Yoshlikda xorijiy til o'rganish nima uchun osonroq kechishi va ravonroq bo'lishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Shimuvchi miya, ruhiy embrion va uy sharoitida Montessori ta'lim metodini qo'llash haqida bilmoqchi bo'lsangiz:
Kitob: The Montessori Method
Muallif: Dr Maria Montessori
Kitob taqrizi: https://azizapulatova.medium.com/montessori-talim-metodi-0e4a69720b28

5❤7👍2
Har bir buyum ortida o’tmishga oid bir hikoya mavjud bo’ladi. Orhan Pamuk aytganidek,
Avvalroq ham Ma'sumiyat Muzeyi romani haqida o'qigan bo'lsangiz kerak. Yaqinda ushbu roman katta ekranga chiqarildi...
https://azizapulatova.medium.com/muzeyga-muxrlangan-muhabbat-hikoyasi-ekranlashtirildi-41000355e4f4
@pslog
“Biron-bir buyumni qo’limizga olganimizda, ayni paytda bir tarix parchasini yoki hikoyani hovuchimizda tutayotgan bo’lamiz.”
Avvalroq ham Ma'sumiyat Muzeyi romani haqida o'qigan bo'lsangiz kerak. Yaqinda ushbu roman katta ekranga chiqarildi...
https://azizapulatova.medium.com/muzeyga-muxrlangan-muhabbat-hikoyasi-ekranlashtirildi-41000355e4f4
@pslog
10❤5🤩1😘1
Aflotun'ning Apologiya asari haqida
Aristofan o'z asarida Suqrotning pul evaziga talabalarga dars o'tayotganini, ularning ongini buzayotganini yozadi. Suqrot esa kimgadir aql o'rgatish uchun o'zini yetarli bilimga ega emas deb hisoblardi.
Yunon faylasufi Platon tomonidan yozilgan ushbu asarda Suqrot ba’zi insonlarning nafratiga duchor bo’lgani va oxir-oqibatda zaharlab o'ldirilgani haqida hikoya qilinadi.
https://azizapulatova.medium.com/apologiya-suqrotni-himoya-qilish-aa61b6d23972

Medium
“Apologiya — Suqrotni himoya qilish”
Aflotunning shu nomli asari haqida
❤5🎉3
"To seni topgunimcha"
Jojo Moyes
Hayotning ikir-chikirlari Lou’dan so’raladi. Avtobus bekati bilan uy orasida necha qadam yo’l bor? U ishlayotgan qahvaxonaga kelib-ketuvchi insonlar qanday hayot kechirishadi? Yorqin yashil ko’ylak bilan qaysi rangli paypoq kiyish kerak? Unda bu savollarning barchasiga javob bor. Baxt bilan orasi bir qadam bo’lgan kichikinagina dunyosida u bilmagan yagona narsa — hayotning mushkulroq savol va javoblar bilan to’laligi…
Motohalokatga uchrab nogironga aylangan Will anchadan buyon hayotning murakkab savollari qarishisida qolgan. Boshqalarning kayfiyatini ko’taruvchi oddiy narsalar unga oz bo’lsayam huzur bermay qo’ygan. Qurshovidagi ranglar birdan kulrang tusga kirgan va shunday umidsizlik ichida qolgan pallada birdan-bir chora o’z hayotiga nuqta qo’yish, degan qarorga kelgan.
Hayotda mo’jizalarning borligiga ishonmasangiz, yana bir bor o’ylab ko’ring…
https://azizapulatova.medium.com/gamxo-rlik-bahosi-2013-yildagi-nashri-534d98cb99f9

5❤5👍2🤩1
Iste’dod… bu so’zni eshitganimizda, aqlimizga faqat ijobiy fikrlar keladi.
Psixoterapevt Alice Miller bu so’zning zamiridagi yashirin haqiqatni “Iste’dodli Bolakayning Dramasi”("The Drama of the Gifted Child") nomli kitobida ochib beradi.
Psixoterapevt nima uchun aynan shu kasbni, haykaltarosh nega aynan haykaltaroshlikni, shifokor nega shifokor bo’lishni tanlagani haqida hech o’y surib ko’rganmisiz?
🔗 Kitob taqrizi

❤5👍1
"Mona Liza Tabassumi” filmiga taqriz
"Mona Lisa tabassumi” filmi 1950-yillarda yashagan amerikalik qizlar hayoti haqida hikoya qiladi. Aqlli, kelajagi porloq va yaxshi ta’lim olgan bu qizlar litseyni bitirgach, nufuzli universitetlardan birida o‘qishni davom ettirish o‘rniga na’munali uy bekasi bo‘lishni orzu qilishadi. Hatto bundan boshqacha hayotni tasavvur qilgan yoki o‘z yo‘lini izlashga jur’at qilgan kishilarni tanqid nishoniga aylantirashadi...
Miss Watson esa ayol kishining hayotdagi eng oliy maqsadi oʻzini nozik bir gul singari kuchli bir erkakning qo’liga tutqazish emas, aksincha, o‘z ichidagi kuch-qudratni kashf etish va shu kuch bilan o‘z hayotini barpo qilishdan iboratligiga ishonadi...
https://medium.com/@pulatovaaziza/ularda-hamma-narsa-bor-edi-u-esa-bundan-koprog-ini-ko-rsatdi-5e3c0103cdf0

