π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
250 subscribers
907 photos
123 videos
1 file
370 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tabiat, san’at, muzey, musiqa, go’zallik va kitoblarni sevuvchilar uchun yangilik πŸ”₯

Sizlarni o’z You Tube kanalimga taklif qilaman. Hozircha kichik videolarni
joylayapman. Keyinroq katta rejalarim ham yo’q emas!

https://youtube.com/@apulatova?si=fgvSI8Nd_E0vtN6R
❀8πŸ”₯4🀩2
Nevzat Tarxanning "Ayol psixologiyasi" kitobini anchadan beri mustaqil tarjima qilayotgandim. O'zbek tilida ham nashrga chiqqanini yaqinda bilib qoldim. Qisqasi, kitobdagi ayrim fikrlarni bo'lishgim keldi πŸ’ž

https://azizapulatova.medium.com/ayol-psixologiyasi-1db84e595081
❀9πŸ•Š3πŸ“2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar nega o’zlarini o’tloqdan olib qochishga harakat qilishyapti?

Javob: Taktil defans.

Taktil sezgiβ€Šβ€”β€Štanani yengil silaganda paydo bo’ladigan sezgidir. Defans esa himoya qilish degani.

Odamlarda β€œshaxsiy makon” ga bo’lgan ehtiyoj mavjud. Oddiy misol. Oldingizga bir notanish kishi yaqinlashdi, o’zingizni qanday his qilasiz? Tabiiyki, biroz cho'chiysiz. Axir, begona odam sizga ziyon yetkazadimi yoki yo’qmi: buni oldindan bila olmaysiz. Shu sababli, bunday vaziyatda biroz bo'lsa-da, ortga tisarilasiz.

Videodagi go’daklar ham maysalarga oyoqlarini tekkizmay turib, undan qochishga harakat qilishyapti. Ya’ni, o’tloq, ular uchun notanish bir kimsa kabi. Taktil defans’ni kundalik hayotda ko’p uchratishimiz mumkin. Go’daklarning maysalardan qochishiga o’xshab, boshqa obyektlardan qochishga urinishi taktil defans’ga misol bo’ladi.

@pslog
❀12πŸ‘1πŸ”₯1
β€œOrigins: How the Nine Months Before Birth Shape the Rest of Our Lives”, β€œIbtido: Ona qornidagi hayot kelgusidagi hayotimizga qanday ta’siri bor? β€œasarining muallifi Annie Murphy Paul’ ning aytishicha,


β€œBosh miya (…) biror hayotiy tajriba haqida o’qish bilan o’sha tajribani real hayotda boshdan kechirish orasidagi farqni yaxshi ajrata olmaydi. Har ikki holatda ham, miyada bir xil nevrologik o’zgarishlar ro’y beradi.


Ota-ona kitob o’qib berganida, farzandiga faqat hikoyadagi bilimlarni o’rgatmaydi, balki uni o’sha hikoyaning tubsiz olamiga ham olib kiradi.

β€œThe Invisible toolbox” kitobidan

https://medium.com/@pulatovaaziza/kim-jocelyn-dicksonning-ko-rinmas-asboblar-qutisi-kitobiga-taqriz-7fb116fcfe1a
❀9πŸ‘2πŸ”₯2
β€œBebosh bola” sindromi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak.

Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi haqida yozilgan eng mashxur kitoblardan biri Emily Greenfield’niki ekan.

https://medium.com/@pulatovaaziza/diqqat-yetishmasligi-va-giperaktivlik-c911fa343030
πŸ‘5❀2πŸ”₯2😘2
Bir kuni Didroga chiroyli qizil xalat sovgβ€˜a qilishadi. Yangi xalat shkafdagi eski buyumlarga yarashmagandek tuyilaveradi. Didro shu xalatning rangiga mos mebellar – stol va divan, hatto gilam va devorga osiliq rasmlarni yangisiga almashtira boshlaydi. Muammo shunda ediki, u o’zining ishxonasini ta’mirlatirayotgan vaqtda, pulsiz qoladi. Boshqalardan qarz olishga va bir muddat nochor yashab turishga majbur bo’ladi. Yangi xalat unga qimmatga tushadi…

Diderot effekti haqida: https://medium.com/@pulatovaaziza/diderot-effekti-f6670e511160
πŸ‘7❀5πŸ”₯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insonlar har doim o’zi bilan teng darajadagi ruhiy travmalarga ega insonni uchratishadi. Agar bir inson bu ruhiy travmalarni yengib o’tsa-yu, boshqasi bunday qila olmasa, munosabatlarda inqiroz yuzaga kelishi tayin.

– Gabor Mate

πŸ‘‰@pslog πŸ‘ˆ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀10❀‍πŸ”₯7πŸ”₯2πŸ’―2⚑1
"ChoΚ»qqilar sari intilishning oΚ»zi inson qalbini toΚ»ldirish uchun yetarli. Sizifni baxtli deb tasavvur qilishimiz lozim."



