π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
250 subscribers
908 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Ko’zlar bilan teginish, so’zlar vositasida ta’m bilish sinesteziyasi o’zi nimaligi haqida β€œbir-ikki og’iz”…

#sinesteziya #mirrortouch

@pslog
πŸ‘8πŸ‘€4πŸ€”2
Inson miyasi xuddi kompyuterga o’xshab ishlaydi. Kompyuter ishlashi uchun unga maxsus buyruqlar va dasturlar yuklanadi. Miyangizga β€œnatija yaxshi bo’lmaydi” degan dasturni yuklasangiz, u ham boshqachasiga ishlay olmaydi. Aksincha, β€œHammasi hayrli bo’ladi” degan buyruqni bersangiz, u ham siz bilan birga ter to’kadi.

Neyrofiziologlarning fikricha, inson miyasi har bir qadamni yarim soniya oldin rejalashtiradi. Biroq, shuni ham unutmaslik lozimki, inson o’z ongini o’zi boshqaradi. Qarorlarni ongimizga o’zimiz beramiz. Ya’ni, biz miyamizni o’zimiz istagancha ishlatishimiz, fikrlarimizni tartibga solishimiz va ba’zi ishlarga yo’naltira olishmiz mumkin.

Bosh miya ustida ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan. Dr. Martin Seligman tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda, pozitivlik va ijobiy fikrlashning; maktabda, sportda, ish hayotida va o’zaro munosabatlarda muhim o’ringa egaligi aniqlangan. Juda ko’p narsalarning siri β€œijobiy fikrlash” dadir!

Aytingchi, muvaffaqiyatli pessimistni uchratganmisiz?

@pslog
πŸ‘14❀4
Sotsiofobiya – ko’plab insonlarni hayotdan qochib yashashga majburlaydigan, haqiqatdan ham bor bo’lgan potensialini namoyish etishdan cheklab qo’yuvchi ruhiy buzulishdir. Son-sanoqsiz insonlar ushbu darddan aziyat chekishadi. Yoshligi sotsiofobiya bilan bog’liq muammolar ichida kechgan psixolog Yildiz Burkovik ushbu kitobda o’z boshidan kechirganlarini ham bir bemor, hamda bir olima nigohidan xotirlab yozgan ekan. 

Davomini bu yerda o'qishingiz mumkin: https://azizapulatova.medium.com/sotsiofobiya-ochiq-va-yashirin-yuzlari-b64a12dbfee7

P. S. Avvalgi postlardagi ayrim fikrlarni aynan shu kitobdan olgan edim.

@pslog
πŸ”₯11πŸ‘7❀5⚑2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Teseyning Kema Paradoksi

Teseyning kemasi olis va mashaqqatli sayohatlarga chiqqani uchun kema qismlari vaqt o’tishi bilan eskira boshlagan. Kema ustasi kemaning parchalangan qismlarini birma-bir yangilagan va oqibatda, kemaning birorta ham asl parchasi qolmagan. Lekin, e’tibor bering: kema suzishdan to’xtamagan va kemaning barcha qismlari birdaniga yangilanmagan. Kema parchalari vaqti-vaqti bilan o’zgartirilgan. Savol quyidagicha:

Dengizga ilk bor yo’l olgan kema original kemami yoki yangi parchalari bilan qirg’oqqa qaytgan kema original kema hisoblanadimi?

@pslog
πŸ”₯11πŸ‘4
Narsissisizm va uning tarixi haqida ko'pchilik bilsa kerak. Maternal narsissizm va narsissistik oila haqida eshitganmisiz?

Bu kitob aynan shular haqida ekan.

Quickreview

@pslog
πŸ”₯10πŸ‘1πŸ‘1
Har qalbning bir ranggi bo’ladi, uning egasi yurgan manzillarda iz qoldiradigan…

Aslida hayotda, qaysi yo’ldan yurganing, qaysi cho’qqilarni zabt etganing yoki qaysinisidan qulab tushganing muhim emas, ishon menga…

Yakunda, sen ham boshqalar yurgan so’qmoqlarni bosib o’tyapsan, shu xolos…

Asl haqiqat, shu yo’llardan o’tayotganda qoldirayotgan izlaring…

Chunki, ortingda gul qoldirsang, hidi, tikan qoldirsang, og’rig’i sendan esdalik bo’lib qoladi…

Va sen, undan o’zga bo’lmaysan…undan o’zgasi bo’lolmaysan…

Afsuski, uzundan-uzoq umrning qisqa xotimasi shunday … Tanlov seniki…

✍️ Yavuz Şen

@pslog
❀18πŸ‘5✍1πŸ€”1😐1
Psixologlarning fikricha, inson butun umri davomida 150 kishidan ortiq do’st orttira olmas ekan. Bunga β€œDunbar soni” degan alohida nom ham berilgan ekan. Oksford Universititetining 76 yoshli o’qituvchisi Robin Ian MakDonald Dunbar esa har kim istagancha do’st orttira olishini, biroq ishonchli va qadrdon do’stlar chegarasini 150 kishidan oshirmaslikni ma’qullamoqda.

To'liq o'qish: https://azizapulatova.medium.com/a12adae713d3

@pslog
πŸ‘14
Birovni koΚ»rsatib, uni ayblayotgan paytingiz koΚ»rsatkich barmogΚ»ingiz unga, qolgan uch barmogΚ»ingiz oΚ»zingizga qarab turgan boΚ»ladi. GΚ»alati, shunday emasmi?

Zigmund Freyd

@sanduvoch_uz
πŸ”₯23πŸ’”5πŸ•Š1
Siz qaysi toifadagi prokrastinatorsiz?

Credits: The New Yorker

@pslog
❀10😁3😱2🀣1
O’ylayapmanmi, demak mavjudman.

Haqiqiy dunyoda yashayotganimizni qanday qilib bilish mumkinligi haqida turli fikrlar mavjud. Ulardan eng mashxuri faylasuf Rene Dekartning β€œCogito ergo sum” iborasidir. Borliqdagi narsalar illyuziyadan tashkil topmaganini bilishning yagona yoβ€˜li bu – fikrlashdir.

Matritsa kinosi ham ana shu g’oya asosida yaratilgan edi: β€œInson oβ€˜zi yashayotgan dunyoni savol ustiga qoβ€˜yayotgan ekan, demak, u simulyatsiyada emas”

@pslog
❀12πŸ‘4πŸ”₯4πŸ’‹2