𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
250 subscribers
908 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
“Ozorlama shirin joningni”

Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre bo‘lgan italyalik yozuvchi Pitigrilli qalamiga mansub asar nomi keltirilgan.

Asar mazmunini uning nomidan ham taxmin qilish mumkin. Bir qarashda “hayotga yengil qarash” mazmuni o‘qiladi. Lekin kitobga chuqurroq kirib borsangiz bunday emasligini tushunasiz.

Pitigrilli bu asarda insonning o‘z hayotini qanday qilib, ko‘pincha o‘zi murakkablashtirishini satirik va kinoyali tarzda ochib beradi.

Meni kim yoki nima ranjitishi mumkin? Aslida, ul zot o‘zim emasmi?

Biror gap yoki voqea menga qattiq ta’sir qilishi uchun, eng avvalo, men unga ma’lum darajada hissiy ma’no yuklashim kerak bo’ladi. Chunki voqeaning o‘zi bilan mening unga yuklaydigan mazmunim har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi.

Boris Pasternak’ning shu so’zlariga e’tibor bering:

“Har kuni sog‘ligimizga zarar yetkazmasdan siqilib bo‘lmaydi. Bizning asab tizimimiz bo‘sh qobiq emas. U tolalardan iborat jonli mavjudotdir. Unga yetkazilgan zo‘ravonliklar jazosiz qolmaydi”.

Ko‘pgina muammolar va tashvishlarimiz vaqtni behuda sarflashdir. Hatto ishdan bo‘shatish yoki munosabatlarning uzilishi ham qattiq siqilishga arzimaydi. Bu – har kuni millionlab kishilar hayotida sodir bo‘ladi. Kelgusida yangi ish, yangi do‘st ham bo‘ladi. Eskilaridan ham yaxshiroq!


@pslog
👍8
Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi.

Biroq “eng munosibini” kutarkanmiz, ba’zi fursatlarni shunchaki qo‘ldan boy berishimiz mumkin.

Sylvia Plathning «Shisha Fonus» asaridagi anjir metaforasi bizga shuni eslatadi:

Munosib tanlovni kutishning o‘zi ham bir tanlov.

Ehtimol, hayot qusursizini kutishdan emas,
qusurlari bilan bo‘lsa-da, dadil bir qadam tashlashdan boshlanar. 🦋🍀

@pslog
👍4❤2
“Nega menda shunaqa boʻlyapti?”
“Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?”
“Menga qachon o'rgatishadi?”
“Kim qovun tushurdi?”

“Shu va shunga o‘xshash savollarni hech o‘zingizga berib ko‘rganmisiz?”

SOS. Yuqoridagi savollarni emas, to'g'ri savollarni berish orqali “ayblash epidemiyasi”dan halos bo'lish, shikoyat qilish va ishlarni ortga surishni bas qilib shaxsiy javobgarlikni qo'lga olish va jabrdiydalikdan xalos bo’lish yo'llarini ko'rsatadi.

John G. Miller kitobda shunday deydi:

Xotirjamlik duosi haqida allaqachon eshitgan boʻlsangiz kerak:
“Xudoyim, menga oʻzim oʻzgartira olmaydigan narsalarni qabul qilish uchun xotirjamlik, oʻzgartira oladigan narsalarim uchun jasorat va farqini anglash uchun zakovat ber.”


Ushbu duo esa barchamiz uchun SOS talqini boʻla oladi:

Tangrim, menga oʻzim oʻzgartira olmaydigan odamlarni qabul qilish uchun xotirjamlik, oʻzgartira oladigan yagona insonim uchun jasorat va oʻsha inson oʻzim ekanligimni anglash uchun zakovat ber!”

@pslog
👍5
Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak…

Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yaxshi tanish bo‘lmaganlar ko‘pincha shunday taxmin qilishar ekan. Chunki Ahmad Yassaviy, Aziz Mahmud Xudoiy kabi ulug‘ insonlarning nurli hayotini hikoya qilgan asarlar muallifini tasavvur qilishganda, uni allaqachon bu dunyoni tark etgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylasharkan.

Kuni kecha esa Toshkentda shu muhtaram yozuvchi — Fotih Duman bilan uchrashish menga ham nasib etdi. Uchrashuvdan esa dastxat bitilgan ajoyib bir kitob ham go’zal xotira bo‘lib qoldi.

Fotih Dumanning eng mashhur asarlaridan biri — “Men. Bas qil, ey nafs”. Asar insonning nafs tilidan hikoya qilinadi. Unda insonning o‘z nafsi bilan kechadigan murosasiz kurashi, ichki ziddiyatlari va ruhiy olami tasvirlanadi.

«Devona» asarini esa hali o‘qib ulgurmadim. Biroq unda yoritilgan mavzu bilan oz-moz tanishishimning o‘ziyoq kitobga mehr qo‘yishim uchun kifoya qildi.

Tadbirni tashkil etgan Nasim Kutub jamoasiga ushbu go‘zal uchrashuv uchun alohida tashakkur!
❤5