π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Hayot - hissiyotlar bilan yashaydigan uchun tragediya, aql bilan yashaydigan uchun esa komediyadir.

~ Jan de Labryuyer

@PsLog
❀8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Psixiatr Aoron Bek tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv terapiya g'oyasiga ko'ra, tushkun kayfiyat odamlarning o'z hayotiy tajribalarini idrok etishdagi buzilishlar tufayli yuzaga keladi.

Masalan, ruhiy tushkunlik(depressiya)ga chalingan odam faqat salbiy voqealarga e'tibor qaratib, ijobiy narsalarni esa bee'tibor qoldirishi mumkin.

Oddiy misol. O'qituvchi o'z o'quvchisini ham maqtaydi, ham tanqid qiladi. Agar o'quvchi maqtovga e'tibor berib, ertasi kuni uni eslasa, u o'zini a'lochi bolalardek his qilishi mumkin. Biroq, agarda u tanqidga e'tibor berib, ertasi kuni ham bu haqda o'ylashda davom etsa, u o'zini landovur his qilishni boshlashi mumkin.

@pslog
πŸ‘7
Inson ijodkorlikdan to'xtamaydi: xoh so'zlari, xoh ko'zlari, xoh sadolari bilan dunyoni qaytadan kashf etaveradi.

Insoniyatning qoΚ»l mehnatiga asoslangan manufaktura sanoatidan mashinalashgan yirik industriyaga oΚ»tishi uchun sakkiz ming yil kerak bo'ldi. Sanoat to'ntarishidan atigi 120 yil o'tib lampochka ixtiro qilindi. Undan 90 yil o'tib inson birinchi marta oyga qadam qo'ydi. Hech qancha vaqt o'tmay(atigi 22 yil) Internet dunyo yuzini ko'rdi. Tarixiy kashfiyotlardan shu narsa ayon bo'ladiki, olamshumul ixtirolar yaratilishi uchun uzoq muddat kerak emas. Bu insoniyat tafakkurining taraqqiy etib borayotganidan darak beradi. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida noodatiy arxitektura yodgorliklarini uchratish mumkin. Arxitektura mo'jizalaridan biri noodatiy uslubda qurilgan Sopot, Polshadagi Drunk building

Bu bino 2003-yilda qurilgan bo'lib,.β€œRezident” savdo markazining bir qismini tashkil qiladi. Unda savdo doβ€˜konlari, restoran, koβ€˜ngilochar oβ€˜yinlar markazi va bitta radiostansiya joylashgan.

@pslog
πŸ‘8
Qanchalik sevsang ham, ko'rmagan yuzing asta-sekin unutiladi. Baxt bu sevgan insoningga yaqin bo'lishdir.

Β© O'rxan Pomuq 

@pslog
❀5
Hayotda olg'a qadam tashlash uchun..

Odamlar sizdan tortib ola olmaydigan narsalar ustida ko'proq ishlang. Bular sizning fikringiz, xarakteringiz, shaxsiyatingiz, halolligingiz, butun borlig'ingiz kabi narsalardir.

@pslog
❀4πŸ”₯3
Har kimning ta’rifi oβ€˜ziga yarasha πŸ•Š

Hindlar filni qorongβ€˜u bir ogβ€˜ilga qamadilar. Umrida fil koβ€˜rmagan xalq oβ€˜sha yerga toβ€˜plandi. Filni koβ€˜rmoqchi edi ular. Lekin ogβ€˜il shu qadar qorongβ€˜u ediki, koβ€˜z bilan koβ€˜rishning aslo imkoni yoβ€˜q edi. Ichkariga kirganlar filni qoβ€˜llari bilan paypaslab koβ€˜rar, uni har kim oβ€˜zicha ta’rif etar edi. Bittasi filning xartumini ushlab: "Fil bir quvur ekan",  derdi. Yana boshqasi filning qulogβ€˜idan tutib: "Fil yelpigβ€˜ichga oβ€˜xshar ekan",  deya tushuntirdi. Boshqasi filning oyogβ€˜ini tutib filni faqat oyoqdan iborat deb bilar va: "Fil bahaybat bir ustunga oβ€˜xshar ekan", deya oshirib toshirib tushuntirardi. Yana bir odam filning sirtini silab koβ€˜rdi va: "Fil taxtga oβ€˜xshar ekan",  deb uni ta’rifladi. Kimki filning qayerini silagan boβ€˜lsa, hayvonni shunga koβ€˜ra ta’riflar, lekin hech birining ta’rifi boshqasinikiga oβ€˜xshamasdi. Birovi "dol" derdi, boshqasi "alif". Agar qoβ€˜llarida sham, oddilarida biror yoβ€˜lboshlovchi boβ€˜lganida, qorongβ€˜u boβ€˜lsa ham filni aniq koβ€˜rishar, qanday hayvon ekanini osongina bilib olgan boβ€˜lardi. Tuygβ€˜u koβ€˜zi ba’zan hovuchga, ba’zan koβ€˜pikka oβ€˜xshaydi. Hovuchga butun bir filni sigβ€˜dirib boβ€˜lmaydiku!

Jaloliddin Rumiyning β€œMasnaviy”sidan

@pslog
❀5πŸ‘1
Seni, eng yaxshi Alloh biladi.
Qolganlar esa yo yanglish anglaydi, yo sen toβ€˜gβ€˜ringda kamroq biladi.
Seni baxtsiz qilganlar sababidan baxtsiz boβ€˜lma, baxtiyor boβ€˜ladigan zamoning ham keladi.
🌱
Seni baxtsiz qilganlarni koβ€˜rib barchani oβ€˜shanday deb oβ€˜ylama, seni baxtiyor qiladigan (inson) ham keladi.
πŸƒ
Bugun juda koβ€˜p dardim bor dema, u dardni senga bergan Allohning, darmonni beradigan kuni ham keladi.
🌿
Sen Robbingga duo qil!
β€œDuo qilsam nima boβ€˜lardi?”– dema, duoying qabul boβ€˜ladigan kun ham keladi...

Jaloliddin Rumiy

@pslog
Koreyadan Amerikaga samalyotda 10 soatlik yo’lni bosib o’tishidan avval, 4 oylik go’dagi yo'lda β€œdod” solishi mumkinligini bilgan bu ona 200 dan ortiq yo’lovchilarning har biriga oldindan uzr tariqasida konfet, saqich va shovqinga qarshi quloqchin tarqatib chiqdi.

O’sha paketning ichida shunday yozuv ham bor edi: (Salom, mening ismim Jun Vu. Hozir 4 oylikman. Bugun onam va buvim bilan birga Amerikaga uchib ketyapmiz. Biroz hayajon va qo’rquvdaman. Bu mening birinchi parvozim. Yig’lashim yoki ozroq injiqlik qilishim tabiiy hol. β€œTo’polon” qilmaslikka harakat qilaman, lekin va’da bera olmayman. Yig’lashni boshlaganimda mana shularni ishlatarsiz. Oq yo’l. Rahmat)

Boshqalarning erkinliklarini hurmat qiladigan insonlar...

Manba

@pslog
πŸ‘1