𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
250 subscribers
907 photos
123 videos
1 file
370 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
🍂 “Har kuni bir oz yaqinroqda”
🖊️ İrvin Yalom


Psixiatr Irvin Yalom o’z bemori bo’lmish yosh, qobiliyatli yozuvchi Ginny Elkin’ni terapiya tajribasi haqida birgalikda yozishga taklif qiladi. Psixiatr va bemor seanslarga oid bir-birlaridan ayro kundaliklar tutishni boshlaydi. Shu tariqa, terapevt va bemor o’rtasidagi munosabatlar qil ustida qurilishini ko’rsatuvchi bir kitob dunyo yuzini ko’radi. Terapiya jarayonini boshdan kechirishga va psixoterapiyaning qanchalik manfaatli bo’lishi mumkinligiga qiziquvchilar uchun. Bu kitobni o’qish ayni paytda terapiya ko’rayotgan kishiga noqulaylik his qildirishi mumkin. Bunga sabab kitobda bir xil tajribaga qaraydigan ikkita alohida ovoz mavjudligida.

Ham terapiya stoli ortida, ham qarshisida bo’lish tajribalarini boshdan kechirganlargina, Ginny’ning bora-bora o’zi haqida ongli xulosalarga ega bo’lib borishini kuzatish orqali ko’p narsalarni o’rganishi mumkin.

@pslog
❤7👍4
Nevrolog olim Oliver Sacks ushbu kitobda 24 tur kasallik haqida so’z yuritadi. Xotinini shapka deb o’ylagan odam, amneziyasiga nisbatan amneziya holatida bo'lgan, o'zini 19 yoshli navqiron yigitdek his qiladigan dengizchi, ichida tinmay musiqa chaladigan ayol, ikki oyoqli ensiklopediya va shu kabi boshqa bir-biridan g'aroyib hayotiy hikoyalarni faqatgina shu kitobda topishingiz mumkin 💫
❤7👍3
Xotinini shapka bilan adashtirgan odam

Bu hikoya vizual agnoziyaning o’zgacha bir turi haqida boradi. Dr. P. musiqa maktabida o’qituvchilik qilardi. Ba’zida o’quvchilardan biri unga o’zini tanishtirsa, Dr. P. uni tanimas, aniqroq aytganda, bu o’quvchining chehrasini ko’z oldiga keltira olmas edi. O’quvchi gapirar-gapirmas, ovozidan uning kimligini faxmlab olardi. Dr. P ariqdagi suv va yo’l belgilarini bolalarning boshi deb, mehr bilan siypalar, predmetlarni insonlar sanab, ularni gapga tortishga harakat qilardi. Uning musiqiy iqtidori havasqilarli darajada ajoyib edi. O’zini esa har doimgidan ham ko’ra yaxshiroq his qilardi. “G’alati hodisalar” yuz berayotganini bilishiga 3 yil kerak bo’ldi va bu orada u diabetga chalindi. Qand kasalligining ko’rishga ta’sirini oldini olish uchun, ko’z shifokori huzuriga boradi. Ko’z shifokori esa unga ko’zlarining sog’lomligini, biroq miyasining ko’rish bilan bog’liq sohasida muammo bo’lishi mumkinligini aytadi. Ko’z shifokorining tavsiyasi bilan Dr. P. Oliver Saks ko’rigiga ketadi. Ko’rik vaqtida Dr. P rafiqasining boshini chindan ham o’zining shapkasi deb o’ylaydi!

A.S. Luria o'zining “Dunyosi parchalangan inson” kitobida miyasining o’ng yarimkurrasida jiddiy bir hastaligi bo’lgan bemor haqida aytadi.

Luria ta’riflagan Zazetskiy’da “xayolot olami” saqlanib qolgan bo’lsa-da, u avvalgiday shatranj o’ynay olmasdi. Zazetskiy va Dr. P bir olamda yashardilar. Lurianing aytishicha, ular orasidagi achinarli farq shunda ediki, Zazetskiy “la’natlangan inson” day yo’qotgan sezgilarini tiklash uchun astoydil kurashsa, Dr. P.ning esa bu xayoliga ham kelmas, nimalardan mosuvoligini o’zi ham bilmasdi.

@pslog
❤7❤‍🔥1👍1
“Kasalliklarsiz ham yashay olgan bo’larmidik?”


"Hayvonlar ham kasal bo’lishadi, lekin faqat insonlar kasallikdan og’rib, yotib qolishadi."


“Oyog’i yoki ko’zini yo’qotgan inson nimadan mahrum ekanligini biladi; shaxsini yo’qotganida esa, inson hech narsani bila olmaydi, sababi buni biladigan hech vaqosi qolmagan bo’ladi.”


“Populus vult decipi, ergo decipiatur." – Insonlar aldanishni istaydilar, qo’yavering, aldanaversinlar.


Oliver Sacks, "Xotinini shapka bilan adashtirgan odam"

Kitobdagi boshqa hikoyalarni bu yerda o'qishingiz mumkin: https://medium.com/@pulatovaaziza/xotinini-shapka-bilan-adashtirgan-odam-85142344af1c
❤5❤‍🔥1👍1
47 yoshida autizm tashxisi qo’yildl

Shifoxonaga Ehlers-Danlos Sindromi uchun tekshiruvdan o’tishga borgan Laure James’ga autizm sindromi tashxisi qo’yildi.

