Aslida insonni dunyoda tutib
turguvchi katta kuch – bu uning ertangi kunga bo'lgan ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi, ya'ni ishonchi yo'qolsa, u uchun hamma narsa ma'nisiz bo'lib qoladi.
Anchagina taniqli bastakor va libretto yozuvchisi bo'lgan keksa yoshli hamrohim F. bir kuni menga shunday dedi: "Doktor, sizga bir narsani aytmoqchiman. G'alati bir tush ko'rdim. Tushimda bir ovoz menga nimani xohlasam o'shani so‘rashim mumkinligini, bilmoqchi bo'lgan narsamni bor-yog'i aytishni, har qanday savolga javob berishini aytdi. Men nimani so'raganimni bilasizmi? Urush men uchun qachon tugashini so‘radim. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz: aynan men uchun! Qachon konslagerdan qutulishimizni, azoblarimizga qachon nuqta qo'yilishini bilishni istamadim.”
– "Xo'sh, bu tushni qachon ko'rdingiz?" deya so'radim.
– "1945-yilning fevralida,” deb javob berdi. U tushini aytib berganda mart oyi boshlari edi.
– "Tushingizdagi ovoz sizga qanday javob berdi?”
– “30-mart,” deb pichirladi, xuddi buni birovdan yashirmoqchi bo‘lgandek.
F. bu tushni menga so'zlab berganda ko'zlarida umid uchquni porlab turar va tushida ko'rganlari haqiqat bo'lib chiqishiga ishonardi.
Ammo va’da qilingan kun yaqinlashgani sari, konslagerga oqib kelayotgan urush haqidagi xabarlar o‘sha kuni ozodlik berilishiga bizda shubha tug'dirdi.
29-mart kuni F. to'satdan og'irlashib yotib qoldi va isitmasi ko'tarila boshladi. O'zi uchun urush va azoblar poyoniga yetishi kerak bo'lgan kun, ya'ni 30-mart kuni, u hushidan ketib yiqildi. 31-mart kuni esa vafot etdi. Tibbiy sabablarga ko'ra, u Tif isitmasidan o'ldi.
Insonning ruhiy ahvoli — unda matonat va umidning bor-yo‘qligi — bilan tananing immun tizimi o'rtasida qanchalik yaqin bog'liqlik mavjudligini bilgan inson, umid va matonatning birdan so'nishi insonni jar yoqasiga olib borishi mumkinligini yaxshi tushunsa kerak. Do‘stimni bu dunyodan kasallik emas, umidsizlik va og‘ir ruhiy tushkunlik olib ketdi. U kutgan ozodlik kelmadi. Bu esa tanasining ichkarida yashirinib yotgan tifus infeksiyasiga qarshi kurashish qobiliyatini birdan susaytirib yubordi. Ertangi kunga bo'lgan ishonchi va yashash istagi so'ngan zahoti, tanasi ham kasallikka yengildi.
Man's Search for Meaning, Viktor. E. Frankl
@pslog

👍4❤2💔1😭1
🪄 Agar oddiy bir ishga:
● ma’no bag'ishlasangiz
● ijod mahsulingizni qo‘shsangiz
● boshqalarga hissiyot ulashsangiz
hatto paypoq kiyish ham kichik san’at shakliga aylanishi mumkin 😉
📍 Otaturk madaniyat markazi ichida joylashgan AKM kutubxonasi san'atsevar tadqiqotchilar va san'at ixlosmandlari uchun ana shunday ilhomlantiruvchi kitoblarga boy ekan.

🥰5❤3👍1
Hayot misoli bir hikoya; uning uzoqligi emas, balki ma’no-mazmuni ko’proq muhim. (Seneka)
J. K. Rowling 2008-yilda Garvard Universiteti bitiruvchilariga nutq so’zlash uchun taklif etilganda, u shaxsan o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan ikki mavzu haqida gapirishga qaror qilgandi: omadsizliklarning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni.
https://medium.com/@pulatovaaziza/gozal-hayot-1ffc155987fb
Medium
Go’zal hayot
omadsizlikning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni
❤5👍2
Bog‘lanish nazariyasining asoschisi John Bowlby ham o‘zini anglash istagida bo‘lganmikan?
Insonlar nega psixolog bo‘lishadi yoki nega ma’lum bir nazariyaga asos solishadi?
Edison lampochkani ixtiro qilgani bilan Bowlby’ning bu nazariyani yaratishi o‘rtasida qandaydir ichki bog‘liqlik bormikan?
To‘rt yoshgacha otasi parvarishida bo‘lgan, keyin esa tashlab ketilgan bola qalbida paydo bo‘lgan ajralish hissi kelajakda shunday nazariyaga asos bo‘lishini kim o‘ylabdi deysiz?
Bog‘lanish nazariyasining yana bir muhim vakili Mary Ainsworth edi. Uning onasi qizining ta’limiga katta e’tibor bergan, hatto uch yoshida o‘qishni o‘rganishiga yordam bergan. Ammo ular orasida hissiy yaqinlik yetishmagan. Qizig‘i shundaki, bir-biridan bexabar holda bu nazariyani rivojlantirgan ikki olimning taqdirida umumiylik bor edi — hissiy aloqa yetishmagan bolalik.
Davomi bu yerda:
https://medium.com/@pulatovaaziza/nur-ortidan-375c148cc3eb

