🪄 Agar oddiy bir ishga:
● ma’no bag'ishlasangiz
● ijod mahsulingizni qo‘shsangiz
● boshqalarga hissiyot ulashsangiz
hatto paypoq kiyish ham kichik san’at shakliga aylanishi mumkin 😉
📍 Otaturk madaniyat markazi ichida joylashgan AKM kutubxonasi san'atsevar tadqiqotchilar va san'at ixlosmandlari uchun ana shunday ilhomlantiruvchi kitoblarga boy ekan.
@pslog

🥰5❤3👍1
Hayot misoli bir hikoya; uning uzoqligi emas, balki ma’no-mazmuni ko’proq muhim. (Seneka)
J. K. Rowling 2008-yilda Garvard Universiteti bitiruvchilariga nutq so’zlash uchun taklif etilganda, u shaxsan o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan ikki mavzu haqida gapirishga qaror qilgandi: omadsizliklarning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni.
https://medium.com/@pulatovaaziza/gozal-hayot-1ffc155987fb
Medium
Go’zal hayot
omadsizlikning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni
❤5👍2
Bog‘lanish nazariyasining asoschisi John Bowlby ham o‘zini anglash istagida bo‘lganmikan?
Insonlar nega psixolog bo‘lishadi yoki nega ma’lum bir nazariyaga asos solishadi?
Edison lampochkani ixtiro qilgani bilan Bowlby’ning bu nazariyani yaratishi o‘rtasida qandaydir ichki bog‘liqlik bormikan?
To‘rt yoshgacha otasi parvarishida bo‘lgan, keyin esa tashlab ketilgan bola qalbida paydo bo‘lgan ajralish hissi kelajakda shunday nazariyaga asos bo‘lishini kim o‘ylabdi deysiz?
Bog‘lanish nazariyasining yana bir muhim vakili Mary Ainsworth edi. Uning onasi qizining ta’limiga katta e’tibor bergan, hatto uch yoshida o‘qishni o‘rganishiga yordam bergan. Ammo ular orasida hissiy yaqinlik yetishmagan. Qizig‘i shundaki, bir-biridan bexabar holda bu nazariyani rivojlantirgan ikki olimning taqdirida umumiylik bor edi — hissiy aloqa yetishmagan bolalik.
Davomi bu yerda:
https://medium.com/@pulatovaaziza/nur-ortidan-375c148cc3eb

❤3👍3
“Muvaffaqiyat – eng mushkul lahzalarda omon qolish – hayotning ma’nosini topish qobiliyatimizga bog’liq”
"Ma'no izlayotgan odam" — Viktor Emil Frankl
@pslog
"Ma'no izlayotgan odam" — Viktor Emil Frankl
@pslog
❤🔥4👍3
#hikoya
Muso va cho'pon
Muso payg‘ambar bir yaylovdan o‘tayotganida bir cho‘ponga duch keladi.
Cho‘pon Xudoga nola qilib der edi:
“Ey Xudojon, sen qayerdasan, kel, sochlaringni tarayin, chorig‘laringni tikayin, naki o‘z jonim, balki qo‘ylarim, farzandlarim ham senga fido bo‘lsin. Qayerdasan, borib dastyoring bo‘lsam, sut qaymog‘im bilan qorningni to‘ydirayin, boshing og‘risa, boshingni silayin, yuz-qo‘lingdan o‘payin, oyoqlaringni uqalayin…"
Muso buni eshitib, cho‘ponni koyiydi:
“Ey ahmoq, kofir bo‘lding, Xudoning chorig‘i ham, to‘ni ham yo‘q, u yemaydi, ichmaydi, Uni o‘zingga o‘xshatma. U go‘yo quyosh, sen bir chivin…”
Cho‘pon Musoning bu gapidan qattiq xafa bo‘ladi va jimib qoladi.
Shunda Parvardigori olamdan Musoga vahiy keladi:
“Ey Muso, nima qilding, bandamizni bizdan ayirding, qo‘y aytsin, sen bandalarning dilini Parvardigorga ulash uchun yuborilgansan, ajratib tashlash uchun emas. Biz har odamga, har bir elga o‘z darajasida, o‘z tilida muhabbat izhor etish uchun imkon berdik. Hindlarni hind tilida, sindlarni sind istilohida so‘zlatdik”.
Cho‘ponning so‘zlari juda to‘pori, sodda. Cho‘pon Xudoni o‘ziga o‘xshatib tasavvur etadi. Ammo uning so‘zlari, muhabbati soxta emas, tama’, g‘arazga asoslanmagan. U bor-budini Xudo yo‘lida sarflashga tayyor. Albatta, yurakdan aytilgan gaplar qanday tilda bo‘lmasin aytuvchining sadoqatini ifodalaydi.
“Shuning uchun ham bir kishining og‘zidan asaldek to‘kilgan so‘z, boshqa birovning qulog‘iga zahardek tuyulishi mumkin”, dedi Shams Tabrizi.
“Holbuki, Alloh so‘zga emas, niyatga qaraydi.”
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan

