💭 Holdan toyish ortida doimo ish yuki turavermaydi.
Shaxsiy chegara masofa yaratish uchun emas, balki siz va qarshingizdagi insonga tegishli zonalarini asrab qolish uchun kerak. “Yo’q” deya olmaganingizda o’z ehtiyojlaringizni keyinga o’ringa surasiz va oqibatda horg’in, qizishgan va hafsalasiz kishiga aylanasiz.
Sog’lom chegaralarni qo’yganingizda esa, o’z energiyangizni asraysiz va ishtiyoq o'sishiga yo'l berasiz.
🌱 Chunki, chegara o’rnatish boshqalarni rad etish emas, balki o’zimizni inkor qilmaslikdir.
@pslog

❤8👍6
💭 Bolaga qachon cheklov qo’yish kerak deb o’ylaysiz?
Florian, 14 yoshda. Onam menga ko’ngli bo’shlik qilyapti. Ba’zan qattiqroq turishini, masalan, uy vazifalarimni bajarmasam, ko’chaga chiqishga ruhsat bermasligini xohlardim. Vaqti kelganda, o’zimga o’zim cheklovlar qo’yishga qiynalaman, shuning uchun o’rtoqlarim bilan hali u yoqda, hali bu yoqda sang’ib yuraman. Men, bolalarim baqir-chaqir qilganda ham ko’ngli tusagan har ishni qilaverishiga to’sqinlik qilgan bo’lardim. Hech shubhasiz. Hayotda qiynalishlarini xohlamayman. Bo’lmasa, hamma nima qilsa, shuni qiladigan, o’ziga o’zi cheklov qo’ya olmaydigan bo’lib qolishadi. O’zlari xohlagan yo’lni tanlagan taqdirda ham, mustaqil bo’la olishmaydi.
Bolaga ko’ngli tusagan har qanday ishni qilishga ixtiyor bermaslik, yetuklikda unga mustaqil bo’lish fursatini berish demaktir…
📕 Catherine Mathelin “Freud’a ne yaptik da çocuklarmiz böyle oldu?”

❤8👍2
Yaponlarning fikricha, kishida uch qiyofa bo'ladi. U birinchi qiyofasini atrofdagilarga ko'rsatadi. Ikkinchi qiyofasini yaqin do'stlari va oilasiga ko'rsatadi. Uchinchi qiyofasini esa hech kimga ko'rsatmas ekan va bu uning asl qiyofasi ekan…
@pslog
@pslog
❤10🔥2
#psixologikfakt
Ahmoqona savolga sarkazm bilan javob qaytara olish qobiliyati miyaning sog'lom ishlayotganidan darak beradi.

👍13❤6😱4❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotga havasini yo’qotgan 23-yoshli bu yigit universitetni tark etib, 3 yildan buyon uyidan tashqariga chiqmaydi. Telefon va gadjetlarga mixlanib qolgan.
P.S Hikokomori ga o’xshash holat.
@pslog
“Hech narsa qilgim kelmagani ichun, cho’milmayman ham. Qo’limdan kelsa hojatxonaga ham bormasdim, ovqat ham yemasdim. Bularni majburdan qilaman”
P.S Hikokomori ga o’xshash holat.
@pslog
😢11
Brain Rot – Chindan ham miya chirishi mumkinmi?
“Brain Rot” insonning aqliy yoki intellektual holatining yomonlashuvini ifodalaydi. Bu holat internetdagi past sifatli yoki qiymatsiz kontentni ko’p iste’mol qilish bilan bog’liqdir. Tik tok kabi platformalarda yoyiladigan qisqa va “diqqat o’g’irlovchi” kontentlar ichiga sho’ng’ib ketish holati, ushbu atamaning zamonaviy ma’nosi yaralishiga sabab bo’ldi.
Aslida bu atamani ilk bor 19-asrda Henry David Thoreau o’zining Walden nomli asarida qo’llagan edi. Thoreau olomonni fikr qashshoqligida ayblar ekan, shu savolni bergan edi:
Hozirda esa bu atama ekran qarshisida ko’p o’tirish natijasida yuzaga kelgan aqliy charchoqni tasvirlash uchun ishlatiladi.
https://azizapulatova.medium.com/brainrot-chindan-ham-miya-chirishi-mumkinmi-e5e8c5ac348b

