O‘tmishda (va ajab emaski, hozir ham) san’atdan yiroq odamlar adashib ko‘rgazmaga kirib qolishsa...
“Bu yerga tarvuz rasmini ilish kimning xayoliga kelibdi o‘zi?” “Menimcha, bu biroz g'alati…”
“Bu kampirning rasmini chizib nima qilishibdi, nimasi chiroyli buning?”
“Rasmni qo‘ya tur, romi yomonmas ekan…”
“Shu ham ko‘rgazmami? Odamlarni chuv tushirishning yangi usuli — qani qovun, qani tarvuz?”
“Bu rasm aniq Rembrandtniki bo‘lsa kerak!” “Qayerdan bildingiz?” “Qara, hamma narsa eski-tuski — demak uniki!”
“Bu mevalar negadir juda jonsiz ko‘rinadi…” “Axir ‘natyurmort’ deyishadi-ku — jonsiz bo‘ladi-da!”
“Ilgari 'surat osilgan joyga farishtalar kirmaydi’ deb qo‘rqitishardi… Endi esa odamlar o‘zlari ham kirmay qo‘yishibdi, shekilli.”
🔖 Ramiz Gökçe (1900-1953) ning "Akbaba" karikaturalaridan
@pslog

👍5❤3🔥1
Mutolaa Premium’dagi kitoblarni o‘qish va tinglashni boshladim.
Bu platformaning menga eng yoqqan jihati — o‘rganganlarimni test sinovlari orqali mustahkamlash imkoniyati bo‘ldi.
Haqiqatan ham kitobxonlar uchun juda yaxshi platforma ekan…

⚡6👍2❤1
Muhabbat hamisha g‘amxo‘rlik ekani onaning bolaga mehr-muhabbatida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Ona go‘dagiga g‘amxo‘rlik qilmasa, vaqtida oziqlantirib, oq yuvib, oq taramasa, ertayu kech atrofida girdikapalak bo‘lmasa, chaqalog‘ini jonidan ortiq ko‘rishiga bizni hech vaqo ishontira olmaydi; va aksincha, mehribon onaning mehr-u muhabbati cheksiz ekaniga hech qachon shubhalanmaymiz. Hatto o‘simliklar va jonivorlarga mehru shafqat ham shunday munosabatni taqozo etadi. Agar ayol gullarni sevishini da’vo qilsayu aslida ularni sug‘orish ham xayolidan faromush bo‘layotganini ko‘rsak, uning "muhabbati"ga ishonmaymiz. Muhabbat – mehrimiz tushgan odamga g‘amxo‘rlik qilish, hayoti va farovonligidan manfaatdorlikni bildiradi. Shunday faol g‘amxo‘rliksiz muhabbat yo‘q.
Erix Fromm "Sevgi san'ati"
@pslog
Erix Fromm "Sevgi san'ati"
@pslog
❤12👍3🤔2🔥1
"Inson vayronkorligining anatomiyasi" 📖
Bu kitob shunday savol bilan boshlanadi:
Bor-budimdan ayrilgan kunim, mendan nima qoladi?
https://azizapulatova.medium.com/yaratmaydigan-inson-yoq-qiluvchi-7eaa8352c02d 🔗

Medium
“Yaratmaydigan inson – yo’q qiluvchi”
Erix Fromm’ning "Inson vayronkorligining anatomiyasi" nomli kitobiga taqriz
👍6❤1
✨"Psixeya" – Hans Kristian Anderson✨
Kattalar uchun yozilgan chuqur ma'noli ertak. Yozuvchi bu hikoyani yaratishda qadimgi yunon mifologiyasidagi Psixeya obrazidan ilhom olgan.
Voqea Rimda, mashhur rassom Rafael va buyuk haykaltarosh Mikelanjelo yashagan davrda kechadi. Kambag'al va iste’dodli bir haykaltaroshning boshdan kechirganlari, o'y-fikrlari bayon qilingan. U bitish arafasidagi haykallarini parchalar, hech qachon oʻz ishidan mamnun boʻlmas ekan.
Bir kuni u nihoyatda go‘zal bir qizni uchratadi. Qizning siymosi uning qalbiga muhrlanadi va unga ilhom beradi. U o‘sha qiz obrazida mukammal go‘zallik timsoli bo‘lgan haykal yaratadi.
Odamlar bu haykalni ko‘rib, hayratda qolishadi. Ammo ular faqat uning tashqi go‘zalligini ko‘rib, haykal ortidagi haqiqiy go‘zallik va san’atning asl mohiyatini anglashmaydi.
Haykaltarosh tuproqqa aylanadi, unutiladi.