Oshiqning shariati ham, mazhabi ham Allohdir.
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan
@pslog
❤9👍2
O‘tmishda (va ajab emaski, hozir ham) san’atdan yiroq odamlar adashib ko‘rgazmaga kirib qolishsa...
“Bu yerga tarvuz rasmini ilish kimning xayoliga kelibdi o‘zi?” “Menimcha, bu biroz g'alati…”
“Bu kampirning rasmini chizib nima qilishibdi, nimasi chiroyli buning?”
“Rasmni qo‘ya tur, romi yomonmas ekan…”
“Shu ham ko‘rgazmami? Odamlarni chuv tushirishning yangi usuli — qani qovun, qani tarvuz?”
“Bu rasm aniq Rembrandtniki bo‘lsa kerak!” “Qayerdan bildingiz?” “Qara, hamma narsa eski-tuski — demak uniki!”
“Bu mevalar negadir juda jonsiz ko‘rinadi…” “Axir ‘natyurmort’ deyishadi-ku — jonsiz bo‘ladi-da!”
“Ilgari 'surat osilgan joyga farishtalar kirmaydi’ deb qo‘rqitishardi… Endi esa odamlar o‘zlari ham kirmay qo‘yishibdi, shekilli.”
🔖 Ramiz Gökçe (1900-1953) ning "Akbaba" karikaturalaridan

👍5❤3🔥1
Mutolaa Premium’dagi kitoblarni o‘qish va tinglashni boshladim.
Bu platformaning menga eng yoqqan jihati — o‘rganganlarimni test sinovlari orqali mustahkamlash imkoniyati bo‘ldi.
Haqiqatan ham kitobxonlar uchun juda yaxshi platforma ekan…

⚡6👍2❤1
Muhabbat hamisha g‘amxo‘rlik ekani onaning bolaga mehr-muhabbatida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Ona go‘dagiga g‘amxo‘rlik qilmasa, vaqtida oziqlantirib, oq yuvib, oq taramasa, ertayu kech atrofida girdikapalak bo‘lmasa, chaqalog‘ini jonidan ortiq ko‘rishiga bizni hech vaqo ishontira olmaydi; va aksincha, mehribon onaning mehr-u muhabbati cheksiz ekaniga hech qachon shubhalanmaymiz. Hatto o‘simliklar va jonivorlarga mehru shafqat ham shunday munosabatni taqozo etadi. Agar ayol gullarni sevishini da’vo qilsayu aslida ularni sug‘orish ham xayolidan faromush bo‘layotganini ko‘rsak, uning "muhabbati"ga ishonmaymiz. Muhabbat – mehrimiz tushgan odamga g‘amxo‘rlik qilish, hayoti va farovonligidan manfaatdorlikni bildiradi. Shunday faol g‘amxo‘rliksiz muhabbat yo‘q.
Erix Fromm "Sevgi san'ati"
@pslog
Erix Fromm "Sevgi san'ati"
@pslog
❤12👍3🤔2🔥1
"Inson vayronkorligining anatomiyasi" 📖
Bu kitob shunday savol bilan boshlanadi:
Bor-budimdan ayrilgan kunim, mendan nima qoladi?
https://azizapulatova.medium.com/yaratmaydigan-inson-yoq-qiluvchi-7eaa8352c02d 🔗

