π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
250 subscribers
907 photos
123 videos
1 file
370 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
But why? Why not?!

β€” O'zing "oddiy" bir pingvin bo'la turib, nega podadan ajralding?

β€” Shunchaki qalbim buyurganini qildim. Unga qanday ma’no-mazmun berishni o’zim hal qilmoqchiman.


Zamonaviy falsafiy qarash, optimistik nigilizm haqida: https://azizapulatova.medium.com/optimistik-nigilizm-eb964c797a5e
❀7πŸŽ‰1🀩1
Stoiklar insonning baxtsizligi sababini avvalo uning zehniyatiga bog'lashadi. Bir qarashda, bu hozirgi Kognitiv-xulqiy psixoterapiyani eslatadi. Ana shu psixoterapiyaning ilk namoyandalari stoiklar boβ€˜lishgan edi.

https://azizapulatova.medium.com/yaxshi-hayot-yolchi-yulduzi-6acb9b254ada
❀9πŸ‘1🀩1
#kitobtaqrizi

Bu kitobda keltirilgan hikoyalar real voqealarga asoslangan.

Olov insonni isitishi yoki yondirib kulga aylantirishi mumkin. Suv chanqoqni bosishi yoki cho’kkan odamni bog’ib o’ldirishi mumkin, shamol yoqimli shabadani yo bo’lmasa, chang-to’zonni olib kelishi mumkin. Insonlar orasidagi munosabatlarni ham xuddi shu narsalarga qiyoslash mumkin.

Biz ham yaratishga, ham yo’q qilishga qodirmiz. Biz ham o’stirishga, ham tag tomiri bilan sug’urib tashlashga kuchimiz yetadi. Yaralar qoldirishimiz yoki aksincha, bir-birimizning yaralarimizga malham bo’lishimiz mumkin.

ο»Ώ
Muallif: Dr. Bruce perry
Kitob: It misoli o’stirilgan bola


https://azizapulatova.medium.com/it-misoli-ostirilgan-bola-0f772555c08f
5❀‍πŸ”₯4❀3πŸ‘2
Yoshlikda xorijiy til o'rganish nima uchun osonroq kechishi va ravonroq bo'lishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Shimuvchi miya, ruhiy embrion va uy sharoitida Montessori ta'lim metodini qo'llash haqida bilmoqchi bo'lsangiz:

Kitob: The Montessori Method
Muallif: Dr Maria Montessori


Kitob taqrizi: https://azizapulatova.medium.com/montessori-talim-metodi-0e4a69720b28
5❀7πŸ‘2
Har bir buyum ortida o’tmishga oid bir hikoya mavjud bo’ladi. Orhan Pamuk aytganidek,

β€œBiron-bir buyumni qo’limizga olganimizda, ayni paytda bir tarix parchasini yoki hikoyani hovuchimizda tutayotgan bo’lamiz.”


Avvalroq ham Ma'sumiyat Muzeyi romani haqida o'qigan bo'lsangiz kerak. Yaqinda ushbu roman katta ekranga chiqarildi...

https://azizapulatova.medium.com/muzeyga-muxrlangan-muhabbat-hikoyasi-ekranlashtirildi-41000355e4f4


@pslog
10❀5🀩1😘1
Aflotun'ning Apologiya asari haqida

Aristofan o'z asarida Suqrotning pul evaziga talabalarga dars o'tayotganini, ularning ongini buzayotganini yozadi. Suqrot esa kimgadir aql o'rgatish uchun o'zini yetarli bilimga ega emas deb hisoblardi.

Yunon faylasufi Platon tomonidan yozilgan ushbu asarda Suqrot ba’zi insonlarning nafratiga duchor bo’lgani va oxir-oqibatda zaharlab o'ldirilgani haqida hikoya qilinadi.

https://azizapulatova.medium.com/apologiya-suqrotni-himoya-qilish-aa61b6d23972
❀5πŸŽ‰3
"To seni topgunimcha"
Jojo Moyes

Hayotning ikir-chikirlari Lou’dan so’raladi. Avtobus bekati bilan uy orasida necha qadam yo’l bor? U ishlayotgan qahvaxonaga kelib-ketuvchi insonlar qanday hayot kechirishadi? Yorqin yashil ko’ylak bilan qaysi rangli paypoq kiyish kerak? Unda bu savollarning barchasiga javob bor. Baxt bilan orasi bir qadam bo’lgan kichikinagina dunyosida u bilmagan yagona narsaβ€Šβ€”β€Šhayotning mushkulroq savol va javoblar bilan to’laligi…

Motohalokatga uchrab nogironga aylangan Will anchadan buyon hayotning murakkab savollari qarishisida qolgan. Boshqalarning kayfiyatini ko’taruvchi oddiy narsalar unga oz bo’lsayam huzur bermay qo’ygan. Qurshovidagi ranglar birdan kulrang tusga kirgan va shunday umidsizlik ichida qolgan pallada birdan-bir chora o’z hayotiga nuqta qo’yish, degan qarorga kelgan.

