π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
247 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Million dollarlik fikrlar

βž€ Tanasida Β«AllohΒ» yozuvi bor baliqlar – soβ€˜qirlar uchun. Aql egalari uchun baliqning oβ€˜zi ham bir moβ€˜β€™jiza!

➁ Inson amal qilgan sari taqvosi oshadi, taqvosi oshgan sari, keyinchalik amali ham yanada oshib boraveradi.

βž‚ Kinolardagiga oβ€˜xshash ta’sirli voqealar hayotda ham uchrab turadi. Faqat muzika chalinmagani uchun sezmay qolamiz.

βžƒ Har qanday bahsdan oldin oβ€˜lchovlarni aniqlab olish kerak. Siz Β«bu 1 kiloΒ» deb turgan narsangizni u Β«yoβ€˜q, bu 2 metrΒ» desa foydasi yoβ€˜q.

βž„ Odam oβ€˜zi tushunmagan narsasini falsafa deb nomlaydi.

βž… Insonni yigβ€˜lata oladigan sababga qarab oβ€˜sha insonning saviyasini bilsa boβ€˜ladi.

βž† Ba’zilarga Β«odamga oβ€˜xshasang-chiΒ», degim keladi… Lekin uniyam qiynashni istamayman.

βž‡ Arzon insonlar bilan munosabatlar sizga qimmatga tushadi…

Manba: zamin.uz

@pslog
❀8πŸ‘3πŸ”₯2πŸ‘Ž1
Ishonch β€” tabiiy narsa.

Hech kim ishonchsizlik bilan dunyoga kelmaydi. Go’daklarga e’tibor bersangiz, ular o’z-o’zidan emaklay boshlaydi, qiziquvchanlik bilan atrofidagi narsalarga qo’lini cho’zadi. Qo’rquv, xavotir ular uchun begona.

Ishonchsizlik keyinchalik paydo bo`ladi. U orttirilgan muammo.

https://link.medium.com/hOoYpBFuQub
❀7πŸ‘1
Ijtimoiy psixologlar kishilarga: β€œO’zingizga umr yo’ldosh izlashda qaysi sifatga alohida e’tibor berasiz?” degan savol bilan murojaat qilishganda, ular birinchi o’ringa munosabatlardagi ishonchni qo’yishgan. Bu insondagi xushbichimlik yoki yoqimtoylik sifatlari emas, balki o’zga bir insonga bo’lgan ishonch hissidir.

https://link.medium.com/OW2TbvqTYub
❀6πŸ‘2πŸ”₯1
​​Ehtiyot bo'lgan ma'qulmikan? 🫣

Sirtiga shaxmat taxtasi chiziqlari tasviri tushirilgan ushbu pol Angliyaning kafel ishlab chiqaruvchi tashkiloti Casa Ceramica tomonidan yaratilgan. Ko’rinishidan, u bir yonga qarab cho’kayotganga o’xshaydi.

​​Aslida, bu shunchaki illyuziya: Pol aslida tep-tekis.

Kirish yo’lagining faqatgina bir tomonidan qaralgandagina odamlarni yo’lakda to’xtashga majbur qiladigan dizayn ko’rinishi namoyon bo’ladi. Teskari tomondan nigoh tashlansa, ushbu loyihadan ko’zlangan maqsad oshkor bo’ladi.

Casa Ceramica tashkiloti vakillaridan biri shunday deydi, β€œBiz kirish yo’lagini illyuziyalar bilan boyitishdan va kafellardan qanday qilib san’at darajasida foydalanish mumkinligidan ilhomlangan edik.”

Kompaniya bunga qanday erishganini bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

#illyuziya

@pslog
πŸ‘4❀1πŸ”₯1😱1πŸ‘Œ1
8 soatlik ish, 8 soatlik uyqu va 8 soatlik erkinlik: bularga erishish uchun qachonlardir odamlar tish-tirnogβ€˜i bilan kurashishgan.

Barchaning qattiq mehnat qilishi va ayni damda barchaning tejamkor boβ€˜lishi mumkin emas. Kimningdir boyishi kimningdir isrof qilishini (ehtiyojlarning tinimsiz ortib borishi, ortmasa, sun’iy tarzda orttirilishini) taqozo qiladi.

https://link.medium.com/38p0Q2GuEvb
❀9