“Yaratmaydigan inson – yo’q qiluvchi”
Erix Fromm’ning "Inson vayronkorligining anatomiyasi" nomli kitobiga taqriz
👍6❤1
✨"Psixeya" – Hans Kristian Anderson✨
Kattalar uchun yozilgan chuqur ma'noli ertak. Yozuvchi bu hikoyani yaratishda qadimgi yunon mifologiyasidagi Psixeya obrazidan ilhom olgan.
Voqea Rimda, mashhur rassom Rafael va buyuk haykaltarosh Mikelanjelo yashagan davrda kechadi. Kambag'al va iste’dodli bir haykaltaroshning boshdan kechirganlari, o'y-fikrlari bayon qilingan. U bitish arafasidagi haykallarini parchalar, hech qachon oʻz ishidan mamnun boʻlmas ekan.
Bir kuni u nihoyatda go‘zal bir qizni uchratadi. Qizning siymosi uning qalbiga muhrlanadi va unga ilhom beradi. U o‘sha qiz obrazida mukammal go‘zallik timsoli bo‘lgan haykal yaratadi.
Odamlar bu haykalni ko‘rib, hayratda qolishadi. Ammo ular faqat uning tashqi go‘zalligini ko‘rib, haykal ortidagi haqiqiy go‘zallik va san’atning asl mohiyatini anglashmaydi.
Haykaltarosh tuproqqa aylanadi, unutiladi.

"Psixeya esa abadiy yashaydi."
@pslog
👍3❤2
“Dorian Greyning portreti” romanining psixoanalitik tahlili
Bu asar bizni ko'zguga tez-tez razm tashlashga undaydi. Faqat tashqi ko‘rinishimizni epaqaga solish uchun emas, balki ichkarida kim yashayotganini ko‘rish uchun.
🪞O'zingizga bir savol berib ko‘ring: sizning portretingiz hozir qanday ko‘rinishda?
@pslog
Bu asar bizni ko'zguga tez-tez razm tashlashga undaydi. Faqat tashqi ko‘rinishimizni epaqaga solish uchun emas, balki ichkarida kim yashayotganini ko‘rish uchun.
🪞
@pslog
❤6🕊1
Alif — HOZIR. Barcha o‘tmish va kelajak oqibatlarini o‘zida mujassam etgan hozirgi lahza. (Paulo Koelo)
🌱 "Alif" — boshlanish ramzi bo‘lib, insonning o‘zini qayta kashf etishi va yangi yo‘lga qadam qo‘yishini anglatadi. ✨

Alif — Paulo Koelo
Alif — Paulo Koelo “Alif" — Paulo Koeloning avtobiografik asaridir. 9288 km uzoqlik sayohatga yo’l olgan yozuvchini taqdir “tasodifan” turkiyalik Hilol ismli qiz bilan …
❤4
Do’stim
Do’stim, men sira ko’ringanim kabi emasman…
Egnimdagi bu libos — meni sening savollaringdan qo’riqlash, seni esa mening beparvoligimdan asrash uchun ataylab tikilgan bir libos, xolos.
İchimdagi “men”, do’stim, sukunat uyida yashar, u bir umr o’sha yerda – ko'zdan uzoqlarda, olislarda qolib ketadi.
Sendan so’zlarimga ham, harakatlarimga ham ishonishingni so’ramayman. Chunki so’zlarim — sendagi fikrlarning aks-sadosi, harakatlarim esa sening istaklaring in’ikosi, xolos.
Mabodo sen menga: “Shamol g‘arbga qarab esyapti”, desang, men ham “Ha, g‘arbga qarab esyapti”, deyman. Chunki ruhim shamollar qo’ynida emas, balki dengizning bir tubida yashashini bilishingni xohlamayman.
Sen mening teran tushunchalarimni anglay olmaysan, men ham bunga umidvor emasman. Men dengizda tanxo qolishni istayman.
Sen asl haqiqatni, go’zallikni, to’g’rilikni yaxshi ko'rasan. Men ham, bu seni quvontirar deya, ularga qo’shilaman. Biroq, sen yoqtiradigan narsalarga ichimda kulgim keladi. Kulganimni ham ko’rmasang deyman. Men o’zim bilan o’zim kulishni xohlayman.
Do’stim, sen yaxshisan, o’qimishli, aqlli va bekamu ko'stsan. Men ham sen bilan aqilli va o’qimishli kishidek suhbatlashyapman. Lekin shuni unutmaki, men telbaman. Yagona telaba faqat o’zim bo’lishini xohlayman.
Do’stim, sen menga do’st emassan; Faqat buni senga qanday tushuntirib bersam ekan, bilmayapman. Aslida ikkimizning yo’limiz boshqa-boshqa, lekin bizlar qo’l ushlashib yuribmiz.
Halil Gibran "The Madman"

