π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
242 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Yapon kichkintoylari "ra" va "la" tovushlarini bir-biridan ajratib aytishlari mumkin, ammo aksariyat yapon katta yoshdagi insonlar bunday qila olmaydi.

@getpsychedup
β– Yosh ulg'aygani sari insonlar uchun kamroq uyqu kerak bo'ladi - go'daklar kuniga 16 soatdan, 60 yoshdan oshgandan so'ng 7 soatdan kam.

Rendi Gardner insonning biron bir organizmni uyg'otib turuvchi dori-darmon vositadan foydalanmasdan, maqsadli uyqusizlikni eng uzoq vaqt davomida ilmiy tasdiqlangan rekordini saqlaydi

Gardner 264 soat (11 kun) uyg'oq turdi. Uzoq vaqt davomida uyqusizlik paranoyaga va hatto gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin, ammo vaqti-vaqti bilan uyqusizlik uzoq muddatli ziyon keltirmaydi.

Uyqu va uyg'onish vaqtlarini belgilab olish, uyqu gigeynasiga rioya qilishni unutmang!😊

@getpsychedup
#hayrli tong

πŸ“Alifbodan tasodifiy harfni tanlang.

🎈Keyin, siz tanlagan ushbu harf bilan boshlanuvchi siz minnatdor bo'lgan tanlovingiz haqida o'ylang.

🌹 Raxmat!

@getpsychedup
#kamalak

70% insonlar boshqalar tomonidan bildiriladigan tanqiddan cho'chib o'z muammolarini o'zida saqlashni afzal ko'rishadi.

🌈Kimningdir bulutida kamalak bo'lishga harakat qiling.
~Mayo Angelo

@getpsychedup
#tabassum /terapiya

Nevrologik nuqtai nazaridan, kimningdir tabassumiga qarab, biz baxtliroq bo'lar ekanmiz! πŸ€—

@getpsycheup
#savol
Musobaqada bronza medalini (uchinchi o'rin) yutgan sportchi kumush medalni (ikkinchi o'rin) qo'lga kiritgan sportchiga nisbatan o'z yutug'idan baxtiyorroq.
Anonymous Quiz
71%
To'g'ri
29%
Noto'g'ri
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#savol
Musobaqada bronza medalini (uchinchi o'rin) yutgan sportchi kumush medalni (ikkinchi o'rin) qo'lga kiritgan sportchiga nisbatan o'z yutug'idan baxtiyorroq.
#Ijtimoiy psixologiya

Biz tez-tez natijalarimizni "bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar" bilan taqqoslaymiz.
Bu kumush medal sovrindorini oltin medal bilan taqqoslashga olib keladi, bronza medali sovrindori esa umuman hech qanday medal yutib olish imkoniyatini taqqoslaydi.

@getpsychedup
BMT Bosh Assambleyasining 2012-yil 28-iyun kuni qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan sayyoramizdagi har bir insonning baxtga intilishini qoΚ»llab-quvvatlash maqsadida har yili 20-mart kuni Xalqaro baxt kuni nishonlanadi.

"Baxtli hayot kechirish uchun juda oz narsa kerak; hammasi sizning ichingizda, fikrlash tarzingizda."

@getpsychedup
πŸ”Ž Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, kitob mutoaalasi stress darajasini 68 foizga darajagacha kamaytirishi mumkin.

Musiqa tinglash, piyoda sayr qilish va bir piyola choy ichish kabi turli xil yordamchi usullarni sinab ko'rish paytida stress darajasi va yurak urish tezligi kuzatildi - ammo kitob o'qish miya va tanani stressdan xalos etishga yordam beradigan eng kuchli usulligicha qolaverdi.

@getpsychedup
O'zingiz bilan UCHINCHI SHAXSDA GAPLASHISH stress va xavotirni yengishga yordam beradi.
Bu esa HIS- TUYG'ULARINGIZNI boshqarishga ko'maklashadi.

@getpsychedup
Siz aksirganingizda insonlar: β€œSogΚ» boΚ»ling” deyishadi. Chunki aksirish davomida insonning yuragi bir millisoniyaga toΚ»xtaydi.

Yaqinlaringizga sogΚ» boΚ»ling deyishni unutmang.πŸ˜‰

@getpsychedup
#Plasebo effekti (ta'siri).

1996 yilda 56 ko'ngilli Trivarikain nomli yangi og'riq qoldiruvchi vositani sinash uchun o'tkazilgan tadqiqotda qatnashdi.