Hayotda mo’jizalarning borligiga ishonmasangiz, yana bir bor o’ylab ko’ring…

https://azizapulatova.medium.com/gamxo-rlik-bahosi-2013-yildagi-nashri-534d98cb99f9

@pslog
5❀5πŸ‘2🀩1
Iste’dod… bu so’zni eshitganimizda, aqlimizga faqat ijobiy fikrlar keladi.

Psixoterapevt Alice Miller bu so’zning zamiridagi yashirin haqiqatni β€œIste’dodli Bolakayning Dramasi”("The Drama of the Gifted Child") nomli kitobida ochib beradi.

Psixoterapevt nima uchun aynan shu kasbni, haykaltarosh nega aynan haykaltaroshlikni, shifokor nega shifokor bo’lishni tanlagani haqida hech o’y surib ko’rganmisiz?

πŸ”— Kitob taqrizi
❀5πŸ‘1
"Mona Liza Tabassumi” filmiga taqriz


"Mona Lisa tabassumi” filmi 1950-yillarda yashagan amerikalik qizlar hayoti haqida hikoya qiladi. Aqlli, kelajagi porloq va yaxshi ta’lim olgan bu qizlar litseyni bitirgach, nufuzli universitetlardan birida oβ€˜qishni davom ettirish oβ€˜rniga na’munali uy bekasi boβ€˜lishni orzu qilishadi. Hatto bundan boshqacha hayotni tasavvur qilgan yoki oβ€˜z yoβ€˜lini izlashga jur’at qilgan kishilarni tanqid nishoniga aylantirashadi...

Miss Watson esa ayol kishining hayotdagi eng oliy maqsadi oΚ»zini nozik bir gul singari kuchli bir erkakning qo’liga tutqazish emas, aksincha, oβ€˜z ichidagi kuch-qudratni kashf etish va shu kuch bilan oβ€˜z hayotini barpo qilishdan iboratligiga ishonadi...

https://medium.com/@pulatovaaziza/ularda-hamma-narsa-bor-edi-u-esa-bundan-koprog-ini-ko-rsatdi-5e3c0103cdf0
❀6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir yilingizni yangi bir joy ko'rmasdan, yangi narsalar o'rganmasdan yakunlamang, iltimos!

Yangi joylar, yangi insonlar sizga bu cheksiz olamni tanitadi va asl ko'zingiz ana shunda ochildi. βœ¨πŸ“š

β€” Ilber Ortayli

@pslog
❀4πŸ‘4
Florebo Quocumque Ferar: β€Š"Qayoqda bo’lsam ham, gullashda davom etaman." 🌸

@pslog
❀7πŸŽ‰2πŸ‘1
Aslida insonni dunyoda tutib
turguvchi katta kuch – bu uning ertangi kunga bo'lgan ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi, ya'ni ishonchi yo'qolsa, u uchun hamma narsa ma'nisiz bo'lib qoladi.

Anchagina taniqli bastakor va libretto yozuvchisi bo'lgan keksa yoshli hamrohim F. bir kuni menga shunday dedi: "Doktor, sizga bir narsani aytmoqchiman. G'alati bir tush ko'rdim. Tushimda bir ovoz menga nimani xohlasam o'shani soβ€˜rashim mumkinligini, bilmoqchi bo'lgan narsamni bor-yog'i aytishni, har qanday savolga javob berishini aytdi. Men nimani so'raganimni bilasizmi? Urush men uchun qachon tugashini soβ€˜radim. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz: aynan men uchun! Qachon konslagerdan qutulishimizni, azoblarimizga qachon nuqta qo'yilishini bilishni istamadim.”

– "Xo'sh, bu tushni qachon ko'rdingiz?" deya so'radim.

– "1945-yilning fevralida,” deb javob berdi. U tushini aytib berganda mart oyi boshlari edi.

– "Tushingizdagi ovoz sizga qanday javob berdi?”