❤6
Intellektual salohiyati(IQ ko’rsatkichi) o’ta past darajada tug’ilgan Charli Gordon insonlarning fikrlash darajasini jarrohlik yordamida o‘stirish ustida izlanayotgan tadqiqotda qatnashish "baxti"ga muyassar bo’ladi. Bu tajriba Eljernon ismli labaratoriya sichqonchasida ham sinab ko’rilgan va ijobiy natija ko’rsatgan edi.
Tadqiqotga ilmiy jihatdan olamshumol kashfiyot sifatida qaralmoqda edi. Toki Eljernonda regressiya(ortga qaytish) kuzatilguniga qadar…
Qiziq, Charlini ham shunday taqdir kutayotganmikan?
"Eljernonga atalgan gullar" asari tahlili

"Evrilish" – bu bir kuni ertalab uyg’onib, o’zini tushunarsiz tarzda ulkan hashorotga aylanganiga guvoh bo’lgan Gregor Zamza haqidagi jo’ngina bir hikoya emas.
Kafkaning bu asari, tashqaridan mehrga o‘xshab ko‘ringan, ammo aslida manfaat tugashi bilan parchalanadigan munosabatlarning qorong'i yuziga chiroq tutadi.
Franz Kafka Gregor Zamzaning jismida yuz bergan evrilish orqali boshqa insonlarning ham “evrilishini”, ya’ni asl basharalarini ochib beradi.
Asardagi eng achinarli holat, Gregorning qo’ng’izga aylanib qolishi emas, eng achinarlisi, uning inson sifatidagi qadr-qimmati oyog’osti bo’lishidir.
Avvaliga unga achinganlar, ko’p vaqt o’tmay undan uyalishni, qo’rqishni va nihoyat, usiz hayot zahmatsizroq bo’lishini o’ylay boshlaydi. Gregorning xonasi asta-sekin qafasga o'xshab borarkan, aslida uning ruhi ham ko‘z o‘ngimizda chirishni boshlaydi. Gregor oilasi uchun tinmay ishlab pul topadi, oilasini boqadi, ularning kam-ko’stini qoplaydi. U ishlab pul topgan vaqtda hamma unga muhtoj bo'ladi. Lekin, u ishlamay qolgach mehrni, hurmatni va hatto o’z insoniy o'rnini ham yo‘qotadi. O’z oilasi undan yuz o’giradi. Kafka dahosi aynan shu yerda namoyon bo‘ladi: hikoyada tasvirlangan “kushanda” aslida Gregorning jismi emas, balki insonni insonga nisbatan tobora hissizlashtirib qo'yayotgan bir dunyodir.
Kitobni o’qir ekansiz, faqat Gregorga rahmingiz kelmaydi, qaysidir nuqtada o’z hayotingiz haqida ham qayg’urishga tushasiz. “Bir kuni men ham hech kimga keraksiz bo’lib qolsam nima qilaman?”, “Bu dunyoda meni chin dildan seva oladigan inson bormi?” kabi og’ir savollar ichida beixtiyor ko’mila boshlaydi bu kitobda inson. Ming afsuski, Kafkada bu savollarga javob yo’q. U bizni shunchaki o’z sukunatimiz qurshovida yolg’iz qoldiradi.
Aslida har birimizning ichimizda atrofdagilar tomonidan tushunilmaslikdan qo’rqadigan, boshqalarga og’ir yuk bo’lib qolishdan cho’chiydigan va bir kunmas bir kun unutilib ketishidan tashvishga tushadigan Gregor Zamza yashaydi.
Kafka esa inson ruhining ushbu nozik va og‘riqli kechinmalarini shunchalik sof va yalang‘och holda tasvirlaydiki, asarni yakunlagach, siz oddiy bir hikoya voqealari ichiga emas, balki butun inson borlig‘ining eng chuqur, eng nozik va ayni paytda eng qorong‘i qatlamlari haqida chuqur o‘y va mulohazalar ichiga g‘arq bo‘lasiz.

❤5❤🔥4😍2