π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
248 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Hech kim seni qutqargani kelmaydi.
O'rningdan tur.
O'zing o'sha qahramon bo'l.

@pslog
πŸ•Š3πŸ‘1πŸ‘Ž1
Tadqiqotchilar piyoda yurishning inson aqliy salohiyatiga ta’sirini o’rganish maqsadida bir guruh bolalar ustida izlanish olib borishdi.

Natijalar o’ta quvonarli edi…

Mutolaa oldidan jismoniy mashq bilan shug’ullangan bolalarning kitobni tushunish, mulohaza qilish qobiliyati bir necha barobar yuqoriroq bo’lgan. Statistik ko’rsatkichlar unchalik yuqori bo’lmasa-da, ushbu guruh bolalarining arifmetik va talaffuz qilish qobiliyatlari yuqori darajada o’sgan.

Yurish inson salomatligi uchun foydali boβ€˜libgina qolmay, ruhiy-emotsional holatga ijobiy ta’sir koβ€˜rsatadi. Aqliy salohiyatingiz va ijodkorligingiz oshadi.

Ko’proq piyoda yuring(nafaqat bolalar, balki kattalar ham)! Axir, yurishβ€Šβ€”β€Šinson uchun eng oddiy va foydali mashgβ€˜ulot.

Manba: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2667807/

@pslog
πŸ‘7
β€œVelosipedβ€Šβ€”β€Šyer sayyorasining kushandasi.”

Bir bank xodimi mulohaza uchun iqtisodchi olimlarga quyidagi fikrni o’rtaga tashlabdi:

β€œVelosiped haydovchisi mamlakat iqtisodiyotini tanazzulga yetaklaydi: u mashina sotib olmaydi va buning uchun hech kimdan qarz olmaydi. Ular sug’urta ham qilishmaydi. Na yoqilg’iga pul sarflaydi va na mashinasini tuzatishga. Parkovkaga pul sarlamaydi. U katta avariyalarga sababchi bo’lmaydi. Ularga katta yo’l ham kerak emas.

U ortiqcha vazn yig’maydi. Sog’lom odam iqtisodiyot uchun biror foyda keltirmaydi. U dori sotib olmaydi. Na shifoxonaga va na shifokorga boradi. Mamlakat YaIM(Yalpi ichi mahsuloti)ga hech qanday hissa qo’shmaydi.

Aksincha, har bir yangi fast-food oshxonasi kamida 30 ta yangi ish joyini yaratadiβ€Š. Yanayamβ€Š ochiqroq aytganda, 30 ta kardiolog, 10 ta tish shifokori, 10 ta dietolog uchun ehtiyoj tug’iladi.”

Tanlovda adashmang: bitta velosipedmi yoki bitta fast-food oshxonasi. Bu haqida yaxshilab o’ylab ko'ring.

PS: bundan ham yomonrog'i, yayov yurish. Piyodalar aqalli velosiped ham sotib olishmaydi.

~ Euro Exim Bank MChJ rahbari Emeric Sillo
πŸ’―4😁2❀1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy intellekt insonda ayni damda kechayotgan hΔ±s-tuyg’ularni o’qiy olishi haqiqatga aylandi.

Videoda aktyor Uil Smit ko’rinishidan ancha xotirjam!

Yuzimizdagi imo-ishoralar sun’iy intellektni chalg'itishi mumkinmi?

Ushbu ajabtovur loyiha muallifi – Rondinelli Morais

@pslog
πŸ‘9❀1
Stereotiplarning zararli ta’siri – ulardan qanday qutulish kerak?

Ushbu maqola aynan shu haqida: https://link.medium.com/DNpX5QBZtwb
πŸ‘7πŸ’―2❀1
Ichki olamimizni fikrlarimiz bilan barpo qilamiz, ya’ni biz – o’z fiklarimiz mahsulimiz. Insonni inson qiladigan ham, insoniylikdan judo qiladigan ham uning fikridir.

@pslog
πŸ‘9❀1
Friderix Vilgelm Nitsshe;

Otasi vafot etganida yig’lamadi.
Vagner unga atab o’n yillab kitob yozganini eshitganida yig’lamadi.
Rafiqasi uni tark etganida, Salomeyedan rad javobi olganida ham yig’lamadi.

Ammo, Nitsshe qamchilangan bir ot bolasini ko’rgach, unga β€œmen sening ahvolingni tushunaman.” β€œOna, men bir ahmoqman.” degancha, uni quchoqlab ko’zlariga yosh oldi. Shu voqeadan so’ng, u aqlidan ayrildi.

Nitsshe hayotni boshqalarga qaraganda teranroq his etgan. Ushbu falsafiy hayot yo’lining siri shunda:

Og’riqni his qilyapsan, demak, tiriksan.
Birovning og’rig’ini his qilyapsanmi, demak, INSONSAN


Yig’layapsanmi, demak, tushunyapsan…

@pslog
πŸ‘8❀1
Piter Pen sindromi haqida eshitganmisiz?

Psixologiyada bu atama ruhan ulgΚ»aymagan va bolalik davriga bogΚ»lanib qolgan odamlarni tasvirlash uchun ishlatiladi.

Ushbu sindrom haqida birinchi marta psixoanalitik doktor Dan Kiley tomonidan 1983-yilda nashr etilgan "Piter Pen sindromi: hech qachon ulgΚ»aymaydigan erkaklar" kitobida ma’lumot berilgan. Doktor Kiley β€œPiter Pen sindromi” iborasini J. M. Barrie spektaklidagi mashhur qahramon, ulgΚ»ayish va mas’uliyatni qabul qilishda qiyinchilikka uchrayotgan PΔ±ter Pen ismli bolakay nomidan olgan.

Piter Pen sindromi ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoΚ»llanmasida (DSM-5) kasallik sifatida tan olinmagan.

@pslog
πŸ”₯4πŸ‘3❀1πŸ•Š1
Bir bolaning uchta ota-onasi bor. Onasi, otasi va bu ikkala inson o'rtasidagi munosabat. Uchinchi ota-onaning ta'siri har ikkisinikidanda kuchliroqdir. (Bayron Norton)

Bolaning uchta ota-onasi bo’ladi. Onasi, otasi va ota-ona o’rtasidagi oilaviy munosabatlar. Biz insonlar orasidagi ilk munosabatlarni aynan ota-onamiz munosabatlarida ko’ramiz. Atrofdagi insonlarga qanday munosabatda bo’lishni ikkisining munosabatlaridan kuzatib o’rganamiz. Oiladagi qo’pol va qo’rs muomala, sovuqqonlik va zaharli muhit bolada chuqur ruhiy jarohat qoldiradi. Uning izlari yangi qurilayotgan hayotga ko'chmasligiga kim kafolat beradi?!

@pslog
πŸ‘7πŸ”₯2❀1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aslida, tabiiylikdan qanchalik uzoqlashsak, o'zligimizdan ham shunchalik yiroqlashib boramiz. Mana kapitalizm asiriga aylangan ayol...

@pslog
πŸ’―10❀1πŸ‘1🌚1