"Psixeya esa abadiy yashaydi."
@pslog
👍3❤2
“Dorian Greyning portreti” romanining psixoanalitik tahlili
Bu asar bizni ko'zguga tez-tez razm tashlashga undaydi. Faqat tashqi ko‘rinishimizni epaqaga solish uchun emas, balki ichkarida kim yashayotganini ko‘rish uchun.
🪞O'zingizga bir savol berib ko‘ring: sizning portretingiz hozir qanday ko‘rinishda?
@pslog
Bu asar bizni ko'zguga tez-tez razm tashlashga undaydi. Faqat tashqi ko‘rinishimizni epaqaga solish uchun emas, balki ichkarida kim yashayotganini ko‘rish uchun.
🪞
@pslog
❤6🕊1
Alif — HOZIR. Barcha o‘tmish va kelajak oqibatlarini o‘zida mujassam etgan hozirgi lahza. (Paulo Koelo)
🌱 "Alif" — boshlanish ramzi bo‘lib, insonning o‘zini qayta kashf etishi va yangi yo‘lga qadam qo‘yishini anglatadi. ✨

Alif — Paulo Koelo
Alif — Paulo Koelo “Alif" — Paulo Koeloning avtobiografik asaridir. 9288 km uzoqlik sayohatga yo’l olgan yozuvchini taqdir “tasodifan” turkiyalik Hilol ismli qiz bilan …
❤4
Do’stim
Do’stim, men sira ko’ringanim kabi emasman…
Egnimdagi bu libos — meni sening savollaringdan qo’riqlash, seni esa mening beparvoligimdan asrash uchun ataylab tikilgan bir libos, xolos.
İchimdagi “men”, do’stim, sukunat uyida yashar, u bir umr o’sha yerda – ko'zdan uzoqlarda, olislarda qolib ketadi.
Sendan so’zlarimga ham, harakatlarimga ham ishonishingni so’ramayman. Chunki so’zlarim — sendagi fikrlarning aks-sadosi, harakatlarim esa sening istaklaring in’ikosi, xolos.
Mabodo sen menga: “Shamol g‘arbga qarab esyapti”, desang, men ham “Ha, g‘arbga qarab esyapti”, deyman. Chunki ruhim shamollar qo’ynida emas, balki dengizning bir tubida yashashini bilishingni xohlamayman.
Sen mening teran tushunchalarimni anglay olmaysan, men ham bunga umidvor emasman. Men dengizda tanxo qolishni istayman.
Sen asl haqiqatni, go’zallikni, to’g’rilikni yaxshi ko'rasan. Men ham, bu seni quvontirar deya, ularga qo’shilaman. Biroq, sen yoqtiradigan narsalarga ichimda kulgim keladi. Kulganimni ham ko’rmasang deyman. Men o’zim bilan o’zim kulishni xohlayman.
Do’stim, sen yaxshisan, o’qimishli, aqlli va bekamu ko'stsan. Men ham sen bilan aqilli va o’qimishli kishidek suhbatlashyapman. Lekin shuni unutmaki, men telbaman. Yagona telaba faqat o’zim bo’lishini xohlayman.
Do’stim, sen menga do’st emassan; Faqat buni senga qanday tushuntirib bersam ekan, bilmayapman. Aslida ikkimizning yo’limiz boshqa-boshqa, lekin bizlar qo’l ushlashib yuribmiz.
Halil Gibran "The Madman"