❤3👍3
“Muvaffaqiyat – eng mushkul lahzalarda omon qolish – hayotning ma’nosini topish qobiliyatimizga bog’liq”
"Ma'no izlayotgan odam" — Viktor Emil Frankl
@pslog
"Ma'no izlayotgan odam" — Viktor Emil Frankl
@pslog
❤🔥4👍3
#hikoya
Muso va cho'pon
Muso payg‘ambar bir yaylovdan o‘tayotganida bir cho‘ponga duch keladi.
Cho‘pon Xudoga nola qilib der edi:
“Ey Xudojon, sen qayerdasan, kel, sochlaringni tarayin, chorig‘laringni tikayin, naki o‘z jonim, balki qo‘ylarim, farzandlarim ham senga fido bo‘lsin. Qayerdasan, borib dastyoring bo‘lsam, sut qaymog‘im bilan qorningni to‘ydirayin, boshing og‘risa, boshingni silayin, yuz-qo‘lingdan o‘payin, oyoqlaringni uqalayin…"
Muso buni eshitib, cho‘ponni koyiydi:
“Ey ahmoq, kofir bo‘lding, Xudoning chorig‘i ham, to‘ni ham yo‘q, u yemaydi, ichmaydi, Uni o‘zingga o‘xshatma. U go‘yo quyosh, sen bir chivin…”
Cho‘pon Musoning bu gapidan qattiq xafa bo‘ladi va jimib qoladi.
Shunda Parvardigori olamdan Musoga vahiy keladi:
“Ey Muso, nima qilding, bandamizni bizdan ayirding, qo‘y aytsin, sen bandalarning dilini Parvardigorga ulash uchun yuborilgansan, ajratib tashlash uchun emas. Biz har odamga, har bir elga o‘z darajasida, o‘z tilida muhabbat izhor etish uchun imkon berdik. Hindlarni hind tilida, sindlarni sind istilohida so‘zlatdik”.
Cho‘ponning so‘zlari juda to‘pori, sodda. Cho‘pon Xudoni o‘ziga o‘xshatib tasavvur etadi. Ammo uning so‘zlari, muhabbati soxta emas, tama’, g‘arazga asoslanmagan. U bor-budini Xudo yo‘lida sarflashga tayyor. Albatta, yurakdan aytilgan gaplar qanday tilda bo‘lmasin aytuvchining sadoqatini ifodalaydi.
“Shuning uchun ham bir kishining og‘zidan asaldek to‘kilgan so‘z, boshqa birovning qulog‘iga zahardek tuyulishi mumkin”, dedi Shams Tabrizi.
“Holbuki, Alloh so‘zga emas, niyatga qaraydi.”
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan

Oshiqning shariati ham, mazhabi ham Allohdir.
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan
@pslog
❤9👍2
O‘tmishda (va ajab emaski, hozir ham) san’atdan yiroq odamlar adashib ko‘rgazmaga kirib qolishsa...
“Bu yerga tarvuz rasmini ilish kimning xayoliga kelibdi o‘zi?” “Menimcha, bu biroz g'alati…”
“Bu kampirning rasmini chizib nima qilishibdi, nimasi chiroyli buning?”
“Rasmni qo‘ya tur, romi yomonmas ekan…”
“Shu ham ko‘rgazmami? Odamlarni chuv tushirishning yangi usuli — qani qovun, qani tarvuz?”
“Bu rasm aniq Rembrandtniki bo‘lsa kerak!” “Qayerdan bildingiz?” “Qara, hamma narsa eski-tuski — demak uniki!”
“Bu mevalar negadir juda jonsiz ko‘rinadi…” “Axir ‘natyurmort’ deyishadi-ku — jonsiz bo‘ladi-da!”
“Ilgari 'surat osilgan joyga farishtalar kirmaydi’ deb qo‘rqitishardi… Endi esa odamlar o‘zlari ham kirmay qo‘yishibdi, shekilli.”
🔖 Ramiz Gökçe (1900-1953) ning "Akbaba" karikaturalaridan