Ularda hamma narsa bor edi, u esa bundan ko’prog’ini ko’rsatdi…
“Mona Liza Tabassumi” filmiga taqriz
❤6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir yilingizni yangi bir joy ko'rmasdan, yangi narsalar o'rganmasdan yakunlamang, iltimos!
Yangi joylar, yangi insonlar sizga bu cheksiz olamni tanitadi va asl ko'zingiz ana shunda ochildi. ✨📚
— Ilber Ortayli

❤4👍4
Aslida insonni dunyoda tutib
turguvchi katta kuch – bu uning ertangi kunga bo'lgan ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi, ya'ni ishonchi yo'qolsa, u uchun hamma narsa ma'nisiz bo'lib qoladi.
Anchagina taniqli bastakor va libretto yozuvchisi bo'lgan keksa yoshli hamrohim F. bir kuni menga shunday dedi: "Doktor, sizga bir narsani aytmoqchiman. G'alati bir tush ko'rdim. Tushimda bir ovoz menga nimani xohlasam o'shani so‘rashim mumkinligini, bilmoqchi bo'lgan narsamni bor-yog'i aytishni, har qanday savolga javob berishini aytdi. Men nimani so'raganimni bilasizmi? Urush men uchun qachon tugashini so‘radim. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz: aynan men uchun! Qachon konslagerdan qutulishimizni, azoblarimizga qachon nuqta qo'yilishini bilishni istamadim.”
– "Xo'sh, bu tushni qachon ko'rdingiz?" deya so'radim.
– "1945-yilning fevralida,” deb javob berdi. U tushini aytib berganda mart oyi boshlari edi.
– "Tushingizdagi ovoz sizga qanday javob berdi?”
– “30-mart,” deb pichirladi, xuddi buni birovdan yashirmoqchi bo‘lgandek.
F. bu tushni menga so'zlab berganda ko'zlarida umid uchquni porlab turar va tushida ko'rganlari haqiqat bo'lib chiqishiga ishonardi.
Ammo va’da qilingan kun yaqinlashgani sari, konslagerga oqib kelayotgan urush haqidagi xabarlar o‘sha kuni ozodlik berilishiga bizda shubha tug'dirdi.
29-mart kuni F. to'satdan og'irlashib yotib qoldi va isitmasi ko'tarila boshladi. O'zi uchun urush va azoblar poyoniga yetishi kerak bo'lgan kun, ya'ni 30-mart kuni, u hushidan ketib yiqildi. 31-mart kuni esa vafot etdi. Tibbiy sabablarga ko'ra, u Tif isitmasidan o'ldi.
Insonning ruhiy ahvoli — unda matonat va umidning bor-yo‘qligi — bilan tananing immun tizimi o'rtasida qanchalik yaqin bog'liqlik mavjudligini bilgan inson, umid va matonatning birdan so'nishi insonni jar yoqasiga olib borishi mumkinligini yaxshi tushunsa kerak. Do‘stimni bu dunyodan kasallik emas, umidsizlik va og‘ir ruhiy tushkunlik olib ketdi. U kutgan ozodlik kelmadi. Bu esa tanasining ichkarida yashirinib yotgan tifus infeksiyasiga qarshi kurashish qobiliyatini birdan susaytirib yubordi. Ertangi kunga bo'lgan ishonchi va yashash istagi so'ngan zahoti, tanasi ham kasallikka yengildi.
Man's Search for Meaning, Viktor. E. Frankl

👍4❤2💔1😭1
🪄 Agar oddiy bir ishga:
● ma’no bag'ishlasangiz
● ijod mahsulingizni qo‘shsangiz
● boshqalarga hissiyot ulashsangiz
hatto paypoq kiyish ham kichik san’at shakliga aylanishi mumkin 😉
📍 Otaturk madaniyat markazi ichida joylashgan AKM kutubxonasi san'atsevar tadqiqotchilar va san'at ixlosmandlari uchun ana shunday ilhomlantiruvchi kitoblarga boy ekan.

