π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
242 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
πŸ§˜β€β™€οΈ OΚ»zingizni va boshqalarni kechirish sizga ichki xotirjamlik baxsh etib, tunda yaxshi uxlashingiz uchun yordam beradi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu bolalarga quyidagicha tanlov berildi: mana 1 ta zefir bo'lagi
1.Uni darxol yeyish;
2.Ammo, agar 15 daqiqa kutsalar mukofot tariqasida 2 ta zefirga ega bo'lish....

Bu tadqiqotning tarixi: Dastlab 1972 yilda psixolog Uolter Mishel tomonidan bolalarning sabr qilish qobilyati keyinchalik muvaffaqiyatlar sababchisi bo'lishi mumkinmi degan savolga javob izladi.

Standford zefir eksperimenti uzoq yillar olib borgan kuzatishlari bolalardagi sabr qila olish qobilyati keyinchalik ham ularning hayotdagi har sohadagi muvaffaqiyatlarini ta'minlashini tasdiqladi.

@getpsychedup
#25-kadr

A dan Z ga qarab chiroyli tortilgan o'q ayni paytda kulayotgan yuz qiyofasini ifodalaydi va uning kuzatuvchisiga baxtni va keng qamrovlilikni( a dan z harfigacha barcha ashyolarni) qamrab olgan manbaligini his ettiradi.

Subliminal reklamalar, uning ta'siri faqat ba'zi odamlar va ba'zi holatlar bilan cheklanishiga qaramasdan, ko'plab mamlakatlarda ta'qiqlangan.

@getpsycheup
πŸ“Œ140 yil davomida yozilgan barcha mashxur maqolalarning 94%i yig'lab turishning foydali jihatlari haqida so'zlagan.

πŸ“Œ30 ta davlatda olib borilgan so'rovlarda odamlar yig'laganidan so'ng o'zini yengil his qilishligi haqida ma'lumotlar to'plangan.

πŸ“ŒAmmo, labaratoriya sharoitida olib borilgan tadqiqotlar buning aksini ko'rsatmoqda. Qayg'uli filmni tomosha qilgandan 1-2 daqiqa o'tib, yig'lagan ishtirokchilarning yurak urishi tezligi, qon bosimining ko'tarilishi va xafagarchilik hissi yuqoriligi qayd etilgan.
(Rottenberg 2008)

@getpsychedup
#noverbal muloqot
Faqatgina so'zlarning o'zi noto'g'ri talqin qilinishi mumkin. πŸ˜‰

Emojilar elektron xabarlar uchun noverbal muloqotni ta'minlaydi.

@getpsychedup
#eksperiment
O'zining Fun Theory tashabbusi doirasida Volkswagen tomonidan qo'llab-quvvatlangan ijtimoiy eksperimentda zinapoyalar to'plami ulkan klaviaturaga aylantirildi.

πŸ“Ά Eskalator o'rniga 66 foizdan ko'proq odamlar zinapoyalardan chiqishgan.

βœ… Ko'ngilochar elementlarni qo'shish orqali sog'lom alternativni tanlashga ilhomlantirish mumkin.

@getpsychedup
#baxt
Baxt - bu, biz g'amxo'rlik qiladigan va bizga g'amxo'rlik qiladigan odamlar bilan vaqt o'tkazish. Baxtning Eng Muhim Manbai sizning yoningizda o'tirgan inson bo'lishi mumkin.

Ularni qadrlang va birga o'tkazgan vaqtingizdan zavqlaningπŸ€—

@getpsychedup
#faktlar
Ishihara rang ajrata olmaslikni tekshirish uchun qo'llaniladigan test.

Rang ajrata olmaslikning eng keng tarqalgan ko'rinishi qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik (7-10% insonlar).

@getpsychedup
#faktlar

Tushkunlikka tushgan o'smirlar uchun hattoki o'z yotog'idan turish ham marafon kabi his qilinishi mumkin.

❗️O'smirlarning bu davrdagi "dangasaligi"- normal holat.

@getpsychedup
#idrok
Madaniy tafovutlar

Tadqiqotchilar Masuda va Nisbett (2001) amerikalik va yaponiyalik talabalardan rasmda ko'rgan narsalarni tasvirlashni so'ragan.

Ikkala guruh ham ravshan ko'rinib turgan narsalar to'g'risida (yorqin bo'yalgan va suzayotgan baliqlar), yaponiyalik talabalar esa orqa fondagi tasvirlar haqida ham ko'proq gapirishga va eslashga moyil bo'lishgan (ular qurbaqa va o'simliklarni ham eslab qolishgan).

@getpsychedup
#eksperiment
"Hech qachon kitobni muqovasiga qarab baholamang" - bu Carlsberg kompaniyasi yetkazgan xabari bo'ldi.

Aslida reklama sifatida boshlangan g'ayritabiiy ijtimoiy tajribada, juftliklar gavjum kinoteatrga kirib borishdi. 150 o'rindiqning ikkitasidan tashqari hammasi allaqachon to'lib bo'lgan. To'ldirilgan 148 o'rindiqni juda qo'pol va ko'cha bezorisi ko'rinishidagi erkak baykerlar egallab olishgan edi

Bunday vaziyatda siz nima qilardingiz?
Mavjud o'rindiqlardan birini olib, filmdan zavqlanasizmi yoki vaziyatdan butunlay voz kechasizmi?

Norasmiy eksperimentda juftliklarning ko'pchiligi voz kechib hatto norozilik bildirishdi, o'sha 2 ta joyni egallagan juftlik esa olomon tomonidan qo'llab-quvvatlanib, Carlsberg kompaniyasi egalari tomonidan mukofotlandi.

@getpsychedup
#faktlar
30 kun, bu hayotingizda siz istagan yangi odatni qo'shish yoki zararli odatdan voz kechish uchun kerakli vaqt. Shu vaqt davomida siz o'z komfort zonangizdan chiqa olsangiz, marra sizniki!

@getpsychedup
#altruizm
Altruizm–uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun oβ€˜z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi.

@getpsychedup
#altruizm
O'z buyraklaridan birini umuman notanish insonga jarrohlik operatsiyasi orqali bergan altruistlar haqida eshitganmisiz?
Ularni o'rgangan tadqiqotchilarning fikriga ko'ra ularning o'ziga xos xulq-atvori quyidagilar bilan izohlangan:

βœ… Ular boshqa odamlarning yuzdagi qo'rquvini tezroq o'qiy oladilar.

βœ… Miyadagi qo'rquv markazi-amigdala qismi ularda yuqori faollikda bo'lganligi sababli boshqalarning yuzidagi emotsiyalarini, qiyin ahvolda ekanligini tezda anglaydilar.

βœ… Va ularning amigdala miya qismi o'rtacha insonlarnikidan 8% kattalikda farq qilar ekan.

βœ… Ularning barcha insonlarni birday ko'rishi.

@getpsychedup
#atama
🎾 Moslashuvchanlik:

Shaxsning stress yoki qiyinchiliklarni yengishga moyilligi, koptok kabi orqaga qayta olishlik, chidamlilik qobilyati.

πŸ’ͺ Moslashuvchan insonlar fiziologik va psixologik kasalliklarga chalinish ehtimoli juda kam.
Ular hayotga nisbatan ijobiy qarashga ega, qiyinchilik va kamchiliklarni ijobiy tomondan yengib o'tadilar.

@getpsychedup