“Angliyada kartoshka chirishi xavfini oldini olishga chora ko’riladi-yu, undan xavotirliroq va xavfliroq bo’lgan miya chirishiga indamay qarab turiladimi?”
Hozirda esa bu atama ekran qarshisida ko’p o’tirish natijasida yuzaga kelgan aqliy charchoqni tasvirlash uchun ishlatiladi.
https://azizapulatova.medium.com/brainrot-chindan-ham-miya-chirishi-mumkinmi-e5e8c5ac348b
@pslog
🔥6❤3👍3
Menimcha, deya davom etdi Breuer, “inson, charchoqqa soluvchi yashash tarzini tanlash orqali, o’zi bilmagan holda kasallikni o’ziga chaqirgan bo’lishi mumkin. Bu stress tobora oshsa yoki surunkali davom etadigan bo’lsa, ayrim tana a’zolari faoliyatining qo’zg’alishiga sharoit yaratadi.
Aniqroq aytadigan bo’lsak, odam kasal bo’lishni emas, stress girdobida qolishni tanlaydi. Kasallikni chaqirgan esa aynan shu stressdir!
Shu boisdan, bizning dushmanimiz stress bo’ladi va mening shifokor sifatidagi vazifam hayotimizdagi stressni kamaytirishga hissa qo’shish.”
📖 “Nitsshe yig’laganda” – Irvin Yalom

❤5🔥3
Shu kunlarda Irvin Yalom’ning “Nitshe yig’laganda” kitobini o’qiyapman.
Voqealar psixoanaliz tug’ilishi arafasidagi 19-asr Vena shahrida bo’lib o’tadi. Ziyoli insonlar qurshovi. Havo sovuq…
Nitsshe. Ikki kitobi haliyam nashrdan chiqmagan, hech kim tanimaydigan bir filosof. Tanholikni tanlagan. O’z dardlariga quchoq ochgan. Bor-budi, bitta chamadon va ongida yaratayotgan kitoblar. Rafiqasi, odamlar orasidagi mas’uliyati va hech qanday vatani yo’q. Umidsiz. Yolg’izlikni yoqtiradi.
Breuer; Insonni tashhislash borasida afsonaviy bir daho. Umidsiz kishilarning eshigini taqillatgan shifokor. Psixoanalizning ilk asoschilaridan biri.
Freyd; Breur’ning do’sti. Hali yosh. Kelajagi porloq.
Salomé; Erkaklarning boshini aylantiradigan ayol. Ayniqsa rassom va olimlarni tanlaydi.

Kitob: Umidsizlik haqida. O’zi va hayot bilan yuzma-yuz kelishdan chekinmaydiganlar uchun…@pslog
❤11
Swipe left or right? – “Bowlby Tinder a’zosi bo’lsaydi…”
John Bowlby hozir hayot bo’lsaydi…ehtimol, bog’lanish uslublari analizi bilan shug’ullanish o’rniga Tinder ilovasining ishlash mexanizmi ustida bosh qotirayotgan bo’lardi.
https://medium.com/@pulatovaaziza/bowlby-tinderda-bo-lsaydi-ff1337aa9cb4

❤9
Hamma bolalar kun kelib ulg’ayadi, hayot haqiqatlarini anglay boshlaydi. Lekin ba’zi bolalarda bu ertaroq yuz beradi, xuddi Zeze’ga o’xshab…
https://azizapulatova.medium.com/kunlarning-birida-qayguni-kashf-etgan-bir-bolakay-hikoyasi-77c4338eeba1