Har bir ishtirokchining bir ko'rsatkich barmog'iga sinovdan o'tayotgan yangi og'riq qoldiruvchi vosita surilgan, ikkinchisiga tegilmagan. Keyin ikkala ko'rsatkich barmog'ini og'riqli qisqichlarga siqib qo'yishdi. Ishtirokchilarning ta'kidlashicha, dori surilgan barmoq dori surilmagan barmog'iga qaraganda kamroq og'riqni his etgan.

Buning ajablanarli joyi yo'q, chunki Trivarikain aslida og'riq qoldiruvchi vosita bo'lmagan, umuman og'riq qoldiruvchi xususiyatga ega bo'lmagan "soxta eliksir" edi.

Talabalarni sohta dorining kuchiga ishonishiga nima undadi?

Javob esa plasebo effektida, dorilar, muolajalar va davolash usullari ta'sir ko'rsata olmaydigan va ko'pincha, mo'jizaviy ravishda odamlarning o'zini yaxshi his qilishiga yordam beruvchi vosita.

Placebo effekti, qon bosimi, yurak urishini o'zgartirishga va og'riqni kamaytiradigan kimyoviy moddalarning, masalan, endorfinlarning ajralib chiqarishga sababchi bo'lishi mumkin. Shuning uchun, yuqoridagi tadqiqot ishtirokchilari barmoqlaridagi og'riqning yengillashganini qayd etishdi.

Platsebolar, hatto adrenalin kabi stress gormonlarini kamaytirishi, bu esa kasallikning zararli ta'sirini sekinlashtirishi mumkin.
Ammo, bu ijobiy ta'sirlar vaqt o'tishi bilan so'nishi, yoki bemorning olishi lozim bo'lgan haqiqiy muolajasini ortga surishi mumkin.

@getpsychedup
#psixologik experiment, 2011

Dunyoning eng yaxshi skripkachisi hisoblangan Joshua Bell metro stansiyasida oddiy ko'cha musiqachisi qiyofasida 45 daqiqa davomida ijro etdi.
Bellning yonidan mingdan ortiq odam o'tib ketdi, atigi yetti kishi uning musiqasini tinglash uchun to'xtatdi, bir kishi uni tanidi.

Bu ba'zi paytlarda sekinlashish va kutilmagan joylarda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan go'zallikka e'tibor berish uchun yaxshi eslatma. πŸ˜‰

@getpsychedup
#daqiqa

1 daqiqa QUTB AYIG'I haqida o'ylamasdan tura olasizmi?

Uni qanchalik o'ylamaslikka harakat qilsangiz, shuncha ko'p xayolingizdan o'taveradi.
Qancha muzlatgichdagi shokoladga e'tibor bermaslikka intilsangiz, u shuncha sizni o'ziga tortadi. Siz o'zingizni nazoratda deb o'ylaysiz-u, ammo u sizni o'z izniga olgan.

Bu holat ko'pchiligimizga tanish, va ko'pincha qochib qutulmoqchi bo'lgan fikrlarimiz oq ayiqlar kabi beozor va sodda emas, ular og'riqli xotiralar yoki boshqa chalg'ituvchi o'y-hayollardan iborat bo'lishi mumkin.

@getpsychedup
Bu holatga duch kelganda:

☘️ Chalg'ituvchi, boshqa bir e'tiborni jal etuvchi obyekt tanlang: eng soddalaridan biri oq ayiq o'rniga to'q qizil mashina.

☘️ Sizni qiynayotgan fikrni kechiktirishga harakat qiling.

Ba'zi tadqiqotlar shuni aniqladiki, odamlardan kuniga yarim soat tashvishlanish uchun shunchaki vaqt ajratishni so'rash, kun davomida ularning dam olish paytida tashvishlanmasliklariga imkon bergan. Shunday qilib, keyingi safar istalmagan fikr paydo bo'lganida, o'zingizga: "Men kelasi chorshanba kuniga qadar bu haqda o'ylamayman" deb aytishga urinib ko'rishni taklif qiling.

☘️ Bu paytda bir vaqtning o'zida bir necha vazifalarni bajarishdan cheklaning.

☘️ Bevosita sizni qiynayotgan fikrlarni o'ylashingizga o'zingizga ruxsat berish.
To'g'ri bu ba'zi paytlarda og'ir bo'lishi mumkin, ammo agar siz o'zingiz chetlab o'tmoqchi bo'lgan narsangizni boshqariladigan uslubda o'ylashga imkon bersangiz, boshqa paytlarda bu fikrlarning qaytib kelish ehtimoli kamayadi.

@getpsychedup
πŸ§˜β€β™€οΈ OΚ»zingizni va boshqalarni kechirish sizga ichki xotirjamlik baxsh etib, tunda yaxshi uxlashingiz uchun yordam beradi.

@getpsychedup