Alice Millerโning barcha kitoblari markazida bolalikda boshdan kechirilgan ogโriqlarning inkor etilishi mavzusi asosiy oโrinni egallaydi.
Tana aslo yolgโon soโzlamas(The Body Never Lies) kitobining ilk bobi koโplab daho insonlarning o'ta shaxsiy hayoti haqida: mashhur yozuvchi (Dostoyevskiy, Anton Chehov, Kafka), shoir (Arthur Rimbaud va Marcel Proust), faylasuf (Nietzsche)ning hayoti davomida koโp kasallangani va barvaqt yoshda vafot etgani yoki oโz joniga qasd qilganini ota-onasi va oilasi tomonidan koโrgan jabr, zoโravonlik oqibati ekanligi yoritilgan.
https://medium.com/@pulatovaaziza/tana-aslo-yolgon-so-zlamas-f5e26f58f119

Medium
TANA ASLO YOLGโON SOโZLAMAS
TANA ASLO YOLGโON SOโZLAMAS Psixoterapevt Alice Millerโning shu nomli kitobi haqida Alice Miller haqida Alice Miller psixologiya va sotsiologiya sohasidagi tahsilni Basel universitetida olgan โฆ
โค7๐4
Jahl ortida jarohat yashirin
โ๏ธ Hissiy intellekting oshgani sayin, odamlarning gap-soโzlaridan ranjimay qoโyasan. Chunki, ular senga nega bunaqa munosabatda boโlayotganini, uning qanaqa insonligini bilib turasan. Hamma uni kap-katta odam deb oโylasa, sen oโsha ulgโaygan odam tanasida hali hamon yaralangan bolakay yashayotganini tushunasan. Ana shunda har bir gapni shaxsiy olaverishga shoshilmaysan.
Odamlar oโz qaygโulari, travmalari va qoโrquvlarini โ oโzlarining ojiz tomonlarini boshqalarga koโchirib oโtkazishlarini anglab yetasan. Yaralangan odam boshqalarni ham yaralaydi. Odamlar oโz ichki dunyosidan kelib chiqib, atrofdagi narsalarga baho beradi. Bunday vaziyatda, bir qadam ortga chekinib, qarshingdagi insonni oโz holiga qoโyasan. Bu bilan, uning siniqlari seni sindirishga yoโl qoโymaysan ๐
Rob Dial
@pslog

๐5๐5โค1
โค5๐3๐1
Muvaffaqiyatli psixologik tahlillari bilan klassik adabiyot tarixida oโchmas iz qoldirgan Stefan Zweigโning melonxoliyaga yoโgโrilgan hikoyalaridan biri boโlmish โAmokโ insoniyatning umidsizlik, adashish, xiyonat va qadrsizlik kabi hislar qaโriga qanday tortilishini koโrsatuvchi, yetti inson hayotiga yakun yasagan yetti suiqasd sababini izohlab beruvchi taโsirli asardirโฆ
https://azizapulatova.medium.com/amok-chopqirlari-va-suitsid-031acb3fc17e

Amok chopqirlari va suitsid
Stefan Zweigโning โAmokโ novellasiga taqriz
โคโ๐ฅ4๐4๐1
Diqqat! Bu kitobning ichida falsafasprey bor!
Falsafami? Falsafani tushunish uchun ancha aqilli boโlish kerak. Bu notogโri! Ushbu kitob falsafani sodda va tushunarli tilda, xilma-xil mavzularni hazil-mutoyibaga o'rab tushuntiradi.
https://azizapulatova.medium.com/platon-bir-kuni-qolida-o-rdakburun-bilan-barga-kirib-keladi-a3bacc504e80

Platon bir kuni qoโlida oโrdakburun bilan barga kirib keladiโฆ
Thomas Katheart & Daniel Kleinโning Falsafani mutoyiba yoโli bilan tushunish kitobidan parchalar
โค5๐5๐2
โ O'zing "oddiy" bir pingvin bo'la turib, nega podadan ajralding?
โ Shunchaki qalbim buyurganini qildim. Unga qanday maโno-mazmun berishni oโzim hal qilmoqchiman.
Zamonaviy falsafiy qarash, optimistik nigilizm haqida: https://azizapulatova.medium.com/optimistik-nigilizm-eb964c797a5e
โค7๐1๐คฉ1
Stoiklar insonning baxtsizligi sababini avvalo uning zehniyatiga bog'lashadi. Bir qarashda, bu hozirgi Kognitiv-xulqiy psixoterapiyani eslatadi. Ana shu psixoterapiyaning ilk namoyandalari stoiklar boโlishgan edi.
https://azizapulatova.medium.com/yaxshi-hayot-yolchi-yulduzi-6acb9b254ada

Yaxshi hayot yoโlchi yulduzi
William B. Irvineโning shu nomli kitobiga taqriz
โค9๐1๐คฉ1
#kitobtaqrizi
Bu kitobda keltirilgan hikoyalar real voqealarga asoslangan.
๏ปฟ
Muallif: Dr. Bruce perry
Kitob: It misoli oโstirilgan bola
https://azizapulatova.medium.com/it-misoli-ostirilgan-bola-0f772555c08f