Medium
Kunlarning birida qayg’uni kashf etgan bir bolakay hikoyasi
José Mauro de Vaskonselos’ning “Azizim, Po’rtaxol” asariga taqriz
❤11
🍂 “Har kuni bir oz yaqinroqda”
🖊️ İrvin Yalom
Psixiatr Irvin Yalom o’z bemori bo’lmish yosh, qobiliyatli yozuvchi Ginny Elkin’ni terapiya tajribasi haqida birgalikda yozishga taklif qiladi. Psixiatr va bemor seanslarga oid bir-birlaridan ayro kundaliklar tutishni boshlaydi. Shu tariqa, terapevt va bemor o’rtasidagi munosabatlar qil ustida qurilishini ko’rsatuvchi bir kitob dunyo yuzini ko’radi. Terapiya jarayonini boshdan kechirishga va psixoterapiyaning qanchalik manfaatli bo’lishi mumkinligiga qiziquvchilar uchun. Bu kitobni o’qish ayni paytda terapiya ko’rayotgan kishiga noqulaylik his qildirishi mumkin. Bunga sabab kitobda bir xil tajribaga qaraydigan ikkita alohida ovoz mavjudligida.
Ham terapiya stoli ortida, ham qarshisida bo’lish tajribalarini boshdan kechirganlargina, Ginny’ning bora-bora o’zi haqida ongli xulosalarga ega bo’lib borishini kuzatish orqali ko’p narsalarni o’rganishi mumkin.

❤7👍4
Nevrolog olim Oliver Sacks ushbu kitobda 24 tur kasallik haqida so’z yuritadi. Xotinini shapka deb o’ylagan odam, amneziyasiga nisbatan amneziya holatida bo'lgan, o'zini 19 yoshli navqiron yigitdek his qiladigan dengizchi, ichida tinmay musiqa chaladigan ayol, ikki oyoqli ensiklopediya va shu kabi boshqa bir-biridan g'aroyib hayotiy hikoyalarni faqatgina shu kitobda topishingiz mumkin 💫
❤7👍3
Xotinini shapka bilan adashtirgan odam
Bu hikoya vizual agnoziyaning o’zgacha bir turi haqida boradi. Dr. P. musiqa maktabida o’qituvchilik qilardi. Ba’zida o’quvchilardan biri unga o’zini tanishtirsa, Dr. P. uni tanimas, aniqroq aytganda, bu o’quvchining chehrasini ko’z oldiga keltira olmas edi. O’quvchi gapirar-gapirmas, ovozidan uning kimligini faxmlab olardi. Dr. P ariqdagi suv va yo’l belgilarini bolalarning boshi deb, mehr bilan siypalar, predmetlarni insonlar sanab, ularni gapga tortishga harakat qilardi. Uning musiqiy iqtidori havasqilarli darajada ajoyib edi. O’zini esa har doimgidan ham ko’ra yaxshiroq his qilardi. “G’alati hodisalar” yuz berayotganini bilishiga 3 yil kerak bo’ldi va bu orada u diabetga chalindi. Qand kasalligining ko’rishga ta’sirini oldini olish uchun, ko’z shifokori huzuriga boradi. Ko’z shifokori esa unga ko’zlarining sog’lomligini, biroq miyasining ko’rish bilan bog’liq sohasida muammo bo’lishi mumkinligini aytadi. Ko’z shifokorining tavsiyasi bilan Dr. P. Oliver Saks ko’rigiga ketadi. Ko’rik vaqtida Dr. P rafiqasining boshini chindan ham o’zining shapkasi deb o’ylaydi!
A.S. Luria o'zining “Dunyosi parchalangan inson” kitobida miyasining o’ng yarimkurrasida jiddiy bir hastaligi bo’lgan bemor haqida aytadi.
Luria ta’riflagan Zazetskiy’da “xayolot olami” saqlanib qolgan bo’lsa-da, u avvalgiday shatranj o’ynay olmasdi. Zazetskiy va Dr. P bir olamda yashardilar. Lurianing aytishicha, ular orasidagi achinarli farq shunda ediki, Zazetskiy “la’natlangan inson” day yo’qotgan sezgilarini tiklash uchun astoydil kurashsa, Dr. P.ning esa bu xayoliga ham kelmas, nimalardan mosuvoligini o’zi ham bilmasdi.

