π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
246 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Turli millatlardan eng sara maqollar

1. Quyosh barchaning yelkasiga birdek nur sochadi. (Kuban xalq maqoli)

2. Kuniga bitta olma yesang, shifokorning keragi yo'q. (Ingliz xalq maqoli)

3. Hayot yangi yil archasi kabi. O'yinchoqlarini sindiradigan doim kimdir topiladi. (Italiyan xalq maqoli)

4. Hammaga do'st tutingan, hech kimga do'st bo'lmaydi. (Ingliz xalq maqoli)

Davomi...

@pslog
πŸ‘5❀1
Miyamizning 10 foizinigina ishlatishimiz haqiqatmi?

Ko’pchilikda katta qiziqish uyg’otgan Lucy filmidagi bosh qahramon sanalmish Lucy obrazini Skarlet Johanson jonlantirgan. Filmdagi yetakchi g’oya inson oβ€˜z aqliy salohiyatining atigi 10 foizidan foydalanadi, degan uydirmadan iborat.

Film inson miyasini 100 foizdan ortiq ishlata olmaydi, agar ishlata olganida super qobiliyatlar egasiga aylangan bo’lar edi, degan yanglish fikr ustiga qurilgan. 20-asrning mashhur psixologi Uilyam Jeyms β€œBiz oβ€˜z aqliy imkoniyatlarimizning to’liq foydalana olmaymiz”,β€Šβ€”β€Šdeb aytgan edi. Vaholanki, u aslida miyaning noto’liq ishlashini emas, balki insonning irodasizligini, dangasaligini nazarda tutgan edi. Miyaning 10 foizigina ishlashi haqidagi yanglish fikr 1900-yillarda Karl Lashley ismli neyrojarroh ishlari sabab paydo bo’lgan. Shu tariqa, oddiy odam oβ€˜z aqliy salohiyatining atigi 10 foizidan foydalanishi haqidagi asossiz fikrlar keng yoyilgan.

Ammo miya skanerlari tadqiqotlaridan yaxshi ma'lumki, biz miyaning barcha sohalarini bir vaqtning oβ€˜zida ishlatmasak-da, undan to'laqonli(ya'ni,100 foiz) foydalanamiz.
πŸ‘2
Boβ€˜ron-u toβ€˜fonlarning barchasi hayotimizni yakson qilish uchun kelmaydi. Ayrimlari hayotimizdagi ortiqcha narsalarni supurib-uchirib ketadi.

@pslog
πŸ‘4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xafa bo'lmagin,
hammasi yaxshi
bo'ladi degin!

Yashash – yaxshi.
Shuni esga ol,
bo'ladi yaxshi!

Qushlar-u
asalarilarga,
Muzqaymoq,
bulutlar va
ko'zguga boq
quvonasan shu choq.

Kappuchino,
Limon choy isi
Bunga qo'shimcha
Javondagi kitobning hidi

Xafa bo'lmagin,
hammasi yaxshi
bo'ladi degin!

Yashash – yaxshi.
Shuni esga ol,
bo'ladi yaxshi!

@pslog
πŸ‘5
Doim sizni eng ko'p qo'rqitayotgan tanlovni tanlang, chunki u SIZNI rivojlanishingizga yordam beradigan birdan-bir qaror bo'ladi!

@pslog
πŸ‘6
Oβ€˜shanda hali bola edim. Onam mashaqqatli ish kunidan qaytib, har kech biz uchun non pishirardi.
Bir kuni vaqt allamahal boβ€˜lgan, onaizorim shosha-pisha biz uchun kechki ovqat tayyorlardi. Bir ozdan keyin u otamning oldiga ovqat va non qoβ€˜ydi. Mening ikki koβ€˜zim nonda edi. Kimdir nonning kuyganiga e’tibor berarmikan deb kutib turdim.
Lekin otam nonni indamasdan chaynadi va mendan maktabdagi kunim qanday oβ€˜tganini soβ€˜radi.
Oβ€˜sha kun unga qaytargan javobimni eslay olmasam ham, ovqatdan keyin volidamning otamga non bir oz oβ€˜tib ketganini ming xijolat bilan aytgani kechagidek qulogβ€˜im ostida.
Otam oβ€˜sha kuni jilmayib turib, onamga β€œAzizam, kuygan non menga yoqadi-ku,” dedi.
Uxlashdan oldin otamga xayrli tun tilash uchun uning oldiga kirdim va undan kuygan nonni rostdan ham yaxshi koβ€˜rish-koβ€˜rmasligini soβ€˜radim. Otam meni bagβ€˜riga bosib, qattiq quchoqladi.
β€œOβ€˜gβ€˜lim, onang kun uzoq ishlab, juda charchagan. Bir marta kuygan non yesam, menga biror nima boβ€˜lmaydi. Lekin, yomon soβ€˜z onangni qattiq jarohatlagan boβ€˜lar edi,” dedi.

Biz barchamiz xom sut emgan bandalarmiz. Kezi kelganda muhim sanalarni, zarur narsalarni, burchlarimizni esdan chiqarib qoβ€˜yamiz. Shuncha yillar mobaynida oβ€˜rganganim shuki, bir-birimizni kamchiliklarimiz bilan qabul qilishimiz kerak. Boisi, hayot afsuslar bilan uygβ€˜onish uchun juda ham qisqalik qiladi.

Β© Abdul Qalam

Manba: kh-davron.uz
πŸ‘9😒2
Hissiyotlarni aniqlashni sizga kim o'rgatgan?

GΚ»azab hissi turli insonlar tomonidan turlicha ifodalansa ham, uning birdan-bir sababi β€” adolatsizlik.

KoΚ»ngil qolishining sababi esa, kutilgan natijalarga erishilmagani.

Umidsizlikning sababi β€” maqsadingiz yoΚ»lida toΚ»siqqa uchrash hissi.

Ularga eΚΌtibor qaratish insonlarni yaxshiroq tushunish va qabul qilishga yordam beradi.

https://link.medium.com/TacjxOylJob
Hayot - hissiyotlar bilan yashaydigan uchun tragediya, aql bilan yashaydigan uchun esa komediyadir.

~ Jan de Labryuyer

@PsLog
❀8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Psixiatr Aoron Bek tomonidan ishlab chiqilgan kognitiv terapiya g'oyasiga ko'ra, tushkun kayfiyat odamlarning o'z hayotiy tajribalarini idrok etishdagi buzilishlar tufayli yuzaga keladi.

Masalan, ruhiy tushkunlik(depressiya)ga chalingan odam faqat salbiy voqealarga e'tibor qaratib, ijobiy narsalarni esa bee'tibor qoldirishi mumkin.

Oddiy misol. O'qituvchi o'z o'quvchisini ham maqtaydi, ham tanqid qiladi. Agar o'quvchi maqtovga e'tibor berib, ertasi kuni uni eslasa, u o'zini a'lochi bolalardek his qilishi mumkin. Biroq, agarda u tanqidga e'tibor berib, ertasi kuni ham bu haqda o'ylashda davom etsa, u o'zini landovur his qilishni boshlashi mumkin.

@pslog
πŸ‘7