❤6
Intellektual salohiyati(IQ ko’rsatkichi) o’ta past darajada tug’ilgan Charli Gordon insonlarning fikrlash darajasini jarrohlik yordamida o‘stirish ustida izlanayotgan tadqiqotda qatnashish "baxti"ga muyassar bo’ladi. Bu tajriba Eljernon ismli labaratoriya sichqonchasida ham sinab ko’rilgan va ijobiy natija ko’rsatgan edi.
Tadqiqotga ilmiy jihatdan olamshumol kashfiyot sifatida qaralmoqda edi. Toki Eljernonda regressiya(ortga qaytish) kuzatilguniga qadar…
Qiziq, Charlini ham shunday taqdir kutayotganmikan?
"Eljernonga atalgan gullar" asari tahlili

"Evrilish" – bu bir kuni ertalab uyg’onib, o’zini tushunarsiz tarzda ulkan hashorotga aylanganiga guvoh bo’lgan Gregor Zamza haqidagi jo’ngina bir hikoya emas.
Kafkaning bu asari, tashqaridan mehrga o‘xshab ko‘ringan, ammo aslida manfaat tugashi bilan parchalanadigan munosabatlarning qorong'i yuziga chiroq tutadi.
Franz Kafka Gregor Zamzaning jismida yuz bergan evrilish orqali boshqa insonlarning ham “evrilishini”, ya’ni asl basharalarini ochib beradi.
Asardagi eng achinarli holat, Gregorning qo’ng’izga aylanib qolishi emas, eng achinarlisi, uning inson sifatidagi qadr-qimmati oyog’osti bo’lishidir.
Avvaliga unga achinganlar, ko’p vaqt o’tmay undan uyalishni, qo’rqishni va nihoyat, usiz hayot zahmatsizroq bo’lishini o’ylay boshlaydi. Gregorning xonasi asta-sekin qafasga o'xshab borarkan, aslida uning ruhi ham ko‘z o‘ngimizda chirishni boshlaydi. Gregor oilasi uchun tinmay ishlab pul topadi, oilasini boqadi, ularning kam-ko’stini qoplaydi. U ishlab pul topgan vaqtda hamma unga muhtoj bo'ladi. Lekin, u ishlamay qolgach mehrni, hurmatni va hatto o’z insoniy o'rnini ham yo‘qotadi. O’z oilasi undan yuz o’giradi. Kafka dahosi aynan shu yerda namoyon bo‘ladi: hikoyada tasvirlangan “kushanda” aslida Gregorning jismi emas, balki insonni insonga nisbatan tobora hissizlashtirib qo'yayotgan bir dunyodir.
Kitobni o’qir ekansiz, faqat Gregorga rahmingiz kelmaydi, qaysidir nuqtada o’z hayotingiz haqida ham qayg’urishga tushasiz. “Bir kuni men ham hech kimga keraksiz bo’lib qolsam nima qilaman?”, “Bu dunyoda meni chin dildan seva oladigan inson bormi?” kabi og’ir savollar ichida beixtiyor ko’mila boshlaydi bu kitobda inson. Ming afsuski, Kafkada bu savollarga javob yo’q. U bizni shunchaki o’z sukunatimiz qurshovida yolg’iz qoldiradi.
Aslida har birimizning ichimizda atrofdagilar tomonidan tushunilmaslikdan qo’rqadigan, boshqalarga og’ir yuk bo’lib qolishdan cho’chiydigan va bir kunmas bir kun unutilib ketishidan tashvishga tushadigan Gregor Zamza yashaydi.
Kafka esa inson ruhining ushbu nozik va og‘riqli kechinmalarini shunchalik sof va yalang‘och holda tasvirlaydiki, asarni yakunlagach, siz oddiy bir hikoya voqealari ichiga emas, balki butun inson borlig‘ining eng chuqur, eng nozik va ayni paytda eng qorong‘i qatlamlari haqida chuqur o‘y va mulohazalar ichiga g‘arq bo‘lasiz.