❤7❤🔥1👍1
“Kasalliklarsiz ham yashay olgan bo’larmidik?”
"Hayvonlar ham kasal bo’lishadi, lekin faqat insonlar kasallikdan og’rib, yotib qolishadi."
“Oyog’i yoki ko’zini yo’qotgan inson nimadan mahrum ekanligini biladi; shaxsini yo’qotganida esa, inson hech narsani bila olmaydi, sababi buni biladigan hech vaqosi qolmagan bo’ladi.”
“Populus vult decipi, ergo decipiatur." – Insonlar aldanishni istaydilar, qo’yavering, aldanaversinlar.
Oliver Sacks, "Xotinini shapka bilan adashtirgan odam"
Kitobdagi boshqa hikoyalarni bu yerda o'qishingiz mumkin: https://medium.com/@pulatovaaziza/xotinini-shapka-bilan-adashtirgan-odam-85142344af1c
Medium
Xotinini shapka bilan adashtirgan odam
Oliver Sacks’ning shu nomli kitobiga taqriz
❤5❤🔥1👍1
47 yoshida autizm tashxisi qo’yildl
Shifoxonaga Ehlers-Danlos Sindromi uchun tekshiruvdan o’tishga borgan Laure James’ga autizm sindromi tashxisi qo’yildi.
James’ga yoshlikdan notog’ri tashxislar qo’yilib kelingan. Ishtaha sustligi, vahimaning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi va muloqotdagi qiyinchiliklar kabi simptomlar har gal boshqa kasallik simptomlari bilan adashtirib yuborilgan.
Buyuk Britaniya Milliy Autizm Birlashmasi boshlig’i Carol Povey’ning aytishicha, bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autistik qiz va ayollar qarshilashgan bu holatni niqoblangan va kamuflyaj(yashirin) so’zlari bilan ta’riflagan Povey, qiz va og’il bolalardagi autizm o’rtasida bunday tafovutning paydo bo’lishida ijtimoiy hayot muhim rol tutishini ta’kidlaydi.
Povey, autizmga chalingan qizlar tashqaridan “aqilli, xotirjam va xushfe’l” bo’lib ko’rinishadi va shu sababdan autizm belgilarini og’il bolalardan ko’ra yaxshiroq yashirishadi, deydi.
Laure James o’zidagi autizmdan xabar topgandan keyin hayoti butunlay o’zgargani va o’zini yaxshiroq anglay boshlanganini aytadi. U o’zining “Odd Girl Out” nomli kitobida autistik ayol bo’lish tajribalari haqida bo’lishadi.