Olov insonni isitishi yoki yondirib kulga aylantirishi mumkin. Suv chanqoqni bosishi yoki choโkkan odamni bogโib oโldirishi mumkin, shamol yoqimli shabadani yo boโlmasa, chang-toโzonni olib kelishi mumkin. Insonlar orasidagi munosabatlarni ham xuddi shu narsalarga qiyoslash mumkin.
Biz ham yaratishga, ham yoโq qilishga qodirmiz. Biz ham oโstirishga, ham tag tomiri bilan sugโurib tashlashga kuchimiz yetadi. Yaralar qoldirishimiz yoki aksincha, bir-birimizning yaralarimizga malham boโlishimiz mumkin.
๏ปฟ
Muallif: Dr. Bruce perry
Kitob: It misoli oโstirilgan bola
https://azizapulatova.medium.com/it-misoli-ostirilgan-bola-0f772555c08f
5โคโ๐ฅ4โค3๐2
Yoshlikda xorijiy til o'rganish nima uchun osonroq kechishi va ravonroq bo'lishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?
Shimuvchi miya, ruhiy embrion va uy sharoitida Montessori ta'lim metodini qo'llash haqida bilmoqchi bo'lsangiz:
Kitob: The Montessori Method
Muallif: Dr Maria Montessori
Kitob taqrizi: https://azizapulatova.medium.com/montessori-talim-metodi-0e4a69720b28

5โค7๐2
Har bir buyum ortida oโtmishga oid bir hikoya mavjud boโladi. Orhan Pamuk aytganidek,
Avvalroq ham Ma'sumiyat Muzeyi romani haqida o'qigan bo'lsangiz kerak. Yaqinda ushbu roman katta ekranga chiqarildi...
https://azizapulatova.medium.com/muzeyga-muxrlangan-muhabbat-hikoyasi-ekranlashtirildi-41000355e4f4
@pslog
โBiron-bir buyumni qoโlimizga olganimizda, ayni paytda bir tarix parchasini yoki hikoyani hovuchimizda tutayotgan boโlamiz.โ
Avvalroq ham Ma'sumiyat Muzeyi romani haqida o'qigan bo'lsangiz kerak. Yaqinda ushbu roman katta ekranga chiqarildi...
https://azizapulatova.medium.com/muzeyga-muxrlangan-muhabbat-hikoyasi-ekranlashtirildi-41000355e4f4
@pslog
10โค5๐คฉ1๐1
Aflotun'ning Apologiya asari haqida
Aristofan o'z asarida Suqrotning pul evaziga talabalarga dars o'tayotganini, ularning ongini buzayotganini yozadi. Suqrot esa kimgadir aql o'rgatish uchun o'zini yetarli bilimga ega emas deb hisoblardi.
Yunon faylasufi Platon tomonidan yozilgan ushbu asarda Suqrot baโzi insonlarning nafratiga duchor boโlgani va oxir-oqibatda zaharlab o'ldirilgani haqida hikoya qilinadi.
https://azizapulatova.medium.com/apologiya-suqrotni-himoya-qilish-aa61b6d23972

โApologiyaโโโSuqrotni himoya qilishโ
Aflotunning shu nomli asari haqida
โค5๐3
"To seni topgunimcha"
Jojo Moyes
Hayotning ikir-chikirlari Louโdan soโraladi. Avtobus bekati bilan uy orasida necha qadam yoโl bor? U ishlayotgan qahvaxonaga kelib-ketuvchi insonlar qanday hayot kechirishadi? Yorqin yashil koโylak bilan qaysi rangli paypoq kiyish kerak? Unda bu savollarning barchasiga javob bor. Baxt bilan orasi bir qadam boโlgan kichikinagina dunyosida u bilmagan yagona narsaโโโhayotning mushkulroq savol va javoblar bilan toโlaligiโฆ
Motohalokatga uchrab nogironga aylangan Will anchadan buyon hayotning murakkab savollari qarishisida qolgan. Boshqalarning kayfiyatini koโtaruvchi oddiy narsalar unga oz boโlsayam huzur bermay qoโygan. Qurshovidagi ranglar birdan kulrang tusga kirgan va shunday umidsizlik ichida qolgan pallada birdan-bir chora oโz hayotiga nuqta qoโyish, degan qarorga kelgan.
Hayotda moโjizalarning borligiga ishonmasangiz, yana bir bor oโylab koโringโฆ
https://azizapulatova.medium.com/gamxo-rlik-bahosi-2013-yildagi-nashri-534d98cb99f9

