𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
242 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Halo effekti

Halo effektiga eng sodda misol-yoqimtoy insonlarning ayni paytda aqilliroq va mehribonroq deb baholanishi.

🔎 Disney tomonidan yaratilagan multfilm qahramonlarining sifatlari so'rov tarzida bolalardan so'ralganida, xuddi shu hodisa-halo effekti kuzatilgan. Bolalar chiroyli ertak qahramonlarini mehribon, uning aksi bo'lsa yovuz deb ta'riflashgan.
"Sohibjamol va mahluq" multfilimini yaratishdan asosiy maqsad ham mahluq obrazida nafaqat mehribonlik, balki aql-zakovat obrazini yaratish va bu kamchiliklarga qisman barham berish edi.

@getpsychedup
#baxt
Hayotingizda mavjud va uningsiz o'zingizni tassavur eta olmaydigan 3 narsaga minnatdorchilik bildiring.
Ularni vaqti-vaqti bilan yozib yurish esa, umumiy salomatligingizga ijobiy ta'sir etadi.

✍
1.Uyg'onganimda men "uy" deb ataydigan joyning mavjudligidan minnatdorman.
2. Quyosh chiqishini ko'ra olganimdan minnatdorman.
3. Ota-onamga telefon qilib, ularning ovozini eshita olganimda minnatdorman.

Ular kattami yoki kichikligi muhim emas, muhimi ularning hayotingizda mavjudligi!


Nimani qadrlasangiz, u o'sadi 🌸
@getpsychedup
#EQ
Hissiy intellekt - bu o'z shaxsiy his-tuyg'ularini tushunish va hayotiy muammolarni samarali hal qilishda ularni boshqara olish qobiliyatidir.

IQ (Intellektual salohiyat) ko'pincha o'zimizga bog'liq bo'lmasligi mumkin, ammo EQ (Hissiy yetuklik)ni har qanday yoshda rivojlantira olishimiz mumkin.
#EQ
Miyaning emotsional qismi
Miyaning hissiy qismi bizning his-tuyg'ularimiz va hissiyotlarimiz uchun javobgardir, bu yerda sevgi va qayg'uni his qilamiz.
#EQ
Miyaning logik qismi
Miyaning bu qismi orqali muammolarni aniqlaymiz, tanlovlar o'rtasida qaror qabul qilamiz va bugun nima qilish kerakligini rejalashtiramiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EQ
Bir vaqtning o'zida miyaning logik va emotsional qismlarining birgalikda ishlashi uning yuqori darajadagi faoliyatini ta'minlasa-da, ba'zida miyaning faqatgina bir qismi faollikda bo'ladi.

Boshqalarni kuzatish va ularning miyasining qaysi sohasi faolligini sezish - hissiy intellektning zamiri hisoblanadi.

Quyidagi videoklipni tomosha qilib, miyaning qaysi qismi nisbatan ko'proq faollikdaligini ayta olasizmi?
O'z ish va rejalarini kechiktirmaydigan & kechiktiradiganlarning miya faoliyati 😉
@getpsychedup
‼️Hammamiz ham ba'zi paytlarda kerakli vazifalarni ortga suramiz, va ko'pincha talabalar bu borada ayniqsa ekspertlar hisoblanadi 🤓

Bu holatga qanday barham berish mumkin?

❗️Shunchaki Boshlang!
Besh daqiqa davomida kerakli topshiriqni o'z oldingizga qo'ying. Boshlash odatda eng qiyin qism hisoblanadi, ammo ishingizdagi natijani ko'ra boshlagach, o'zingizga bo'lgan ishonch ko'tariladi va ishingizni davom etishi osonlashadi.

❗️ Juda qiyin tuyulgan vazifani qismlarga bo'ling va ularni
birma-bir bajaring.

❗️ Bajarilishi kerak bo'lgan ishlar ro'yxatini tuzing, eng shoshilinch bo'lgan ishlarni birinchi o'ringa qo'ying, bajarilgan har bir topshiriq uchun o'zingizni mukofotlang.