James’ga yoshlikdan notog’ri tashxislar qo’yilib kelingan. Ishtaha sustligi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi va muloqotdagi qiyinchiliklar kabi simptomlar har gal boshqa kasallik simptomlari bilan adashtirib yuborilgan.

“Qiz bolalarga yanglish tashxis qo’yish juda ko’p uchraydi.”


Buyuk Britaniya Milliy Autizm Birlashmasi boshlig’i Carol Povey’ning aytishicha, bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autistik qiz va ayollar qarshilashgan bu holatni niqoblangan va kamuflyaj(yashirin) so’zlari bilan ta’riflagan Povey, qiz va og’il bolalardagi autizm o’rtasida bunday tafovutning paydo bo’lishida ijtimoiy hayot muhim rol tutishini ta’kidlaydi.

“O’zimdagi farqliliklarni nihoyat tushuna boshladim.”


Povey, autizmga chalingan qizlar tashqaridan “aqilli, xotirjam va xushfe’l” bo’lib ko’rinishadi va shu sababdan autizm belgilarini og’il bolalardan ko’ra yaxshiroq yashirishadi, deydi.

Laure James o’zidagi autizmdan xabar topgandan keyin hayoti butunlay o’zgargani va o’zini yaxshiroq anglay boshlanganini aytadi. U o’zining “Odd Girl Out” nomli kitobida autistik ayol bo’lish tajribalari haqida bo’lishadi.

@pslog
👍6❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bostirilgan his-tuyg’ular sehrli emaski, ular o’z-o’zidan yo’q bo’lib qolsa…

Bostirilgan hissiyotlarning barchasi tanamizda “yashaydi.”

Buning sababi shunda: biror voqea yoki hodisa sizga qattiq ta’sir qilganda, bu holat tanangizda kortizol, adrenalin va yurak zarbining ortishiga sabab bo’ladi.

Hissiy zo’riqish va u ta’sirida yuzaga kelgan fiziologik reaksiya, miyaning hissiy reaksiyalarga javob beruvchi qismi bo’lgan amigdalani gippokamp(miyaning xotirani boshqaruvchi qismi) yordamida, o’sha xotira va uning hissiy ahamiyatini ongga muhrlashga majbur qiladi.

Bunday holatda sizda ikkita yo’l mavjud: Bu his-tuyg’uni bostirishingiz mumkin yo bo’lmasa, o’zingizga shu tuyg’uni his qilish imkonini berib, undan ozod bo’lishingiz mumkin.

Ko’pchilgimizga yoshlikdan his-tuyg’ular bilan qanday ishlashni hech kim o’rgatmagan. Shu sababdan, aksariyat insonlar hissiyotlarini ichida to’plab yuradi.

Bu esa vaqti kelib, o’tmishdagi tajribani takror-takror yodga olishga va asab tizimining haddan ziyod qo’zg’alishiga sabab bo’ladi.

Oqibatda, bu narsa asab tizimingizni doimiy ravishda “ur yoki yugur” stress reaksiyasi ta’sirida qoldiradi.

@pslog
❤5👍4❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anamorfik illyuziya

Ushbu anamorfoz portret Istanbuldagi Rahmi M. Koch muzeyining asoschisi sharagiga yaratilgan bo’lib, undagi har bir detal shu kishining shaxsiyati, odatlari va qiziqishlarni ko’rsatib bergan.

Soat – vaqt qadri, globus va chamadonlar – sayohatga oshuftalik, kema maketlari va kema ruli – dengiz va dengizchilikka bo’lgan muhabbat timsoli. Asarda ishlatilgan yorug’lik, soyalar, rang va tasvirlar portretning tugal tasvir jozibasini yaratgan.

Ushbu asar chexiyalik haykaltarosh Patrik Prosko tomonidan 3 oy davomida yaratilgan bo’lib, uni tamomlashga 913 xil buyum kerak bo’lgan.


@pslog
❤‍🔥4❤3😍2👍1
Kafkani o’qing! Kafkani uqib o’qing! Bir umr o’qing! Qayta-qayta o’qing!…Zero, u kabi ijodkorlar hamisha, hamma vaqt inson va zamon yuziga ko’zgu tutib turadilarki, goh-gohida hayot quvonchlari-yu tashvishlaridan andak bosh ko’tarib, oynadagi aksimizga ko’z tashlab olsak, chakki bo’lmasdi…

🖊️ Ulug’bek Hamdam

https://azizapulatova.medium.com/kafkaning-ko-nglida-qolgan-kechinmalar-dacec82dd61e
❤7👍3❤‍🔥2
Zeygarnik effekti bilan kundalik hayotda ko’p qarshilashamiz. Biror qo’shiqning davomini eslay olmasak, uni kun bo’yi xirgoyi qilib yurishimiz, tugallanmagan ishlar qalashib qolsa, samarali ishlashga xalaqit bera boshlashi, chala qolgan sevgi hikoyasi varaqlarini qayta-qayta ochaverish – bularning bari Zeygarnik effektiga kundalik hayotdan olingan oddiy misollardir. (Zeigarnik, 1927).

https://azizapulatova.medium.com/zeygarnik-effekti-misolida-muhabbat-283a03e2f2f4
❤‍🔥7👍6
🌹 Senga atirgul bog’ini va’da qilmaganman(“I never promised you a rose garden”) — 16 yoshli Deborah’ning ruhiy kasalliklar shifoxonasida boshidan kechirganlari haqida hikoya qiluvchi yarim avtobiografik asardir.