🥰5❤3👍1
Hayot misoli bir hikoya; uning uzoqligi emas, balki ma’no-mazmuni ko’proq muhim. (Seneka)
J. K. Rowling 2008-yilda Garvard Universiteti bitiruvchilariga nutq so’zlash uchun taklif etilganda, u shaxsan o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan ikki mavzu haqida gapirishga qaror qilgandi: omadsizliklarning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni.
https://medium.com/@pulatovaaziza/gozal-hayot-1ffc155987fb
Medium
Go’zal hayot
omadsizlikning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni
❤5👍2
Bog‘lanish nazariyasining asoschisi John Bowlby ham o‘zini anglash istagida bo‘lganmikan?
Insonlar nega psixolog bo‘lishadi yoki nega ma’lum bir nazariyaga asos solishadi?
Edison lampochkani ixtiro qilgani bilan Bowlby’ning bu nazariyani yaratishi o‘rtasida qandaydir ichki bog‘liqlik bormikan?
To‘rt yoshgacha otasi parvarishida bo‘lgan, keyin esa tashlab ketilgan bola qalbida paydo bo‘lgan ajralish hissi kelajakda shunday nazariyaga asos bo‘lishini kim o‘ylabdi deysiz?
Bog‘lanish nazariyasining yana bir muhim vakili Mary Ainsworth edi. Uning onasi qizining ta’limiga katta e’tibor bergan, hatto uch yoshida o‘qishni o‘rganishiga yordam bergan. Ammo ular orasida hissiy yaqinlik yetishmagan. Qizig‘i shundaki, bir-biridan bexabar holda bu nazariyani rivojlantirgan ikki olimning taqdirida umumiylik bor edi — hissiy aloqa yetishmagan bolalik.
Davomi bu yerda:
https://medium.com/@pulatovaaziza/nur-ortidan-375c148cc3eb

❤3👍3
“Muvaffaqiyat – eng mushkul lahzalarda omon qolish – hayotning ma’nosini topish qobiliyatimizga bog’liq”
"Ma'no izlayotgan odam" — Viktor Emil Frankl
@pslog
"Ma'no izlayotgan odam" — Viktor Emil Frankl
@pslog
❤🔥4👍3
#hikoya
Muso va cho'pon
Muso payg‘ambar bir yaylovdan o‘tayotganida bir cho‘ponga duch keladi.
Cho‘pon Xudoga nola qilib der edi:
“Ey Xudojon, sen qayerdasan, kel, sochlaringni tarayin, chorig‘laringni tikayin, naki o‘z jonim, balki qo‘ylarim, farzandlarim ham senga fido bo‘lsin. Qayerdasan, borib dastyoring bo‘lsam, sut qaymog‘im bilan qorningni to‘ydirayin, boshing og‘risa, boshingni silayin, yuz-qo‘lingdan o‘payin, oyoqlaringni uqalayin…"
Muso buni eshitib, cho‘ponni koyiydi:
“Ey ahmoq, kofir bo‘lding, Xudoning chorig‘i ham, to‘ni ham yo‘q, u yemaydi, ichmaydi, Uni o‘zingga o‘xshatma. U go‘yo quyosh, sen bir chivin…”
Cho‘pon Musoning bu gapidan qattiq xafa bo‘ladi va jimib qoladi.
Shunda Parvardigori olamdan Musoga vahiy keladi:
“Ey Muso, nima qilding, bandamizni bizdan ayirding, qo‘y aytsin, sen bandalarning dilini Parvardigorga ulash uchun yuborilgansan, ajratib tashlash uchun emas. Biz har odamga, har bir elga o‘z darajasida, o‘z tilida muhabbat izhor etish uchun imkon berdik. Hindlarni hind tilida, sindlarni sind istilohida so‘zlatdik”.
Cho‘ponning so‘zlari juda to‘pori, sodda. Cho‘pon Xudoni o‘ziga o‘xshatib tasavvur etadi. Ammo uning so‘zlari, muhabbati soxta emas, tama’, g‘arazga asoslanmagan. U bor-budini Xudo yo‘lida sarflashga tayyor. Albatta, yurakdan aytilgan gaplar qanday tilda bo‘lmasin aytuvchining sadoqatini ifodalaydi.
“Shuning uchun ham bir kishining og‘zidan asaldek to‘kilgan so‘z, boshqa birovning qulog‘iga zahardek tuyulishi mumkin”, dedi Shams Tabrizi.
“Holbuki, Alloh so‘zga emas, niyatga qaraydi.”
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan

Oshiqning shariati ham, mazhabi ham Allohdir.
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan
@pslog
❤9👍2
O‘tmishda (va ajab emaski, hozir ham) san’atdan yiroq odamlar adashib ko‘rgazmaga kirib qolishsa...
“Bu yerga tarvuz rasmini ilish kimning xayoliga kelibdi o‘zi?” “Menimcha, bu biroz g'alati…”
“Bu kampirning rasmini chizib nima qilishibdi, nimasi chiroyli buning?”
“Rasmni qo‘ya tur, romi yomonmas ekan…”
“Shu ham ko‘rgazmami? Odamlarni chuv tushirishning yangi usuli — qani qovun, qani tarvuz?”
“Bu rasm aniq Rembrandtniki bo‘lsa kerak!” “Qayerdan bildingiz?” “Qara, hamma narsa eski-tuski — demak uniki!”
“Bu mevalar negadir juda jonsiz ko‘rinadi…” “Axir ‘natyurmort’ deyishadi-ku — jonsiz bo‘ladi-da!”
“Ilgari 'surat osilgan joyga farishtalar kirmaydi’ deb qo‘rqitishardi… Endi esa odamlar o‘zlari ham kirmay qo‘yishibdi, shekilli.”
🔖 Ramiz Gökçe (1900-1953) ning "Akbaba" karikaturalaridan

👍5❤3🔥1