Yunon mifalogiyasida Sizif ayyorligi va makkorligi bilan tanilgan podshoh edi. Sizif barcha qilmishlari uchun Zevs va boshqa tangrilar tomonidan jazolanadi. β€œTangrilar Sizifni togΚ»ga shar shaklidagi toshni dumalatib chiqarishga abadiy mahkum etishgandi. Ammo Sizif toshni choΚ»qqiga yaqinlashtirganda, tosh yana pastga dumalab tushardi. Bir xil, maΚΌnosiz narsani qayta-qayta bajarishdan ko’ra qo’rqinchliroq bir jazo bo’lmasa kerak deb o’ylashgandi. Ularni haqsiz deb ham bo’lmasdi.”

πŸ“š Albert Camus'ning "Sizif haqida asotir" asariga taqriz:

https://azizapulatova.medium.com/camusdan-sizif-haqida-asotir-a865e3e00ca4

πŸ‘‰ @pslog πŸ‘ˆ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘6πŸ”₯4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zi insonlar tabiatan ablax bo'lishadimi?

Ba'zilar berahm, ba'zilar xudbin, yana ba'zilar jaxldor, ayrim insonlar esa narsist yoki abyuzer bo'lishadi. Lekin, aslida bu ularning asl qiyofasi emas.

Budda bundan 2500 yil avval dunyoni ongimiz(ya'ni, ikki ko'zimiz, qulog'imiz, sezgilarimiz...) bilan idrok qilishimizni aytgan edi. Bizning ichki holatimiz atrofimizdagi dunyo haqidagi tasavvurimizni shakllantiradi.

Nima deb o'ylaysiz: kimdandir "Dunyo – juda rasvo joy". "Unda faqat yomon odamlar yashaydi" degan so'zlarni eshitgan odam o'zini qanday tuta boshlaydi?

Boshqalar undan hayiqib turishi uchun o'zini agressiv, qo'pol, xudbinlarcha tutishga, Amerika prezidentiday haybatli ko'rinishga urinadi.

Aynan shu so'zlarni Donald Trump'ning The Art of Deal kitobida o'qishingiz mumkin.

Donald Trump jaxldor, qo'pol, xudbin tuban inson bo'lib tug'ilmagan. U ham qachondir atrofdagilarning mehr-shafqat va sevgisiga muhtoj bir go'dak bo'lgan. Trump'ning jiyani, psixolog Mary Trump'ning aytishicha, Donald'ning otasi Fred Trump o'z farzandiga va boshqa bolalarga shafqatsiz munosabatda bo'ladigan sotsiopat bo'lgan.

Aslida, hech kim o'z-o'zidan yomon bo'lib qolmaydi. Yomonlik yo'lini tanlash bir baxona ham emas, shunchaki odamlar o'zi uchun ishlaydigan qulay bir mexanizm asosida yashashni afzal bilishadi.

P.S. Insonning xulq-atvori uning hayotiy, ayniqsa, bolalik tajribalari asosida shakllanadi.

@pslog
πŸ”₯9❀4πŸ‘4
Yangidan boshlaymiz!

Darveshdan soΚ»rashibdi:
"Hamma narsamizni yoΚ»qotdik, endi nima qilamiz?"
Darvesh shunday debdi:
"Choy qoΚ»y, yangidan boshlaymiz..."
πŸ‘‰ @pslog πŸ‘ˆ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚑10πŸ’‹4❀2
Bolalarning rasmini tarmoqqa joylashtirish biz o'ylagandan ko'ra ancha xavfliroq

β€’ Tadqiqotlar 5 yoshga to'lgan bir bolaning internetta o'rtacha 1500 ta sur'ati mavjudligini ko'rsatmoqda.

β€’ 2030-yilgacha bolalar tasvirlari turli yovuz maqsadli kishilar qo'liga tushib qolishi mumkinligi oldindan taxmin qilinmoqda.

Deutsche Telecom tomonidan yaratilgan #ShareWithCare loyihasi ko'pchilikning e'tiboriga tushdi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan "Ella", voyaga yetgan farzand sifatida ota-onasiga shu savolni beradi: "Nega mening sur'atlarimni internetga bunchalar ko'p joyladingiz?" Shu oddiygina savolning o'zi mulohaza uchun yetarli.


@pslog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ’―7❀4πŸ‘1
Jang maydoniga hujumga kirayotgan askar birinchi o’qdayoq halok bo’ladi. Lekin diqqat askarga emas, uning formasiga qaratiladi. Askarlar bir yerda dafn etiladi, formalar esa yig’ib olinib, tozalangandan so’ng, yangi safarbar qilinganlarga yuboriladi.

O’sha harbiy kiyimni maktabni yaqindagina bitirgan, biroq allaqachon propaganda qurboniga aylangan Paul Baumer oladi.