– β€œ30-mart,” deb pichirladi, xuddi buni birovdan yashirmoqchi boβ€˜lgandek.

F. bu tushni menga so'zlab berganda ko'zlarida umid uchquni porlab turar va tushida ko'rganlari haqiqat bo'lib chiqishiga ishonardi.

Ammo va’da qilingan kun yaqinlashgani sari, konslagerga oqib kelayotgan urush haqidagi xabarlar oβ€˜sha kuni ozodlik berilishiga bizda shubha tug'dirdi.

29-mart kuni F. to'satdan og'irlashib yotib qoldi va isitmasi ko'tarila boshladi. O'zi uchun urush va azoblar poyoniga yetishi kerak bo'lgan kun, ya'ni 30-mart kuni, u hushidan ketib yiqildi. 31-mart kuni esa vafot etdi. Tibbiy sabablarga ko'ra, u Tif isitmasidan o'ldi.

Insonning ruhiy ahvoli β€” unda matonat va umidning bor-yoβ€˜qligi β€” bilan tananing immun tizimi o'rtasida qanchalik yaqin bog'liqlik mavjudligini bilgan inson, umid va matonatning birdan so'nishi insonni jar yoqasiga olib borishi mumkinligini yaxshi tushunsa kerak. Doβ€˜stimni bu dunyodan kasallik emas, umidsizlik va ogβ€˜ir ruhiy tushkunlik olib ketdi. U kutgan ozodlik kelmadi. Bu esa tanasining ichkarida yashirinib yotgan tifus infeksiyasiga qarshi kurashish qobiliyatini birdan susaytirib yubordi. Ertangi kunga bo'lgan ishonchi va yashash istagi so'ngan zahoti, tanasi ham kasallikka yengildi.


Man's Search for Meaning, Viktor. E. Frankl

@pslog
πŸ‘4❀2πŸ’”1😭1
πŸͺ„ Agar oddiy bir ishga:

● ma’no bag'ishlasangiz
● ijod mahsulingizni qoβ€˜shsangiz
● boshqalarga hissiyot ulashsangiz

hatto paypoq kiyish ham kichik san’at shakliga aylanishi mumkin πŸ˜‰

πŸ“ Otaturk madaniyat markazi ichida joylashgan AKM kutubxonasi san'atsevar tadqiqotchilar va san'at ixlosmandlari uchun ana shunday ilhomlantiruvchi kitoblarga boy ekan.

@pslog
πŸ₯°5❀3πŸ‘1
Hayot misoli bir hikoya; uning uzoqligi emas, balki ma’no-mazmuni ko’proq muhim. (Seneka)


J. K. Rowling 2008-yilda Garvard Universiteti bitiruvchilariga nutq so’zlash uchun taklif etilganda, u shaxsan o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan ikki mavzu haqida gapirishga qaror qilgandi: omadsizliklarning foydalari va tasavvurning hayotimizdagi o’rni.


https://medium.com/@pulatovaaziza/gozal-hayot-1ffc155987fb
❀5πŸ‘2
Bogβ€˜lanish nazariyasining asoschisi John Bowlby ham oβ€˜zini anglash istagida boβ€˜lganmikan?

Insonlar nega psixolog boβ€˜lishadi yoki nega ma’lum bir nazariyaga asos solishadi?

Edison lampochkani ixtiro qilgani bilan Bowlby’ning bu nazariyani yaratishi oβ€˜rtasida qandaydir ichki bogβ€˜liqlik bormikan?

Toβ€˜rt yoshgacha otasi parvarishida boβ€˜lgan, keyin esa tashlab ketilgan bola qalbida paydo boβ€˜lgan ajralish hissi kelajakda shunday nazariyaga asos boβ€˜lishini kim oβ€˜ylabdi deysiz?

Bogβ€˜lanish nazariyasining yana bir muhim vakili Mary Ainsworth edi. Uning onasi qizining ta’limiga katta e’tibor bergan, hatto uch yoshida oβ€˜qishni oβ€˜rganishiga yordam bergan. Ammo ular orasida hissiy yaqinlik yetishmagan. Qizigβ€˜i shundaki, bir-biridan bexabar holda bu nazariyani rivojlantirgan ikki olimning taqdirida umumiylik bor ediβ€Šβ€”β€Šhissiy aloqa yetishmagan bolalik.


Davomi bu yerda:
https://medium.com/@pulatovaaziza/nur-ortidan-375c148cc3eb

@pslog
❀3πŸ‘3