Unutmang, biron bir ishni boshlash uchun alohida motivatsiya kerak emas, ko'pincha dastlabki 5 daqiqa urinishingizning o'zi kifoya, natijalarga o'zingiz guvoh bo'lasiz 😉
@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Test
Daniel Simons tomonidan taqdim etilgan DIQQAT kuchini aniqlash testi orqali o'zingizni sinab ko'ring.

Shart esa yagona: oq futbolka kiygan ishtirokchilar uzatgan to'plar sonini sanash!

@getpsychedup
#faktlar
Muntazam jismoniy mashqlar bilan me'yorga amal qilgan holda shug'ullanish:

✔️ kayfiyatni ko'tarishga yordam beradi;

✔️ Yengil yoki o'rtacha depressiya holatida bo'lgan odamlar uchun bu eng yaxshi yechim.
Ba'zi paytlardagi bezovtalikni his qilish- tabiiy holat, bu holatlarda quyidagi relaksatsiya usullarini sinab ko'ring:

🎈 Chuqur nafas olish:

Ko'zingizni yuming va besh soniya davomida buruningizdan qorin bo'shlig'iga qadar chuqur nafas oling. Ikki soniya ushlab turing, so'ng 5 soniya davomida sekin nafasni chiqaring. 10-15 marta takrorlang. Agar o'zingizni yomon his qilsangiz, sekinlik bilan to'xtatishingiz mumkin.

🎈 Kreativ taasurot:

Sokin joyda qulay tarzda o'tirib, ko'zingizni yumib buruningizdan nafas oling. O'zingizni xavfsiz, xotirjam va baxtli his etadigan sahnani yoki joyni tasavvur qiling. Havodan nafas olib, tovushlar va hidlarga e'tibor bering. Tana bo'shashganini his eting, taxminan 10 daqiqa davom eting.

🎈 Mashq qilish:

20-30 daqiqa mashq qilishingiz mumkin. Jismoniy mashqlar gormonlarni bo'shatish orqali stressga barham beradi.
#eksperiment/1998-yil
Qobilyat & urinish, mehnatni maqtash.

Bulardan qaysi biri bolalar kelajagi uchun samaraliroq?

Myuler va Carol Dweck "iqtidorni aniqlash" uchun mo'ljallangan savollarni 88 ta 5-sinf o'quvchilariga berdi.

3 ga bo'lingan guruhlarning 2 tasiga ijobiy natijalarni e'lon qilishda bunday deyildi:

💌 Bu muammolarni yechishda judayam aqilli ekansiz!

💌 Bu muammolarni yechishda ancha ter to'kibsiz!

❌ 3 guruhga esa hech qanday baxo berilmadi.

Keyin ularning barchasidan yana 2 xil: qiyin va oson darajadagi masalalar ustida ishlashni taklif qilishganida, qobilyati alohida maqtalgan guruh bolalarining yarmidan ko'pi oson savollarni olishni xohladi.
3-guruhning 30% bolalari

🧩 Urinishlari baxolangan guruhning 20% I oson savollarni afzal ko'rishdi.
@getpsychedup
🎁 Faqatgina ichki qobilyatni maqtash bolalarning erishishi mumkin bo'lgan potensiallarini cheklaydi. Ko'pincha, ular doimo aqilliligini isbotlashga harakat qilishadi. Muvaffaqiyatsizliklar esa ular uchun "o'ziga" berilgan baxo bo'lib qoladi.

🔑 Bolalarning urinishini qo'llab-quvvatlash esa muvaffaqiyatsizliklar urunishlarning muhim bir qismi ekanligini va ulardan nimadir o'rganish uchun imkoniyat ekanligini ko'rsatadi.
@getpsychedup
#faktlar
🍀 PARO-bu terapevtik robot, u tinchlantiruvchi ta'sirni ta'minlaydi, kasalxonalar va qariyalar uylarida bemorlarda ijobiy hissiy reaksiyani yuzaga keltirishda ishlatiladi.

Robot sezgir sensorlarga ega va ehtiyotkorlik bilan harakat qila oladi. Shuningdek, u tovushlarga va o'z ismiga javob beradi.

Ajablanish, quvonch va g'azab kabi his-tuyg'ularni namoyon eta oladi. Kun davomida faol va kechasi "uxlab qoladi".
@getpsychedup
#IQ test 1-rasm
bu shakllardan farqlisi A ekanligi ravshan!