❤5❤🔥4😍2
«Yosh Verterning iztiroblari»
Ushbu roman Sturm and Drung («Bo’ron va hujum») nomli adabiy yo’nalishning eng sara na’munalaridan biri sifatida 18-asr nemis jamiyatidagi illatlarni qalamga oladi. Verter tabiatga cheksiz muhabbat bilan qaraydigan, hissiyotlarni aqldan ustun qo’yadigan “yosh zukko” arxetipdir. Lotta esa sevinch va tashvish uyg’unligi, oila va ‘kundalik hayot tashvishlari’ning ramzi hisoblanadi. Albert bo’lsa, aql, o’lchov va jamiyat bong urayotgan ovozdir. Bu uchlik shunchaki “sevgi hikoyasi” qahramonlari emas. Wahlheim vodiysidagi tabiat va qishloqdagi insonlar «pokiza» tuyg’ularni, saroy muhiti esa beshafqat burjuaziyani lupa shishasidek bo’rttirib ko’rsatadi.
Asarni o'qir ekansiz, Verterning toshqin tug’yonlari girdobida oqayozishingiz, Lottaning osoyishta haroratini his etishingiz va Albertning dono fikrlari bilan o'rtoqlashishingiz mumkin.
Davomini o'qish

Gyotening ehtirosga boy shoh asari
❤4
"Kambag'allar" F. M. Dostoyevskiy
Ruhiy kambag'allik haqidagi asar
Siz ham bu kitobni o‘qiganmisiz? Fikr va taassurotlaringizni yozib qoldiring!