Ekranlashtirilgan mashxur romanβ€Š- β€œG’arbiy frontda o’zgarish yo’q” filmiga taqriz: https://azizapulatova.medium.com/ekran-yuzini-korgan-roman-garbiy-frontda-o-zgarish-yo-q-filmiga-taqriz-e3a69cb1655a

@pslog
❀13πŸ‘1
Odamlarning gap-so’ziga qulog’ingni berkit. Barchasini yangitdan boshla va bundan aslo qo’rqma!

Endi insonlarning emas, aksincha, orzularing ortidan yugur. Ro’yobga chiqishini istagan qanday niyat qilgan bo’lsang, haqiqatga aylantir. Ko’ngling tusagan nima bo’lsa, barchasini qil. Mark Tven shunday degan edi: Oradan 20 yil o’tib, qilganlaring uchun emas, qila olmaganlaring uchun ezilasan. Iloji boricha xatolaringni tuzat. Mustahkam kemada uzoqlarga yelkan och. Shamolni izla, uni tut va his qil.

Hayot seniki. Yashash go’zal. Sen chiroyli umr kechirishga qodirsan.

✍️ Mirach Chag’ri Oqtosh

https://azizapulatova.medium.com/hayot-yutqazgan-joyingdan-boshlanar-93bb74c90068

@pslog
❀8πŸ‘4πŸ‘Ž2πŸ”₯1
Tanamiz his-tuyg'ularimizning eng sukunatli, biroq eng kuchli tilidir...

Ko'krakda og'irlik hissi, mushaklar tortishishi, ko'ngil aynishi... Bularning barchasi aslida bostirilgan his-tuyg'ular va xavotirning boshqa bir ko'rinishi bo'lishi mumkin.

Compassionate Inquiry tananing biz bilan so'zlashayotgan ovozsiz tilini tushunishga va o'zimizni yanada chuqurroq anglashimizga yordam berishi mumkin. 🌱

βœ… A psychotherapeutic approach developed by Dr. Gabor MatΓ©

https://azizapulatova.medium.com/tananing-sadosiz-tili-compassionate-inquiry-qarashi-b3157f114abc
πŸ”₯5
πŸ’­ Holdan toyish ortida doimo ish yuki turavermaydi.


Shaxsiy chegara masofa yaratish uchun emas, balki siz va qarshingizdagi insonga tegishli zonalarini asrab qolish uchun kerak. β€œYo’q” deya olmaganingizda o’z ehtiyojlaringizni keyinga o’ringa surasiz va oqibatda horg’in, qizishgan va hafsalasiz kishiga aylanasiz.


Sog’lom chegaralarni qo’yganingizda esa, o’z energiyangizni asraysiz va ishtiyoq o'sishiga yo'l berasiz.

🌱 Chunki, chegara o’rnatish boshqalarni rad etish emas, balki o’zimizni inkor qilmaslikdir.

@pslog
❀8πŸ‘6
πŸ’­ Bolaga qachon cheklov qo’yish kerak deb o’ylaysiz?

Florian, 14 yoshda. Onam menga ko’ngli bo’shlik qilyapti. Ba’zan qattiqroq turishini, masalan, uy vazifalarimni bajarmasam, ko’chaga chiqishga ruhsat bermasligini xohlardim. Vaqti kelganda, o’zimga o’zim cheklovlar qo’yishga qiynalaman, shuning uchun o’rtoqlarim bilan hali u yoqda, hali bu yoqda sang’ib yuraman. Men, bolalarim baqir-chaqir qilganda ham ko’ngli tusagan har ishni qilaverishiga to’sqinlik qilgan bo’lardim. Hech shubhasiz. Hayotda qiynalishlarini xohlamayman. Bo’lmasa, hamma nima qilsa, shuni qiladigan, o’ziga o’zi cheklov qo’ya olmaydigan bo’lib qolishadi. O’zlari xohlagan yo’lni tanlagan taqdirda ham, mustaqil bo’la olishmaydi.

Bolaga ko’ngli tusagan har qanday ishni qilishga ixtiyor bermaslik, yetuklikda unga mustaqil bo’lish fursatini berish demaktir…

πŸ“• Catherine Mathelin β€œFreud’a ne yaptik da Γ§ocuklarmiz bΓΆyle oldu?”

@pslog
❀8πŸ‘2
Yaponlarning fikricha, kishida uch qiyofa bo'ladi. U birinchi qiyofasini atrofdagilarga ko'rsatadi. Ikkinchi qiyofasini yaqin do'stlari va oilasiga ko'rsatadi. Uchinchi qiyofasini esa hech kimga ko'rsatmas ekan va bu uning asl qiyofasi ekan…

@pslog
❀10πŸ”₯2
#psixologikfakt

Ahmoqona savolga sarkazm bilan javob qaytara olish qobiliyati miyaning sog'lom ishlayotganidan darak beradi.

@pslog
πŸ‘13❀6😱4❀‍πŸ”₯2