❣Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mehribon insonlar ayni paytda ko'proq og'riqqa bardoshli insonlar hisoblanadi.

❣mehribonlik baxt hissini oshiradi.

❣mehribon bo'lish boshqalarni ham mehribon bo'lishga undashi mumkin!
@getpsychedup
#xotira
Hidlash qobilyati xotira bilan chambarchas bog'liq:

βœ… Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, miyaning xotiraga ulangan joylari shikastlanganda hidlarni aniqlash qobiliyati ham izdan chiqadi.

βœ… Ba'zi bir tadqiqotlarga ko'ra, hid mavjud bo'lgan joyda biror ma'lumotni qabul qilish siz yana shu hidni hidlaganda o'sha ma'lumotning eslanish intensivligini oshiradi.

Manba : https://www.verywellmind.com/facts-about-memory-2795359
@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#faktlar
Moro refleksi aslida nevrologik sog'liqning ko'rsatkichi sifatida ishlatiladi.

Chaqaloqlar kuchli Moro refleksini namoyish etmasa, shifoxonalarni tark etmaydilar.

Chaqaloqni taxminan 45 daraja burchak ostida ushlab turganda, o'zini qo'yib yuborilganday his etsa, bola qoβ€˜llari, barmoqlari va oyoqlarini choβ€˜zib yuboradi.
@getpsychedup
#idrok
πŸ“ŒProtege effekti yordamida:
materialni o'rganishga bo'lgan qiziqishni va o'zingizga bo'lgan ishonch tuyg'ularingizni kuchaytirish orqali o'rganish jarayoningizningizni yaxshilashingiz mumkin.
@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☝️Video ovozsiz
eshitish qobilyati mavjud bo'lmagan bolaning imo ishoralar tili orqali muloqotga kirishishga intilishi aks etgan.

Yangi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, eshitish qobilyati mavjud bo’lmagan kichik yoshdagi bolalar ham har xil tovushlar chiqarishga urinadi, faqat ular buning uchun qo’l harakatlaridan foydalanadi. Bu intilish miyaning til o'rganishga bo'lgan ichki qobilyati mavjudligini isbotlaydi.

Tadqiqot yetakchisi: Montrealda joylashgan Mak-Gill universitetining psixologi doktor Laura Ann Petitto.
@getpsychedup
#faktlar
Tematik Anglash Testi (TAT)- noaniq sahnalarni tasvirlashni so'rashni o'z ichiga oladigan testning bir turi.

U psixolog Genri Myurrey va rassom hamkorligida1930-yilda psixoanalist Kristina D. Morgan tomonidan ishlab chiqilgan.

Test fotosuratlarda tasvirlangan noaniq va ko'pincha noqulay vaziyatga soladigan sahnalarni tushuntirish orqali insonlar yaratgan hikoyalar asosida ularning fikrlari, xavotirlari va ularning sabablari to'g'risida bilib olishga ko'maklashadi.

Shuningdek, rasmda bu holatga sabab bo'lgan voqealarni, sahnada nimalar sodir bo'layotganini, har bir qahramon nimani o'ylayotganini yoki his qilayotganini va bundan keyin nima sodir bo'lishi mumkinligini tushuntirib berishdan iborat.
@getpsychedup