“Kambag’allar” — Dostoyevskiyning ilk yirik asarida inson ruhiyati tasviri
“Kambag’allar” — Dostoyevskiyning ilk yirik asarida inson ruhiyati tasviri Fyodor Dostoyevskiyning ushbu asari — “Kambag’allar”, haqiqatdan ham bir qarashda …
❤7
Arab yozuvchisi Jubron Xalil Jubrondan iqtiboslar
Ular uygʻoq holda menga derlarki, “Sen va sen ichida yashayotganing dunyo ulkan dengizning ulkan qirgʻogʻidagi qum zarrasidan boʻlak hech narsa emas”. Men esa uxloq holda ularga deymanki, “Ulkan dengiz menman, butun olam qirgʻogʻimdagi qum zarrasidan boʻlak hech narsa emas”.
***
Faqatgina bir bor javob topolmay qolganman – “Sen kimsan?” deb soʻrashganida.
***
Tangrining birinchi oʻylagani malak boʻldi.
Tangrining birinchi soʻylagani odam boʻldi.
***
Eslamoq – visolning bir koʻrinishidir.
Kechirimli boʻlmoq esa – erkning.
***
Par toʻshakda uxlaydiganlarning tushlari yerda uxlaydiganlarning tushlaridan goʻzalroq boʻlmasligini bilgan holda, hayot adolatiga qanday shubha qilishim mumkin?
***
Insonning tasavvuri va erishganlari oʻrtasida masofa mavjudki, uni yolgʻizgina ishtiyoq bilan bosib oʻtsa boʻladi.
***
Insonning qadri nimalarga erishgani bilan emas, nimalarga erishishga bel bogʻlagani bilan oʻlchanadi.
***
Qachonki oʻzing ismini bilmaydigan baxtga intizor ekansan va qachonki oʻzing boisini bilmaydigan gʻussaga giriftor ekansan, demak barcha oʻsadigan narsalar singari sen ham oʻsayotgan, ulugʻvorroq oʻzliging sari yuksalayotgan boʻlasan.
***
Haqiqat har doim anglanadi, goh-gohidagina tilga olinadi.
***
Koʻplab taʼlimotlar xuddiki deraza oynasiga oʻxshaydi: ular orqali haqiqatni koʻrishimiz mumkin, ammo ayni vaqtda ular bizni haqiqatdan ajratib ham turadi.
***
Daraxtlar — zaminning osmonga bagʻishlagan sheʼrlari. Biz esa ularni yiqitamiz, qogʻozga aylantiramiz hamda oʻz valdirashlarimiz bilan toʻldiramiz.
***
Soʻzning umri boqiy. Soʻzlasang ham, yozsang ham soʻzning umri boqiyligini anglab soʻzla va yoz.
***
Kuylayotganing goʻzallik qoʻshigʻi boʻlsa, kimsasiz sahro oʻrtasida esang-da tinglaguvchi topiladi.
***
Ayolning kichik xatolariga koʻz yuma olmaydigan erkak uning buyuk fazilatlaridan ham hech qachon rohatlana olmaydi.
***
Faqat devonalar va daholargina odamzod yaratgan qoidalarni buza oladilar va shu ikkisigina xudoga yaqinroqdir.
***
Qaroqlaridagi nafrat oʻtini dudoqlaridagi kulimsa bilan xaspoʻshlashga urinadigan kishidan ahmogʻi boʻlmasa kerak.
***
Hayotning magʻziga yeta olsang, na bir kazzobdan yuqori va na biror avliyodan quyi oʻrinda emasligingni anglaysan.
***
Tafakkuri oqsoqqa emas, oyogʻi oqsoq kishiga; qalbi soʻqirga emas, koʻzi soʻqir odamga achinishing naqadar gʻalati?
***
Qoʻltiqtayogʻini gʻanimining boshiga urib sindirmagani choʻloqning oqilligidan dalolat.
***
Barchamiz mahbuslarmiz, faqatgina baʼzilarimizning boʻlmalarimizda deraza bor, baʼzilarimiznikida esa yoʻq.
***
Birov ustingdan kulsa, unga achinishing mumkin; ammo sen birovning ustidan kulsang, oʻzingni hech qachon kechira olmaysan. Birov senga ozor yetkizsa, uni esdan chiqarishing mumkin; ammo sen birovga ozor yetkizsang, hech qachon esingdan chiqara olmaysan. Aslida sendan kulgan ham, seni injitgan ham birovning tanasidagi hassos oʻzligingdir.
***
Inju – qum zarrasining sirtida dard otligʻ meʼmor bino etgan ibodatxonadir. Xoʻsh, bizning tanimizmi qaysi tuygʻu, qaysi zarraning sirtida bunyod etgan ekan?
***
Jannat mana shu yerda, anavi eshikning ortida, keyingi xonada; faqatgina men xona kalitini yoʻqotib qoʻydim. Ehtimol, men yoʻqotgan yagona narsa shu boʻlsa kerak.
📖 “Qum va koʻpik” kitobidan,
Shohrux Usmonov tarjimasi

❤5🔥2
Millionlab oʻquvchilar qalbini zabt etgan mutaxassis psixolog Xadicha Kubro Tongar bu kitobda qalbingizning eng nozik nuqtalariga yetib boradigan ona oʻpichidek shifo vaʼda qiladi va sog'lom munosabatlar sari yetaklaydi.
Kitob tahlili: https://azizapulatova.medium.com/sen-onang-kabi-emassan-50b5e9b09e17

Tasavvur qiling, noma'lum kishidan maktub oldingiz... Uning ichida “Sen kimsan?”, “Dunyo qanday paydo bo’lgan?” degan savollar yozilgan.
Ushbu kitob qahramoni Sofiyaga ham shunday sirli maktublar keladi. Shu va shunga o’xshash falsafiy savollar uni chuqur mushohada qilishga undaydi. U o’zining aslida kimligini, nima uchun tirikligini va bu olamda mavjudligini so’roqqa tuta boshlaydi.
https://azizapulatova.medium.com/sofiyaning-dunyosi-falsafa-tarixiga-sayohat-f7ea9b9e8ac4

❤5