5โค5๐2๐คฉ1
Isteโdodโฆ bu soโzni eshitganimizda, aqlimizga faqat ijobiy fikrlar keladi.
Psixoterapevt Alice Miller bu soโzning zamiridagi yashirin haqiqatni โIsteโdodli Bolakayning Dramasiโ("The Drama of the Gifted Child") nomli kitobida ochib beradi.
Psixoterapevt nima uchun aynan shu kasbni, haykaltarosh nega aynan haykaltaroshlikni, shifokor nega shifokor boโlishni tanlagani haqida hech oโy surib koโrganmisiz?
๐ Kitob taqrizi

โค5๐1
"Mona Liza Tabassumiโ filmiga taqriz
"Mona Lisa tabassumiโ filmi 1950-yillarda yashagan amerikalik qizlar hayoti haqida hikoya qiladi. Aqlli, kelajagi porloq va yaxshi taโlim olgan bu qizlar litseyni bitirgach, nufuzli universitetlardan birida oโqishni davom ettirish oโrniga naโmunali uy bekasi boโlishni orzu qilishadi. Hatto bundan boshqacha hayotni tasavvur qilgan yoki oโz yoโlini izlashga jurโat qilgan kishilarni tanqid nishoniga aylantirashadi...
Miss Watson esa ayol kishining hayotdagi eng oliy maqsadi oสปzini nozik bir gul singari kuchli bir erkakning qoโliga tutqazish emas, aksincha, oโz ichidagi kuch-qudratni kashf etish va shu kuch bilan oโz hayotini barpo qilishdan iboratligiga ishonadi...
https://medium.com/@pulatovaaziza/ularda-hamma-narsa-bor-edi-u-esa-bundan-koprog-ini-ko-rsatdi-5e3c0103cdf0

Ularda hamma narsa bor edi, u esa bundan koโprogโini koโrsatdiโฆ
โMona Liza Tabassumiโ filmiga taqriz
โค6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hech bir yilingizni yangi bir joy ko'rmasdan, yangi narsalar o'rganmasdan yakunlamang, iltimos!
Yangi joylar, yangi insonlar sizga bu cheksiz olamni tanitadi va asl ko'zingiz ana shunda ochildi. โจ๐
โ Ilber Ortayli

โค4๐4
Aslida insonni dunyoda tutib
turguvchi katta kuch โ bu uning ertangi kunga bo'lgan ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi, ya'ni ishonchi yo'qolsa, u uchun hamma narsa ma'nisiz bo'lib qoladi.
Anchagina taniqli bastakor va libretto yozuvchisi bo'lgan keksa yoshli hamrohim F. bir kuni menga shunday dedi: "Doktor, sizga bir narsani aytmoqchiman. G'alati bir tush ko'rdim. Tushimda bir ovoz menga nimani xohlasam o'shani soโrashim mumkinligini, bilmoqchi bo'lgan narsamni bor-yog'i aytishni, har qanday savolga javob berishini aytdi. Men nimani so'raganimni bilasizmi? Urush men uchun qachon tugashini soโradim. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz: aynan men uchun! Qachon konslagerdan qutulishimizni, azoblarimizga qachon nuqta qo'yilishini bilishni istamadim.โ
โ "Xo'sh, bu tushni qachon ko'rdingiz?" deya so'radim.
โ "1945-yilning fevralida,โ deb javob berdi. U tushini aytib berganda mart oyi boshlari edi.
โ "Tushingizdagi ovoz sizga qanday javob berdi?โ
โ โ30-mart,โ deb pichirladi, xuddi buni birovdan yashirmoqchi boโlgandek.
F. bu tushni menga so'zlab berganda ko'zlarida umid uchquni porlab turar va tushida ko'rganlari haqiqat bo'lib chiqishiga ishonardi.
Ammo vaโda qilingan kun yaqinlashgani sari, konslagerga oqib kelayotgan urush haqidagi xabarlar oโsha kuni ozodlik berilishiga bizda shubha tug'dirdi.
29-mart kuni F. to'satdan og'irlashib yotib qoldi va isitmasi ko'tarila boshladi. O'zi uchun urush va azoblar poyoniga yetishi kerak bo'lgan kun, ya'ni 30-mart kuni, u hushidan ketib yiqildi. 31-mart kuni esa vafot etdi. Tibbiy sabablarga ko'ra, u Tif isitmasidan o'ldi.
Insonning ruhiy ahvoli โ unda matonat va umidning bor-yoโqligi โ bilan tananing immun tizimi o'rtasida qanchalik yaqin bog'liqlik mavjudligini bilgan inson, umid va matonatning birdan so'nishi insonni jar yoqasiga olib borishi mumkinligini yaxshi tushunsa kerak. Doโstimni bu dunyodan kasallik emas, umidsizlik va ogโir ruhiy tushkunlik olib ketdi. U kutgan ozodlik kelmadi. Bu esa tanasining ichkarida yashirinib yotgan tifus infeksiyasiga qarshi kurashish qobiliyatini birdan susaytirib yubordi. Ertangi kunga bo'lgan ishonchi va yashash istagi so'ngan zahoti, tanasi ham kasallikka yengildi.
Man's Search for Meaning, Viktor. E. Frankl

๐4โค2๐1๐ญ1