π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
242 subscribers
920 photos
126 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Dunbar (1992; 1993) bizning ijtimoiy munosabatlarimizni olib borishimiz mumkin bo'lgan odamlar soni bo'yicha kognitiv (bilish) chegaramiz mavjud, deb ta'kidladi. Umumiy kelishuvga ko'ra 150 ga yaqin - biz faqat taxminan 150 kishini "chindan ham" bilamiz (aloqani saqlab turamiz va aloqada bo'la olamiz).

@getpsychedup
#faktlar

β– Olimlar yetti soatdan kam bo'lgan har qanday uyquni uyqusizlik deb hisoblashadi.

β–  Rivojlangan mamlakatlarda kattalarning uchdan ikki qismi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan tungi sakkiz soatlik uyquga rioya qila olmaydi.

β–  Tongda uyg'onishni afzal ko'rganlar, aholining 40 foizini tashkil qiladi. Kech uxlab va kech uyg'onishni afzal ko'rganlar esa taxminan 30% ni tashkil qiladi. Qolgan 30% ular orasida joylashgan.

β–  Hozirda 100 dan ortiq uyqusizlik turlarining tashxisi qo'yilgan, ulardan eng ko'p tarqalgani insomnia.

@getpsycheup
#Tasavvur qiling

Jinoiy to'daning ikki a'zosi hibsga olinib, qamoqqa olindi.

Har bir mahbus ikkinchisi bilan aloqa qilish uchun hech qanday sharoitga ega bo'lmagan holda qamoqda saqlanmoqda. Prokurorlarga juftlikni asosiy ayb bo'yicha ayblash uchun yetarlicha dalillar yetishmayapti, ammo ularning ikkalasini ham kichikroq ayblov bilan hukm qilish uchun yetarli dalillar mavjud. Shu bilan birga, prokurorlar har bir mahbusga kelishishni taklif qilishdi. Har bir mahbusga ikkinchisining jinoyat sodir etganligi to'g'risida guvohlik berish orqali boshqasiga sotqinlik qilish yoki jim turish orqali ikkinchi mahbus bilan hamkorlik qilish imkoniyati berildi.

Mumkin bo'lgan natijalar:

●Agar A va B har biri boshqasinini sotsa, ularning har biri ikki yil qamoqda o'tirishadi

●Agar A sotsa, lekin B sukut saqlasa, A ozod qilinadi va B uch yil qamoqda o'tiradi (va aksincha)

●Agar A va B ikkalasi sukut saqlasa, ikkalasi bir yil qamoqda o'tirishadi (kamroq ayblov bilan).

Sizningcha eng yaxshi tanlov qaysi?

@getpsychedup
Eng yaxshi kinoteatr bu sizning ongigizdadir.
Buni faqat yaxshi kitob o'qiyotgan odam biladi!

@getpsychedup
Bo'sh vaqtdan foydalanib kitoblar o'qing, bilingki har bir ishning o'z hikmati bor..
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#Tasavvur qiling Jinoiy to'daning ikki a'zosi hibsga olinib, qamoqqa olindi. Har bir mahbus ikkinchisi bilan aloqa qilish uchun hech qanday sharoitga ega bo'lmagan holda qamoqda saqlanmoqda. Prokurorlarga juftlikni asosiy ayb bo'yicha ayblash uchun yetarlicha…
"Mahbus dilemmasi"

Bunda nima uchun ikkita mutlaqo ratsional tanlov asosida (aqlga tayanib) ish ko'radigan shaxslar, garchi buni amalga oshirish ularning manfaatlariga mos kelsa ham hamkorlik qilmasliklari mumkinligini ko'rsatib beradi. Dastlab u Merrill Flood va Melvin Dresher tomonidan 1950 yilda tuzilgan.

"Mahbus dilemma"sida har bir kishi o'z imkoniyatida o'zini oqlash(tanazzul) va mas'uliyatlilik(hamkorlik) o'rtasida tanlovga ega.
Muvaffaqiyatning eng yaxshi natijasi ko'p tomonlama hamkorlikdir, ammo buni amalga oshirish qiyin, chunki har bir kishi bosh tortish orqali bir tomonlama foyda ko'radi.

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
...Har bir yangi kun bir imkoniyat. Agar hayotingizni yaxshi tarafga oβ€˜zgartirmoqchi boβ€˜lsangiz, ishoning bugun quyosh siz uchun bosh koβ€˜tardi...

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
β™‘ Ota va qiz.

Ushbu qisqa metrajli film 24 ta mukofotga sazovor bo'lgan, shu jumladan:
- Oskar / Eng yaxshi qisqa metrajli film

@getpsychedup
Yapon kichkintoylari "ra" va "la" tovushlarini bir-biridan ajratib aytishlari mumkin, ammo aksariyat yapon katta yoshdagi insonlar bunday qila olmaydi.

@getpsychedup
β– Yosh ulg'aygani sari insonlar uchun kamroq uyqu kerak bo'ladi - go'daklar kuniga 16 soatdan, 60 yoshdan oshgandan so'ng 7 soatdan kam.

Rendi Gardner insonning biron bir organizmni uyg'otib turuvchi dori-darmon vositadan foydalanmasdan, maqsadli uyqusizlikni eng uzoq vaqt davomida ilmiy tasdiqlangan rekordini saqlaydi

Gardner 264 soat (11 kun) uyg'oq turdi. Uzoq vaqt davomida uyqusizlik paranoyaga va hatto gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin, ammo vaqti-vaqti bilan uyqusizlik uzoq muddatli ziyon keltirmaydi.

Uyqu va uyg'onish vaqtlarini belgilab olish, uyqu gigeynasiga rioya qilishni unutmang!😊

@getpsychedup
#hayrli tong

πŸ“Alifbodan tasodifiy harfni tanlang.

🎈Keyin, siz tanlagan ushbu harf bilan boshlanuvchi siz minnatdor bo'lgan tanlovingiz haqida o'ylang.

🌹 Raxmat!

@getpsychedup
#kamalak

70% insonlar boshqalar tomonidan bildiriladigan tanqiddan cho'chib o'z muammolarini o'zida saqlashni afzal ko'rishadi.

🌈Kimningdir bulutida kamalak bo'lishga harakat qiling.
~Mayo Angelo

@getpsychedup
#tabassum /terapiya

Nevrologik nuqtai nazaridan, kimningdir tabassumiga qarab, biz baxtliroq bo'lar ekanmiz! πŸ€—

@getpsycheup
#savol
Musobaqada bronza medalini (uchinchi o'rin) yutgan sportchi kumush medalni (ikkinchi o'rin) qo'lga kiritgan sportchiga nisbatan o'z yutug'idan baxtiyorroq.
Anonymous Quiz
71%
To'g'ri
29%
Noto'g'ri
π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
#savol
Musobaqada bronza medalini (uchinchi o'rin) yutgan sportchi kumush medalni (ikkinchi o'rin) qo'lga kiritgan sportchiga nisbatan o'z yutug'idan baxtiyorroq.
#Ijtimoiy psixologiya

Biz tez-tez natijalarimizni "bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar" bilan taqqoslaymiz.
Bu kumush medal sovrindorini oltin medal bilan taqqoslashga olib keladi, bronza medali sovrindori esa umuman hech qanday medal yutib olish imkoniyatini taqqoslaydi.

@getpsychedup