👍5❤3🔥1
Mutolaa Premium’dagi kitoblarni o‘qish va tinglashni boshladim.
Bu platformaning menga eng yoqqan jihati — o‘rganganlarimni test sinovlari orqali mustahkamlash imkoniyati bo‘ldi.
Haqiqatan ham kitobxonlar uchun juda yaxshi platforma ekan…

⚡6👍2❤1
Muhabbat hamisha g‘amxo‘rlik ekani onaning bolaga mehr-muhabbatida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Ona go‘dagiga g‘amxo‘rlik qilmasa, vaqtida oziqlantirib, oq yuvib, oq taramasa, ertayu kech atrofida girdikapalak bo‘lmasa, chaqalog‘ini jonidan ortiq ko‘rishiga bizni hech vaqo ishontira olmaydi; va aksincha, mehribon onaning mehr-u muhabbati cheksiz ekaniga hech qachon shubhalanmaymiz. Hatto o‘simliklar va jonivorlarga mehru shafqat ham shunday munosabatni taqozo etadi. Agar ayol gullarni sevishini da’vo qilsayu aslida ularni sug‘orish ham xayolidan faromush bo‘layotganini ko‘rsak, uning "muhabbati"ga ishonmaymiz. Muhabbat – mehrimiz tushgan odamga g‘amxo‘rlik qilish, hayoti va farovonligidan manfaatdorlikni bildiradi. Shunday faol g‘amxo‘rliksiz muhabbat yo‘q.
Erix Fromm "Sevgi san'ati"
@pslog
Erix Fromm "Sevgi san'ati"
@pslog
❤12👍3🤔2🔥1
"Inson vayronkorligining anatomiyasi" 📖
Bu kitob shunday savol bilan boshlanadi:
Bor-budimdan ayrilgan kunim, mendan nima qoladi?
https://azizapulatova.medium.com/yaratmaydigan-inson-yoq-qiluvchi-7eaa8352c02d 🔗

“Yaratmaydigan inson – yo’q qiluvchi”
Erix Fromm’ning "Inson vayronkorligining anatomiyasi" nomli kitobiga taqriz
👍6❤1
✨"Psixeya" – Hans Kristian Anderson✨
Kattalar uchun yozilgan chuqur ma'noli ertak. Yozuvchi bu hikoyani yaratishda qadimgi yunon mifologiyasidagi Psixeya obrazidan ilhom olgan.
Voqea Rimda, mashhur rassom Rafael va buyuk haykaltarosh Mikelanjelo yashagan davrda kechadi. Kambag'al va iste’dodli bir haykaltaroshning boshdan kechirganlari, o'y-fikrlari bayon qilingan. U bitish arafasidagi haykallarini parchalar, hech qachon oʻz ishidan mamnun boʻlmas ekan.
Bir kuni u nihoyatda go‘zal bir qizni uchratadi. Qizning siymosi uning qalbiga muhrlanadi va unga ilhom beradi. U o‘sha qiz obrazida mukammal go‘zallik timsoli bo‘lgan haykal yaratadi.
Odamlar bu haykalni ko‘rib, hayratda qolishadi. Ammo ular faqat uning tashqi go‘zalligini ko‘rib, haykal ortidagi haqiqiy go‘zallik va san’atning asl mohiyatini anglashmaydi.
Haykaltarosh tuproqqa aylanadi, unutiladi.

"Psixeya esa abadiy yashaydi."
@pslog
👍3❤2
“Dorian Greyning portreti” romanining psixoanalitik tahlili
Bu asar bizni ko'zguga tez-tez razm tashlashga undaydi. Faqat tashqi ko‘rinishimizni epaqaga solish uchun emas, balki ichkarida kim yashayotganini ko‘rish uchun.
🪞O'zingizga bir savol berib ko‘ring: sizning portretingiz hozir qanday ko‘rinishda?
@pslog
Bu asar bizni ko'zguga tez-tez razm tashlashga undaydi. Faqat tashqi ko‘rinishimizni epaqaga solish uchun emas, balki ichkarida kim yashayotganini ko‘rish uchun.
🪞
@pslog
❤6🕊1
Alif — HOZIR. Barcha o‘tmish va kelajak oqibatlarini o‘zida mujassam etgan hozirgi lahza. (Paulo Koelo)
🌱 "Alif" — boshlanish ramzi bo‘lib, insonning o‘zini qayta kashf etishi va yangi yo‘lga qadam qo‘yishini anglatadi. ✨

Alif — Paulo Koelo
Alif — Paulo Koelo “Alif" — Paulo Koeloning avtobiografik asaridir. 9288 km uzoqlik sayohatga yo’l olgan yozuvchini taqdir “tasodifan” turkiyalik Hilol ismli qiz bilan …
❤4