“Qiz bolalarga yanglish tashxis qo’yish juda ko’p uchraydi.”
Buyuk Britaniya Milliy Autizm Birlashmasi boshlig’i Carol Povey’ning aytishicha, bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi. Autistik qiz va ayollar qarshilashgan bu holatni niqoblangan va kamuflyaj(yashirin) so’zlari bilan ta’riflagan Povey, qiz va og’il bolalardagi autizm o’rtasida bunday tafovutning paydo bo’lishida ijtimoiy hayot muhim rol tutishini ta’kidlaydi.
“O’zimdagi farqliliklarni nihoyat tushuna boshladim.”
Povey, autizmga chalingan qizlar tashqaridan “aqilli, xotirjam va xushfe’l” bo’lib ko’rinishadi va shu sababdan autizm belgilarini og’il bolalardan ko’ra yaxshiroq yashirishadi, deydi.
Laure James o’zidagi autizmdan xabar topgandan keyin hayoti butunlay o’zgargani va o’zini yaxshiroq anglay boshlanganini aytadi. U o’zining “Odd Girl Out” nomli kitobida autistik ayol bo’lish tajribalari haqida bo’lishadi.
@pslog
Medium
47 yoshida autizm tashhisi qo’yilgan ayol
bookstr
👍6❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bostirilgan his-tuyg’ular sehrli emaski, ular o’z-o’zidan yo’q bo’lib qolsa…
Bostirilgan hissiyotlarning barchasi tanamizda “yashaydi.”
Buning sababi shunda: biror voqea yoki hodisa sizga qattiq ta’sir qilganda, bu holat tanangizda kortizol, adrenalin va yurak zarbining ortishiga sabab bo’ladi.
Hissiy zo’riqish va u ta’sirida yuzaga kelgan fiziologik reaksiya, miyaning hissiy reaksiyalarga javob beruvchi qismi bo’lgan amigdalani gippokamp(miyaning xotirani boshqaruvchi qismi) yordamida, o’sha xotira va uning hissiy ahamiyatini ongga muhrlashga majbur qiladi.
Bunday holatda sizda ikkita yo’l mavjud: Bu his-tuyg’uni bostirishingiz mumkin yo bo’lmasa, o’zingizga shu tuyg’uni his qilish imkonini berib, undan ozod bo’lishingiz mumkin.
Ko’pchilgimizga yoshlikdan his-tuyg’ular bilan qanday ishlashni hech kim o’rgatmagan. Shu sababdan, aksariyat insonlar hissiyotlarini ichida to’plab yuradi.
Bu esa vaqti kelib, o’tmishdagi tajribani takror-takror yodga olishga va asab tizimining haddan ziyod qo’zg’alishiga sabab bo’ladi.
Oqibatda, bu narsa asab tizimingizni doimiy ravishda “ur yoki yugur” stress reaksiyasi ta’sirida qoldiradi.

❤5👍4❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anamorfik illyuziya
Ushbu anamorfoz portret Istanbuldagi Rahmi M. Koch muzeyining asoschisi sharagiga yaratilgan bo’lib, undagi har bir detal shu kishining shaxsiyati, odatlari va qiziqishlarni ko’rsatib bergan.
Soat – vaqt qadri, globus va chamadonlar – sayohatga oshuftalik, kema maketlari va kema ruli – dengiz va dengizchilikka bo’lgan muhabbat timsoli. Asarda ishlatilgan yorug’lik, soyalar, rang va tasvirlar portretning tugal tasvir jozibasini yaratgan.
Ushbu asar chexiyalik haykaltarosh Patrik Prosko tomonidan 3 oy davomida yaratilgan bo’lib, uni tamomlashga 913 xil buyum kerak bo’lgan.

❤🔥4❤3😍2👍1
Kafkani o’qing! Kafkani uqib o’qing! Bir umr o’qing! Qayta-qayta o’qing!…Zero, u kabi ijodkorlar hamisha,
🖊️ Ulug’bek Hamdam
https://azizapulatova.medium.com/kafkaning-ko-nglida-qolgan-kechinmalar-dacec82dd61e
hamma vaqt inson va zamon yuziga ko’zgu tutib turadilarki, goh-gohida hayot quvonchlari-yu tashvishlaridan andak bosh ko’tarib, oynadagi aksimizga ko’z tashlab olsak, chakki bo’lmasdi…🖊️ Ulug’bek Hamdam
https://azizapulatova.medium.com/kafkaning-ko-nglida-qolgan-kechinmalar-dacec82dd61e
Medium
Kafka’ning ko’nglida ko’milmish kechinmalar
Kafka’ning ko’nglida ko’milmish kechinmalar Har bir yozuvchining asar va kitoblarini, uning hayotdan olgan kichik kuzatuvlari, sezgilardan orttirilgan shaxsiy tajribalari asosiga qurilgan bir …
❤7👍3❤🔥2