O’ta yosh bo’lishiga qaramay, ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqan yozuvchi Joanna Greenberg o’z kechinmalarini ushbu romanda qalamga oladi.


https://azizapulatova.medium.com/senga-atirgul-bogini-va-da-qilmagandim-09192e0e99bd
❤8🥰1
Teleologiya

Goldstein xonim ikki nabirasi bilan sayr qilgani ko’chaga chiqishadi. Yo’lda bir o’rtog’i bilan uchrashib qoladi. Dugonasi undan nabiralarining yoshini so’raydi. Goldstein xonim javobni cho’rt kesadi: “Shifokor 5 yoshda, advokat esa 7 ga kirgan.”

Nima deb o’ylaysiz? Inson hayotining qandaydir bir telos’i mavjud bo’ladimi?

Buni Aristoteldan so’rasangiz, u “ha” deb javob beradi. Uning fikricha, inson umrining telos’i baxtdir. Aristotel davridan 7 asr o’tib, Aziz Augustine hayotning telos’i Tangriga bo’lgan muhabbat deb tushuntiradi. Yigirmanchi asr ekzistensialisti Martin Heiddeger esa, telos’ni inson o’zining “haqiqiy men”ini topishi, eng muhimi esa, o’limni inkor qilmasdan yashash fikrini ilgari suradi. Baxtli hayotmi? U allaqachon urfdan qolib bo’lganku!

🖋️
Thomas Katheart & Daniel Klein’ninb Platon bir kuni qo’lida o’rdakburun bilan barga kirib keladi…(Falsafani mutoyiba yo’li bilan tushunish) kitobidan

Sizningchachi? Hayotdan maqsad nima? Insonning hayotidan maqsadi nima?

@pslog
❤9❤‍🔥2👍2
Alice Miller’ning barcha kitoblari markazida bolalikda boshdan kechirilgan og’riqlarning inkor etilishi mavzusi asosiy o’rinni egallaydi.

Tana aslo yolg’on so’zlamas(The Body Never Lies) kitobining ilk bobi ko’plab daho insonlarning o'ta shaxsiy hayoti haqida: mashhur yozuvchi (Dostoyevskiy, Anton Chehov, Kafka), shoir (Arthur Rimbaud va Marcel Proust), faylasuf (Nietzsche)ning hayoti davomida ko’p kasallangani va barvaqt yoshda vafot etgani yoki o’z joniga qasd qilganini ota-onasi va oilasi tomonidan ko’rgan jabr, zo’ravonlik oqibati ekanligi yoritilgan.

https://medium.com/@pulatovaaziza/tana-aslo-yolgon-so-zlamas-f5e26f58f119
❤7👍4
Jahl ortida jarohat yashirin

☘️ Hissiy intellekting oshgani sayin, odamlarning gap-so’zlaridan ranjimay qo’yasan. Chunki, ular senga nega bunaqa munosabatda bo’layotganini, uning qanaqa insonligini bilib turasan. Hamma uni kap-katta odam deb o’ylasa, sen o’sha ulg’aygan odam tanasida hali hamon yaralangan bolakay yashayotganini tushunasan. Ana shunda har bir gapni shaxsiy olaverishga shoshilmaysan.

Odamlar o’z qayg’ulari, travmalari va qo’rquvlarini – o’zlarining ojiz tomonlarini boshqalarga ko’chirib o’tkazishlarini anglab yetasan. Yaralangan odam boshqalarni ham yaralaydi. Odamlar o’z ichki dunyosidan kelib chiqib, atrofdagi narsalarga baho beradi. Bunday vaziyatda, bir qadam ortga chekinib, qarshingdagi insonni o’z holiga qo’yasan. Bu bilan, uning siniqlari seni sindirishga yo’l qo’ymaysan 💔

Rob Dial


@pslog
👍5💔5❤1
Muvaffaqiyatli psixologik tahlillari bilan klassik adabiyot tarixida o’chmas iz qoldirgan Stefan Zweig’ning melonxoliyaga yo’g’rilgan hikoyalaridan biri bo’lmish “Amok” insoniyatning umidsizlik, adashish, xiyonat va qadrsizlik kabi hislar qa’riga qanday tortilishini ko’rsatuvchi, yetti inson hayotiga yakun yasagan yetti suiqasd sababini izohlab beruvchi ta’sirli asardir…

https://azizapulatova.medium.com/amok-chopqirlari-va-suitsid-031acb3fc17e
❤‍🔥4👍4🎉1